25.06.2021 yildagi SQ-325-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalardagi holat, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan mahallalardagi holat, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash va sohaga oid belgilangan chora-tadbirlarning ijro etilishi oʻrganildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur yoʻnalishlarda, jumladan, xotin-qizlarni manzilli qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni aniqlash, ularni manzilli qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimi joriy qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu yoʻnalishda davlat hokimiyati organlari oʻrtasida idoralararo samarali ishlash mexanizmlarini joriy qilish maqsadida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etilib, uning tarkibiga 21 ta vazirlik va idora rahbarlari hamda hokimlarning xotin-qizlar masalalari boʻyicha 14 nafar maslahatchisi kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz navbatida, “mahallabay” ishlash tizimi orqali 2020-yilning oktyabr — dekabr oylarida 6,5 milliondan ortiq xonadonga tashrif buyurilib, xotin-qizlarning muammolari oʻrganilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-sonli qarori bilan “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Vaqtinchalik tartib tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilning yanvar oyida “Ayollar daftari”ga kiritilgan jami 432 781 nafar xotin-qizning roʻyxati xalq deputatlari tuman va shaharlar Kengashlarining sessiyalarida tasdiqlangan hamda yanvar-may oylarida ularning 430 275 nafariga (99,4 foiziga) amaliy yordam koʻrsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish, jumladan, sayohatlarni tashkil etish uchun jami 1 trln 114,6 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ sarflangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Onkologik kasalliklarning oldini olish maqsadida 300 893 nafar xotin-qiz odam papillomasi virusiga qarshi emlangan. Tugʻish yoshidagi 4 mln 13 329 nafar ayol chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha mahallalarda (9 228 ta) “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan hamda zarur sharoitlar yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli navbat asosida qabul qilish, boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand ayollarga farzandini maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun toʻlov xarajatlarini budjetdan qoplash tartibi joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning muammolari boʻyicha 1211 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga kelib tushgan 80 mingga yaqin murojaatning 97 foizi hal etilgan va qolganlarining ijrosi nazoratga olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etishda faol ishtirok etib, jonbozlik koʻrsatgan 600 dan ortiq masʼul xodimlar Respublika komissiyasi tomonidan ragʻbatlantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga koʻrsatilgan tegishli amaliy yordamlar va ularning muammolarini hal qilish natijasida 357 998 nafar xotin-qiz xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining sessiyalari qarorlari asosida “Ayollar daftari”dan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlar bilan birga, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish boʻyicha ayrim kamchiliklar kuzatilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchidan, vazirlik va idoralarning vertikal tizimi samarali ishlamasligi, qolaversa mutasaddi idora tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va muvofiqlashtirish yoʻlga qoʻyilmaganligi natijasida “mahallabay” ishlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimida qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, “Ayollar daftari” boʻyicha yordam olgan xotin-qizlar sonini asossiz ravishda oshirib koʻrsatish, muhtoj ayollarga yordam koʻrsatilgani toʻgʻrisida soxta maʼlumotlar shakllantirish holatlari kuzatilmoqda. Jumladan, hisobotlarda “yordam berildi” deb koʻrsatilgan xotin-qizlardan 3 556 nafariga amalda yordam koʻrsatilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamga muhtoj fuqarolar “Ayollar daftariga” kiritilishi, ulardan chiqarilishi jarayonlarida Vaqtinchalik tartib talablari buzilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, xotin-qizlarga tibbiy yordam koʻrsatish jarayonida ham qator muammolar uchramoqda. Barcha hududlarda ogʻir operatsiyaga muhtoj bemorlarga oddiy dori-darmon berish orqali ularni “Ayollar daftari”dan chiqarish holatlari uchramoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qolaversa, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni sogʻlomlashtirish ishlari tizimli tashkil qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, joylarda zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish uchun zarur moddiy-texnik bazani yaxshilash choralarini koʻrish lozim. Jumladan, respublika boʻyicha tibbiyot muassasalarida jami 7039 ta, xususan, viloyat perenital markazlarida 212 ta, Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida 162 ta, Bolalar shifoxonalarida 143 ta, tugʻuruq komplekslarida 319 ta tibbiy anjom va jihozlar yetishmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchidan, “Ayollar maslahat kengashlari” faoliyatida ham ayrim kamchiliklar mavjud. Ayrim “Ayollar maslahat kengashlari”da faoliyati uchun yetarli sharoitlar yaratilmagan, ular tegishli jihozlar bilan taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchidan, ayrim tuman (shahar)larda yordamga muhtoj xotin-qizlarni “Ayollar daftariga” kiritish va chiqarish jarayonlarida Vaqtinchalik tartib qoidalariga toʻliq rioya qilinmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻrtinchidan, baʼzi tuman (shahar)larda psixologik yordamga muhtoj ayollar bilan suhbatlarni asosan xalq taʼlimi tizimidagi hali yetarli malaka va bilimga, hayotiy tajribaga ega boʻlmagan psixologlar oʻtkazgan. Shu bilan birga, ruhiy muammolari mavjud inson uzoq muddatli psixologik kurslarga muhtoj boʻlsa-da, koʻrsatilgan psixologik yordam bir martalik xaraktyerga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Beshinchidan, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar tizimli tashkil qilinmagan. Ishsizlar uchun taklif etilayotgan vakansiya toʻgʻrisida aholining xabardorlik darajasi past. Mahallalarda ishsiz aholi boʻsh ish oʻrinlari haqida xabardor qilinmaydi. Bu yoʻnalishda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlik talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, aholini kasbga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslariga jalb etish, mehnat yarmarkalarini oʻtkazish samaradorligi past.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltinchidan, aholi, jumladan ayollarni tadbirkorlikka jalb qilishga yetarli eʼtibor berilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy drayveri boʻlgan kreditlash jarayonida koʻplab kamchiliklar uchramoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish, ularni oʻqitish, biznes rejalarni tuzish va amalga oshirish, ularga kreditlar ajratish va toʻgʻri sarflanishi, hunarmandchiligini nazorat qilib borish boʻyicha vakolatli tashkilotlar (Mahalla, Bandlik, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasining hududiy boʻlinmalari) oʻrtasida oʻzaro hamkorlik yetarli darajada emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganilgan hududlarning deyarli barchasida xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klastyerlar boʻyicha ishlar boshlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlarga asosan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Respublika komissiyasi rahbari Q. Rafiqovning xotin-qizlarga “Ayollar daftari” orqali amaliy yordam berish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Vaqtinchalik tartib asosida xotin-qizlarga koʻrsatilgan amaliy yordam natijalarini qayta oʻrganib chiqsin va aniqlangan muammolarni bartaraf etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu ishlarni amalga oshirishda masʼuliyatsizlik va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan mutasaddi rahbarlarga nisbatan tegishli taʼsir choralarini koʻrsin hamda namunali faoliyat olib borgan masʼullar va xodimlarni ragʻbatlantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “mahallabay” ishlash tizimi va aholiga ijtimoiy yordam koʻrsatishda vazirlik va idoralarning vertikal tizimi samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-avgustga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan va amaliy yordam koʻrsatilmagan xotin-qizlarga tegishli yordam berish ishini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qarorning ijrosi yuzasidan umumlashtirilgan maʼlumotni 2021-yilning 1-oktabriga qadar Oliy Majlis Senatiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Ayollar daftari”ni yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan hamda integratsiyalashgan yagona elektron platformani ishga tushirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish, ularni oʻqitish, biznes rejalarni tuzish va amalga oshirish, ularga kreditlar ajratish va ularning toʻgʻri sarflanishini, hunarmandchiligini nazorat qilib borish boʻyicha oʻzaro hamkorlik rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn besh kun muddatda tuman va shahar hokimliklari hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda “Ayollar maslahat kengashlari” joylashuvini qayta koʻrib chiqsin hamda aholi uchun qulay joylashuvini hisobga olgan holda dislokatsiyasini qayta tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Adliya vazirligi hamda masʼul tashkilot va idoralar bilan birgalikda oilaviy psixologlar xizmatini rivojlantirish, uning huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Adliya vazirligi bilan birgalikda xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan manzilli va natijaga qaratilgan, shuningdek bu borada erishilishi lozim boʻlgan aniq maqsadli koʻrsatkichlarni belgilagan holda qisqa va uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin hamda ijrosini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda har bir tuman va shaharda qizlarning isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashadigan “Bibixonim maktablari”ni tashkil etish ishlarini yakunlasin hamda ishga tushirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabr kuniga qadar kamida 50 ming xotin-qizning mamlakatimiz boʻylab sayohatlarini va dam olishlarini tashkil etsin. Bunda sayohatning asosiy qismi iqlim sharoiti sayohat uchun qulay boʻlgan oylarda tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratilsin hamda sayohat bilan bogʻliq xarajatlar “Saxovat va koʻmak” hamda “Ayollar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ogʻir jarrohlik amaliyotiga muhtoj xotin-qizlarni zudlik bilan davolash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil yakuniga qadar 9 mln xotin-qizni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, jumladan onkologik kasalliklari aniqlangan bemorlarni davolash ishlarini rejaga muvofiq amalga oshirsin hamda oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarida “Ayollar maslahatxonasi boʻlimi”, “Qizlar salomatligi markazi”, “Perinatal skrining xonasi” tuzilmalari xizmatini tashkil etish boʻyicha natijaga qaratilgan aniq choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda tegishli tashkilot va muassasalar bilan birgalikda jinoyatchilik, jumladan, xotin-qizlar oʻrtasidagi jinoyatchilik holatini chuqur tahlil etib, ularning oldini olish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli tadbirlardan iborat dastur ishlab chiqsin hamda qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Jizzax, Samarqand, Namangan, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birga yil davomida Zomin, Boʻstonliq, Urgut, Kitob, Shahrisabz, Chortoq tumanlarida 50 gektardan maydonda zafaron oʻsimligini ekish va xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha qatʼiy choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi 2021-yil yakuniga qadar pillachilik tarmogʻida 101 ta, qorakoʻlchilik sohasida esa 175 ta loyihani ishga tushirish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrsin, loyihalarni ishga tushirishda muddat va sifatga hamda ishga tushirilgandan soʻng “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ishga qabul qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Madaniyat, Xalq taʼlimi va Maktabgacha taʼlim vazirliklari umumiy oʻrta va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ajdodlarimiz, onalar siymosini aks ettiruvchi spektakllar namoyishi muntazam tashkil etib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish natijalari yuzasidan har bir hudud boʻyicha qabul qilingan “yoʻl xaritasi” ijrosini qatʼiy taʼminlash choralarini koʻrsin va ijro holati boʻyicha Oliy Majlis Senatiga har chorak yakunida axborot kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar maslahat kengashlari” faoliyati uchun zaruriy xonalar ajratilishi va jihozlar bilan toʻliq taʼminlanishini yakunlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga oilaviy ajrimlar sonini kamaytirish maqsadida “Ayollar maslahat kengashlari” orqali xotin-qizlar, qaynonalar orasida tarbiya, oʻzaro hurmat va oila maʼnaviyatini targʻib etish ishlarini muntazam va manzilli olib borish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari”ni yuritish, ushbu daftar”ga kiritilgan xotin-qizlar roʻyxatini tasdiqlash va roʻyxatdan chiqarish, ularga oʻz vaqtida va sifatli tarzda amaliy yordam koʻrsatish, yordamning haqqoniyligi boʻyicha qatʼiy nazorat olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarori ijrosi yuzasidan masʼul rahbarlarning hisobotlarini eshitish hamda tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar Kengashlarining “Ayollar daftari” boʻyicha oʻtkaziladigan sessiyalarini yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari mazkur Qarorda belgilangan vazifalarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ijro etilishini nazorat qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 25-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-325-IV-son