Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2005 04.01.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1093
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori, 04.01.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1093
Kuchga kirish sanasi
14.01.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.04.2005
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar markazining,
o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi davlat test markazining
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

“O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI TIZIMIDA RAHBAR VA O‘QITUVChILARNING BO‘Sh LAVOZIMLARINI EGALLASh UChUN ULARNI TANLOV ASOSIDA TANLAB OLISh TO‘G‘RISIda”gi NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 4-yanvarda 1093-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2005-yil 24-martdagi 04/QQ-son, 01-76-son va 01/1184-son qaroriga (ro‘yxat raqami 1461, 28.03.2005-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son qaroriga muvofiq “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida rahbar va o‘qituvchilarning bo‘sh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqida qaror:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida rahbar va o‘qituvchilarning bo‘sh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risida”gi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga yetkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi rahbari J. XUSANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2002-yil 3-yanvar,

3-son

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. MUHITDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 3-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-son

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 3-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002-yil 3-yanvardagi 3-son, 19-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida rahbar va o‘qituvchilarning bo‘sh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 4-oktabrdagi 400-son “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 1998-yil 13-maydagi 204-son “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari (ta’lim muassasalari)dagi bo‘sh (vakant) rahbar, pedagog va muhandis-pedagog (rahbar va o‘qituvchi) lavozimlariga tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov ta’lim muassasalariga zamonaviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga, ijodiy va ilmiy potensialga, yuksak axloqiy va ma’naviy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni saralab olish maqsadida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 1. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ta’lim muassasalarining rahbar va o‘qituvchi lavozimlariga nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadilar. Tanlov bo‘sh (vakant) lavozimlarga e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tanlov mazkur Nizom asosida tuziladigan ta’lim muassasalari rahbar va o‘qituvchi lavozimlariga tanlov o‘tkazish komissiyasi (Tanlov komissiyasi) tomonidan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ta’lim muassasalariga soatbay haq to‘lash asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar direktor buyrug‘i bilan tanlovsiz rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Akademik litseylarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktori va direktor o‘rinbosarlari lavozimlariga o‘tkazilayotgan tanlovda (asosan umumta’lim fanlari yoki pedagogika fanlari bo‘yicha) ilmiy daraja (ilmiy unvon)ga ega bo‘lgan shaxslar hamda pedagogik soha bo‘yicha magistr yoki diplomli mutaxassislar ham ishtirok etishlari mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qituvchi lavozimiga o‘tkazilayotgan tanlovda ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki pedagogik mutaxassislik bo‘yicha magistr, diplomli mutaxassis va pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bakalavrlar ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kasb-hunar kollejlarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktori va direktor o‘rinbosarlari lavozimlariga o‘tkazilayotgan tanlovda ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki pedagogik (kasbiy-ta’lim) yohud ta’lim muassasasining yo‘nalishi bo‘yicha magistr, diplomli mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumta’lim fanlar bo‘yicha o‘qituvchi bo‘sh o‘rinlarini egallash uchun tanlovda ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki pedagogik mutaxassislik bo‘yicha magistr, diplomli mutaxassis va bakalavrlar ishtirok etishlari mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus fan va kasbiy ta’lim (amaliyot) o‘qituvchilari lavozimlariga o‘tkazilayotgan tanlovda ta’lim muassasasi yo‘nalishi va ixtisosliklariga mos keladigan ilmiy daraja (ilmiy unvon)li yoki magistr, diplomli mutaxassis va bakalavrlar ishtirok etadilar. Ayrim xalq hunarmandchiligi, sport va madaniyat yo‘nalishlaridagi kasb-hunar kollejlarining kasbiy ta’lim (amaliyot) o‘qituvchi lavozimlarini egallash uchun tanlovda ishlab chiqarish korxonalarining yuqori razryadli xodimlari va milliy hunarmandchilik ustalari, shuningdek sport ustasi yoki madaniyat sohasida unvonga ega o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotli shaxslar ham ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga aylantirilayotgan boshqa turdagi ta’lim muassasalarining rahbarlari va o‘qituvchilari tanlovda umumiy asosda ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Direktor va direktor o‘rinbosarlari lavozimlarini egallash uchun o‘tkazilayotgan tanlovda nomzodlar o‘z-o‘zini tavsiya etish (arizasiga binoan) yoki bo‘ysunuvida ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik yoki idora tomonidan tavsiya etish yo‘li bilan ishtirok etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qituvchi lavozimini egallash uchun o‘tkazilayotgan tanlovda nomzodlar arizalariga binoan ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sud hukmiga ko‘ra pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi man etilgan shaxslar tanlovga qo‘yilmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilarini tanlovdan o‘tkazish bo‘yicha taxminiy test savollari majmui va tanlov o‘tkazish grafigi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (Markaz) tomonidan ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 2. TANLOV O‘TKAZISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bo‘sh (vakant) rahbar lavozimlariga tanlov Markaz va uning hududiy boshqarmalari, o‘qituvchi lavozimlariga ta’lim muassasalari rahbariyati tomonidan markaziy yoki mahalliy matbuot orqali 2 oy oldin e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tanlov e’lon qilinganidan keyin 45 kun davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktor lavozimiga tanlovda ishtirok etishni hohlagan nomzodlarning arizalari yoki bo‘ysunuvida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik, idoralar, shuningdek ta’limni boshqaruvchi davlat organlarining tavsiyanomalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari orqali Markazga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktor o‘rinbosarlari lavozimlariga tanlovda ishtirok etishni xohlagan nomzodlarning arizalari yoki bo‘ysunuvida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik, idoralar, shuningdek ta’limni boshqaruvchi davlat organlarining tavsiyanomalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qituvchi lavozimiga tanlovda ishtirok etishni xohlagan nomzodlarning arizalari ta’lim muassasasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza yoki tavsiyanomalarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
so‘rovnoma (kadrlarni hisobga olish varaqasi) va tarjimai hol;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumoti haqidagi hujjatning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy daraja va ilmiy unvonlari haqidagi hujjatlarning nusxalari (mavjud bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-uslubiy ishlar va ixtirolar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 x 6 o‘lchamdagi 4 dona fotosurat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktor, direktor o‘rinbosari lavozimlariga nomzodning ta’lim muassasasiga bo‘lajak rahbarlik faoliyati bo‘yicha ixtiyoriy shaklda yozilgan rejasi (konsepsiya).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Direktor lavozimiga tanlov o‘tkazish uchun Markaz rahbarining buyrug‘i bilan Markaz huzurida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktor o‘rinbosari lavozimiga tanlov o‘tkazish uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan ushbu boshqarmalar huzurida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qituvchi lavozimlariga tanlov o‘tkazish uchun ta’lim muassasalari direktorlarining buyruqlari bilan ta’lim muassasalari huzurida tanlov komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlov komissiyasi hujjatlarni o‘rganib nomzodlarni tanlovda qatnashishga tavsiya etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlov komissiyasi 7 kishidan iborat tuziladi va komissiya faoliyati uni a’zolarining kamida 5 nafari qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Markaz bo‘ysunuvida bo‘lmagan ta’lim muassasalarining rahbar va o‘qituvchilarini tanlovdan o‘tkazishda tanlov komissiyalarining tarkibiga tegishli vazirlik yoki idoralarning 3 nafar vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlov komissiyasi ochiq ovoz berish asosida va ko‘pchilik ovoz bilan tanlov bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qiladi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
§ 3. TANLOV O‘TKAZISh NATIJALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlov natijalariga ko‘ra tanlangan direktorlar Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi rahbari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tashkiliy-kadrlar ishlari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati bilan birgalikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining tanlovdan o‘tgan direktorlarini tayinlash tartibiga muvofiq tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Direktor o‘rinbosarlari lavozimlariga komissiya tomonidan tanlab olingan nomzodlar bilan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi yoki tegishlicha bo‘ysunuvida ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik yoki idora belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi va buyruq bilan rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘qituvchi lavozimiga tanlab olingan nomzodlar bilan ta’lim muassasasi direktori belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzadi va buyruq bilan rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tanlov komissiyasi xulosasidan norozi bo‘lgan shaxslar yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 1-2-son)