Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 08.07.2021 yildagi 430-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazib borishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 3-oktabrdagi PF-5841-son Farmoni va “Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2018-yil 1-noyabrdagi PQ-3991-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi PF-5841-son Farmoni 1-bandiga muvofiq Qoʻqon shahrida har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Xalqaro hunarmandchilik festivali (keyingi oʻrinlarda — Festival) hamda Festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi oʻrinlarda — Konferensiya) oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) 1-ilovaga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkiliy qoʻmita:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil oktyabr oyiga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalga iqtidorli hunarmandlar va isteʼdodli yoshlarni jalb qilish maqsadida joylarda “Men Qoʻqonga boraman” shiori ostida koʻrgazma va koʻrik-tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy hunarmandlar, soha olimlari va ommaviy axborot vositalari vakillaridan munosiblarini tanlab olish uchun saralash komissiyasi tarkibi va saralash mezonlarini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Festivalni tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish doirasida davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) zarur hollarda, Festivalni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq tezkor qarorlar qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Festival Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 960-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil noyabr oyiga qadar Festival va Konferensiyani oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarga munosib tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha manzilli “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlasin hamda uni amalga oshirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Festivalga iqtidorli hunarmandlar va isteʼdodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qoʻqonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat quyidagi koʻrgazma va koʻrik-tanlovni tashkil etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich — tumanlar (shaharlar) boʻyicha 2022-yilning aprel oyida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha 2022-yilning iyun oyida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Fargʻona viloyati hokimligi Qoʻqon shahrida keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirsin, shuningdek, Festival va Konferensiya oʻtkaziladigan maydon va hududlarni talab darajasida tayyorlashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2018-yil 1-noyabrdagi PQ-3991-son qarori 11-bandiga muvofiq Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi — Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari, 50 foizi — Fargʻona viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita 2021-yil dekabr oyiga qadar Festivalga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar smetasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil dekabr oyiga qadar Festival va Konferensiyaning maqsadi hamda vazifalarini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha media-reja ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
media-rejaga asosan Festival va Konferensiyani oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, ularni oʻtkazish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Festival rasmiy veb-sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 8-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
430-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 430-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

X. Bozarov

Fargʻona viloyati hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

A. Ikramov

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

U. Abdullayev

“Hunarmand” uyushmasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

5.

O. Nazarbekov

madaniyat vaziri

6.

A. Xadjibayev

sogʻliqni saqlash vaziri

7.

Sh. Sobirov

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

O. Nasritdinxodjayev

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

F. Arziyev

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

Lavozimi boʻyicha

turizm va madaniy meros vaziri oʻrinbosari

11.

A. Abduvaliyev

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi

12.

A. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

13.

J. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

14.

B. Abduhalimov

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

15.

Sh. Pidayev

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti direktori

16.

I. Maxkamov

“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi

17.

X. Xasilov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b.

18.

A. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

19.

A. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

20.

S. Saidov

Yozuvchilar uyushmasi raisi

21.

R. Fatxullayev

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti dotsenti

22.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

23.

O. Qudratov

Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudiri, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarini bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 430-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

Vazirlik va idoralardan

Vazirlar Mahkamasidan

I. Tashkiliy masalalar

1.

2022-yil sentyabr oyida Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning yigʻilishini oʻtkazish.

1. Ushbu chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar, hokimliklar boʻyicha masʼul ijrochilarni belgilash, moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda smeta xarajatlari masalalarini muhokama qilish yuzasidan Tashkiliy qoʻmita yigʻilishlarini oʻtkazish.

2022-yil fevral, may, avgust

Tashkiliy qoʻmita aʼzolari

A. Abduhakimov,

O. Qudratov,

Sh. Karimov

2. Festival doirasida:

ishtirokchilarni kutib oluvchi va kuzatuvchi;

ishtirokchilarni mehmonxonaga joylashtiruvchi va transport bilan taʼminlovchi;

ishtirokchilarni ovqatlantirishni tashkil etuvchi;

tadbirlarni ommaviy-axborot vositalarida yorituvchi;

madaniy dam olishni tashkil etuvchi;

tarjimonlar va volontyorlar bilan ishlarni tashkil qiluvchi guruhlar tuzish;

tarjimon va volontyorlarga yoʻriqnoma berish va zarur malakalarga oʻqitish.

2022-yil mart

Fargʻona viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizm va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2.

Festival oʻtkaziladigan joyni tayyorlash (Qoʻqon shahridagi “Xudoyorxon” oʻrdasi atrofidagi bogʻ hududi).

1. Festival oʻtkaziladigan joyni (shu jumladan, bino-inshootlarni) belgilash toʻgʻrisida Fargʻona viloyati hokimining tegishli qarorini qabul qilish.

Bunda festivalda ishtirok etadigan mahalliy (respublikaning 14 ta hududi boʻyicha har biriga alohida) hamda xorijlik hunarmandlar uchun alohida pavilonlar tashkil etishni, shuningdek, koʻngilochar tadbirlar, ovqatlanish shoxobchalari, avtoturargohlar va eko-hojatxonalar uchun alohida joylar ajratilishini nazarda tutish.

2022-yil mart

Fargʻona viloyati hokimligi

A. Ramatov,

Sh. Abidov,

O. Qudratov

2. Nufuzli landshaft dizaynerlarini jalb qilgan holda, festival doirasida Qoʻqon shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2022-yil iyul-avgust

Fargʻona viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ

3. Festival oʻtkaziladigan hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash, shu jumladan, tungi yoritish chiroqlari ustunlarini tartibga keltirish.

3.

Festival ishtirokchilarini mehmonxona bilan taʼminlash.

1. Qoʻqon shahri va unga chegaradosh tuman (shahar)larda mavjud mehmonxonalardagi oʻrinlar sonini xatlovdan oʻtkazish.

2022-yil aprel

Fargʻona viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi, vazirlik va idoralar, tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari

A. Ramatov,

Sh. Abidov,

O. Qudratov

2. Mehmonxonalarda mehmonlarni qabul qilish imkoniyati yetarli boʻlmagan (shahar, tuman miqyosida jami 2 500 oʻrindan kam) taqdirda, tashabbuskorlarni jalb qilgan holda Qoʻqon, Margʻilon, Rishton, Fargʻona shaharlarida 50 oʻringacha boʻlgan yangi mehmonxonalar qurish, shuningdek, tashabbuskorlarni belgilagan holda qoʻshimcha ravishda mehmon uylarini tashkil qilish choralarini koʻrish.

2022-yil davomida

4.

Festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etish.

1. Festival dasturini ishlab chiqish.

2022-yil aprel

“Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Savdo-sanoat Palatasi, Fargʻona viloyati hokimligi, Milliy teleradiokompaniya

A. Abduhakimov,

O. Qudratov,

E. Rustamov

2. Dasturni turistik tashkilotlarga taqdim etish hamda Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarga keng joylashtirish orqali targʻib qilish.

2022-yil may

5.

“Men Qoʻqonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat koʻrgazma va koʻrik-tanlovni tashkil etish.

1. Festivalga iqtidorli hunarmandlar va isteʼdodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qoʻqonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat koʻrgazma va koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

2021-yil oktyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Turizm va sport vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Abduhakimov,

O. Qudratov,

E. Rustamov,

Sh. Abidov

2. Koʻrgazma va koʻrik-tanlovning:

birinchi — tuman (shahar)lar;

ikkinchi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichini oʻtkazish.

2022-yil aprel, iyun

3. “Men Qoʻqonga boraman!” shiori ostida koʻrgazma va koʻrik-tanlovning keng yoritilishini taʼminlash.

2022-yil mart-aprel

6.

Esdalik buyumlarini tayyorlash.

Festivalni targʻib etuvchi esdalik buyumlari va bosma mahsulotlar (brendbuk, pamflet, buklet va boshqalar) tayyorlash.

2022-yil fevral

“Hunarmand” uyushmasi, Savdo-san�at palatasi, Badiiy akademiya, Turizm va sport vazirligi

A. Abduhakimov,

O. Qudratov,

E. Rustamov

7.

Qoʻqon shahrida umumiy ovqatlanish xizmatlarining toʻlaqonli koʻrsatilishini taʼminlash.

1. Festival davomida Qoʻqon shahridagi mavjud umumiy ovqatlanish korxonalarining mehmonlarni qamrab olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.

2022-yil aprel

Fargʻona viloyati hokimligi, vazirlik va idoralar, tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari

A. Abduhakimov,

O. Qudratov,

Sh. Abidov

2. Zaruratga koʻra, yangi kafe va restoranlar tashkil qilish choralarini koʻrish.

2022-yil aprel — avgust

3. Zamon talablari asosida milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish xizmatlarining koʻrsatilishini taʼminlash.

Festival kunlari

8.

Yoʻlovchi tashish xizmati koʻrsatishni tashkil etish.

1. Qoʻqon shahridagi barcha taksi xizmati koʻrsatuvchi korxonalarni xatlovdan oʻtkazish, ularning texnik tayyorgarlik holatini oʻrganib chiqish.

2022-yil may

Fargʻona viloyati hokimligi, Transport vazirligi

A. Ramatov,

Sh. Abidov,

O. Qudratov

2. Zaruratga koʻra, Fargʻona viloyatining boshqa hududlaridan Qoʻqon shahriga taksi xizmati koʻrsatuvchi subyektlarni shartnoma asosida jalb qilish.

Festival kunlari

3. Tashabbuskorlarning taklifiga binoan ularga yoʻlovchi tashish transportlarini imtiyozli shartlarda sotib olishga (shu jumladan kredit, lizing asosida) koʻmaklashish.

2022-yil davomida

9.

Mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda mehmonlarni munosib kutib olish va kuzatish.

1. Xorijdan tashrif buyuradigan festival ishtirokchilarini mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda kutib olish, kuzatish boʻyicha maxsus shtablar tashkil qilish.

2. Mehmonlarni kutib olish joylarida festival toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni oʻrnatish.

3. Festival kunlari Toshkent shahridan Qoʻqon hamda Fargʻona shaharlariga harakatlanuvchi festival ishtirokchilari uchun yoʻlovchi poyezdlariga belgilangan tartibda joylar ajratilishi va zarur hollarda qoʻshimcha poyezdlar qoʻyilishini taʼminlash.

4. Festivalga moʻljallangan alohida yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish.

Festival kunlari

Fargʻona viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizm va sport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, turistik tashkilotlar

A. Ramatov,

Sh. Abidov,

O. Qudratov

10.

Xavfsizlikni taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish.

Festival oʻtkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish choralarini koʻrish.

Festival kunlari

Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi

B. Musayev,

X. Berdibayev,

Sh. Karimov

II. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar

11.

Festival saytini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish.

Tadbirni yuqori saviyada yoritish maqsadida festival saytini takomillashtirish va unda axborotlarni uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz) muntazam yoritib borish.

Bunda festivalda ishtirok etishni istagan xorijiy davlatlar hunarmandlarining ushbu sayt orqali onlayn tarzda ariza topshirishlari va roʻyxatdan oʻtishlari uchun imkoniyat yaratish.

2022-yil aprel — sentyabr

“Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi,

A. Abduhakimov,

O. Qudratov,

E. Rustamov

12.

Mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini muntazam yoritish.

1. Festival doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar, uning maqsadi va vazifalarini mahalliy va xorijiy OAVlarda muntazam yoritish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil may

Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi, Milliy Axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, vazirlik va idoralar

A. Abduxakimov,

O. Qudratov,

E. Rustamov

2. Festivalni targʻib etuvchi kamida 3 ta reklama roliklarini tayyorlash, markaziy va barcha mahalliy telekanallarda muntazam namoyish qilish.

2022-yil iyun

3. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik idoralarini festivalni targʻib qiluvchi foto va videomateriallar bilan taʼminlash, shuningdek, chet el OAVlari orqali sayyohlar hamda hunarmandlarni festivalda ishtirok etishga undovchi targʻibot materiallarini namoyish etish.

2022-yil davomida

4. Festivalni xorijlik sayyohlar ekskursiya marshrutiga kiritish.

13.

Festivalda milliy hunarmandchilik namunalarining keng taqdimotini tashkil qilish uchun sharoitlar yaratish.

1. Har bir hududning oʻziga xos milliy hunarmandchiligi va madaniy hayotini aks ettiruvchi hunarmandlar shaharchalari maketini tayyorlash.

2022-yil avgust

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Badiiy akademiya

A. Abduhakimov,

O. Qudratov,

E. Rustamov

Sh. Abidov

2. Respublikaning har bir (14 ta) hududidan kamida 60 nafardan hunarmand ishtirokini taʼminlash.

Festival kunlari

3. Festival uchun ajratilgan maydon hududida rassomlar xiyoboni tashkil etish va festival ishtirokchilariga mahorat darslarini namoyish etish.

4. Respublikaning barcha tuman (shahar)larida festival reklamasini tashkil etish (billbord, LED panellar, transport vositalari va yer osti oʻtish joylarida, yirik savdo markazlarida).

2022-yil mart, may, avgust

14.

Xorijlik mehmonlarni Oʻzbekistonning tarixiy, madaniy va maʼrifiy hayoti bilan tanishtirish.

1. Xorijlik festival ishtirokchilari va mehmonlarni shaharning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya marshrutini ishlab chiqish.

2022-yil iyul

Turizm va sport vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi

A. Abduxakimov,

O. Qudratov,

Sh. Abidov

2. Ekskursiya marshrutiga kiritilgan joylarni belgilangan tarzda obodonlashtirish, taʼmirlash hamda mehmonlarni qabul qilish uchun shay holatga keltirish.

2022-yil avgust

Fargʻona viloyati hokimligi

3. Xalqimizning madaniy va tarixiy hayoti, hunarmandlar turmush tarzini oʻzida aks ettiruvchi teatrlashtirilgan ochilish va yopilish marosimlari, konsert dasturlari ssenariysini tayyorlash.

Sahnalashtirish jarayonlariga tajribali rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, teatr namoyandalari, sanʼat va madaniyat arboblarini jalb etish.

2022-yil iyul

Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi

4. Oʻzbekiston hunarmandchiligi va amaliy sanʼatining tarixi va bugungi holatini aks ettiruvchi maxsus hujjatli film suratga olish va barcha milliy telekanallar orqali uch tilda namoyish etish.

2022-yil avgust

Kinematografiya agentligi, Milliy teleradiokompaniya

15.

“Wi-Fi” hududlarini tashkil etish.

Tashkiliy qoʻmita murojaatiga asosan festival oʻtkaziladigan hududda bepul “Wi-Fi” xizmatini tashkil etish.

Festival kunlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi

A. Abduxakimov,

O. Umarov

III. Xalqaro tadbirlar

16.

Jahon hunarmandlar Kengashi (World craft council) hamkorligida xalqaro tadbirlarni tashkil etish.

Festival doirasida Jahon hunarmandlar Kengashining (World Crafts Council):

1. Boshqaruv kengashi yigʻilishini munosib tarzda oʻtkazish;

2. “Jahon hunarmand shaharlari” forumini tashkil etish va oʻtkazish.

2022-yil sentyabr

“Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Fargʻona viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi, vazirlik va idoralar

A. Abduhakimov,

O. Qudratov,

E. Rustamov,

Sh. Abidov,

F. Rahimov

IV. Festival tadbirlarini moliyalashtirish

17.

Festivalni moliyalashtirish

1. Festival xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil dekabr

Fargʻona viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, vazirlik va idoralar

A. Abduhakimov,

O. Qudratov,

E. Rustamov

Sh. Abidov

2. Tasdiqlangan smeta xarajatlari asosidagi mablagʻlarni festival jarayonlari boshlanmasdan oldin toʻlab berish choralarini koʻrish.

2022-yil may

3. Belgilangan tartibda muayyan tadbirlarni moliyalashtirishga davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish.

2022-yil davomida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 09/21/430/0655-son; 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)