06.07.2021 yildagi PF-6257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun mas’ul bo‘lgan alohida organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalangan holda transport vositalariga davlat raqam belgilarini berish, notariat va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatish, yer uchastkalarini ajratish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish kabi ko‘plab sohalarda korrupsiya va suiiste’molchiliklarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ko‘rilayotgan tizimli choralarga qaramasdan, budjet mablag‘laridan foydalanish, davlat xaridlari, kapital qurilish, litsenziya va ruxsatnomalarni olish, bank kreditlarini ajratish, ishga qabul qilish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya holatlari saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Keng jamoatchilikning fikri va takliflarini inobatga olib, davlat boshqaruvini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Agentlik tomonidan “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri” (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) yuritilishi ta’minlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Reyestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining ko‘rsatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zosi bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular tomonidan ta’sis etilgan va (yoki) ular ishtirokchisi hisoblangan tadbirkorlik subyektlari davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashish, shuningdek, davlat aktivlarini xususiylashtirish bilan bog‘liq tender va tanlov savdolarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar hamda davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Reyestrni va u bilan bog‘liq cheklovlarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Reyestrga mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan qonun kuchga kirganidan so‘ng korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2022-yil 1-yanvardan boshlab, davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatchisi tomonidan deklaratsiyani taqdim etishdan bosh tortish va qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va qonunda belgilangan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatchilariga respublika hududidan tashqarida hisobraqamlar ochish va egalik qilish, naqd pul mablag‘larini saqlash, ko‘chmas va boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanadi (xorijda ishlayotgan davlat xizmatchilari va davlat xizmatiga kirishdan oldin olingan mol-mulk bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat xizmatiga oid qonunchilik hujjatlari paketi, shuningdek, deklaratsiyalash tizimini joriy etish mexanizmlari, deklaratsiya taqdim etishi lozim bo‘lgan davlat xizmatchilari va ularning oila a’zolari toifasini nazarda tutuvchi “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazib Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan lavozimni egallab turgan shaxsning bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaati mansab (xizmat) majburiyatlarini obyektiv va xolis bajarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yoki shunday ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar manfaatlar to‘qnashuvi hisoblanadi hamda bunday vaziyatlarni oshkor qilish va ularning oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida chora ko‘rmaganlik o‘rnatilgan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikka manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq har qanday holatlar aniqlanganda, shartnoma, buyruq va boshqa hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida taqdimnoma yoki uni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga da’vo kiritish vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi Agentlik, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar “Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun, shuningdek, davlat xaridlari, soliq imtiyozlari, yer ajratish, davlat aktivlarini xususiylashtirish sohalarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikni o‘rnatishni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bosh prokuratura Agentlik, Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro‘yxatini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralarini uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni o‘tashda yengillashtiruvchi normalar qo‘llanilishiga cheklovlar belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat xaridlarida raqobatli savdo turlarini cheklovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar, investitsiyaviy, davlat-xususiy sheriklik, xususiylashtirish va boshqa bitimlarni tuzishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbus bilan chiqish qat’iyan taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat moliyaviy nazorat institutlarini maqbullashtirib, ularning samarali modelini joriy etish va ushbu sohada parlament nazoratini kengaytirish bo‘yicha taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Adliya vazirligi Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha inspeksiyalarning vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, tashkiliy tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqib, takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa shakldagi (qo‘mita, agentlik, xizmat) davlat boshqaruvi organlarining nazorat sohasidagi funksiyalarini maqbullashtirishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari muntazam ravishda mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis palatalariga Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalliy budjetlar hisobidan tashkil etilgan vaqtinchalik va maxsus jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan muntazam ravishda nazorat olib borsin va har chorak yakunlari bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (T. Narbayeva) davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini har chorakda tanqidiy muhokama qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul etib Bosh prokuror N.T. Yo‘ldoshev, Agentlik direktori A.E. Burxanov va Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi T.K. Narbayeva, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 6-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6257-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish

1.

Davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish hamda xodimlarning kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlari (meritokratiya tamoyili) asosida xizmat pog‘onalarida ko‘tarilishi, davlat xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilishning shaffof mexanizmlarini joriy etish hamda ularning aniq vazifalarini belgilash.

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini xorijiy ekspertlarning tavsiyalari va keng jamoatchilik fikri asosida takomillashtirish hamda uni amalga oshirish bo‘yicha �onunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari paketini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-sentabr

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Adliya vazirligi

2.

Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini qabul qilish.

Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi loyihasini ishlab chiqib, Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan tasdiqlash.

2021-yil 1-sentabr

Oliy Majlis palatalari,

Adliya vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

3.

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri yuritilishini yo‘lga qo‘yish.

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestrini va u bilan bog‘liq cheklovlarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2021-yil 1-oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

4.

Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish.

Har yili yil yakuni bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reytingni e’lon qilish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Adliya vazirligi

5.

Davlat organlari faoliyatida korrupsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimini yaratish.

Mutasaddi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi bilan Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali integratsiyalashgan Korrupsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimini ishga tushirish.

2022-yil 1-yanvar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

6.

Davlat xizmatchilari, shu jumladan davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish.

Quyidagilarni nazarda tutuv�i “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

deklaratsiya topshirish talab etiladigan shaxslar doirasi;

daromadlar va mol-mulkni majburiy deklaratsiya qilish tizimining har bir bosqichini joriy etish mexanizmlari;

deklaratsiyalarni monitoring qilish va natijalarini e’lon qilib borish tartibi;

deklaratsiyani taqdim etishdan bosh tortganlik va qasddan noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritganlik uchun javobgarlik belgilash.

2021-yil 1-sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Daromad va mol-mulk deklaratsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritishni yo‘lga qo‘yish.

Daromad va mol-mulk deklaratsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni qayta ishlash va tekshirishning elektron axborot tizimini yaratish.

2021-yil 1-dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

Ushbu axborot tizimini soliq, bojxona, davlat kadastri va boshqa tegishli organlarning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish.

2022-yil yakuniga qadar

8.

“Korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish.

Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishning yangilangan tartibi — ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazishni joriy etish, davlat organlari va tashkilotlarining mas’ulligini oshirish, korrupsiyaga qarshi ekspertiza bo‘yicha ish rejalari va aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjati loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-sentabr

Adliya vazirligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Bosh prokuratura

9.

Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat organlari tomonidan funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va aniqlangan xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha samarali choralarni belgilash.

Davlat organlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil 1-dekabr

Adliya vazirligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Bosh prokuratura

10.

Vazirlik va idoralar tarkibidagi nazorat organlari (inspeksiyalar) faoliyatini takomillashtirish.

Barcha inspeksiyalarning vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, tashkiliy tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqib, ularni takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-noyabr

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Davlat moliyaviy nazorat institutlarini takomillashtirish.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat moliyaviy nazorat institutlarini maqbullashtirib, ularning samarali modelini joriy etish va ushbu sohada parlament nazoratini kengaytirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2021-yil 1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi

12.

Qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish tizimini takomillashtirish.

Davlat moliyaviy nazorati departamenti tarkibida Qurilish obyektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish bo‘linmasini tashkil etish, shuningdek, davlat nazorat-taftish idoralari, operativ-qidiruv faoliyati subyektlari va tergov-surishtiruv idoralari so‘roviga muvofiq, qo�unchilikda belgilangan asoslarda o‘tkaziladigan nazorat o‘lchovi ushbu bo‘linma tomonidan bepul amalga oshirilishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarorini ishlab chiqish.

2021-yil 1-oktabr

Moliya vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

13.

Davlat ishtirokidagi korxonalarda moliyaviy natijadorlikka erishish va davlat mulkidan samarali foydalanish ustidan ta’sirchan nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining davlat ishtirokidagi korxonalarda moliyaviy natijadorlik va davlat mulkidan foydalanish holati yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot berib borish amaliyotini joriy etish.

har yil yakuni bo‘yicha

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

14.

Davlat xizmatida suiiste’molchiliklarning oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish.

Davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar bilan ishlash, xo‘jalik ishlari, moliya-iqtisod bo‘linmalari va nazorat funksiyasiga ega tuzilmalar rahbarlarini muayyan muddatda rotatsiya qilish hamda suiiste’molchiliklarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha mexanizmlarni joriy etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda rotatsiya qilingan xodimlarning ko‘chib o‘tish va uy-joy olish (ijaraga olish) bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash mexanizmlarini nazarda tutish.

2021-yil 1-sentabr

Adliya vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

15.

Davlat xizmatchilarining xizmat safarlari mobaynida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish.

Respublika hududlariga yuboriladigan davlat organ va tashkilotlari xodimlarining xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarni tanqidiy tahlil qilish hamda belgilangan me’yorlarni haqiqiy xarajatlarga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-oktabr

Moliya vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

16.

Yo‘l qurilishi va ekspluatatsiyasi sohasiga shaffoflik standartlarini joriy qilish.

Avtomobil yo‘llari sohasiga tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan “SNAFFOF YO‛L” onlayn axborot platformasini ishga tushirish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyihada platformada avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash obyektlarining interaktiv onlayn-xaritasini ishlab chiqish hamda unda keyingi yilda quriladigan va ta’mirlanadigan yo‘l uchastkalarini aniqlash va ularni xaritaga joylash hamda buni jamoatchilikka taqdim etish amaliyotini nazarda tutish.

2022-yil 1-yanvar

Adliya vazirligi,

Transport vazirligi,

Moliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Davlat budjeti hamda shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.

Davlat budjeti, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari bo‘yicha ularning yakuniy texnik-iqtisodiy asosini va boshqa loyiha hujjatlarini ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar sifatida belgilash.

2021-yil 1-dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Banklarda jismoniy shaxslarga kredit ajratishda mijozni identifikatsiya qilishning zamonaviy tizimini joriy etish.

Davlat personallashtirish markazi bilan integratsiya qilgan holda bank tizimida jismoniy shaxslarga kredit ajratilishida mijozning biometrik belgilari (barmoq izi yoki yuzdan)ni tekshirish orqali identifikatsiya qilish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish.

2021-yil 1-sentabr

Markaziy bank,

Davlat personallashtirish markazi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

II. Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish

19.

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni tartibga solishning huquqiy asoslarini shakllantirish.

“Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun, shuningdek, davlat xaridlari, soliq imtiyozlari, yer ajratish, davlat aktivlarini xususiylashtirish sohalarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikni o‘rnatishni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-yanvar

Adliya vazirligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Bosh prokuratura

20.

Davlat xaridlari sohasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish.

Jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi bilan davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalining ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash orqali manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq xavflarni aniqlash imkonini beruvchi elektron tizimni joriy qilish.

2022-yil 1-yanvar

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

21.

Davlat xaridlari sohasida ochiqlikni ta’minlash.

Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali ma’lumotlari asosida davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari jarayonlari monitoringini yuritish va uning natijalari bo‘yicha har oylik ma’lumotlarni keyingi oyning 15 sanasiga qadar rasmiy veb-saytda ochiq e’lon qilib borish.

belgilangan muddatda

Moliya vazirligi

E’lon qilib boradigan har oylik ma’lumotlarni batafsil o‘rgangan holda keyingi oyning 30 sanasiga qadar manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiya alomatlari mavjudligi to‘g‘risida xulosani veb-saytlarda e’lon qilib borish.

belgilangan muddatda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

22.

Oxirgi benefitsiarga oid ma’lumotlarni olish tartibini takomillashtirish.

Benefitsiarlar reyestrini yuritish amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-noyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Adliya vazirligi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

Hisob palatasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Markaziy bank

23.

Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida shikoyatlarni elektron shaklda taqdim qilish imkoniyatini yaratish.

Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida murojaatlarni elektron shaklda taqdim qilish imkonini beruvchi sahifa yaratish va shikoyatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaga yuborish mexanizmlarini joriy etish.

2022-yil 1-yanvar

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Davlat xaridlari amalga oshiriladigan maxsus axborot portalida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan xavflarni oldini olish tizimini takomillashtirish.

Davlat xaridlari amalga oshiriladigan maxsus axborot portalida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan xavflarning oldini olish bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish yuzasidan takliflar kiritish:

qatnashchining davlat xaridlaridagi ishtiroki tarixi (mahsulot, xizmat yetkazib beruvchining ilgari ishtirok etgan tanlovlari, bajargan ishlari);

qatnashchining benefitsiarlari haqidagi ma’lumotlar;

buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasidagi ehtimoliy bog‘liqliklar (qarindoshlik, birga ta’lim olganlik, mehnat faoliyati yoki biznes aloqalari va boshqalar haqidagi ma’lumotlar).

Avtomatlashtirilgan tizim orqali manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan hollarda avtomatik ravishda davlat xaridi jarayonida bitimga da’vogarning ishtirokini cheklash yuzasidan takliflar tayyorlash.

2021-yil 1-dekabr

Moliya vazirligi,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

25.

Qonunchilikka davlat xizmatiga qabul qilish va unda faoliyat olib borishda qarindosh-urug‘chilik va boshqa suiiste’molchiliklarning oldini olishga qaratilgan normalarni kiritish.

Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Adliya vazirligi

III. Korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmalari faoliyatini takomillashtirish

26.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari samarali faoliyatini tashkil etish.

Barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish.

2021-yil 1-oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

27.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va uni Milliy kengash tomonidan tasdiqlash.

2021-yil 1-dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

28.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik choralarini belgilash.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan va (yoki) qonuniy talablarini bajarmagan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil 1-fevral

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

29.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy tadqiqotlar, i�timoiy so‘rovlar o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida olimlar, ilmiy-akademik doira vakillaridan iborat Ekspertlar guruhining faoliyatini tashkil qilish.

2021-yil 1-oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Moliya vazirligi

30.

Korrupsiyaning oldini olish va uning fuqarolik-huquqiy oqibatlarini bartaraf etishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq har qanday holatlar aniqlanganda, shartnoma, buyruq va boshqa hujjat amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish yoki uni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga da’vo kiritish vakolatini berishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjati loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura

IV. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy qilish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish

31.

Korrupsiyaga qarshi qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ayrim normalarini implementatsiya qilish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritish:

Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro‘yxatini belgilash;

korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralarini uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha kuchaytirish;

daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o‘rnatish;

korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni o‘tashda yengillashtiruvchi normalarni qo‘llashga cheklov belgilash.

2021-yil 1-oktabr

Bosh prokuratura,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Oliy sud,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

32.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish.

To‘rtinchi raund natijalari bo‘yicha O‘zbekistonga berilgan tavsiyalarni tahlil qilib, ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2021-yil 1-sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

vazirlik va idoralar

Mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan rejaning amalga oshirilishini har chorakda monitoring qilish.

IHTTning Istanbul harakatlar rejasi yalpi majlisida O‘zbekiston vakillarining hisobotlar bilan ishtirok etishini ta’minlash.

2021-2022-yillarda beshinchi raund monitoringi amalga oshirilishi bo‘yicha amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqish.

2021-2022-yillar davomida

33.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish.

Yevropa Ittifoqi doirasidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlar guruhi (GRECO), Korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari xalqaro assotsiatsiyasi (IAASA) tashkilotlariga a’zolik masalalarini ko‘rib chiqish, shuningdek, xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish choralarini ko‘rish.

2021-yil 1-avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Tashqi ishlar vazirligi

V. Davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish

34.

Korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligini aholi va davlat xizmatchilari ongiga singdirish.

Davlat organlari matbuot xizmatlari tomonidan aholi va davlat xizmatchilari o‘rtasida:

k�rrupsiyaga qarshi kurashish asoslari va bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilovchi normativ-huquqiy asoslar bilan tanishtirish ishlarini olib borish;

korrupsiyaning jamiyat va davlat uchun ijtimoiy xavfli xususiyatlari va oqibatlarini keng targ‘ib qilish;

davlat fuqarolik xizmati nufuzini oshirish bo‘yicha kompleks chora tadbirlarni amalga oshirish.

Doimiy

Adliya vazirligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oliy sud,

Bosh prokuratura

35.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tahlil va ilmiy izlanishlar sifati va natijadorligini tubdan oshirish.

Xorijiy va milliy hamkorlar ko‘magida va nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilgan holda Toshkent davlat yuridik universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish muammolarini tadqiq qilish bo‘yicha markaz faoliyatini tashkil etish yuzasidan takliflarni kiritish.

2021-yil 1-oktabr

Adliya vazirligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Bosh prokuratura

36.

Korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha ko‘rilgan sud ishlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash.

“Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimi doirasida davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar haqidagi statistik ma’lumotlar hamda hukm qonuniy kuchga kirgan jinoyat ishlarining sohalar va hududlar kesimidagi elektron bazasini shakllantirish.

2021-yil 1-sentabr

Ichki ishlar vazirligi,

Oliy sud,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Bosh prokuratura

37.

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni doirasida keng ko‘lamli Antikorrupsiya haftaligini o‘tkazish.

Media-reja ishlab chiqish va uning samarali amalga oshirilishini tashkil etish.

har yili noyabr-dekabr oylarida

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi

38.

Davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilimlarini doimiy oshirib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning filiallari negizida “halollik vaksinasi” tamoyili asosida davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarda muntazam ravishda o‘qitish tizimini joriy etish.

2022-yil 1-yanvar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Adliya vazirligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Bosh prokuratura Akademiyasi

39.

Fuqarolar tomonidan korrupsiya holatlari haqida tezkor xabar berish imkoniyatini kengaytirish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida fuqarolarning korrupsiya haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi tunu-kun faoliyat yuritadigan “Call-markaz” ishga tushirish.

2021-yil 1-sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Moliya vazirligi

40.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka tizimli ravishda yetkazib borish.

Har oy o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladigan “Uzbekistan Anti-Corruption Digest” onlayn jurnalini ta’sis etish.

2021-yil 1-sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Moliya vazirligi

41.

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish borasidagi ishlarni jamoatchilikka yetkazib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli formatlardagi eshittirish, ko‘rsatuv, maqolalar va boshqa axborot materiallarini e’lon qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2021-yil 1-sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Adliya vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Milliy teleradiokompaniya

42.

Aholini “Ochiq budjet” va “E-anticor.uz” platformalari bilan tanishtirishga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish.

Tele va radiokanallarda turli formatlardagi ijtimoiy roliklar va eshittirishlarni tayyorlash va namoyish etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2021-yil 1-sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Moliya vazirligi,

Milliy teleradiokompaniya

43.

Ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha tizimli va manzilli tadbirlarni amalga oshirish.

Yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash.

2021-yil 1-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura

44.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining OAV bilan samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyaga oid xabarlarni ko‘rib chiqish va jamoatchilikka ma’lumot berish tartibi va muddatlarini aniq belgilash.

2021-yil 1-avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentabrdagi “2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-son Farmoniga 3-ilovaning 42-pozitsiyasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Asosiy mas’ul organ” grafasidagi “Bosh prokuratura” so‘zlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Turdosh davlat organlari” grafasidagi “Adliya vazirligi” so‘zlari “Bosh prokuratura, Adliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-5635-son Farmoniga 3-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2.1-pozitsiyaning “Korrupsiya darajasi” indikatorida “Mas’ul davlat organlari” grafasidagi “Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev)” so‘zlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5.2, 6 va 17.6-pozitsiyalarning “Mas’ul davlat organlari” grafasidagi “Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev)” so‘zlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5729-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar Davlat dasturining har bir bandi bo‘yicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlarini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi bilan kelishib olsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 5-bandning “a” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshidagi “Idoralararo komissiya” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (keyingi o‘rinlarda — Milliy kengash)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidagi “Idoralararo komissiyaga” so‘zlari “Milliy kengashga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Milliy kengash (T.K. Narbayeva):”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 9-banddagi “Idoralararo komissiyaga” so‘zlari “Milliy kengashga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 3-ilova quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

31.

A.E. Burxanov

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

”.

Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2833-son qarori 4-bandining to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4464-son qaroriga 1-ilovaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“A.E. Burxanov — O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, Komissiya raisi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5111-son Farmoniga 1-ilovaning 19-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi PF-5191-son Farmoniga ilovaning 11-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5456-son Farmoniga 1-ilovaning 46-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5547-son Farmoniga 1-ilovaning 12-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi PF-5769-son Farmoniga ilova 1-bandining “a” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5870-son Farmoniga 1-ilovaning 17-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5892-son Farmoniga 1-ilovaning 33-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-son qarori.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son; 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)