01.07.2021 yildagi PF-6255-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Globallashuv sharoitida hamda xalqaro va mintaqaviy mojaralar transformatsiyasi davom etayotgan bir paytda, ekstremizm va terrorizmga qarshi samarali kurashish masalasi kun tartibidagi dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari diniy aqidalar niqobi ostida yoshlarni zo‘ravonlikka, milliy o‘zligini, madaniy-ma’rifiy va oilaviy qadriyatlarini yo‘qotishga undash yo‘li bilan jamiyatda zo‘ravonlik va radikal qarashlarni tarqatishni davom ettirmoqda. Bularning barchasi fuqarolarni ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari safiga jalb qilish uchun shart-sharoit yaratmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, ekstremizm va terrorizmning oldini olish va chek qo‘yish hamda ularni moliyalashtirish manba va kanallariga barham berishga qaratilgan yanada samarali chora-tadbirlarni belgilash, bu borada milliy va xalqaro darajada sa’y-harakatlarni birlashtirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekstremizm va terrorizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish maqsadida vatanparvarlik, an’anaviy qadriyatlar va bag‘rikenglik mafkurasini targ‘ib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremizm va terrorizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayollar huquqlarini himoya qilish hamda ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddat xorijda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Internet jahon axborot tarmog‘idan ekstremistik va terrorchilik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga keng jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekstremistik va terrorchilik harakatlarini sodir etganlik hamda ularni moliyalashtirganlik uchun huquqiy ta’qib va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu sohadagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarirahbarlari — “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda ularning ijrosi natijalari bo‘yicha har yarim yillik yakunida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga ma’lumotlarni taqdim etish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi (A.A. Azizov) — Strategiya va “Yo‘l xaritasi”ning amalga oshirilishi bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni, ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga o‘z vaqtida taqdim etib borish uchun shaxsan mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati (V.V. Maxmudov) Strategiya ijrosining ahvoli to‘g‘risida har yarim yillikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari jamg‘armalar, xalqaro hamkorlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Davlat xafsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6255-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MILLIY STRATEGIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi vaqtda ekstremizm va terrorizm xalqaro xavfsizlikka, shu jumladan Markaziy Osiyoda asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ekstremizm va terrorizm xavfi hamda tahdidlariga qarshi kurashish O‘zbekiston Respublikasi uchun birinchi navbatdagi vazifalardan biri bo‘lib, mintaqa davlatlari va xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlarini birlashtirishni taqozo etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi har tomonlama o‘ylangan tinchliksevar, pragmatik va izchil tashqi siyosatni olib borib, ekstremizm va terrorizmning umumiy tahdidlariga qarshi kurashishda barcha davlatlar bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ochiqdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xavfsizlikning bo‘linmasligi, o‘z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo‘l qo‘yilmasligi, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa prinsiplari va normalariga asoslanadi.
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarixida ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlarga bir necha marotaba duch kelgan. Ushbu yo‘nalishda xavf-xatar, tahdid va tahlikalar saqlanib qolayotganini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ekstremizm va terrorizm hamda ularni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi mavjud tajriba, shuningdek, mintaqa davlatlaridagi mazkur tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha holatning retrospektiv va qiyosiy tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, Markaziy Osiyoda ekstremistik va terrorchilik faoliyati, asosan, millatchilik (milliy), ijtimoiy, diniy va siyosiy g‘oyalar ostida amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasida (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ekstremizm va terrorizmning mintaqada tarqalishi uchun asosiy sabab va shart-sharoitlar ham, ekstremist va terrorchilar o‘z buzg‘unchi faoliyatida foydalanadigan turli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy va boshqa omillar ham inobatga olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, xalqaro huquq va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining umume’tirof etilgan tamoyil va normalariga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi, “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunlarining qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Strategiyaning maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiyaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, milliy xavfsizlik, shuningdek, fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali va bir vaqtning o‘zida muvofiqlashtirilgan davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sohadagi normativ-huquqiy va uslubiy-amaliy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) davlat organlari, keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyatning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan harakatlarini birlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jamiyatda konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) davlatning aholi, ayniqsa yoshlarning ekstremistik va terrorchilik faoliyatiga jalb etilishidan himoyalashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ekstremizm va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish yo‘nalishida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining quyidagi tamoyillari va asosiy yo‘nalishlari shakllandi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, demokratiya va inson huquqlarining umum e’tirof etilgan g‘oyalari va qadriyatlariga, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarga sodiqlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, kuchli huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati tamoyillariga asoslangan milliy manfaatlarning ustuvorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, yuzaga keladigan tahdid va xavf-xatarlarni, oshkoralik va shaffoflik prinsipiga mos ravishda, davlat idoralarining barcha fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, xalqaro hamkorlar bilan muloqot orqali muhokama qilish va hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan shaxs manfaatlarining jamiyat va davlat manfaatlaridan ustuvorligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tamoyillarga tayangan holda, O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni keng miqyosda implementatsiya qildi, fuqarolar va davlat xizmatchilarining huquqiy ongini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tashkilotlarning ishtirokisiz va inson huquqlariga oid asosiy xalqaro hujjatlarga qo‘shilmasdan turib demokratik huquqiy davlat qurish mumkin emasligidan kelib chiqib, O‘zbekiston oldidagi asosiy vazifa inson huquqlari sohasidagi o‘z xalqaro majburiyatlariga qat’iy rioya qilish va demokratik huquqiy davlatni qurish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida diniy e’tiqod erkinligi sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining diniy sohada davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari fuqarolarning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi kafolatlash, konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar” deb kafolatlangan.
(2-paragrafning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Konstitutsiyada “inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart” deb ta’kidlangan.
(2-paragrafning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konstitutsiyaga binoan hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan. Har kim xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki biron bir dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-BOB. EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishining oldini olish maqsadida vatanparvarlik, an’anaviy qadriyatlar va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar huquqlari bo‘yicha BMTning Xalqaro Konvensiyasini ishlab chiqish hamda Bosh Assambleyaning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning BMTning Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ma’ruzasi ekstremizm va terrorizmning yuzaga kelish sabablarini, shuningdek, ularning oldini olish yo‘llarini tushunishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirishni, shu jumladan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi, ayniqsa yoshlar orasida ekstremizm va terrorizmning buzg‘unchi g‘oyalariga nisbatan murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishning muhim sharti — bu ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoyalanganlik, yuksak bilim darajasi, xususan, milliy o‘zlikning sof qadriyatlari mohiyatini va diniy konfessiyalarning birgalikda tinch-totuv hayot kechirishi g‘oyasini anglab yetishdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda xalq ma’rifatini oshirish, yanada kuchli, asoslangan va ilmiy isbotlangan mafkuraga tayangan holda ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini yo‘q qilishda sezilarli hissa qo‘shayotgan O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy va Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil qilingan va faol ish olib bormoqda.
(to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va jamoat institutlarining diniy asoslar sababli buzg‘unchi mafkuralar ta’siriga tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy va diniy reabilitatsiya qilishga qaratilgan ishlari faol davom etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi 4 yil davomida ekstremizm va terrorizmga aloqadorligi sababli ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tayotgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan 2 ming nafardan ortiq shaxslar afv etildi va 1,5 ming nafardan ziyod shaxslar jazoni o‘tash joylaridan ozod qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-2018-yillar davomida radikal diniy oqimlarning tarafdorlari deb hisoblangan yoki ularning ta’siri ostiga tushib qolgan 20 ming nafardan ortiq shaxslar huquqni muhofaza qilish idoralari hisobidan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2021-yillarda “Mehr” dasturi doirasida Afg‘oniston, Suriya va Iroqdan xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga adashib qo‘shilib qolgan 400 nafar xotin-qizlar va bolalar O‘zbekistonga qaytarilib, ularning ijtimoiy moslashuvi va reintegratsiyasi uchun har tomonlama yordam ko‘rsatildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bir qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi va BMTning Bolalar Jamg‘armasi (YUNISEF) muhim yordam berdi. BMT Xavfsizlik Kengashining 2396-sonli rezolyutsiyasiga binoan chet el terrorchi jangarilari bilan bog‘liq va terrorizmning qurboni bo‘lishi mumkin bo‘lgan xotin-qizlar va bolalarga yordam berishga alohida e’tibor qaratildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston bundan keyin ham diniy sabablarga ko‘ra buzg‘unchi mafkuralar ta’siridan jabr ko‘rgan shaxslarga har tomonlama ijtimoiy-huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni davom ettirishni maqsad qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining huquqiy madaniyati va ma’rifatini oshirish muhimligini hisobga olgan holda quyidagilar talab etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston hududida asrlar davomida shakllangan, dindorlar orasida tinchlik va bag‘rikenglikni keng yoygan an’anaviy islom dinining asosiy g‘oyalaridan fuqarolarning xabardorligini oshirish, jumladan ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini islom diniga zid ekanligini tushuntirish bo‘yicha keng axborot-ma’rifiy ishlarni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) normativ-huquqiy va moddiy-texnik bazani takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash orqali Internet tarmog‘ida ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqatilishining oldini olish, barvaqt profilaktika qilish va unga qarshi kurashish tizimini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ekstremizm va terrorizmning buzg‘unchi mafkurasi ta’siriga tushib qolgan fuqarolar bilan olib boriladigan ishlarni muntazam ravishda tizimli takomillashtirish, bunda keng jamoatchilikni ham jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) diniy sohada diniy va dunyoviy bilimlarni egallagan, fuqarolar orasida diniy asosdagi ekstremizm mafkurasiga qarshi immunitetni shakllantira oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) hamkorlikdagi ishlarning samarali va ochiq mexanizmlarini yaratish orqali fuqarolik jamiyatining institutlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalarini ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish ishlariga faol jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlar orasida ekstremizmning buzg‘unchi mafkurasiga qarshi immunitetni shakllantirishda xalqaro tajribani joriy etish va keng qo‘llash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ekstremizm va terrorizmning oqibatlarini tushuntirish orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek, javobgarlik va qonun oldida tenglik hissini tarbiyalash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘p yillik tajribalar ko‘rsatmoqdaki, yoshlar muhiti, shu jumladan voyaga yetmaganlar o‘zining ijtimoiy himoyalanmaganligi va o‘ta ta’sirchanligi tufayli, ekstremizm va terrorizmning tajovuzkor mafkurasi oldida eng zaif qatlam bo‘lib qolyapti, bu esa asossiz ravishda norozilik kayfiyatidagilarning ortib borishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XXRning Sindao shahrida 2018-yil 10-iyunida bo‘lib o‘tgan SHHT mamlakatlari Davlat rahbarlari kengashining 18-sessiyasi yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan SHHT davlat rahbarlarining yoshlarga qo‘shma murojaati va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturi Yoshlar o‘rtasida ekstremizm va terrorizm mafkurasiga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori asosida mamlakatda Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan barkamol etib tarbiyalash va o‘qitish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda Yoshlar ishlari agentligi va yoshlarning nodavlat notijorat tashkiloti — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda ular tomonidan yoshlarning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash, ularga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda ekstremizm va terrorizmning har qanday ko‘rinishda namoyon bo‘lishiga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, buzg‘unchi mafkuralarga qarshi immunitetni shakllantirish, huquqiy savodxonlik va ijtimoiy javobgarlik hissini oshirish maqsadida NNT, OAV, kinoindustriya, madaniyat va san’at arboblarini jalb qilgan holda keng qamrovli kompleks ma’rifiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar muhitida ekstremistik va terroristik holatlarining paydo bo‘lishi va tarqalishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yoshlar muhitida ijtimoiy taranglikning kuchayishi (ta’lim darajasi va sifatidagi muammolar, ish o‘rinlarining yetishmasligi, ish haqining pastligi, korrupsiya va boshqalarni o‘z ichiga jamlagan kompleks ijtimoiy muammolar bilan tavsiflanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qadriyat yo‘nalishlarining o‘zgarishi (ekstremizm va terrorizm, dunyoviy me’yorlar va ijtimoiy qadriyatlarni rad etuvchi g‘oyalarni singdiruvchi diniy tashkilotlar va mazhablar jiddiy xavf tug‘diradi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) buzg‘unchi maqsadlarda psixologik omilni qo‘llash (yoshlar psixologiyasiga xos bo‘lgan nigilizm va maksimalizmdan ekstremizm va terrorizmning mafkuraviy rahnamolari tomonidan faol foydalaniladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Internet jahon axborot tarmog‘idan noqonuniy maqsadlarda foydalanish (radikal tashkilotlarga keng auditoriyadan foydalanish va o‘z faoliyatini targ‘ib qilish, o‘z niyatlari va rejalashtirilayotgan harakatlariga oid ma’lumotlarni joylashtirish imkoniyatini beradi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yoshlarning xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari vakillari va emissarlarining ta’siriga tushib qolishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar, shu jumladan voyaga yetmaganlar o‘rtasida ekstremistik va terrorchilik g‘oyalari tarqalishining oldini olish uchun ta’lim va yoshlar siyosati sohasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) o‘sib kelayotgan avlodda qonunga hurmat, huquqiy savodxonlik, konfessiyalararo va millatlararo bag‘rikenglik, mamlakatimiz xalqlarining tarixi, madaniyati, ma’naviy merosi va urf-odatlariga qiziqishni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) to‘garaklar faoliyatini jadallashtirish orqali yoshlar, shu jumladan bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, aholining madaniy, sport va dam olish maskanlaridan foydalanishi uchun shart-sharoit va qulayliklarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yoshlarni an’anaviy, ma’naviy, axloqiy va vatanparvarlik qadriyatlari asosida tarbiyalash tizimini davlat tomonidan uzluksiz qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ta’lim tashkilotlarida vatanparvarlik, bag‘rikenglikni tarbiyalash, ekstremistik va terrorchilik faoliyatiga jalb etilishining oldini olish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) pedagogik xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, ekstremizm va terrorizm g‘oyalariga qarshi kurashishga qaratilgan yangi ta’lim standartlari hamda pedagogik uslubiyotlar ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ekstremistik va terrorchilik mafkuraning tarqalishiga olib keladigan omillarni aniqlash maqsadida yoshlar o‘rtasida bandlik, ijtimoiy va iqtisodiy farovonlik, yoshlar submadaniyatlari faoliyatiga oid tahlillar o‘tkazishga qaratilgan ijtimoiy/sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mustahkam fuqarolik pozitsiyasi va o‘zlikni shakllantirishga qaratilgan faoliyatda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) ekstremizm va terrorizm g‘oyalari tarqalishining oldini olish va profilaktika qilish maqsadida yoshlar jamoat birlashmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) yoshlar o‘rtasida fuqarolik pozitsiyasi va huquqiy savodxonlikni rag‘batlantiruvchi maxsus forum va uchrashuvlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) o‘zlarining ish uslublarini tubdan o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “Ma’naviyat va ma’rifat” markazlari faoliyatini jonlantirish hamda ularning faoliyatini yoshlar o‘rtasida eng ko‘p ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa muammolar mavjud bo‘lgan hududlarga manzilli yo‘naltirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aktlarni, xususan, BMTning xotin-qizlar huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga doir Konvensiya va Deklaratsiyalarini ratifikatsiya qildi va o‘z vaqtida bajarmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi gender tenglik huquqini kafolatlaydi, ushbu huquqlar O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlari bilan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat hollarda xotin-qizlar o‘z turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlarining ta’siri ostida ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari tarafdoriga aylanmoqda, ammo shu bilan birga, xotin-qizlarning o‘z oila a’zolari yoki qarindoshlarini ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari saflariga yollashda faol rol o‘ynashi holatlari ham aniqlanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining radikallashuv jarayonida xotin-qizlar o‘rnini faqatgina qurbon bo‘lgan ayollar yoki terrorchilarning turmush o‘rtog‘i kabi gender stereotiplari bilan cheklanmaslik kerakligini tushunish muhimdir. Xotin-qizlar terrorchilarga hamdardlik bildiruvchi, ularni safarbar etuvchi hamda ixtiyoriy ravishda terrorchilik harakatini ham amalga oshiruvchi bo‘lishlari ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni inobatga olib, Strategiyada ekstremistik va terroristik tashkilotlarning passiv va faol ishtirokchilari bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasidagi farq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq muammolarning paydo bo‘lishida, oilalarda erlarning chet elda bo‘lishi muhim omil hisoblanadi. Bunday hollarda ayol bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi yagona tarbiyachi bo‘lib qolmoqda. Bolalarni nazorat qilish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda. Bunda odatda fuqarolik jamiyatining eng samarali bo‘g‘ini hisoblangan mahallaning ahamiyati kattadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hukumati, xususan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini kengaytirish, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish va jamiyatdagi rolini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, yoshlar ekstremistik va terroristik g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda xotin-qizlarning ulkan imkoniyatlarini anglagan holda, ayollarning oilaviy, ijtimoiy maqomini quyidagi yo‘llar bilan qo‘llash muhimdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xotin-qizlar huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etish, ularni qo‘llab-quvvatlashning xalqaro standartlarga javob beradigan huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan xotin-qizlar va ularning farzandlariga ma’naviy-ruhiy va moddiy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari uchun ekstremistik va terrorchilik faoliyati safiga qo‘shilib qolgan xotin-qizlar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) muammoli oilalar bilan ishlashda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘linmalarining roli va javobgarligini kuchaytirish;
(2-bob 3-paragrafning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, xotin-qizlarni ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga jalb qilish sohasida tajriba almashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Uzoq muddat xorijda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda chet elda uzoq muddat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ko‘pincha ekstremistik va terroristik tashkilotlar emissarlarining mafkuraviy ta’siri ostiga tushib qolmoqdalar. Bunda uchinchi davlat hududi xalqaro terrorchilik tashkilotlari tarkibida jangovar harakatlarda ishtirok etish maqsadida yollash va faol terroristik harakatlar olib borilayotgan hududlarga yuborish uchun “asosiy makon” vazifasini bajarmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda uzoq vaqt bo‘lgan fuqarolarning xalqaro ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar safiga yollash jarayonini o‘rganish bunday salbiy hodisaga olib keladigan quyidagi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash imkonini berdi, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) chet elda bo‘lgan fuqarolarda, ayniqsa yoshlarda begonalashuv va psixologik noqulayliklarni vujudga keltiruvchi ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy moslashuv bilan bog‘liq qiyinchiliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shakllangan an’analar yordamida xulq-atvor va ijtimoiy axloqni saqlashga, shuningdek, g‘oyaviy immunitet shakllanishiga yordam beradigan odatiy ijtimoiy aloqalardan, qarindosh va yaqinlar, mahalla va jamoatchilikning nazoratidan uzilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) chet elda uzoq muddat yurgan fuqarolarni himoya qilishga oid normativ-huquqiy bazaning zamonaviy talablarga javob bermasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) turli xil kanallar orqali O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib turgan ayrim davlatlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik choralarning samaradorligi pastligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) O‘zbekiston Respublikasi va fuqarolarimiz bo‘lib turgan mamlakatlarning davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikda mavjud muammolar va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda xorijdagi fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini, ayniqsa band bo‘lganlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, ularni ekstremizm va terrorizm mafkuralarining salbiy ta’siridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilikni jalb etishni nazarda tutuvchi kompleks choralar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiyani amalga oshirish jarayonida mazkur yo‘nalishda quyidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun uzoq vaqt chet elda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm mafkurasi ta’siri ostiga tushib qolishlarining sabab va shart-sharoitlari hisobga olinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uzoq vaqt chet elda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm mafkurasi ta’siri ostiga tushib qolish muammosini hal etish uchun tizimli va muvofiqlashgan yagona yondashuvni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uzoq vaqt chet elda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm mafkurasi ta’siridan himoya qilish masalalariga oid normativ-huquqiy bazani, shu jumladan xalqaro shartnomalarni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu toifadagi shaxslar va oila a’zolariga ruhiy hamda moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida ular orasidan ijtimoiy zaiflarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) chet elga ketayotgan fuqarolarni borgan joyida ijtimoiy-madaniy moslashuvi, shuningdek ularga ekstremizm va terrorizm mafkuralari tahdidlarini tushuntirish bo‘yicha profilaktik ishlarning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) chet eldan O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar bilan tizimli filtr-profilaktik ishlarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) xorijiy mamlakatlarning davlat organlari bilan ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish va ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) uzoq vaqt chet elda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siridan himoya qilish ishlariga davlat va jamoat tashkilotlarining to‘plangan ilmiy salohiyatini jalb qilish va ulardan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Ekstremistik va terrorchilik maqsadlarida Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishga qarshi kurashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda Internet foydalanuvchilari soni 20 milliondan ortib ketgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etish lozimki, bugungi kunda ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari saflariga jalb qilishda Internet jahon axborot tarmog‘idan keng foydalanilmoqda, uning yordamida ekstremizm va terrorizm mafkurasi faol singdirilib, aholining dindor qismi o‘rtasida jamiyatga qarshi kayfiyat shakllantirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan ekstremistik va terroristik materiallarni tarqatuvchi veb-resurslar va ijtimoiy tarmoqlarning faoliyatini aniqlash va oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning Internet jahon axborot tarmog‘i orqali yollash harakatlarida kuzatilayotgan faollik sababli, ularni zararsizlantirish bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha choralar ko‘rilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Internet jahon axborot tarmog‘ida ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini tarqatuvchilarni, shuningdek, respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish niyatida bo‘lgan shaxslar va guruhlarni o‘z vaqtida aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) respublika aholisiga xos bo‘lgan bag‘rikenglik va diniy an’analarni o‘zida mujassam qilgan ilmiy asoslangan mafkuraga tayanib Internet tarmog‘ida ekstremizm va terrorizm g‘oyalariga qarshi tashviqot va targ‘ibot ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) buzg‘unchi kontentni aniqlash va yo‘q qilish maqsadida Internet jahon axborot tarmog‘ini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Internet jahon axborot tarmog‘ida ekstremizm va terrorizm g‘oyalariga axborot orqali qarshi kurashish sohasida malakali kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus bo‘linmalarini zarur bo‘lgan ilg‘or dasturiy mahsulotlar hamda texnika bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Internet jahon axborot tarmog‘idan ekstremistik va terrorchilik maqsadida foydalanishga qarshi kurashish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni muntazam ravishda takomillashtirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat olib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari ham ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish tizimining muhim tarkibiy qismidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari va OAV bilan quyidagi yo‘nalishlarda keng ko‘lamli hamkorlik o‘rnatish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aholi o‘rtasida ekstremistik va terroristik g‘oyalar tarqalishining oldini olish uchun doimiy ravishda tajriba va bilim, tadqiqot natijalari va nou-xau bilan almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aholi o‘rtasida ekstremistik va terroristik tashkilotlar targ‘ibotchilarining buzg‘unchi maqsadlarini fosh etuvchi tashviqot va targ‘ibot chora-tadbirlarini o‘tkazishda ilmiy-tadqiqot institutlari, OAV va NNTning imkoniyatlaridan keng foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalarini xolisona yoritishga OAVni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ushbu yo‘nalishda o‘qitishni tashkil qilish orqali media sohadagi amaliyotchi mutaxassislarning malakasini oshirish, shuningdek, ekstremizm va terrorizmning ko‘rinishlarini mas’uliyat bilan yoritish bo‘yicha amaliy qo‘llanma ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ushbu Strategiyani amalga oshirish va baholashda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, NNT, ilmiy jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Ekstremistik va terrorchilik harakatlari, shuningdek, ularni moliyalashtirganlik uchun huquqiy ta’qib va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekstremizm va terrorizmning barvaqt oldini olish, aniqlash va bartaraf etish tizimini doimiy takomillashtirib borish ushbu salbiy ijtimoiy hodisaga qarshi kurashishning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekstremistik va terrorchilik harakatlari, shuningdek, ularni moliyalashtirganlik uchun ta’qib qilish va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, jamoat va diniy birlashmalarning harakatlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ekstremizm va terrorizm mafkurasi ta’siriga tushib qolgan shaxslar bilan profilaktika va ijtimoiy-reabilitatsiya ishlari samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ekstremistik va terrorchilik faoliyatini amalga oshirganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ro‘yobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) jazoni ijro etish muassasalarning profilaktika imkoniyatlaridan foydalangan holda mahkumlar o‘rtasida ekstremistik va terrorchilik g‘oyalari tarqalishining oldini olish, xususan penitensiar profilaktikaning usullarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ushbu sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish masalalari bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) davlat xizmatchilari o‘rtasida radikal kayfiyat paydo bo‘lishining oldini oluvchi sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish, ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar ta’siri ostiga tushish xavfi yuqori bo‘lgan xodimlar bilan individual profilaktik ishlarni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari a’zolarining mamlakat hududiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ekstremizm va terrorizmga qarshi chegara hududlarida kurashuvchi subyektlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) ekstremistik va terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish manbalari va kanallarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasida yetarli darajada samarali qonunchilik bazasi mavjud bo‘lib, davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi vakolatlari, shu jumladan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning asosiy tamoyillari belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolarning huquqlari himoyasini ta’minlashga, shuningdek, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi darajasini oshirishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dunyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat jadal o‘zgarib borayotgani, shuningdek, ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishdan kelib chiqayotgan yangi xavf, tahdid va xatarlarni hisobga olgan holda, vaqti-vaqti bilan normativ-huquqiy baza baholanib, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy huquq va erkinliklari, siyosiy barqarorlik va fuqarolarning xafsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hozirgi kunda ekstremizm va terrorizm dunyo xavfsizligiga tahdid soluvchi asosiy xatarlar qatorida qolmoqda. Shu munosabat bilan, ushbu salbiy hodisalarga qarshi kurashish nafaqat milliy darajada, balki xalqaro miqyosda hal qilinishi zarur bo‘lgan umumiy muammoga aylandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi fundamental xalqaro aktlarning hamda tashkilotlarning faol ishtirokchisidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston mintaqadagi va xalqaro hamkorlar bilan Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalikni o‘rnatish bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, O‘zbekiston ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashning muhimligini hisobga olib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishni zarur deb hisoblaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy asoslarni takomillashtirishga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, shuningdek, chet elga uzoq vaqtga ketayotgan hamda yashab kelayotgan fuqarolar bilan shug‘ullanuvchi boshqa idoralarning kadrlar salohiyati va resurslarini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) boshqa davlatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida axborot hamda tajriba almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) faoliyati ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda faol ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Markaziy Osiyoda BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni Birgalikdagi harakatlar rejasi doirasida muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Markaziy Osiyoda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi ishlar doirasida axborot almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi xalqaro tashabbuslarni amalga oshirishda O‘zbekistonning rolini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) dunyo hamjamiyati va mintaqaviy tashkilotlar e’tiborini Afg‘onistonda tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga jalb qilish borasidagi tashabbuslarni jadallashtirish va ushbu mamlakatning mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga, shu jumladan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-BOB. STRATEGIYANI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARI VA KUTILAYOTGAN NATIJALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Ushbu Strategiyani amalga oshirish mexanizmlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Strategiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiya ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish subyektlari tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish va ijro etishda, shu jumladan xalqaro donorlar mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kadrlarga oid masalalarni hal qilish yo‘li bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini qabul qilishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ekstremistik va terroristik yo‘nalishdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash yo‘li bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi vaziyatni keng va xolisona yoritishda OAV ko‘magi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlik qilish orqali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Strategiyani uch bosqichda amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqichda (2021-yil) quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Strategiyani amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash, mazkur muammoni birgalikda hal qilish uchun keng jamoatchilik va xalqaro tashkilotlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish istiqbollarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ekstremistik va terrorchilik faoliyatiga qarshi kurashish bo‘yicha davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy ta’minlanganligi va uyg‘unligini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) vaziyatni monitoring va tahlil qilishning kompleks dasturlarini tashkil etish, shuningdek, muammolarni aniq belgilash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqichda (2022 — 2025-yillar) quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtirish va yangilarini qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) milliy axborot makonini ekstremistik va terrorchilik mafkura kirib kelishidan qo‘shimcha himoyalashga qaratilgan tizimni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Strategiyani amalga oshirishda erishilgan natijalarni monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishdan kelib chiqadigan xavf, tahdid va xatarlarni, shuningdek, mamlakatdagi millatlararo va konfessiyalararo munosabatlarni kompleks tahlil qilib, vaziyatning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha prognozlarni hamda aniqlangan xavf, tahdid va xatarlarni kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi bosqichda (2026-yil) ushbu Strategiyani amalga oshirish natijalarini umumlashtirish hamda mazkur sohada strategik rejalashtirish bo‘yicha yangi hujjatlarni ishlab chiqishga qaratilgan takliflarni tayyorlash, shuningdek, idoralararo darajada tashkiliy xarakterdagi choralar qabul qilinishini ta’minlash nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategiyaning amalga oshirilishi quyidagilarga imkon beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy va mafkuraviy mexanizmlarning samarali tizimini, shuningdek, jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jamiyatning turli qatlamlarida ekstremistik va terrorchilik g‘oyalarining tarqalishiga to‘sqinlik qilish, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ekstremizm va terrorizmning barvaqt oldini olishga davlat tashkilotlarining, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va ta’lim tashkilotlarining barcha imkoniyatlarini va keng jamoatchilikni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish, turli davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV hamda fuqarolarning faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2021-y., 06/21/6255/0638-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)