Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PQ-5169-son qaroriga
1-ILOVA14. Travmatologiya va ortopediya
Buyurtmachi tashkilotlarning ehtiyojlarini hisobga olib mutaxassislik va ordinatura dasturlari roʻyxatiga oʻzgarish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Universitet bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PQ-5169-son qaroriga
2-ILOVA| 1. | B.A. Musayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi |
| 2. | A.M. Xadjibayev | — | sogʻliqni saqlash vaziri, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari |
| 3. | A.X. Toshkulov | — | oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| 4. | N.B. Xusanov | — | bandlik va mehnat munosabatlari vaziri |
| 5. | I.Yu. Abduraxmonov | — | innovatsion rivojlanish vaziri |
| 6. | A.Sh. Inoyatov | — | sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 7. | I.I. Norkulov | — | iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 8. | Sh.U. Sobirov | — | ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 9. | F.N. Arziyev | — | tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 10. | O.A. Pekos | — | axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 11. | D.K. Adilov | — | qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 12. | I.M. Muxtorov | — | Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| 13. | J.I. Abruyev | — | moliya vaziri oʻrinbosari |
| 14. | M.M. Ikramov | — | adliya vaziri oʻrinbosari |
| 15. | Sh.A. Vafayev | — | investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari |
| 16. | B.S. Raxmonov | — | Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari |
| 17. | A.T. Maxmudov | — | Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqarma boshligʻi |
| 18. | B.T. Daminov | — | Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori |
| 19. | A.K. Shadmanov | — | Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori |
| 20. | S.A. Lukyanov | — | Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining rektori (kelishuvga koʻra) |
| 21. | X.P. Taxchidi | — | Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining davolash ishlari boʻyicha prorektori (kelishuvga koʻra) |
| 22. | D.A. Shagin | — | Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining alohida tarkibiy boʻlinma ishlari boʻyicha prorektori (kelishuvga koʻra) |
| 23. | Sh.A. Karimov | — | Vazirlar Mahkamasi Kotibiyati mudiri oʻrinbosari, Vasiylik kengashi kotibi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PQ-5169-son qaroriga
3-ILOVA11. Allergologiya va immunologiya
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PQ-5169-son qaroriga
4-ILOVARossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filialini tashkil etish boʻyicha
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddatlari | Masʼullar |
I. Filial faoliyatini tashkil qilish | ||||
1. | “N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali (keyingi oʻrinlarda — Filial) faoliyatini tashkil etish. | 1. Filialning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti (keyingi oʻrinlarda — RMTTU), Adliya vazirligi (Davletov) | |
2. Filialni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. | ||||
3. Rossiya Federatsiyasi taʼlim va fan sohasini nazorat qilish federal xizmati (Rosobrnadzor) va Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taʼlim jarayonini litsenziyalashtirish uchun hujjatlar taqdim etish. | 2021-yil 1-oktabr | Filial, RMTTU, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) | ||
2. | Filial uchun zarur bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash. | Asoslangan hisob-kitoblarga binoan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Filial uchun oʻquv binosi, talabalar turar joylari, oʻqituvchilar uyi binolarini qurish hamda Filialning mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash loyihalarini 2022-yil hamda keyingi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga belgilangan tartibda kiritish. | 2021-yil 1-avgust | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov) |
3. | Filialning professor-oʻqituvchilar va yordamchi xodimlar tarkibini shakllantirish. | 1. Filialda taʼlim jarayonini amalga oshirish uchun ilmiy, pedagogik va boshqa yordamchi kadrlar shtat jadvalini tasdiqlash, boʻsh ish oʻrinlariga tanlov eʼlon qilish. | 2028/2029 oʻquv yili boshlanguniga qadar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), RMTTU, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov) |
2. Mutaxassisligi (kvalifikatsiyasi) mos keluvchi pedagogik, ilmiy va boshqa xodimlarni tanlov asosida ishga saralab olish. | ||||
3. RMTTU professor-oʻqituvchilar tarkibi va xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi, yashashi va ishlashi uchun sharoitlar yaratish. | 2027-yil yakuniga qadar | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev), Ichki ishlar vazirligi (Muxamedov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Toshkent shahar hokimiyati (Artikxodjayev) | ||
II. Filialda taʼlim jarayonini tashkil qilish | ||||
4. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining RMTTU ordinaturasida taʼlim olishlarini tashkil etish. | 1. RMTTU tanlovida talabgorlarning ishtirokini taʼminlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish ishlarini olib borish. | 2021-yil 1-iyul | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) |
2. Talabgorlar hujjatlarini qabul qilish, tanlov oʻtkazish va oʻqishga qabul qilish. | 2021-yil 20-avgust | RMTTU | ||
3. Tanlov gʻoliblarini oʻqishga yuborish. | 2021/2022 oʻquv yili | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), RMTTU, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmurodov) | ||
5. | 2022/2023 oʻquv yilida Filialda qabul jarayonini va talabalarni oʻqitishni tashkil qilish. | 1. Filialga talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha eʼlon berish. 2. Filialga talabalarni qabul qilish jarayonini oʻtkazish. | 2028/2029 oʻquv yili boshlanguniga qadar | Filial, RMTTU, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) |
6. | Filialda xalqaro standartlarga mos ravishda oʻquv jarayonini tashkil etish. | 1. Filialda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha tegishli fakultet va kafedralarni tashkil etish. 2. Har bir taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi boʻyicha zamonaviy interaktiv oʻquv uslublarini, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2022-yil 1-avgust | Filial, RMTTU, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov) |
7. | Tarmoq professor-oʻqituvchilarini mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va yetakchi korxonalarida qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkalarini tizimli ravishda tashkil etish. | 1. Xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. 2. Filial professor-oʻqituvchilarini mazkur tashkilotlarda qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy stajirovkalarini tashkil qilish. | Doimiy ravishda | Filial, RMTTU, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
8. | Taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng soʻnggi yutuqlarini joriy etish. | Chora-tadbirlar dasturi. | 2028/2029 oʻquv yili boshlanguniga qadar | Filial, RMTTU |
9. | Filial uchun talabalar tanlovini tashkil etish va soha uchun oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlash jarayonlarida ishtirok etish. | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litseylar, Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida tegishli sohalar boʻyicha kadrlarni tayyorlashda uslubiy jihatdan ishtirok etish va tanlov ishlarini olib borish. | 2028/2029 oʻquv yilidan boshlab | Filial, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov) |
10. | Oliy va oʻrta maxsus tibbiyot oʻquv yurtlari talabalari, ordinatorlar, doktorantlar, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining tibbiyot muassasalari klinikalari, klinik bazalar va boshqa malakaviy amaliyot oʻtash joylarida tibbiyot xodimlari nazorati ostida fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatishda qatnashish tartibini belgilash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | 2021-yil 1-sentabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Adliya vazirligi (Davletov) |
III. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish | ||||
11. | Filial tomonidan bajariladigan mahalliy va xalqaro grantlarni koʻpaytirish asosida uning ilmiy salohiyatini oshirish. | 1. Filialning mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan uzoq muddatli hamkorlik rejasini tasdiqlash. | 2027-yil 1-dekabr | Filial, RMTTU, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov) |
2. Tibbiyot sohasida yuqori reytingga ega xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan integratsiyani tashkil qilish. 3. Tibbiyot sohasi yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro grantlarni moliyalashtiruvchi fondlar orqali xalqaro miqyosdagi dolzarb ilmiy muammolar yechimiga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish. | 2027-2028-yillar davomida belgilangan muddatlarda | |||
4. Filial professor-oʻqituvchilarining xalqaro ilmiy jurnallar bazalari roʻyxatiga kiritilgan nashrlarda ilmiy maqolalarining chop etilishini hamda xalqaro ilmiy tadbirlarda (kongress, anjuman, seminar va boshqalar) ishtirokini taʼminlash. | 2027-yil yakuniga qadar | |||
12. | Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun jahon elektron ilmiy resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish. | 1. Springer Nature, Elsevier, ProQuest, EBSCO, Web of Science kabi kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish. | 2021-yil 1-dekabr | Filial, RMTTU, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
2. Elektron resurslarga obunani tashkil qilish. | 2027/2028 oʻquv yili boshlanguniga qadar | |||
3. Elektron resurslardan foydalanishni oʻrgatish uchun seminarlar tashkil etish. | 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab | |||
13. | Ilmiy kadrlar tayyorlashni tashkil etish. | RMTTUning maqsadli doktoranturasi (aspiranturasi)ga kirish uchun Filial izlanuvchilarini tayyorlashni tashkil etish. | Doimiy ravishda | Filial, RMTTU |
14. | Filialda tahsil oluvchi xorijiy talabalar ulushini oshirish. | 1. Xorijiy fuqarolarni Filialga jalb qilish boʻyicha taʼlim agentliklari bilan muzokaralar oʻtkazish. | 2022-yil 1-avgust | Filial, RMTTU, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov) |
2. MDH va boshqa qoʻshni davlatlarda Filial faoliyatini targʻib qilish. | Doimiy ravishda | |||
15. | Talabalar oʻz ustida ishlashi uchun xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega tibbiyot xodimlarini jalb qilgan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish. | 1. Respublikada va xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan nufuzli mutaxassislar, tibbiyot xodimlari va notiqlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Seminarlar va boshqa tadbirlarni (onlayn yoki oflayn usulda) tashkil qilish. | Doimiy ravishda | Filial, RMTTU |
16. | Ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirishni nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish. | 1. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarga boʻlgan ehtiyojni tizimli ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larga boʻlgan talabni oʻrganish. 2. Ilmiy ishlanmalarni xorijiy hamkorlarga taqdim etish hamda shu sohada seminar-treninglar tashkil etish. | 2022-yildan boshlab | Filial, RMTTU, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
17. | Filialda bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlardan olingan natijalarni tijoratlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish. | 1. Amaliy va innovatsion tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni maqsadli oʻrganish va tahlil qilish. 2. Mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, buyurtma asosida amalga oshiriladigan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2027-yil yakuniga qadar | Filial, RMTTU, Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
3. Mamlakatimiz va xorijdagi yirik ishlab chiqaruvchilar bilan Filial oʻrtasida ilmiy tadqiqotlardan olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish, ayniqsa startap loyihalarni realizatsiya qilish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli kelishuvlarga erishish choralarini koʻrish. | Doimiy ravishda | |||
IV. Filialning moddiy-texnika bazasini yaxshilash | ||||
18. | Filialni oʻquv, laboratoriya jihozlari va zarur inventarlar bilan taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar. | 2028/2029 oʻquv yili boshlanguniga qadar | Filial, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) |
19. | Filialning kutubxona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirish. | 1. Taʼlim jarayoni va ilmiy faoliyatni amalga oshirish uchun lozim boʻladigan adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Filial kutubxonasi uchun zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar xaridini amalga oshirish. | 2022-yil 1-avgust | RMTTU, Filial |