25.06.2021 yildagi PQ-5161-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta’lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy talablarga mos keladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim jarayonida yoshlar ishtiroki uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nodavlat ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-avgustdan 2024-yil 1-yanvarga qadar ta’lim jarayonida foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarining 50 foizigacha, biroq davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining qonunchilikda belgilangan minimal stavkasining 50 foiz miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish. Bunda, ushbu tartib Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan va ta’lim jarayonida foydalaniladigan bino va inshootlarga tatbiq qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) bilan birgalikda bir oy muddatda nodavlat ta’lim tashkilotlariga ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda, mazkur to‘lovlarning yillik summasi har chorakda teng ulushlarda to‘lab berilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2021-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-yanvarga qadar vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarning bino va inshootlarida (Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari) faoliyatini amalga oshiradigan nodavlat ta’lim tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara to‘lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim jarayoni natijasida olingan, o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni (ish va xizmatlarni) ta’lim tashkilotlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i bo‘yicha) tatbiq etilgan holda realizatsiya qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), tizimida davlat umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) bilan birgalikda darsdan bo‘sh vaqtlarda, shu jumladan yozgi ta’til vaqtida quyidagi davlat mulki obyektlarining nodavlat ta’lim tashkilotlariga ijaraga berilishini ta’minlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari ta’lim kurslarini, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun davlat umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari bo‘sh maydonlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining kompyuter savodxonligi bo‘yicha kurslar tashkil etish uchun qishloq joylarda joylashgan davlat umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalaridagi kompyuter sinflarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur bandning uchinchi xatboshisida belgilangan kurslarni tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan jalb qilingan o‘qituvchilarning ish haqi xarajatlarining bir qismi oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobarigacha miqdorida tegishli mahalliy budjetlar hisobidan 2024-yil 1-yanvarga qadar kompensatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarori bilan qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 50 mln so‘mgacha mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi (S. Obidov) Moliya vazirligi (J. Abruyev), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev) bilan birgalikda bir oy muddatda hududlarda xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar ajratish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab soliq to‘lovchi tomonidan tegishli xalqaro uyushmaga a’zo bo‘lish uchun a’zolik badallariga hamda qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiriladigan o‘zining ish haqi va boshqa daromadlari summasi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur soliq imtiyozlari bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobarigacha bo‘lgan summaga, shuningdek, o‘quv kursidan muvaffaqiyatli o‘tgan hamda tegishli xalqaro uyushma a’zosi sifatida a’zolik badallari to‘lovini va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) ikki oy muddatda mazkur bandning birinchi xatboshisi bilan joriy qilinayotgan tartibni amaliyotda to‘liq qo‘llash uchun tegishli qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzurida Moliyaviy hisobot va auditning xalqaro standartlari bo‘yicha innovatsion malaka oshirish resurs markazini (keyingi o‘rinlarda — Moliyaviy hisobot bo‘yicha resurs markazi), shuningdek, Buxgalteriya hisobi va soliqlar bo‘yicha nodavlat malaka oshirish resurs markazini (keyingi o‘rinlarda — Buxgalteriya hisobi bo‘yicha resurs markazi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin hamda quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha mutaxassislari va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalari amaliyotini tashkil etish va tegishli sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va talabalarni tegishli darsliklar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv qo‘llanmalarini davlat tili va boshqa tillarga tarjima qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy o‘qitishdan keng foydalanish, elektron kutubxona (elektron kitoblar, video darsliklar, taqdimotlar va testlar) tashkil etish va uning adabiyotlar fondini boyitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur ta’lim muhitini yaratish maqsadida axborot resurslaridan bepul foydalanishni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy hisobot bo‘yicha resurs markazining Vasiylik kengashi tarkibi Moliya vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya instituti, buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari rahbar va xodimlaridan tashkil topadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy hisobot bo‘yicha resurs markazining Vasiylik kengashi oliy ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarida pedagogik mahoratni oshirish hamda talabalar, amaliyotchi mutaxassislarda ilg‘or amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha ushbu markaz tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini har yili tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxgalteriya hisobi va soliqlar bo‘yicha resurs markazi Moliya vazirligi tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov natijalari bo‘yicha tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T. Ishmetov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) bilan birgalikda Moliyaviy hisobot bo‘yicha resurs markazi va Buxgalteriya hisobi bo‘yicha resurs markazi faoliyatini 2021-2022-yillar davomida to‘liq yo‘lga qo‘ysin hamda ularni yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-2022-yillar davomida Moliyaviy hisobot bo‘yicha resurs markazi hamda Buxgalteriya hisobi bo‘yicha resurs markaziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 500 million so‘mdan mablag‘ ajratsin. Bunda, 2021-yil xarajatlari respublika budjetining qo‘shimcha daromadlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobi va audit sohasida o‘quv dasturlari va o‘qituvchilarni xalqaro tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o‘tkazishga tayyorlash doirasida yuqoridagi oliy ta’lim muassasalarining har biriga 2022-yilda 100 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan taqdirda, ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun 2023-yilda 1 milliard so‘mdan bir martalik rag‘batlantirish mablag‘lari ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) ushbu bandda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun tegishli mablag‘larni 2022 — 2023-yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib xalq ta’limi vaziri Sh. Shermatov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. Toshkulov, moliya vaziri T. Ishmetov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U. Tashkenbayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 25-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5161-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 07/21/5161/0595-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)