10.06.2021 yildagi 23-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, shuningdek, sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2011-yil 11-fevraldagi 1-sonli qarori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandining rus tili matnidagi “natsionalnim interesam” degan soʻzlar “natsionalnoy bezopasnosti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Sudlarga tushuntirilsinki, JK 243-moddasida nazarda tutilgan daromadlarni legallashtirish tariqasidagi jinoyatning predmeti bu jinoiy faoliyat natijasida topilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk hisoblanadi. Qonun mazmuniga koʻra, ushbu pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk ularni legallashtirishdan oldin qasddan sodir etilgan ijtimoiy-xavfli qilmish (bundan buyon matnda asosiy jinoyat deb yuritiladi) orqali topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy jinoyatlarga, jumladan, quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga qarshi haq evaziga sodir etiladigan jinoyatlar (masalan, gʻaraz niyatlarda odam oʻldirish, fohishaxonalar saqlash, odam savdosi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar (masalan, oʻgʻirlik, bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, firibgarlik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish, soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlari faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar (masalan, pora olish, qonunga xilof ravishda mulkiy manfaatdor boʻlish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar (masalan, kontrabanda, oʻqotar qurol yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni, giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish va h.k.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bir yoki bir necha asosiy jinoyat sodir etilganligi, ular alohida bir shaxs, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi yoxud boshqa mamlakat hududida sodir etilganligi, legallashtirilayotgan mulk sodir etilgan jinoyat natijasida bevosita yoki bilvosita qoʻlga kiritilganligi ahamiyat kasb etmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 2.1-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2.1. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar” atamasi Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq, jumladan, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy yoʻl bilan topilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanish natijasida olingan daromad yoki foyda (daromaddan daromad);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy yoʻl bilan topilgan pul mablagʻlari yoki mol-mulk boshqa mulkka aylantirilgan yoki oʻzgartirilgan (masalan, koʻchmas mulkni jinoiy yoʻl bilan topilgan qurilish materiallaridan barpo etish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni qonuniy manbalar hisobidan topilgan mol-mulkka qoʻshish yoʻli bilan olingan mol-mulk. Bunday hollarda mol-mulkning faqat qoʻshilgan pul summasi yoki qoʻshilgan mol-mulk qiymatiga tegishli qismigina jinoiy yoʻl bilan topilgan deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul mablagʻlariga milliy yoki chet el valyutasi tariqasidagi naqd pullar, shuningdek naqd boʻlmagan pul mablagʻlari, shu jumladan, elektron pullar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa mol-mulk deganda, koʻchar va koʻchmas mulk tushunilishi lozim boʻlib, u mulkiy huquqlar, narsalar, qimmatli qogʻozlar, xizmatlar, intellektual faoliyat natijalarini, shu jumladan, ularga boʻlgan mutlaq huquqlarni (intellektual mulk) oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) 15-Tavsiyasiga koʻra, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarga kripto-aktivlar (kripto-valyuta) ham kiritilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. JK 243-moddasi mazmuniga koʻra, daromadlarni legallashtirish deganda, aybdor tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning kelib chiqishiga ularni oʻtkazish, mulkka aylantirish yoki almashtirish, shuningdek, ularning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, koʻchirish usulini, pul mablagʻlariga yoki boshqa mulkka nisbatan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash yoʻli bilan qonuniy tus berilishi tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning kelib chiqishiga qonuniy tus berilishi, odatda, bunday pul mablagʻlari yoki mulkka nisbatan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish va/yoki bitimlar tuzishda ifodalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy operatsiyalarga pul mablagʻlari bilan amalga oshiriladigan har qanday operatsiyalar (naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar, kassa operatsiyalari, shu jumladan, pul mablagʻlarini hisobvaragʻiga kiritish, ularni turli banklardagi omonatlarga boʻlib joylashtirish, boshqa valyutaga oʻtkazish, qimmatli qogʻozlar sotib olish, pul mablagʻlarini chegaradan tashqariga oʻtkazish va keyinchalik ularni bankdagi omonatga qayta tushirish va h.k.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Legallashtirish amalga oshirilishi mumkin boʻlgan bitimlarga, fuqarolik huquq va majburiyatlarini vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki tugatishga, shuningdek, fuqarolik huquq va majburiyatlarining paydo boʻlganligi yoki oʻtganligi tasavvurini shakllantirishga qaratilgan (masalan, oldi-sotdi, qarz, hadya, garov, ijara, ayirboshlash va h.k. shartnomalarni tuzish) harakatlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun mazmuniga koʻra, jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan hatto bitta operatsiya yoki bitim amalga oshirilgan hollarda ham daromadlarni legallashtirish uchun javobgarlik kelib chiqadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 3.1-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3.1. Moliyaviy operatsiyalar oʻtkazish orqali sodir etilgan daromadlarni legallashtirish shaxs jinoiy yoʻl bilan topilgan pul mablagʻlaridan tovarlar uchun hisob-kitob qilishda yoki maydalashda foydalangan yoxud pul mablagʻlarini oʻtkazish va h.k. haqida bankka farmoyish taqdim etgan (bergan) vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daromadlarni legallashtirish bitim tuzish orqali amalga oshirilgan hollarda, jinoyat aybdor shaxs tomonidan bitim natijasida vujudga kelgan majburiyatlarning hech boʻlmaganda bir qismi bajarilgan yoki huquqlarning hech boʻlmaganda bir qismidan foydalangan paytdan (masalan, aybdor tomonidan shartnoma boʻyicha boshqa tarafga legallashtirilayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni, bitim boʻyicha majburiyatni boshqa taraf bajarganligidan qatʼiy nazar, topshirilgan paytdan) boshlab tugallangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar jinoiy yoʻl bilan topilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkning kelib chiqishiga qonuniy tus berish maqsadida, mulk bilan faqat nomigagina bitim tuzilgan boʻlib, amalda u boʻyicha mulkni oʻtkazish yoki xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) nazarda tutilmagan boʻlsa, JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat aybdor va boshqa shaxs oʻrtasida shartnoma rasmiylashtirilgan paytdan (masalan, pul mablagʻlari jinoiy yoʻl bilan topilganligini yashirish uchun tuzilgan xizmatlarga haq toʻlash toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangan paytdan) boshlab tugallangan hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 3.2-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3.2. Shuni nazarda tutish lozimki, jinoiy yoʻl bilan topilgan daromadlarni legallashtirish faktini isbotlashda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki bunday pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk nomiga rasmiylashtirilgan uchinchi shaxslarda daromadlarning qonuniy manbalari mavjud emasligidan dalolat beruvchi holatlar shaxs tomonidan JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlar sodir etilganligini tasdiqlovchi dalillar majmui bilan birga inobatga olinishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Sudning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk kelib chiqishining jinoiyligi haqidagi xulosasi, jinoyat ishidagi boshqa materiallar bilan bir qatorda, quyidagilarga asoslanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy jinoyat boʻyicha chiqarilgan ayblov hukmiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JPK 84-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, ishning asosiy jinoyat boʻyicha tugatish toʻgʻrisidagi dastlabki tergov organi qarori yoki sudning ajrimiga, basharti jinoyat ishi materiallarida asosiy jinoyat hodisasi va jinoyat tarkibi borligi toʻgʻrisida dalillar mavjud boʻlsa”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bandining birinchi xatboshisi “shaxsga” degan soʻzdan keyin “asosiy” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2012-yil 25-maydagi 06-sonli qarori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 3.1-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3.1. JK 12-moddasining uchinchi qismiga muvofiq shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida boʻlishi-boʻla olmasligi masalasini aniqlashda, jinoyatchilikka qarshi kurash va jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining yurisdiksiyaga oid qoidalaridan kelib chiqish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasining 7-moddasi qoidalariga koʻra, chet el fuqarosi yoki Oʻzbekistonda doimiy yashamaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxs respublika hududi tashqarisida sodir etgan jinoyati uchun, agarda, masalan, Oʻzbekistonda boʻlib, boshqa davlat-Konvensiya ishtirokchisiga ushlab berilishi mumkin boʻlmasa Oʻzbekiston JK boʻyicha javobgarlikka tortilishi mumkin. Oʻxshash normalar BMT Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni gʻayriqonuniy ravishda muomalaga kiritishga qarshi kurash toʻgʻrisida 1988-yil 20-dekabrdagi konvensiyasining 4-moddasi, Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasining 15-moddasi va boshqa shartnomalarda nazarda tutilgan”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi “hamda” degan soʻzdan keyin “sud,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi xatboshisi “sud qarorlarini,” degan soʻzlardan keyin “ijro yozuvlarini,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qidiruvda boʻlgan shaxs xorijiy davlat hududida aniqlanganda, uni ushlash, hibsga olish, ushlab berish va etap qilish masalasi unga nisbatan qidiruv eʼlon qilgan sud tomonidan ajrim chiqarish va tegishli hujjatlarni, shu jumladan, shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish haqidagi qaror, sudning ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi, qonuniy kuchga kirgan sudning hukmi, shuningdek, oʻtalmagan jazo muddati haqidagi maʼlumotnomani tasdiqlangan nusxalarni rasmiylashtirish yoʻli bilan hal qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisidagi “JPK 418 va 481-moddalari” degan soʻzlar “JPK 418-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshisi “qayta kvalifikatsiya qilish” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek ayblovdan JKning biror-bir moddasini chiqarish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bandi “oʻta xavfli retsidivist deb topish” degan soʻzlardan keyin “, javobgarlikni yoki jazoni ogʻirlashtiradigan holatlar, shu bilan birga jazoni ijro etish koloniya turini belgilashda inobatga olish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli qarori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“JPK 290-moddasi mazmuniga koʻra, gumonlanuvchi va ayblanuvchiga tegishli, uchinchi shaxslarda boʻlgan mol-mulkka ham, basharti ish boʻyicha ish yuritish davomida ushbu mulk amalda gumonlanuvchi yoki ayblanuvchiga tegishli deb hisoblashga yetarli asoslar boʻlsa, taqiq solinishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jinoyat ishini koʻrish uchun tayinlashda sud jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash choralari koʻrilganligi, fuqaroviy daʼvo kiritilganligini aniqlashi lozim. Agarda surishtiruv, dastlabki tergov organi, prokuror tomonidan bunday choralar koʻrilmagan boʻlsa, sudya JPK 290, 396-moddalariga asosan, oʻz tashabbusi bilan bunday choralarni koʻradi, biroq sud bunday choralarni bevosita koʻrish imkoniyatiga ega boʻlmasa, surishtiruvchi yoki tergovchiga zarur choralarni koʻrish majburiyatini yuklash boʻyicha ajrim chiqaradi (JPK 398-moddasi)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “yoki nazorat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, FK 163-moddasiga muvofiq, jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni talab qilishda daʼvo muddati qoʻllanilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulk qoʻmitasining 2006-yil 14-iyundagi 01/19-19, 01/19-20, 01/19-21 sonli qarori” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 4-iyul kuni 3239-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-son buyrugʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshisi “bartaraf etishlari” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek, qoʻshimcha va qayta sud ekspertizasini tayinlashlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-bandining birinchi xatboshisidagi “yoki nazorat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshisidagi “FPK 60-moddasi uchinchi qismi” degan soʻzlar “FPK 75-moddasi toʻrtinchi qismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshisidagi “FPK 377-moddasida” degan soʻzlar “FPK 451-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisidagi “FPK 379-moddasida” degan soʻzlar “FPK 453-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-bandidagi “jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishni tartibga soluvchi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-noyabrdagi 35-sonli qarori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshisi “ozod qilinishi” degan soʻzlardan keyin “(MJtK 21-moddasi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MJtKda kam ahamiyatli huquqbuzarlik tushunchasi ochib berilmaganligi tufayli, sodir etilgan huquqbuzarlikni bunday deb topish masalasi sud tomonidan ishning muayyan holatlari, huquqbuzarlikning xususiyati, shu jumladan, MJtK bilan qoʻriqlanadigan ijtimoiy munosabatlar jiddiy tarzda buzilgan-buzilmaganligidan, aybdorning shaxsi, huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan moddiy yoki qoplangan maʼnaviy zarar miqdoridan kelib chiqqan holda hal etilishi lozim”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklarning obyektiv tomonini tashkil etuvchi harakatlar MJtK bilan qoʻriqlanadigan jamoat munosabatlarini jiddiy buzishini inobatga olib, bunday huquqbuzarliklar hech bir holda ham kam ahamiyatli deb topilishi mumkin emas. Bunday huquqbuzarliklarga, jumladan, MJtK 54-moddasi ikkinchi qismi, 99, 131-moddalari, 135-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari, 136-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar kiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshisi tegishincha toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-bandining ikkinchi xatboshisi “sabablari” degan soʻzdan keyin “(masalan, maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi, shuningdek, huquqbuzarning ogʻir moddiy ahvoldaligidan dalolat beruvchi holatlar)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“30. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni toʻgʻri va muddatida koʻrib chiqilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sudlar tomonidan maʼmuriy jazo choralarini tayinlashga doir qonun normalarining toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyi sudlarga amaliy yordam koʻrsatib, mazkur toifaga oid ishlar, shu jumladan, maʼmuriy jazo choralarini tayinlash boʻyicha sud amaliyotini muntazam umumlashtirib borsin va yoʻl qoʻyilgan xatolarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 10-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-son