25.05.2012 yildagi 6-son
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq xalqaro shartnomalar shartnoma, kelishuv, konvensiya, protokol, memorandum, deklaratsiya va h.k. shakllarda tuzilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro shartnomani qo‘llash masalasini hal etishda, qonunga ko‘ra, (“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasi) xalqaro shartnoma shartnomaning o‘zida nazarda tutilgan yoki ahdlashuvchi tomonlar o‘rtasida kelishilgan tartibda va muddatlarda kuchga kirishiga doir qoidadan kelib chiqish kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
3.1. JK 12-moddasining uchinchi qismiga muvofiq shaxsning O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida bo‘lishi-bo‘la olmasligi masalasini aniqlashda, jinoyatchilikka qarshi kurash va jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining yurisdiksiyaga oid qoidalaridan kelib chiqish lozim.
Xususan, Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasining 7-moddasi qoidalariga ko‘ra, chet el fuqarosi yoki O‘zbekistonda doimiy yashamaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs respublika hududi tashqarisida sodir etgan jinoyati uchun, agarda, masalan, O‘zbekistonda bo‘lib, boshqa davlat-Konvensiya ishtirokchisiga ushlab berilishi mumkin bo‘lmasa O‘zbekiston JK bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin. O‘xshash normalar BMT Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda muomalaga kiritishga qarshi kurash to‘g‘risida 1988-yil 20-dekabrdagi konvensiyasining 4-moddasi, Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasining 15-moddasi va boshqa shartnomalarda nazarda tutilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Shuni nazarda tutish lozimki, FPK 363-moddasi, JPK 592-moddasi mazmuniga ko‘ra, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud ishlarini yuritish sohasida huquqiy yordam o‘zarolik prinsipiga asosan ham ko‘rsatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilayotgan ishlarni yuritish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha, shu jumladan, sud tomonidan JPK 4057, 420-moddalari tartibida e’lon qilingan qidiruv natijasida turgan joyi aniqlangan shaxsni ushlab turish va berish masalalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali;
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunda (JPK 593-moddasi) xorijiy davlat hududida jinoyat ishi bo‘yicha protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi so‘rov mazmuni va shakliga nisbatan muayyan talablar belgilangan. Bunday so‘rov, jumladan, quyidagilarni o‘zida aks ettirishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qidiruvda bo‘lgan shaxsni ushlab turish, qamoqqa olish, ushlab berish va ko‘chirib kelish zaruriyati to‘g‘risidagi masalani hal etishda, sud mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishni JPK 84-moddasiga muvofiq, tugatish uchun asoslar bor-yo‘qligini tekshirishi lozim. Agar ish bo‘yicha mazkur moddada nazarda tutilgan asoslardan birortasi mavjudligi aniqlansa, sud jinoyat ishini tugatishga nisbatan shaxsning roziligini olish to‘g‘risida xorijiy davlatning vakolatli organiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali so‘rov yuborish bilan chegaralanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Xalqaro huquq normalari va JPK 600-moddasiga muvofiq xorijiy davlat tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga ushlab berilgan shaxs faqat ushlab berilguniga qadar o‘zi sodir etgan va faqat bunga uni ushlab bergan davlat roziligi olingan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilishi va jazolanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ishni ko‘rish paytida sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksi 59-moddasining sakkizinchi qismi yoki 60-moddasi qoidalariga muvofiq jazo tayinlash uchun asoslar aniqlansa va bunga xorijiy davlat vakolatli organining roziligi olinmagan bo‘lsa, sud JPK 418-moddasi tartibida ishning muhokamasini keyinga qoldiradi va materiallarni mazkur masalani hal etish uchun prokurorga yuboradi.
Ayni paytda shuni nazarda tutish lozimki, sudlanuvchining harakatlarini Jinoyat kodeksining yengilroq jazoni nazarda tutuvchi moddasiga (moddasi qismiga) qayta kvalifikatsiya qilish, shuningdek ayblovdan JKning biror-bir moddasini chiqarish uchun, agar xalqaro shartnomada boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, xorijiy davlat vakolatli organining roziligi talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tushuntirilsinki, JK 34-moddasining beshinchi qismiga ko‘ra, xorijiy davlatlar sudlarining hukmlari bo‘yicha sudlanganlik holati shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish, javobgarlikni yoki jazoni og‘irlashtiradigan holatlar, shu bilan birga jazoni ijro etish koloniya turini belgilashda inobatga olish to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda hisobga olinishi mumkin. Boshqa barcha hollarda xorijiy davlat sudining hukmi bo‘yicha sudlanganlik holatini sud faqat agar bu O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsagina tan olishi mumkin.
14. Qonunda (JPK 602-moddasi) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat berish va uni sud tomonidan ko‘rishning alohida tartibi belgilangan. Bunda, agar shikoyatni berishdan kelib chiqadigan protsessual munosabatlar mazkur norma bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, sud JPK 551-bobida nazarda tutilgan tegishli normalarga amal qilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday shikoyatni ko‘rish natijalari bo‘yicha chiqarilgan sud ajrimi ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) JPK 13-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan uch nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.