19.06.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3311
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 19.06.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3311
Kuchga kirish sanasi
01.07.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3311]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi hamda “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonunlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq 2021-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 18-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 18-iyundagi 13-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi farmoyishlarining hisobini yuritishga ham tatbiq etiladi, mazkur Qoidalarning 8-bandi uchinchi — yettinchi xatboshilari, 17, 21 — 23-bandlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalarda belgilangan tartib “Maxfiy” belgisi qoʻyilgan normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish — normativ-huquqiy hujjatlarni markazlashtirilgan tarzda yigʻish, hisobga olish, ularning fondlarini yaratish va nazorat nusxalarini yuritish hamda ular haqidagi markazlashtirilgan axborotni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish — normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shakldagi reyestrga kiritish orqali hisobga olish, matnlarini yigʻish va saqlab turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarning davlat hisobi reyestri (bundan buyon matnda Davlat hisobi reyestri deb yuritiladi) — normativ-huquqiy hujjatning nomi, turi, qabul qilgan organ, qabul qilish sanasi va uning raqami, kuchga kirish sanasi va amal qilish muddati, rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek, hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori boʻyicha kodi haqidagi maʼlumotlar ifodalangan reyestr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakldagi reyestri — davlat organlari tomonidan yuritiladigan va ularning rasmiy veb-saytlarida doimiy joylashtirib boriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning rekvizitlari koʻrsatilgan holdagi roʻyxat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarning nazorat nusxalarini yuritish — normativ-huquqiy hujjatning matnlariga ularni qayta koʻrib chiqishga asos boʻlgan (hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi) hujjatlar haqidagi maʼlumotlarni kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (bundan buyon matnda Adliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan “Normativ-huquqiy hujjatlarning davlat hisobi va tarqatilishi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlarning nazorat nusxalarini yuritadi, ularning bankini (fondini), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining elektron fondi — Fond.uz bazasini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakldagi nazorat nusxalari Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi (bundan buyon matnda “Adolat” markazi deb yuritiladi) tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi” (Lex.uz)da (bundan buyon matnda Milliy baza deb yuritiladi) yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobi davlat organlari tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish uchun yuborish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar davlat hisobiga olish uchun Adliya vazirligiga yuboriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) vazirliklar, qoʻmitalar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari;
(7-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Qoidalarning 7-bandi “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar ularni qabul qilgan organlar tomonidan Adliya vazirligiga imzolangan kuni axborot-tahliliy materiallari bilan birga (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, oʻzgartirish va qoʻshimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali) elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalarning 7-bandi “d” kichik bandida koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlar elektron shaklda Adliya vazirligining Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi tomonidan “Adolat” markaziga elektron shaklda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qoidalarning 7-bandi “e” kichik bandida koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlar “Adolat” markaziga qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari normativ-huquqiy hujjatlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) hokimining, tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining normativ-huquqiy hujjatlari tegishincha tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakli elektron pochta tizimi orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish uchun ularning davlat tilidagi muhrlangan holdagi nusxalari rangli koʻrinishda elektron pochta tizimi orqali yuboriladi, shuningdek, bir vaqtning oʻzida boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish va ularning fondlarini saqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat hisobi reyestriga normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatning reyestrdagi tartib raqami;

normativ-huquqiy hujjatni reyestrga kiritish sanasi;

normativ-huquqiy hujjatning turi;

normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ(lar);

normativ-huquqiy hujjatning nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish sanasi va uning raqami (vazirliklar, qoʻmitalar va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari uchun ularning Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan raqami va sanasi);
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirish sanasi va amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatning rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori boʻyicha kodi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa maʼlumotlar (izoh).

11. Davlat hisobiga olingan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari xronologik tartibda tizimlashtiriladi va maxsus yigʻmajildlar hamda maʼlumotlarning elektron bazalarida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Normativ-huquqiy hujjatlarning qogʻoz shakldagi nazorat nusxalarini yuritish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatni qayta koʻrib chiqishga asos boʻlgan hujjatlarning rekvizitlari 1-ilovaga muvofiq jadvalga kiritilib, mazkur hujjat rasmiy matnining oxirgi sahifasidan keyin joylashtirib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar xronologik tartibda alohida yigʻmajildlarda saqlanadi hamda yigʻmajildlar muqovasiga “NAZORAT” belgisi, shuningdek, har bir normativ-huquqiy hujjat rasmiy matnining dastlabki sahifasiga nazorat muhri qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat hisobi reyestri Milliy bazaning tarkibiy qismi boʻlib, undagi davlat hisobiga olish uchun kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari esa rasmiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Adliya vazirligi davlat hisobiga olingan normativ-huquqiy hujjatlarni fondlarga oʻz vaqtida kiritilishini va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritish yoʻli bilan ularning nazorat holatida saqlab turilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish va saqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat organlari oʻzlari tomonidan qabul qilingan hamda bevosita oʻz faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish ixtiyoriy boʻlib, tegishli davlat organi rahbarining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi, bundan ushbu Qoidalarning 16 va 17-bandlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida bevosita oʻz faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning hamda ularning oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek, tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari normativ-huquqiy hujjatlarining tizimlashtirilgan hisobi yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tuman (shahar) hokimliklarida tegishincha tuman (shahar) hokimining, tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining, viloyat, Toshkent shahar hokimining hamda viloyat, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi normativ-huquqiy hujjatlarining tizimlashtirilgan hisobi yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish vazifasi yuridik xizmat xodimiga (yuriskonsultga) yuklatiladi. Uning yoʻqligida ushbu vazifa tegishli davlat organi yoki mahalliy davlat hokimiyati organi rahbari tomonidan boshqa shaxsga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat organlarining bevosita oʻz faoliyatiga tegishli sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ularga Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan tartibda Milliy baza asosida “Normativ-huquqiy hujjatlarning davlat hisobi va tarqatilishi” axborot tizimi orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Qoidalarning 18-bandida koʻrsatilgan xodimlar tomonidan mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakldagi reyestriga kiritilib, doimiy ravishda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida normativ-huquqiy hujjatlarning matnlariga havola qilgan holda eʼlon qilib boriladi. Rasmiy veb-saytga ega boʻlmagan hududiy yoki tarkibiy boʻlinmalarga tegishli maʼlumotlar yuqori turuvchi tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Davlat organlarida oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning qogʻoz shakldagi nusxalari saqlanadi, bundan mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) hokimliklarida tegishincha tuman (shahar) hokimining, tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining, viloyat, Toshkent shahar hokimining hamda viloyat, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy hujjatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Normativ-huquqiy hujjatlarning qogʻoz shakldagi matnlari maxsus yigʻmajildlarda xronologik tartibda saqlanadi hamda normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy matnlarining oxirgi sahifasidan keyin mazkur hujjatni qayta koʻrib chiqishga asos boʻlgan hujjatlar ketma-ketlikda joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakldagi reyestriga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatning reyestrdagi tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatni reyestrga kiritish sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatning turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ(lar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatning nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish sanasi va uning raqami (vazirliklar, qoʻmitalar va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari uchun ularning Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan raqami va sanasi);
(23-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa maʼlumotlar (izoh).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Davlat hisobi reyestri va fondlarning saqlanishi, ishonchliligi uchun javobgarlik Adliya vazirligi mansabdor shaxslari zimmasiga, davlat organlarida yuritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakldagi reyestrlaridagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va ishonchliligiga mazkur tashkilotlardagi masʼul shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Qoidalar talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalariga

Namuna

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining _____ yil “___” ______dagi _____-son qarorini qayta koʻrib chiqishga asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar
R Oʻ Y X A T I
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hujjat raqami

Hujjat qabul qilingan sana

Rasmiy manbada nashr etilgan sana

1.

2.

3.

4.

5.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalariga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakldagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
REYESTRI

Hujjatni reyestrga kiritish sanasi

Hujjat turi

Hujjatni qabul qilgan organ(lar)

Hujjat nomi

Hujjatning qabul qilish sanasi va uning raqami

Izoh

1.

2

3

4

5

6

7

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 18-iyundagi 14-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2008-yil 10-sentabrdagi 195-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1856, 2008-yil 10-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 389-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-yanvardagi 28-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1856-1, 2014-yil 31-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 5-son, 64-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 14-fevraldagi 39-mh-son “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2326, 2012-yil 14-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 7-son, 72-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-yanvardagi 23-mh-son “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2326-1, 2015-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 3-son, 38-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-maydagi 286-mh-son “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2326-2, 2018-yil 15-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 20-son, 430-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining “Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHARH

Soʻnggi yillarda normativ-huquqiy hujjatlarning davlat hisobini yuritish tartibiga bir qator oʻzgartirishlar kiritildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi (Lex.uz)ga 2017-yilning 25-sentabridan normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manba maqomi berildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan rasmiy nashrlarga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari toʻplami” va “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami”) obuna boʻlish amaliyoti tugatildi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlarini qogʻoz shaklida maxsus jurnal va hisob varaqalarida roʻyxatga olish tartibi bekor qilindi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarining hisobini yuritish, shu jumladan ularni nazorat nusʼhalarini yangilab turishni elektron shaklda amalga oshirish tartibi joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi oʻzgarishlarni inobatga olib, Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlarini davlat hisobiga olishning yangi tartibi tasdiqlandi. Ushbu sohani tartibga solgan ikkita idoraviy hujjat oʻrniga “one in two out” tamoyiliga asosan bitta hujjat qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritishning yangi qoidalarida quyidagilar belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchidan, barcha turdagi qonunchilik hujjatlari Adliya vazirligi tomonidan markazlashtirilgan holda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Bu tartib hujjatlarning umumiy soni boʻyicha aniq statistikasini yuritish hamda qonunchilikdagi oʻzgarishlar dinamikasini kuzatish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz navbatida, davlat organlari faqat ularning faoliyatiga bevosita bogʻliq boʻlgan huquqiy hujjatlarning hisobini yuritadilar. Bu davlat xizmatchilari oʻz kasbiy faoliyatlari bilan bogʻliq huquqiy oʻzgarishlardan doimiy xabardor boʻlishlarini taʼminlaydi. Tegishli roʻyxat davlat idoralarining veb-saytida joylashtirilishi kerak, shunda har bir foydalanuvchi hujjatlar bilan tanishishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchidan, yangi tartibga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari davlat hisobiga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularning nazorat nusxalarini yuritilishi qonunchilik hujjatlari loyihalarini toʻliq va sifatli ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar masalalari, fuqarolik, afv etish, siyosiy boshpana berish, davlat mukofotlari bilan taqdirlash va oliy harbiy va maxsus unvonlarni berish va individual tusdagi boshqa masalalar boʻyicha farmon va qaror shaklida qabul qilingan hujjatlari ham davlat hisobiga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari normativ-huquqiy hujjatlarning bir turi hisoblanadi. Shu bois, ularda qanday masalalar koʻtarilishidan qatʼi nazar, ularning barchasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu kabi hujjatlar faqat davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, ularning matnlarini Lex.uz saytida rasmiy eʼlon qilinishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buning uchun Adliya vazirligida normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun maxsus axborot bazasi shakllantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻrtinchidan, Lex.uz da eʼlon qilingan barcha qonunchilik hujjatlari nazorat holatida saqlanadi. Yaʼni, har bir qonunchilik hujjatida unga kiritilgan oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Adliya vazirligida qonunchilik hujjatlarning nazorat nusxalari qogʻoz shaklida ham yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada, ilgari matnga tegishli oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yopishtirlgan boʻlsa, endilikda qonunchilik hujjatiga oʻzgartirish kiritishga asos boʻlgan hujjatlar roʻyxati (oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki bekor qilish) unga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat idoralari ham oʻz faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarning nazorat nusxalarini yuritishni shu tartibda olib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu hujjat 2021-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 10/21/3311/0577-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)