09.06.2021 yildagi 357-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari hamda “Shahidlar xotirasi” jamoat fondini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ularning xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 8-oktabrdagi F-5598-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda oliy ta’lim muassasalari tuzilmalaridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari (keyingi o‘rinlarda — hududiy muzeylar) faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzgan holda, hududiy muzeylar faoliyati hamda moddiy-texnik bazasi tanqidiy va tahliliy o‘rganilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, hududiy muzeylarning yetarli sharoit mavjud bo‘lgan binolarga joylashtirilishi, ularga ekspozitsiya zallari, muzey fondi va xodimlar faoliyati uchun xonalar, mebel jihozlari, zamonaviy texnik asbob-uskunalar, shuningdek, belgilangan tartibda texnik va xizmat ko‘rsatuvchi (farrosh, elektrik va boshqa) xodimlar ajratilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy muzey rahbarlarining so‘rovlari asosida ularning xizmat safarlariga (hududdagi tuman va shaharlarga) borishlari uchun oliy ta’lim muassasasidagi mavjud navbatchi yengil avtotranspot vositalaridan (yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda) foydalanishlari nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi hisobvarag‘i barcha jismoniy va yuridik shaxslar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar tomonidan homiylik xayriyalarini ixtiyoriy tarzda tushirish uchun ochiq ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilning 15-iyuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha tayyorlangan ko‘p jildlik “Qatag‘on qurbonlari” xotira kitoblarini nashr etish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi talabnomasiga ko‘ra zarur mablag‘larni “Shahidlar xotirasi” xayriya fondiga ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilning 1-iyuliga qadar “Shahidlar xotirasi” xayriya fondining bo‘limlari faoliyatini rivojlantirish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi davlat arxivlarida saqlanayotgan qatag‘on siyosati aks ettirilgan arxiv hujjatlarining elektron nusxalari doimiy ravishda hududiy muzeylarga bepul taqdim etilishini ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshqulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 9-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
357-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-iyundagi 357-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Muzey hamda oliy ta’lim muassasalari tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari rahbar va ilmiy xodimlarining ish haqlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtiriladi. Muzey direktori o‘rinbosarlarining bazaviy lavozim maoshi Muzey direktorining lavozim maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirilgan holda belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Muzey tuzilmasidagi boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik va mutaxassis xodimlarning ish haqlari Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining boshqaruv va yordamchi xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdorlariga, boshqa xodimlarning lavozim maoshlari esa davlat muzeylari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtirilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1 va 3-ilovalar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Direktor

Muzey va hududiy muzeylar direktorlari kengashi

Ilmiy kengash

Direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Direktorning umumiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Yuriskonsult

Fond bo‘limi

3

Buxgalteriya

2

Xodimlar bo‘limi

1

Ekskursovodlar bo‘limi

4

Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi

4

Xalqaro aloqalar bo‘limi

1

Ilmiy bo‘lim

5

Muzey kuzatuvchilari

5

Birinchi bo‘lim

1

Ekspozitsiya bo‘limi

4

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining (texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) umumiy cheklangan soni — 34 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar shartnoma asosida qo‘shimcha ravishda jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnik va yordamchi xodimlar soni (muzey kuzatuvchilaridan tashqari) davlat muzeylari uchun o‘rnatilgan normativlar bo‘yicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 936-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlardagi oliy ta’lim muassasalarining tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oliy ta’lim muassasasi rektori

Muzey direktori

Ilmiy va mutaxassis xodimlar bo‘limi

2

Fondlar bo‘limi

1

Ekskursovod va muzey nazoratchilari bo‘limi

2

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 6 nafar”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2021-y., 09/21/357/0543-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)