01.06.2021 yildagi 335-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining buyurtmasiga asosan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi R.D. Qurbanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
335-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyundagi 335-son qaroriga
1-ILOVA

“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ko‘krak nishoni bilan yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari o‘rtasida millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida fidokorona mehnat qilgan, shuningdek, xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirishda samarali natijalarga erishgan mahalliy va xorijiy davlat organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar taqdirlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, mahalliy va xorijiy tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalar hamda boshqa yuridik shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el fuqarolari va chet el yuridik shaxslarini taqdirlashga doir taqdimnoma tashabbuskor tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda komissiyaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hududiy millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat va nodavlat tashkilotlari, shuningdek, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari har yili 1-mayga qadar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda yuqori turuvchi respublika organiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika darajasidagi davlat va nodavlat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari takliflarni belgilangan tartibda o‘rganib chiqadi hamda har yili 1-iyunga qadar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha taqdimnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — qo‘mita) taqdim etadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha taqdimnomalarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar bosma va elektron shaklda ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumotnoma-obyektivka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsifnoma (annotatsiya);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport nusxasi (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fotosurat (3x4 sm o‘lchamli) — 2 dona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxslar va tashkilotlarning so‘nggi uch yil davomida millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha ma’lumot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qo‘mita raisi tomonidan qo‘mita, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari kabi tashkilotlarning vakillaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid taqdimnomalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yig‘ilishida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 1-iyulga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiyaning asosiy vazifasi mukofotga nomzodlarni tanlashda yuzaki yondashuvlarga yo‘l qo‘ymasdan, adolat va xolislik mezonlariga ko‘ra komissiya yig‘ilishlarining haqiqiy muhokamalar asosida o‘tkazilishini ta’minlagan holda mukofotga nomzodlar bo‘yicha hujjatlarni Nizomda belgilangan muddatlarda sifatli va to‘liq tayyorlab, taqdim etishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan nomzodlarni ko‘rib chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlarning mamlakatimizda millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash, shuningdek aholi o‘rtasida millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlash maqsadida amalga oshirgan faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirishdagi ishtiroki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatda millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini shakllantirishni targ‘ib qilish bo‘yicha turli innovatsion samarali usullarning ishlab chiqilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qo‘mita raisi o‘z tashabbusiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda qo‘mitaning xorijlik hamkorlari, chet eldagi turdosh tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillarini millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun ko‘krak nishoni bilan taqdirlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qo‘mita raisining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 20-iyulga qadar chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ko‘krak nishoni har yili 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni arafasida qo‘mita raisi (yoki uning topshirig‘iga muvofiq boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti qo‘mitaga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati qo‘mitaning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qo‘mita ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoniga nomzodlarni taqdim etish va ularni o‘rganish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Hududiy millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat va nodavlat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli mahalliy hokimliklar bilan kelishadi.

Kelishilgan nomzodlarni yuqori turuvchi respublika organiga taqdim etadi.

Har yili 1-mayga qadar

2-bosqich

Respublika darajasidagi davlat va nodavlat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari

Takliflarni belgilangan tartibda o‘rganib chiqadi hamda ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha taqdimnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasiga taqdim etadi.

Har yili 1-iyunga qadar

3-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari kabi tashkilotlarning vakillaridan iborat ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid taqdimnomalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyani tashkil etadi.

Komissiya yig‘ilishida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganib, eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qiladi.

Har yili 1-iyulga qadar

4-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida buyruq chiqaradi

Har yili 20-iyulga qadar

5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi (yoki uning topshirig‘iga muvofiq boshqa mas’ul shaxslar)

“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlaydi.

Har yili 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni arafasida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyundagi 335-son qaroriga
2-ILOVA

“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI

“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘lib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonining old tomoni pastki qismi markazida ko‘tarilayotgan quyosh nurlari hamda hilpirab turgan O‘zbekiston Respublikasining rangli bayrog‘i fonida zarhallangan O‘zbekiston Respublikasi xaritasi hamda meridianlari va parallellarini aks ettirgan ko‘k rangdagi Yer shari tasviri joylashgan. Uning yuqori qismida do‘stlik va erksevarlik ramzi bo‘lgan Humo qushi tilla rangda tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishoni aylanasi bo‘ylab zarhal hoshiyali oq emal fonidagi doira bilan o‘ralgan. Aylananing yuqori qismida harflarining balandligi 3 millimetr bo‘lgan “XALQLAR DO‘STLIGI” so‘zlari yozilgan. Uning pastki chetlari bo‘ylab faxr-iftixor va sharaf ma’nolarini ifoda etuvchi ikkita dafna yaprog‘i joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonining orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishonining qalinligi — 2,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan o‘ralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘krak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida pastki qismida dafna barglari tasvirlangan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi qadag‘ichga ulangan. Qadag‘ichning eni — 26 millimetr, bo‘yi — 24 millimetrdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadag‘ich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan bo‘lib, har birining eni 4,4 millimetrli 5 xil rangdagi yo‘llardan iborat. Lentaning markazida oq rang, uning o‘ng tomonida yashil va sariq ranglar, chap tomonida esa moviy va to‘q yashil ranglardagi yo‘llar ifodalangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyundagi 335-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni guvohnomasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni guvohnomasi (keyingi o‘rinlarda — guvohnoma) 160 x 110 millimetr o‘lchamdagi kitobcha shaklida bo‘lib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qog‘ozdan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va to‘rtinchi betlari) ko‘k rangda bo‘lib, plyonka bilan qoplangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida bo‘lgan to‘q ko‘k rangli hoshiya bilan o‘ralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oralig‘i 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “XALQLAR”, ikkinchi satrda “DO‘STLIGI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “ko‘krak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) so‘zlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) so‘zi yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozuvlar to‘q ko‘k rangda aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda bo‘lib, ofset usulida chop etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda ko‘krak nishonining asliga teng o‘lchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki o‘ng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zi hamda guvohnomaning tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“GUVONNOMA” so‘zidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oralig‘i 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pastki chiziqdan 4 millimetr quyida, markazda oralig‘i 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va”, ikkinchi satrda “xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan;
(o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda oralig‘i 4 millimetr bo‘lgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrug‘iga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda, markazda oralig‘i 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “XALQLAR”, ikkinchi satrda “DO‘STLIGI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
So‘nggi so‘zlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “Qo‘mita raisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) so‘zlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GUVOHNOMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2021-y., 09/21/335/0511-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)