Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 29-may,
334-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-maydagi 334-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 29-maydagi 399-son qarorida:
a) 1-ilovada:
12-bandning oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-bandning beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalarining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
54-bandning yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalarining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 4-ilovaning XI pozitsiyasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalarining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovada:
4-pozitsiyaning “Quyidagilarga nisbatan ishchi organga taqdim etiladigan maʼlumotlar:” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-pozitsiyaning “Maʼlumotlar taqdim etish uchun masʼul organ” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash boʻlinmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulki hamda obyektlarini qoʻriqlash borasida koʻrsatiladigan xizmatlar tariflarini belgilash metodikasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi 668-son qarorida:
a) qaror nomidagi va muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan koʻrsatiladigan qoʻriqlash xizmatlarining tariflari (narxlari) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan mustaqil belgilanishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.”;
v) 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) ilova nomidagi va 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlinmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadigan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 21-noyabrdagi 930-son qarorida:
a) qaror nomidagi va 2-banddagi “Milliy gvardiyasining qoʻriqlash xizmati” soʻzlari “Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) qarorga ilovada:
ilova nomidagi “Milliy gvardiyasining qoʻriqlash xizmati” soʻzlari “Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
I boʻlimning nomidagi “Milliy gvardiyasining qoʻriqlash xizmati” soʻzlari “Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
II boʻlimning nomidagi “qoʻriqlash xizmatining” soʻzlari “Qoʻriqlash bosh boshqarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
izohning 2-bandidagi “Qoʻriqlash xizmatining” soʻzlari “Qoʻriqlash bosh boshqarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
izohning 4-bandidagi “qoʻriqlash xizmati” soʻzlari “Qoʻriqlash bosh boshqarmasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-maydagi 334-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 3-iyuldagi 555-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni)” 2020-yil 7-dekabrdagi 772-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2021-y., 09/21/334/0507-son, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)