19.05.2021 yildagi 309-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyatida dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yoʻlga koʻyish hamda oliy taʼlim muassasalarida startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyatida axborot texnologiyalari sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyatda yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularga zamonaviy raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, elektron tijorat yoʻnalishlarini oʻrgatishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qashqadaryo viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qarshi Technopark” dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda — Texnopark) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnopark “NAVO-NOUSE” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Qarshi shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi 50-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Texnoparkning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatda axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqish va xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, mahalliy dasturiy mahsulotlarni ichki va tashqi bozorda ilgari surish va eksport qilishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish va natijalarini tijoratlashtirishda axborot texnologiyalari sohasidagi startaplar va kichik korxonalarga koʻmaklashish, shu jumladan, venchur moliyalashtirish orqali startap-loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqish va xizmatlar koʻrsatish zanjirining uzluksizligini taʼminlash maqsadida ixtisoslik boʻyicha ilmiy, taʼlim, ishlab chiqarish tashkilotlarining integratsiyalashuvini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar jamoasini shakllantirish, axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniya va mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslari, treninglar va ilgʻor oʻquv kurslari, seminarlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilarga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirishda koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Texnopark faoliyati Qashqadaryo viloyati hokimligi muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladigan “Qarshi Technopark” dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tomonidan boshqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Texnopark va Direksiya faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnopark tomonidan oʻz faoliyati davomida shartnomalar asosida amalga oshirilgan xizmatlardan tushgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetining 2021 — 2022-yillardagi zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari (oʻz faoliyatidan tushgan mablagʻlardan yetishmagan qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialida startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inkubatsiya markazlari tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarida startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inkubatsiya markazlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarida startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inkubatsiya markazlarini tashkil etish uchun zarur infratuzilma yaratish, ularni moddiy-texnik resurslar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap-loyihalar ekotizimini joriy etish boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish hamda malakali mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari va “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida oʻzaro kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va talabalarni innovatsion faoliyat bilan shugʻullanishga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inkubatsiya markazlarining rahbar va xodimlarini inkubatsiya markazlari faoliyatini yuritish boʻyicha “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida oʻqitish va malakasini oshirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati Texnopark faoliyatini tashkil etishda har tomonlama texnologik, tashkiliy-uslubiy va ekspert jihatdan koʻmaklashishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 19-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
309-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 309-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarida startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inkubatsiya markazlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Inkubatsiya markazlarini tashkil etish uchun zarur infratuzilma yaratish

1.

Startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inkubatsiya markazlarini Qarshi davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialida tashkil etish.

1. Qashqadaryo viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalari (Qarshi davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) direksiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida Hamkorlik memorandumini imzolash.

2021-yil iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT-park direksiyasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari

2. Qashqadaryo viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalarida startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inkubatsiya markazlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qoʻshma qarorni tasdiqlash.

2021-yil iyun

3. Qashqadaryo viloyatida joylashgan oliy taʼlim muassasalarida inkubatsiya markazlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2.

Startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inkubatsiya markazlarini belgilangan oliy taʼlim muassasalarida tashkil etish.

1. Inkubatsiya markazlarini tashkil etish maqsadida oliy taʼlim muassasalarida zarur xonalarni ajratish.

2021-yil iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Inkubatsiya markazlarini zamonaviy kompyuter texnikasi, zarur mebel va inventarlar, yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻi bilan oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan jihozlash.

2021-yil iyul

II. Startap-loyihalar ekotizimini joriy etish boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish

3.

Inkubatsiya markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Inkubatsiya markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun oliy taʼlim muassasalarining Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimini masʼul etib belgilash.

2021-yil iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, IT-park direksiyasi

2. Belgilangan lavozimlarga malakali mutaxassislarni jalb etish.

2021-yil iyun

4.

Inkubatsiya markazlariga jalb qilingan oliy taʼlim muassasalari xodimlarini oʻqitish.

1. Oliy taʼlim muassasalarida startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inkubatsiya markazlari faoliyatini yuritish boʻyicha oʻquv-metodik dastur va qoʻllanmalarni ishlab chiqish.

2021-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT-park direksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari

2. Inkubatsiya markazlari xodimlarini startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inkubatsiya markazlari faoliyatini yuritish uchun oliy taʼlim muassasalarida oʻquv kurslarini tashkil etish.

2021-yil iyul

III. IT-park va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish

5.

Startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inkubatsiya markazlari tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalari va IT-park oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. IT-park va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik bitimi va dasturini imzolash.

2021-yil iyul

Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT-park direksiyasi

2. Inkubatsiya markazlarining rasmiy veb-saytini va ijtimoiy tarmoqlarda inkubatsiya markazlarining rasmiy sahifalarini ochish va ulardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

2021-yil iyul

6.

Oliy taʼlim muassasalarida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Talabalarning startap-loyihalarini tanlab olish boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida eʼlon berish va ariza qabul qilish.

2021-yil avgust

Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, IT-park direksiyasi

2. Talabalarining startap-loyihalarini IT-park mutaxassislari ishtirokida tanlab olish hamda oliy taʼlim muassasalari inkubatsiya markazlarining inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga kiritish, jumladan:

Qarshi davlat universiteti — 10 ta startap-loyihalar;

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali — 20 ta startap-loyihalar;

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali — 10 ta startap loyihalarning.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab har yili

Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari

3. Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining kooperatsiyasi va hududning startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2021-yil sentyabr-oktyabr

Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, Qashqadaryo viloyati hokimligi, IT-park direksiyasi

4. Startap-loyihalar tashabbuskorlarining mazkur dasturlarda ishtirokini taʼminlash.

2021-yil oktyabr

5. Dasturlar natijalariga koʻra Qashqadaryo viloyati kesimida startap-loyihalar namoyishlarini tashkil etish.

2021-yil noyabr

6. Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari inkubatsiya markazining inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining eng yaxshi startap-loyihalari uchun mablagʻ ajratish.

2021-yil noyabr

7. Eng yaxshi startap-loyihalarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash va sinovdan oʻtkazish, keyinchalik davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga joriy etish uchun taqdim etish.

2021-yil noyabr

8. Iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida xakatonni tashkil etish va oʻtkazish.

2021-yil dekabr

7.

IT-park rezident-kompaniyalarida inkubatsiya markazlari tashkil etilgan oliy taʼlim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyot oʻtashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. IT-park rezident-kompaniyalarida talabalarning malakaviy amaliyot oʻtaladigan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini va magistratura mutaxassisliklarini aniqlash.

2021-yil noyabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari, IT-park direksiyasi

2. Oliy taʼlim muassasalari talabalari tomonidan IT-park rezident-kompaniyalarida malakaviy amaliyotni oʻtash boʻyicha kelishuv imzolash.

2021-yil dekabr

3. Talabalar uchun IT-park rezident-kompaniyalarida malakaviy amaliyot oʻtalishini tashkil etish.

4. IT-park rezident-kompaniyalari tomonidan talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashlari uchun sharoitlar yaratish.

2021-2022-yillar

IV. Startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va talabalarni innovatsion faoliyat bilan shugʻullanishga jalb etish

8.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida innovatsion faoliyat bilan shugʻullanish va istiqbolli startap-loyihalarni yaratishni keng targʻib qilish.

1. IT-park mutaxassislari, ilmiy tashkilotlar olimlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda, talabalar uchun “startap-loyihalarni rivojlantirish” yoʻnalishi boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish va istiqbolli startap-loyihalarni yaratish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab har yili

IT-park direksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari

2. Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarida talabalar oʻrtasida turli tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish.

Jumladan:

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filialida sovrin jamgʻarmasi ajratilgan holda “IT Startup of the year” talabalar tanlovini;

Qarshi davlat universitetida sovrin jamgʻarmasi ajratilgan holda “Startup of the year” talabalar tanlovini;

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialida sovrin jamgʻarmasi ajratilgan holda “Agro Startup of the year” talabalar tanlovini tashkil etish va oʻtkazish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab har yili

Qashqadaryo viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari

3. Qashqadaryo viloyatining oliy taʼlim muassasalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini oʻtkazish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab har yili aprel oyida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 09/21/309/0474-son)