Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu Farmon 2021-yil 20-maydan eʼtiboran kuchga kiradi.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-may,
PF-6230-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5482-son Farmoniga 6-ilova “Ichki ishlar organlari maxsus unvonlari” ustunidan keyin quyidagi mazmundagi ustun bilan toʻldirilsin:
|
“ |
Milliy gvardiya organlari maxsus unvonlari |
|
|
Leytenant |
||
|
Katta leytenant |
||
|
Kapitan |
||
|
Mayor |
||
|
Podpolkovnik |
||
|
Polkovnik |
||
|
General-mayor |
||
|
General-leytenant |
||
|
General-polkovnik |
”. |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-158-son qarorining rus tilidagi matni 2-bandining yettinchi xatboshisidagi “slujbi na sootvetstvuyuщix doljnostyax ryadovogo i nachalstvuyuщego sostavov organov vnutrennix del, a takje sotrudnikov tamojennix organov, organov prokuraturi, organov i uchrejdeniy yustitsii, imeyuщix, sootvetstvenno, spetsialnie zvaniya i klassnie chini,” soʻzlari “ix slujbi (raboti) v gosudarstvennix organax v spetsialnom zvanii (klassnom chine), prisvoinnom im” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3413-son qarorida:
a) 1-ilovada:
34-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — “Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“48. Harbiy unvonda xizmat qilgan yoki harbiy taʼlim muassasalaridan xizmatni ichki ishlar organlarida davom ettirish uchun kelgan oddiy askar va serjantlar tarkibi harbiy xizmatchilariga (shartnoma asosida xizmat oʻtagan) lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq bilan birga ularning harbiy unvonlariga muvofiq tenglashtirilgan maxsus unvonlar beriladi.
“III darajali serjant”, “II darajali serjant” hamda “I darajali serjant” harbiy unvonlari ichki ishlar organlarining “serjant” maxsus unvoniga tenglashtiriladi”;
1-ilovaga ilova “Ichki ishlar organlarining maxsus unvonlari” ustunidan keyin quyidagi mazmundagi ustun bilan toʻldirilsin:
|
“ |
Milliy gvardiya organlari maxsus unvonlari |
|
|
Leytenant |
||
|
Katta leytenant |
||
|
Kapitan |
||
|
Mayor |
||
|
Podpolkovnik |
||
|
Polkovnik |
||
|
General-mayor |
||
|
General-leytenant |
||
|
General-polkovnik |
”. |
b) 2-ilovaning 39-bandi “qoʻllagan boshliqqa” soʻzlaridan keyin “yoki unga teng vakolatga ega” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga ilova “Ichki ishlar organlarining maxsus unvonlari” ustunidan keyin quyidagi mazmundagi ustun bilan toʻldirilsin:
|
“ |
Milliy gvardiya organlari maxsus unvonlari |
|
|
Leytenant |
||
|
Katta leytenant |
||
|
Kapitan |
||
|
Mayor |
||
|
Podpolkovnik |
||
|
Polkovnik |
||
|
General-mayor |
||
|
General-leytenant |
||
|
General-polkovnik |
”. |
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“Harbiy xizmatchilarga xizmat yili uchun foizli ustamalarning miqdorlarini belgilashda hamda pensiyani hisoblash vaqtida harbiy xizmatdan tashqari davlat xizmatlarining boshqa turlari nazarda tutilgan vazirliklardagi xizmat davri (ish staji) maxsus unvon (martaba darajasi) berilgan kundan boshlab harbiy xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan kelishilgan holda davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga harbiy xizmatga olishda ularning oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqish muddatlari va oldingi ish joylaridagi mehnat staji haqiqiy harbiy xizmat muddatiga hamda pensiyani hisoblashda oʻqishning (ishning) bir oyi xizmatning bir oyiga hisoblangan holda qoʻshiladi.
Oliy yuridik maʼlumotga ega harbiy prokuraturaning ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat muddatiga ularning oliy taʼlim muassasasidagi oʻqish, ichki ishlar vazirligi organlaridagi va Milliy gvardiya organlaridagi xizmat, shuningdek, sudlardagi, prokuratura hamda adliya organlari va muassasalaridagi va boshqa davlat organlaridagi huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan uzluksiz ish staji qoʻshib hisoblanadi”;
b) 238-bandda:
birinchi xatboshi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlaridan keyin “Milliy gvardiyasi” soʻzlari bilan, “maxsus unvonlariga” soʻzlaridan keyin “(martaba darajalariga)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “xizmat qilish muddatiga” soʻzlaridan keyin “(martaba darajasidagi ish stajiga)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi, prokuratura, sud va adliya organlarining maxsus unvonlariga (martaba darajalariga) ega, harbiy xizmatga kirish paytida mavjud maxsus unvonga (martaba darajalariga) mos keladigan harbiy unvon berilmagan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga maxsus unvonda xizmat qilish (martaba darajasida ishlash) davrlari keyinchalik attestatsiyadan qayta oʻtkazish tartibida navbatdagi harbiy unvonni berish uchun qoʻshib hisoblanishi mumkin”;
v) 249-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoʻshimcha taʼtilning muddatini belgilashda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi, sud, prokuratura va adliya organlaridagi xizmat ham harbiy lavozimga tayinlangan xodimlarga maxsus unvonlar (martaba darajalari) berilgan kundan boshlab harbiy xizmat muddatiga qoʻshib hisoblanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)