1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturiga muvofiq, xorijiy tillarni oʻrgatishni taʼlim siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda taʼlim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakillari lavozimlari tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi orasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish va ularni mukammal oʻzlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, xorijiy tillarni oʻqitishning xalqaro tan olingan dastur va darsliklari taʼlimning barcha bosqichlarida joriy etilishini muvofiqlashtirish hamda oʻqituvchilarda zamonaviy oʻqitish koʻnikmalarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar, tarmoqlar va taʼlim muassasalarining xorijiy tillarni oʻzlashtirgan mutaxassislarga ehtiyojlarini tahlil qilish natijalari asosida talab yuqori boʻlgan xorijiy tillarni oʻqitishni tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillarni oʻqitish sohasida “bogʻcha-maktab-oliy taʼlim tashkiloti-korxona” tamoyilidagi uzluksiz taʼlim zanjirini joriy etish maqsadida aholining barcha qatlamlariga mos boʻlgan tilni oʻrganish boʻyicha uslubiyot va tavsiyalarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirish, tilning asosiy koʻnikmalarini shakllantirish uchun videorolik, oʻyin, koʻngilochar koʻrsatuv, filmlar va boshqa oʻrgatuvchi kontent yaratilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tilidan xorijiy tillarga va xorijiy tillardan davlat tiliga professional tarjima qilish uslubiyotlarini yaratish hamda ushbu yoʻnalishda mutaxassislarning malakasini oshirishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar, tarmoqlar, davlat organlari va taʼlim tashkilotlari kesimida xorijiy tillarni bilish reytingini yuritish, xorijiy tillarni oʻrganishni yanada ommalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparati tuzilmasi hamda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakilligi namunaviy tuzilmasi 1 — 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 73 nafar, shu jumladan markaziy apparatida 31 nafar va Agentlikning hududiy vakilliklarida 42 nafarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va uning vakillari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining 34 ta shtat birligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimining 39 ta shtat birligi hisobidan tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlari mehnatga haq toʻlash, ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish sharoitlari boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 06/22/106/0314-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil 1-sentabrdan boshlab xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumtaʼlim maktablari oʻrtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich — tuman va shaharlarda oʻtkazilib, gʻoliblar 100 mln soʻmgacha;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkazilib, gʻoliblar 250 mln soʻmgacha;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqich — respublika miqyosida oʻtkazilib, gʻoliblar 500 mln soʻmgacha pul mablagʻlari bilan mukofotlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar va ularga biriktiriladigan oliy taʼlim muassasalari roʻyxati hamda ushbu maktablarni jihozlash dasturi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun maktablar orasida musobaqalarni oʻtkazish tartibi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qishloq hududlarida xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 50 mln soʻmgacha mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taʼlim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining kamida S1 darajadagi xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bogʻliq xarajatlari Davlat budjetidan pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablagʻlar, davlat oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining xarajatlari esa oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilansin.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) oʻqituvchilari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli boʻyicha sinovdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur sertifikatni olish muqobil malaka oshirish shakli sifatida tan olinsin.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-241-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2022-y., 07/22/241/0408-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega oʻqituvchilariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar tatbiq etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar oʻqituvchilariga Davlat budjetidan zamonaviy adabiyot, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini sotib olishi uchun 1 mln soʻmdan mablagʻlar ajratilsin. Bunda, tavsiya etiladigan darslik va oʻquv qoʻllanmalarining roʻyxati hamda ularni sotib olganlik toʻgʻrisida hisobot shakli Xalq taʼlimi vazirligi va Agentlik tomonidan belgilanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) xorijiy tillar oʻqituvchilarining sertifikatni olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash va ustama toʻlash, shuningdek, ushbu oʻqituvchilar tomonidan adabiyot, darslik va oʻquv qoʻllanmalarini sotib olish uchun 2021-yilda qoʻshimcha 100 mlrd soʻmgacha ajratilishi hamda 2022-yildan boshlab tegishli mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xorijiy tillarni oʻqitish sohasiga malakali kadrlarni jalb qilish va soha mutaxassislarining salohiyatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021/2022 oʻquv yilida xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalariga qabul parametrlari ikki baravarga, davlat granti asosida qabul koʻrsatkichlari esa uch baravarga oshirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab, xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari tomonidan davlat attestatsiya imtihonlarini topshirish bilan bir qatorda ushbu taʼlim muassasalari hisobidan milliy yoki unga tenglashtirilgan boshqa yetakchi xalqaro baholash tizimlari orqali ularning bilimlari darajasini aniqlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etilsin. Bunda, filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi nazarda tutilsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat xizmatchilari tomonidan xorijiy tillarni oʻzlashtirish darajasini oshirish hamda davlat organlarini yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar bilan toʻldirish maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlarida taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilarini shartnoma asosida jalb qilib, haftada kamida bir marotaba xodimlarni xorijiy tilga oʻqitish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha boʻgʻinlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qoʻshimcha ustama tashkilotlarning budjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida budjet mablagʻlari hisobidan toʻlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yildan boshlab davlat organlariga ishga qabul qilish va yuqori lavozimga tayinlash uchun xorijiy tilni bilish talabgorga qoʻyiladigan majburiy malakaviy koʻnikma sifatida belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining rahbarlari oʻrinbosarlaridan biriga xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish, shu jumladan Agentlik bilan hamkorlik qilish vazifalari yuklatilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (O. Xasanov), Agentlik, Adliya vazirligi (R. Davletov) va Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda davlat organlarida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boʻyicha qaror loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), Agentlik va Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boʻyicha ishlarni samarali tashkillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — 2021-yil 1-iyulga qadar Agentlik bilan birgalikda joriy yil ikkinchi yarmi uchun moʻljallangan hududlarda xorijiy tillarni oʻrgatishni ommalashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqsin, keyinchalik esa har yili 15-yanvarga qadar bunday “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari — har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boʻyicha tegishli hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotini eshitib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi (B. Musayev) — har yarim yilda ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalar bajarilishini Hukumat majlislarida muhokama qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — ushbu qarorda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini nazorat qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 19-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5117-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi
Xalq taʼlimi hududiy tuzilmalarining xorijiy tillar boʻyicha metodistlari
Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakilliklari
Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha hududiy markazlar
Taʼlim tashkilotlarining xorijiy tillar pedagoglarining malakasini oshirish boʻyicha mobil guruhlar
Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tayanch oliy taʼlim muassasalari va xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha hududiy markazlarning xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish boʻyicha faoliyati Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.