Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
Akademik litseylar yoʻnalishlari va bloklariga qarab bir pedagog xodimga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3304]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 14-sentabrdagi 413-sonli “Akademik litseylar yoʻnalishlari va bloklariga qarab bir pedagog xodimga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3463, 09.10.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Akademik litseylar yoʻnalishlari va bloklariga qarab bir pedagog xodimga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar soni nisbatining normativlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2021-yil 21-aprel,
13-2021-son
Kelishildi:
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 21-apreldagi 13-2021-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Akademik litseylar yoʻnalishlari va bloklariga qarab bir pedagog xodimga toʻgʻri keladigan oʻquvchilar soni nisbatining
NORMATIVLARI
|
T/r |
Taʼlim yoʻnalishlari nomi |
Normativlar |
|
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab | ||
|
1. |
Aniq fanlar-1 (matematika, fizika) |
10,0 |
|
2. |
Aniq fanlar-2 (matematika, xorijiy til) |
10,0 |
|
3. |
Aniq fanlar-3 (matematika, rasm va chizmachilik) |
10,0 |
|
4. |
Aniq fanlar-4 (matematika, ona tili va adabiyot) |
10,0 |
|
5. |
Tabiiy fanlar-1 (biologiya, kimyo) |
10,0 |
|
6. |
Tabiiy fanlar-2 (kimyo, matematika) |
10,0 |
|
7. |
Ijtimoiy-gumanitar fanlar-1 (ona tili va adabiyot, tarix) |
11,0 |
|
8. |
Ijtimoiy-gumanitar fanlar-2 (tarix, xorijiy til) |
12,0 |
|
9. |
Ijtimoiy-gumanitar fanlar-3 (ona tili va adabiyot, biologiya) |
10,5 |
|
10. |
Ijtimoiy-gumanitar fanlar-4 (tarix, geografiya) |
12,0 |
|
11. |
Xorijiy tillar (xorijiy til, ona tili va adabiyot) |
10,5 |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 10/21/3304/0459-son)