|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktorning birinchi oʻrinbosari |
Direktor oʻrinbosari — Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va dasturiy taʼminotlarni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Moliya-iqtisod boʻlimi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Raqamli infratuzilma va elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi 8 |
Axborot xavfsizligini taʼminlash va ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish boshqarmasi 12 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Xodimlar bilan ishlash boʻlimi 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va dasturiy taʼminotlarni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi 18 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Bosh yuriskonsult 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Raqamli infratuzilma va biznes jarayonlarini, davlat xizmatlari koʻrsatish tartibotlarini maqbullashtirish boʻlimi 3 |
Ixtisoslashtirilgan axbo�ot tizimlari, server qurilmalari va aloqa kanallari xavfsizligini taʼminlash boʻlimi 7 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ish yuritish va umumiy xoʻjalik boshqarmasi 6 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Muhandislik va radio-telekommunikatsiya tarmoqlarini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻlimi 9 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari texnik hujjatlarini loyihalashtirish boʻlimi 4 |
Masofaviy zondlash va operativ maʼlumotlarni qayta ishlash boʻlimi 4 |
Ijro nazorati va devonxona boʻlimi 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Moddiy-texnik taʼminot va xoʻjalik boʻlimi 3 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻlimi 8 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.05.2021 yildagi 289-son
Kuchga kirish sanasi
17.05.2021
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi huzurida “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4896-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4896-son qarori bilan Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgidromet) huzuridagi “Meteoinfosistem” axborot-texnik boshqarmasi negizida “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilganligi, uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari hamda xodimlariga Oʻzgidromet xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va mukofotlash tartibi qoʻllanilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
gidrometeorologiya xizmati samaradorligini oshirish, elektron xizmatlarning oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydigan zamonaviy intellektual tizimlar, axborot resurslari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish;
gidrometeorologiya xizmatining texnologik infratuzilmasini rivojlantirish, elektron oʻzaro hamkorlikni tashkil etish va gidrometeorologik hamda sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari bilan almashish uchun yagona telekommunikatsiya tarmogʻini yaratish;
katta hajmdagi raqamli maʼlumotlarga ishlov berish va tahlil qilish, gidrometeorologik va sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlarini modellashtirish uchun yuqori tezlikka ega kompyuter markazlaridan keng foydalanish;
gidrometeorologiya xizmati xodimlarining, ayniqsa, katta hajmdagi raqamli maʼlumotlar, kompyuter modellashtirish, sunʼiy yoʻldosh texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi koʻnikmalarini oshirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi huzuridagi “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Markaz direktori Oʻzgidromet bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
4. Markazga:
malakali mutaxassislarni jalb etgan holda gidrometeorologiya sohasidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida mehnatga ishbay haq toʻlanadigan dasturchilar jamoasini shakllantirishga, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni maslahatchi sifatida jalb qilishga;
yuklatilgan qoʻshimcha vazifalar doirasida koʻrsatiladigan pullik xizmatlardan tushgan mablagʻlarning kamida 50 foizi Markaz xodimlarining ish haqi uchun, ularni ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga sarflanishiga ruxsat berilsin.
5. Oʻzgidromet:
a) bir oy muddatda:
Markazning ustavini qoʻshimcha vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
b) ikki oy muddatda Markaz tomonidan faoliyat ixtisosligi boʻyicha qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini tasdiqlasin;
v) 2021-yil 1-iyulga qadar Moliya vazirligi bilan birgalikda Markazni 2022-yil 1-yanvardan boshlab toʻliq xoʻjalik hisobiga oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzgidromet bosh direktori Sh.H. Habibullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-may,
289-son
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi huzuridagi “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 53 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 09/21/289/0454-son)