13.06.1997 yildagi 295-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUSODARA QILINGAN, EGASIZ MOL-MULKNI, VORISLIK HUQUQI BO‘YIChA DAVLAT IXTIYORIGA O‘TGAN MOL-MULKNI VA XAZINALARNI HISOBGA OLISh, BAHOLASh VA SOTISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘FRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni va xazinalarni sotishdan tushgan mablag‘larning o‘z vaqtida hisobga olinishini va budjetga tushishini hamda savdo tashkilotlarining ushbu summalar bo‘yicha budjet bilan o‘zaro hisob-kitob qilishini soddalashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-martdagi 151-son qarori bilan tasdiqlangan “Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni va xazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi nizom”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 13-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
295-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni va xazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi nizom”ga kiritiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “aniqlangan” so‘zi “joylashgan yoki saqlangan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 8-banddagi “mahalliy organlar tomonidan maxsus ajratilgan davlat savdosi va matlubot kooperatsiyasi do‘konlari” so‘zlari chiqarib tashlansin va “shu maqsadlar uchun so‘zlaridan” so‘ng “mahalliy boshqaruv organlari tomonidan maxsus ajratilgan do‘konlar, shuningdek, Respublika fond birjasi va Respublika ko‘chmas mulk birjasi yoki ularning filiallari orqali amalga oshiriladi. Bunda ko‘chmas mulk obyektlarini sotish Respublika ko‘chmas mulk birjasi orqali, aksiyalarni sotish Respublika fond birjasi orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Avtotransport vositalarini sotish ularni belgilangan tartibda kimoshdi savdolariga qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 12-band “buyumlar” so‘zlaridan keyin “komissiya a’zolari ishtirokida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mol-mulkni sotish uchun topshirish, qabul qilib olish va sotish shartlari, bu mol-mulk uchun budjet bilan hisob-kitob qilish tartibi musodara qilingan va egasiz mol-mulkni sotish uchun alohida ajratilgan do‘konlar, Respublika fond birjasi va ko‘chmas mulk birjasi bilan komissiya tomonidan tuziladigan shartnomalarda aks ettiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 16-bandning birinchi xatboshida “soliq organiga beriladi” so‘zlari “soliq organiga hamda bir nusxasi moliya organiga beriladi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 17-banddagi birinchi xatboshi quyidagi gap bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Alohida hollarda mol-mulkni O‘zbekiston davlat qimmatbaho buyumlar xazinasiga (shuningdek muzeylar, kutubxonalar, arxivlar, ilmiy muassasalarga baholash dalolatnomasiga ko‘ra bepul) berishda taklif etilgan baholovchi mutaxassislar va ekspertlarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar respublika budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sotish uchun qabul qilingan mol-mulk uchun budjet bilan hisob-kitob qilish savdo tashkiloti tomonidan shartnomada kelishilgan muddat davomida, lekin mol-mulk sotilgan vaqtdan so‘ng uzog‘i bilan o‘n kunda tegishli summani budjet daromadiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda egasiz, musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar, savdo tashkiloti haqi (savdo chegirmasi) chiqarib tashlangach, budjetga (80 foizi) hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiy soliq va bojxona organlarining maxsus fondiga (20 foizi) o‘tkaziladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 19-banddagi “0,5 foizi miqdorida” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan miqdorda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 20-band “musodara qilingan” so‘zlaridan keyin “va egasiz” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 21-band “ilmiy muassasalarga” so‘zlaridan keyin “baholash dalolatnomasiga ko‘ra” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 23-band “qimmatbaho qog‘ozlar” so‘zlaridan keyin “aksiyalardan tashqari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 33-banddagi birinchi va uchinchi xatboshilar quyidagicha yangi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar mol-mulk hali sotilmagan yoki qayta ishlashga berilmagan bo‘lsa mol-mulkni qaytarish uni qaytarish to‘g‘risida ariza berilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda soliq organi tomonidan amalga oshiriladi. Arizaga ushbu mol-mulk davlat ixtiyoriga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorning bekor qilinganligini tasdiqlovchi tegishli davlat organi tomonidan berilgan hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar bu mol-mulk sotilgan yoki qayta ishlashga berilgan bo‘lsa uning qiymatini qoplash uning egasi yoki vorislari tomonidan mol-mulkni (sotish bilan bog‘liq xarajatlarni chiqarib tashlamay sotishdan amalda tushgan summa) qaytarish to‘g‘risida ariza berilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda moliya organi tomonidan tegishli budjetdan amalga oshiriladi. Mol-mulkning qiymati (summasi) bahosi tegishli davlat organlarining musodara qilishni bekor qilish yoki mol-mulkning bir qismini xatga olishdan ozod etish (ro‘yxatdan chiqarish) to‘g‘risidagi qarori kuchga kirgan kunda amalda bo‘lgan shartnomaviy (bozor) narxlar bo‘yicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, agar sotilgan mol-mulk qiymatidan boshqa tashkilotlarning joriy schyotlariga mablag‘ o‘tkazilgan bo‘lsa mol-mulk qiymatining tegishli qismi ushbu tashkilotlar hisobidan qoplanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 33-bandning oxirgi xatboshidagi “Davlat soliq bosh boshqarmasi” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.