1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Taʼlim muassasalari, shu jumladan, Opera sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati samaradorligini oshirish | ||||
|
1. |
Opera sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, istisno tariqasida, mazkur muassasalar uchun belgilangan namunaviy shtatlar doirasida “Badiiy rahbar” shtat birligini kiritish. |
2021-yil iyun |
- |
Madaniyat vazirligi |
|
2. |
Nukus va Ellikqalʼa ixtisoslashtirilgan madaniyat va sanʼat maktablari hamda bolalar musiqa va sanʼat maktablarini ehtiyojdan kelib chiqib, musiqa cholgʻu asboblari bilan taʼminlash. |
2021-yil iyun |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi |
|
3. |
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filialida tahsil olayotgan talaba qizlar uchun kelajakda ularni qoʻshimcha ish bilan taʼminlash maqsadida Filial huzurida “Chevar qoʻllar” markazini tashkil qilish. |
2021-yil iyun |
Filialning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
4. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov hamda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomidagi davlat stipendiyalarini taʼsis etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli Hukumat qarori loyihasini kiritish. |
2021-yil iyun |
- |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
5. |
Opera sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning faoliyatini yanada yaxshilash, shuningdek, opera sanʼati rivojlangan xorijiy davlatlarning (Italiya, Rossiya, Germaniya va boshqalar) taʼlim dasturlari tajribasini oʻrganish asosida xorijiy mamlakatlardagi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni keng yoʻlga qoʻyish. |
2021-yildan boshlab muntazam |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
6. |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi va opera sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻquv dasturlarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
- |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
7. |
Opera sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni opera sanʼati yoʻnalishi boʻyicha tayanch professional taʼlim muassasasi sifatida belgilash hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari bilan integratsiyasini yoʻlga qoʻyish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
- |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
8. |
Yosh iqtidorli opera xonandalarining sanʼatini keng targʻib etishda xorijiy davlatlar bilan ijodiy tajriba almashish maqsadida ularni xizmat safarlariga yuborish hamda ularning xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda ishtirokini taʼminlash. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
9. |
Nukus va Ellikqalʼa ixtisoslashtirilgan madaniyat va sanʼat maktablarining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish. |
2021-2022-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
II. Muzeylar, teatrlar va ijodiy jamoalar faoliyatini yanada rivojlantirish | ||||
|
10. |
Har bir tuman (shahar)lar markaziy koʻchalarida teatr repertuarlarini maxsus reklama lavhalari va pannolar, bannyerlar oʻrnatish uchun maxsus joy ajratish va ularni davlat-xususiy sheriklik asosida oʻrnatish. |
2021-yil avgust |
Davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilinadigan mablagʻlar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tuman (shahar) hokimliklari |
|
11. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi I.V. Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi hududida I.V. Savitskiyning haykalini oʻrnatish, qabristonni obodonlashtirish hamda ziyoratgoh maskaniga aylantirish. |
2021-2022-yillar |
Mahalliy budjet va homiylik mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va sport vazirligi, Badiiy akademiya |
|
12. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi I.V. Savitskiy nomidagi sanʼat davlat muzeyi ilmiy xodimlarini Moskva shahridagi A.S. Pushkin nomidagi Davlat tasviriy sanʼat muzeyida malaka oshirishini tashkil etish. |
2021-2022-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, muzeyning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Turizm va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
13. |
Teatrlardagi spektakllarning badiiy saviyasini oshirish, tomoshabinlar qamrovini kengaytirish, xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida: davlat teatrlari repertuarini muntazam ravishda yangilab borish, mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini toʻlaqonli ochib beruvchi, zamon qahramoni aks ettirilgan kamida 2 ta yangi spektaklni sahnalashtirish; Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda dramaturglarning ijodiy hamkorligini yoʻlga qoʻyish; respublika va xorijiy teatrlarning malakali aktyorlari va mutaxassislarini Qoraqalpogʻiston Respublikasiga taklif etgan holda master-klass, trening va tajriba almashish; teatrlarda zamonaviy yoritish va musiqali maxsus effektlarni qoʻllagan holda, sifat jihatdan butunlay yangi innovatsion spektakllarni yaratish. |
2021-2022-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
14. |
Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi T. Qaipbergenov dafn etilgan qabriston hududini obodonlashtirish hamda ziyoratgoh maskaniga aylantirish. |
2021-2022-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
15. |
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri simfonik orkestri uchun 18 dona yogʻoch damli cholgʻular, 25 dona skripka, 5 dona alt, 6 dona violonchel, 4 dona kontrabas, 2 dona litabra, 2 dona arfa va 2 dona zarbli musiqa cholgʻu asboblarini xarid qilish. |
2022-yil iyun |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublikabudjetining qoʻshimcha manbalari, teatrning budjetdan tashqari mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
16. |
Teatrlar ijodkorlari va texnik xodimlarining malakasini oshirish va tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish maqsadida Qoraqalpogʻistondagi teatrlar va Rossiya teatrlari oʻrtasida hamkorlik memorandumlarini tuzish boʻyicha amaliy choralarni koʻrish. |
2022-yil sentyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
17. |
Teatrlar spektakllarining badiiy saviyasini oshirish maqsadida Qoraqalpogʻistondagi teatrlarda xorijiy davlatlarning yetakchi teatrlari bilan hamkorlikda opera, balet, drama va qoʻgʻirchoq yoʻnalishlarida spektakllarni ya�atish va namoyish etish. |
2022-yil sentyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
18. |
Aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi badiiy-gʻoyaviy barkamol sahna asarlari yaratish maqsadida: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O. Sultanovning “Vatan tuprogʻi” va T. Qaipbergenovning “Qoraqalpoq qizi” sahna asari; Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida M. Behbudiyning “Padarkush” sahna asari; Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatrida M. Begimovning “Yangi Moʻynoq” sahna asarini davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirish. |
2022-yil sentyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjet mablagʻlari, teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
19. |
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimini ovoz yozish studiyasi bilan taʼminlash. |
2022-yil sentyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
20. |
“Ayqulash” qoraqalpoq davlat milliy folklor ansamblini oliy toifa guruhiga, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimini birinchi toifa guruhiga oʻtkazish. |
2022-yil sentyabr |
- |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
21. |
“Ayqulash” qoraqalpoq davlat milliy folklor ansamblining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va gastrol safarlari uchun zamonaviy avtobus hamda yengil xizmat avtotransport vositasi bilan taʼminlash. |
2022-yil sentyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
22. |
Madaniyat va sanʼat muassasalariga yosh kadrlarni jalb etish maqsadida Nukus shahrida koʻp qavatli ijodkorlar uyini qurish. |
2022-2023-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi |
|
23. |
Teatrlarning repertuarlari, spektakllari namoyishi, premyeralari, gastrollari, teatr sanʼati bilan bogʻliq roliklari va boshqa tadbirlarini keng yoritish, reklama qilish, shuningdek, telekanallarda teatrlar repertuari toʻgʻrisida alohida haftalik anonslarni namoyish etib borish uchun maxsus efir vaqtlarini ajratish. |
2021 — 2024-yillar |
- |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi |
|
III. Madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | ||||
|
24. |
Beruniy tumani madaniyat markazining “Beruniy avlodlari” dorbozlik guruhini avtobus, ovoz kuchaytirish uskunasi, liboslar, rekvizitlar hamda dor va dor osti anjomlari bilan taʼminlash. |
2021-yil sentyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari va homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
25. |
Nukus sha�rida koʻchma sirk (shapito) tashkil etish. |
2021-yil sentyabr |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi |
|
26. |
Madaniy-ommaviy tadbirlarni sifatli oʻtkazish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangi quriladigan madaniyat markazlarini musiqa cholgʻu asboblari hamda sahna liboslari bilan taʼminlash. |
2021 — 2023-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar (shaharlar) hokimliklari |
|
27. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 9 ta madaniyat markazini rekonstruksiya qilish va 10 tasini kapital taʼmirlash. |
2021 — 2023-yillar |
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablagʻlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjet va mahalliy budjet mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
28. |
Madaniyat markazlarida faoliyat yuritayotgan toʻgaraklarni zarur oʻquv qoʻllanma va tavsiyanomalar bilan taʼminlash. |
2022-2023-yillar |
Madaniyat markazlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetiga mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tumanlar (shaharlar) hokimliklari |
|
IV. “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirish | ||||
|
29. |
“Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasini 4 ta videokamera, 2 ta montaj stoli, 1 ta ovoz yozish hamda zamonaviy jihozlangan 1 ta dublyaj studiyasi bilan taʼminlash. |
2021-2022-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Kinematografiya agentligi |
|
30. |
Qoraqalpoq milliy urf-odat va anʼanalarini oʻzida mujassam etgan multifikatsion va tarixiy (Qirq qiz va Edige) hujjatli filmlarni yaratish. |
2022-yil may |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Kinematografiya agentligi |
|
31. |
Milliy kino mahsulotlarini saqlash va targʻib qilish uchun “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi bazasida kino muzeyini, multiplikatsionfilmlar studiyasini hamda Oʻzbekiston kinosanʼati muzeyi binosida “Qoraqalpoq kinosi” koʻrgazma zalini tashkil etish. |
2022-yil iyun |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika �yudjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Kinematografiya agentligi |
|
32. |
“Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasining yillik ishlab chiqarish hajmini oshirish. Bunda har yili 2 ta badiiy film, 12 ta hujjatli film, 2 ta multiplikatsion film, “Tulkishek” bolalar hajviy kinojurnalini yaratish. |
2021 — 2023-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Kinematografiya agentligi |
|
33. |
I.V. Savitskiyning ijodi va muzeyi haqida hujjatli film suratga olish. |
2021 — 2023-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Kinematografiya agentligi |
|
34. |
T. Qaipbergenovning hayoti va ijodi haqida hujjatli film suratga olish. |
2021 — 2023-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
V. Madaniy-maʼrifiy, targʻibot tadbirlarini tashkil e�ish va oʻtkazish | ||||
|
35. |
Boʻzatov tumanida “Respublika yoshlar ovozi” festivalini tashkil etish va oʻtkazish. |
2021-yil may-iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi |
|
36. |
Qoraqalpoq madaniyati, sanʼati va adabiyoti bilan Oʻzbekiston xalqini yaqindan tanishtirish maqsadida oʻzbek tilida “Qoraqalpoq adabiyoti durdonalari” koʻp jildli kitoblar toʻplamini nashr etish. |
2021-yil iyun |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik Xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
37. |
Boʻzatov tumanida ijodkor yoshlarning “Boʻzatov ohanglari” nomli seminarini oʻtkazish. |
2021-yil iyun |
Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
38. |
Nukus shahrida Esjan baxshi Kospolatov ijodiy maktabini yaratish hamda uning ijodiga bagʻishlangan tanlovni Kegeyli tumanida tashkil etish va oʻtkazish. |
2021-yildan boshlab har yili |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi |
|
39. |
Nukus shahrida milliy madaniyatlarimizning oʻzaro uygʻun va hamjihatlikda rivojlanayotganini chuqur tahlil qilib berishga qaratilgan “Oʻzbek va qoraqalpoq madaniyati: mushtarak maqsadlar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika anjumanini oʻtkazish. |
2021-yil ?avomida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi |
|
40. |
Ibroyim Yusupov nomidagi xorijiy tillarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining mamlakatimizdagi boshqa ijod maktablari bilan samarali hamkorligini kuchaytirish. |
2021-yildan boshlab doimiy |
- |
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi |
|
41. |
Hunarmandchilik festivalini Nukus shahrida oʻtkazish choralarini koʻrish. |
2022-yil davomida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Hunarmand” uyushmasi |
|
42. |
Amudaryo tumani “Chilpiq” yodgorligida Respublika “Bolalar folklor” festivalini tashkil etish. |
2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va sport vazirligi |
|
43. |
Toʻrtkoʻl tumani O. Xudayshukurov nomidagi madaniyat markazida O. Xudayshukurov hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Ona diyor kuychisi” nomli respublika yosh ijrochilar koʻrik-tanlovini tashkil etish. |
2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi |
|
44. |
Oʻzbekiston xalq baxshisi, Qoraqalpogʻiston xalq jirovi Jumabay jirov Bazarov xotirasiga bagʻishlab “Jirovlar tanlovi”ni oʻtkazish. |
2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi |
|
45. |
Chimboy tumanida Respublika oqin, jirov va baxshilar ishtirokida “Qur” festivalini tashkil etish va oʻtkazish. |
2023-yil mart |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
46. |
Ellikqalʼa tumanida “Maqom ijrochiligi” kechasini tashkil etish. |
alohida reja asosida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengash?, ?llikqalʼa hokimligi |
|
47. |
Taxtakoʻpir tumanida taniqli shoir va qissaxon Abbaz Dabilovning xotirasiga bagʻishlangan “Abbaz haoʻazi-Qaratereң irgʻaqlari” koʻrik-tanlovini tashkil etish. |
2023-yildan boshlab har ikki yilda bir marta |
Tashkilotchilar mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
48. |
Qonlikoʻl tumanida SSSR xalq artisti Ayimxon Shamuratova xotirasiga bagʻishlab “Sahro bulbuli” nomli respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish. |
2024-yildan boshlab har ikki yilda bir marta |
Tashkilotchilar mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
49. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va unga yaqin qoʻshni hududlar oʻrtasidagi madaniy aloqalar tarixiga oid ilmiy merosni oʻrganish, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qoʻshni mintaqa xalqlarining oʻzaro madaniy aloqalarini mustahkamlash boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish. |
2022-2023-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Turizm va sport vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
50. |
Viloyatlar va Toshkent shahrida reja asosida “Qoraqalpoq madaniyati va sanʼati kunlari”ni oʻtkazib borishni yoʻlga qoʻyish, bunda, konsertlar, qoraqalpogʻistonlik adib va rassomlar, teatr va kino namoyandalari, haykaltaroshlar, hunarmandlar va boshqa ijodkorlarning badiiy koʻrgazmalarini muntazam tashkil qilish. |
2021 — 2024-yillar |
Viloyatlar va Toshkent shahri budjetining qoʻshimcha manbalari, Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablagʻlar |
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi |
|
51. |
Qoraqalpoq madaniyati va sanʼatini dunyo miqyosida keng targʻib etish, qoraqalpoq ijodkorlarining xalqaro tanlov va festivallarda faol ishtirokini taʼminlash. |
2021 — 2024-yillar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari, Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
52. |
Mamlakatimiz miqyosida qoraqalpogʻistonlik atoqli sanʼatkorlarning konsert dasturlarini muntazam oʻtkazib borish. |
2021 � 2024-yillar |
Viloyatlar va Toshkent shahri budjetining qoʻshimcha manbalari, Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Madaniyat vazirligi |
|
53. |
Qoraqalpogʻistonlik atoqli madaniyat va sanʼat, ilm-fan namoyandalari, shuningdek, mashhur asarlar, ansambllar, madaniy tashkilotlar bilan bogʻliq yubileylarni mamlakatimiz miqyosida keng nishonlashga alohida ahamiyat qaratish. |
2021 — 2024-yillar |
Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablagʻlar |
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
54. |
Toshkent shahridagi ijtimoiy obyektlar va koʻchalarga qoraqalpogʻistonlik atoqli davlat va jamoat arboblari, madaniyat va sanʼat, ilm-fan namoyandalari nomlarini berishni nazarda tutish. |
2021 — 2024-yillar |
- |
Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi |
|
55. |
Etakchi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan qoraqalpoq yoshlarining salmogʻini oshirish. |
2021 — 2024-yillar |
- |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
56. |
Qoraqalpogʻiston madaniyati va sanʼatini yanada rivojlantirish va keng targʻib-tashviq etishga oid tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish. |
muntazam ravishda |
- |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi |
2-ILOVA