22.04.2021 yildagi KQ-213-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 22.04.2021 yildagi KQ-213-IV-son
Kuchga kirish sanasi
22.04.2021
Hujjat 20.09.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati KEngashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjet mablagʻlari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy budjet mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi ustidan parlament nazoratini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qaroriga muvofiq budjet xarajatlarining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish tartibi bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tuman (shahar) budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman va shahar hokimliklari ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu namunaviy nizom asosida har bir tuman va shaharning alohida xususiyatidan kelib chiqib, tuman (shahar)lar budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining masʼul xodimlaridan iborat Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish boʻyicha ishchi komissiya tarkibini tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning moliyalashtirilishi hamda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga tuman (shahar) budjetlari mablagʻlarini ajratish bilan bogʻliq jarayonlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish (hududiy telekanallar va radiokanallarda koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish, turli xil koʻrgazmali buklet va tarqatma materiallar tayyorlash va chop etish) bilan bogʻliq xarajatlar tegishli tuman (shahar) budjetlarining zaxira jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 22-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-213-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Namunaviy nizom tuman (shahar) budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish, shuningdek, “Ochiq budjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-sentabrdagi KQ-406-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Namunaviy nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik fikri — ushbu Nizomda belgilangan tartibda fuqarolar tomonidan tuman (shahar)da mavjud ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga qaratilgan ishlarni (xizmatlarni) mazkur hudud mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish boʻyicha bildirilgan takliflar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbusli budjet jarayoni — “Ochiq budjet” axborot portalida (keyingi oʻrinlarda — Portal) jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, ularni saralash va ovoz berish jarayoni doirasida gʻolib loyihalarni aniqlash hamda tuman va shahar budjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishni oʻz ichiga olgan jarayon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻolib loyiha — Portalda ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra toʻplangan ovozlar soni asosida avtomatik tarzda tanlab olingan loyiha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi — tuman (shahar) hokimliklarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish xronologiyasi — tashabbusli budjet jarayoni doirasida gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini Portal orqali bevosita fuqarolarga kuzatib borish imkoniyatini beruvchi maxsus boʻlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi komissiya — jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish boʻyicha tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onlayn murojaat — Portalda fuqarolar tomonidan savol, shikoyat, taklif yoki qonun buzilish holatlari yuzasidan xabar qoldirish imkoniyatini beruvchi maxsus sahifa.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-sentabrdagi KQ-406-IV-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)lar budjetlarining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) budjetlari qoʻshimcha mablagʻlarining kamida 30 foizi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va tuman (shahar) budjeti mablagʻlarini mazkur tadbirlarga yoʻnaltirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq (sxema) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etiladigan Ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Ishchi komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Tuman (shahar) tashabbusli budjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumot ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq umumlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Tuman (shahar) “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”dan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan maʼlumot ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq umumlashtiriladi.
(51 va 52-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman (shahar) moliya boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) Ishchi komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman (shahar) budjetlarining tegishli mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish uchun tuman (shahar) hokimliklarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklidagi “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) ochiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda gʻolib deb topilgan har bir tadbir uchun alohida mablagʻlar manbasi “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” boʻlgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi va barcha xarajatlar ushbu gʻazna hisobvaragʻi orqali amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman (shahar)lar hokimliklari har yilning fevral va iyul oylarida tuman (shahar)lar budjetlarining “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdorini belgilash boʻyicha taklifni tasdiqlash uchun tegishli xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar jamgʻarmaga:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tuman (shahar) budjetlarining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi miqdoridagi mablagʻlarning yarmidan kam boʻlmagan qismi — mazkur moliya yilining yanvar oyida, qolgan qismi iyun oyida;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobiga ajratiladigan miqdori — xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori qabul qilingandan soʻng uch ish kunida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamgʻarma mablagʻlari faqatgina jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni hamda ushbu tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirish (loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertiza xulosalarini olish va boshqalar) bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Mazkur mablagʻlarni boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 30-iyundagi KQ-377-IV-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tadbirlar uchun muayyan muddat oʻrnatilgan boʻlsa, u holda foydalanilmay qolgan mablagʻlar tadbirlarni oʻtkazish muddati tugaganidan keyin oʻn ish kuni ichida tegishli jamgʻarmaga tiklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirlarni amalga oshirish ishlari boshlanib, tegishli moliya yilida bajarilgan ishlar uchun mablagʻlar toʻliq oʻtkazib berilmagan boʻlsa, tegishli gʻazna hisob varagʻidagi mablagʻlar jamgʻarmaga tiklanmaydi va kelgusi yilning yanvar oyida pudratchiga toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yil yakunlariga koʻra rasmiylashtirilgan shartnomaga muvofiq tadbirlar amalga oshirilmagan yoki qisman bajarilgan boʻlsa, shartnomada belgilangan tadbirlarni hamda toʻlovlarni kelgusi yilda amalga oshirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kelishuv rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda gʻolib deb topilgan tadbirlar doirasida hisobot yili yakunlariga koʻra toʻliq bajarilmagan hollar uchun istisno tariqasida tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarning amal qilish muddatlarini kelgusi yil yakuniga qadar uzaytirish boʻyicha shartnomlarga oʻzgartirishlar kiritilishiga ruxsat beriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qaroriga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishchi organ tomonidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar miqdori joriy moliya yilining 1-fevrali hamda 15-iyuliga qadar “Ochiq budjet” axborot portali va ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamoatchilik fikri asosida moliyalashtiriladigan tadbirlarning roʻyxati boʻyicha taklif berish istagini bildiruvchi fuqarolar oʻzlarining mahalla yoki tuman (shahar)dagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarini moliya yilining 20-fevrali va 5-avgustiga qadar “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamoatchilik fikri asosida moliyalashtiriladigan tadbirlarning roʻyxati “Ochiq budjet” axborot portalida joylashtirilgan takliflar asosida shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Takliflar fuqarolar tomonidan respublikaning istalgan hududi boʻyicha har bir jarayonda faqat bir marotaba berilishi mumkin. Bunda taklif mazmunan yagona ijtimoiy muammoni oʻzida aks ettirishi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 30-iyundagi KQ-377-IV-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Taklif berish istagini bildiruvchi shaxslar belgilangan tartibda “Ochiq budjet”axborot portalida roʻyxatdan oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Fuqarolarda “Ochiq budjet” axborot portalidan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlmasa, ular oʻz takliflarini tegishli mahalla yoki ovulda tashkil etilgan “tashabbuskorlar burchagi” orqali qoldirishlari mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar)ning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib, shuningdek, aholidan tushayotgan murojaatlardagi muammolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoaviy muammolarni hal etishga qaratilganligi (xiyobonlar, bolalar maydonchasi barpo etish, ichki yoʻllarni va ijtimoiy soha obyektlarini taʼmirlash, ekologiyani yaxshilash, ichimlik suvi va oqova suv bilan taʼminlash, koʻcha chiroqlarini oʻrnatish (taʼmirlash) va shu kabilar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar idoraviy yoki shaxsiy xususiyatga ega boʻlmasligi (shaxsiy avtomashina yoki turar joy xarid qilish, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, maʼmuriy binolarni taʼmirlash);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotini saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻzida aks ettirmasligi (kommunal, aloqa va Internet tizimi uchun toʻlovlar, shuningdek, kanstovar va boshqa tez eskiruvchi moddiy qiymatliklar);
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 30-iyundagi KQ-377-IV-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati va davlat organlarining binolari va inshootlarini qurish, taʼmirlash va jihozlash ishlariga, shu jumladan ularning boshqa ehtiyojlarini qoplashga qaratilgan boʻlmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan joriy yilda manzilli roʻyxat (hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dasturlar yoki tashrif bayonlari va boshqalar) ga asosan mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan boʻlsa, ushbu takliflar asoslangan holda qabul qilinmasligi lozim;
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan takliflarni amalga oshirishning umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 4 ming barobaridan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ishchi komissiya takliflarni “Ochiq budjet” axborot portaliga kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun muddatda ushbu Nizomning 15 va 18-bandlarida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi hamda tadbirlar amalga oshirilishi imkoniyatlarini oʻrganadi va takliflarni mezonlarga muvofiq saralab boradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tanlab olingan tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻning dastlabki miqdori tegishliligiga koʻra tarmoq korxonalari xulosasi asosida loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha aniqlashtiriladi. Tadbir gʻolib deb topilgandan soʻng loyihani amalga oshirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi hamda tadbirning yakuniy qiymatiga aniqlik kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tadbirning dastlabki qiymatiga nisbatan loyiha-smeta hujjatlariga koʻra yakuniy qiymati koʻproqni tashkil etsa, mazkur holatlarda loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻ tegishli tuman (shahar) “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”dagi mavjud yoki kelgusida kelib tushadigan mablagʻlar hisobidan qoplab beriladi. Gʻolib deb topilgan loyihaning dastlabki qiymatidan kelib chiqib, tadbir doirasida amalga oshiriladigan ishlar (tovar va xizmatlar) hajmini kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 30-iyundagi KQ-377-IV-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishchi komissiya tomonidan rad etilgan takliflar boʻyicha taklif bergan shaxsning shaxsiy kabinetiga rad etishning asoslangan sabablari toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ishchi organ tanlab olgan takliflar tanlab olingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida ishchi organ tomonidan onlayn ovoz berishni tashkil etish uchun “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiriladi. Ovoz berish takliflar joylashtirilgan sanadan eʼtiboran yigirma ish kuni davomida oʻtkaziladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. “Ochiq budjet” axborot portalida roʻyxatdan oʻtgan har bir shaxs “Ochiq budjet” axborot portalida joylashtirilgan faqat bir taklifga ovoz berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, har bir hududda eng koʻp ovoz toʻplagan takliflar gʻolib deb topiladi va takliflarga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib yuqoridan pastga qarab saralab olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda takliflar gʻolib deb topilishi uchun 10 tadan kam boʻlmagan ovoz soniga ega boʻlishi lozim.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 30-iyundagi KQ-377-IV-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelgan texnik muammolar sababli yoki ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha boshqa manbalar hisobidan mablagʻlar ajratilishi holati kuzatilganda mazkur gʻolib deb topilgan loyihalar “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” hisobidan moliyalashtirilmaydi va ushbu loyihalar uchun ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga qayta tiklanadi. Ushbu mablagʻlar doirasida boshqa gʻolib loyihalarni aniqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 30-iyundagi KQ-377-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Gʻolib deb topilgan takliflarni amalga oshirishning jami qiymati tegishli jamgʻarmada mavjud mablagʻlar miqdoridan oshib ketishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoliblar aniqlangandan soʻng “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”da shakllangan qoldiq mablagʻlar gʻolib deb topilgan loyihalarning yakuniy qiymatiga aniqlik kiritilishi munosabati bilan qoʻshimcha talab etiladigan farqni qoplashga yoki kelgusida oʻtkaziladigan “Tashabbusli budjet” jarayonlariga yoʻnaltiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 30-iyundagi KQ-377-IV-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251. Gʻolib deb topilgan loyihalar mualliflari tomonidan tadbirlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini kuzatish hamda bajarilgan ishlarni real-vaqt koʻrinishida baholab borish imkoniyatiga ega boʻladi. Bunda jamoatchilik nazorati doirasida fuqarolar tadbirlarni kuzatib borish orqali qonun buzilishi holatlari yoki kamchiliklar kuzatilganda shikoyat tarzida vakolatli organlarga murojaat qilishlari mumkin. Fuqarolar tomonidan loyihani amalga oshirishda boshqa koʻrinishdagi aralashuvlarga (pudratchi korxonani aniqlash yoki ishlarni ularning oʻzlari tomonidan amalga oshirilishi, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va shu kabilar) yoʻl qoʻyilmaydi.
(251-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 30-iyundagi KQ-377-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ishchi komissiya ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, jamgʻarmadagi mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladigan tadbirlar boʻyicha takliflarni ovoz berish jarayoni yakunlangan sanadan eʼtiboran bir hafta muddatda tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyalashtiriladigan tadbirlar boʻyicha takliflarda, qoida tariqasida, obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (joylashgan joyi, holati, amalga oshirish muddati, buyurtmachisi va boshqalar) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ishchi organ xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan maʼqullangan takliflarni “Ochiq budjet” axborot portalida va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ishchi komissiya “Ochiq budjet” axborot portaliga qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamgʻarmadan yoʻnaltirilgan mablagʻlar taqsimoti toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimliklari Ishchi komissiyaning har yili tegishli tuman (shahar) hokimi boshchiligida televizion kanallar orqali “Tashabbusli budjet” jarayoni amalga oshirilishi borasida fuqarolarga jonli muloqotni olib borishni nazarda tutuvchi dasturda ishtirok etishni yoʻlga qoʻysinlar;
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamgʻarmadan yoʻnaltirilgan mablagʻlar boʻyicha amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamgʻarmadan yoʻnaltirilgan mablagʻlarning moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar doirasida amalga oshirilgan ishlar aks ettirilgan video-rolik va foto lavhalar joylashtirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Ishchi komissiya “Ochiq budjet” axborot portaliga har oyning yakunlari boʻyicha keyingi oyning 10-kuniga qadar maʼlumotlar, video-rolik va fotolavhalar joylashtirilishini hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shartnomaga ishlar hajmining koʻpayishi yoki loyihaning oʻzgartirilishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ishchi komissiya har yili 25-yanvarga qadar oʻtgan yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari har yili 1-fevralga qadar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan kiritilgan oʻtgan yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisidagi xisobotni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ishchi komissiya har yili 10-fevralga qadar oʻtgan yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan tasdiqlangan hisobotni “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
321. Tuman (shahar) hokimliklari har chorak keyingi oyining 10 kuniga qadar oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida mazkur Nizomning 3 va 4-ilovalarida keltirilgan tavsiyaviy shakllarda tashabbusli budjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni joylashtirib borishga masʼuldirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
322. Hududlarda takliflarni saralab olish jarayoni yuzasidan yoki tadbirlarni moliyalashtirish bilan bogʻliq yuzaga kelgan nizolar Moliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqiladi.
(321 va 322-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
323. Moliya vazirligi har chorak yakunlariga koʻra “Ochiq budjet” axborot portalida fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi hamda tashabbusli budjetlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi samaradorligi va natijadorligi yuzasidan davlat hokimiyati organlari faoliyatini baholab boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash tizimi “0” balldan “100” ballgacha baholanib, tuman va shaharlar tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari natijalariga koʻra “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quyidagilar baholash mezonlari sifatida qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi komissiya tomonidan saralash bosqichi haqqoniy va sifatli oʻtkazilishini baholash — loyihalarni dastlabki va yakuniy qiymati oʻrtasidagi farq, asossiz rad etilgan loyihalar hamda loyihalarni amalga oshirish imkoniyati toʻliq oʻrganilmaslik natijasida gʻolib boʻlgan loyihalarning keyinchalik rad etilishi darajasi (20 ballgacha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi darajasi — tegishli hudud boʻyicha kelib tushgan loyihalar va ovoz sonining mavjud aholi soniga nisbati (20 ballgacha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga mablagʻlar oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishini baholashda — Jamgʻarmaga tuman (shahar) qoʻshimcha mablagʻlarining tegishli qismi yoʻnaltirilishi holatidan kelib chiqib (20 ballgacha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni amalga oshirishning samaradorligi va natijadorligini baholashda — “Ochiq budjet” axborot portalida “Jamoatchilik nazorati” boʻlimi orqali loyiha mualliflari tomonidan bajarilgan ishlarni sifati va holatini baholash tizimi orqali (20 ballgacha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachilar bilan tizimli ishlar tashkil etilganligi darajasi — loyihalar moliyalashtirilishidan kelib chiqib, jami ajratilgan mablagʻga nisbatan oʻzlashtirilgan mablagʻga nisbati orqali (20 ballgacha) baholab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har chorak yakunlariga koʻra mezonlarga muvofiq tuman va shaharlarning toʻplagan ballaridan kelib chiqib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71 balldan 100 ballgacha — “yashil hudud”,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55 balldan 71 ballgacha — “sariq hudud”,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55 balldan past boʻlganda — “qizil hudud” deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizil hudud” deb topilgan tuman va shahar hokimliklarining tashabbusli budjet jarayoni ijrosi yuzasidan hisoboti chorak yakunlariga koʻra Oliy Majlis Senatida eshitib boriladi.
(323-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 30-iyundagi KQ-377-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-bob. “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
324. Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari faqat Portal orqali gʻolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun sarflanadi. Bunda loyihada nazarda tutilgan tadbirlardan tashqari ushbu tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan hujjatlar (tegishli tashkilotlarning xulosalari, yakuniy koʻrikdan oʻtkazish xarajatlari va boshqalar) uchun ham toʻlovlar moliyalashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
325. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
326. Loyihalarni koʻrib chiqish va amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi tashkilotlar mazkur Namunaviy nizomning 5-ilovasiga muvofiq tarzda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
327. Tashabbusli budjet jarayoni doirasida fuqarolar tomonidan kelib tushgan loyihalar Ishchi komissiya tomonidan Portalga kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq loyihaning mazmunan tegishliligi boʻyicha buyurtmachi korxonalarga (keyingi oʻrinlarda — buyurtmachi) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
328. Buyurtmachilar tomonidan loyihalar qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kunida qonun hujjatlarida belgilangan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan loyihalarni koʻrib chiqadi va Ishchi komissiyaga loyihalarni qabul qilish (loyihaning qiymati va amalga oshirish uchun talab etiladigan qoʻshimcha hujjatlar roʻyxatini ilova qilgan holda) yoki asoslantirilgan holda rad etish yuzasidan xulosa taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
329. Ishchi komissiya loyihalarni buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan xulosalar asosida ovoz berish bosqichiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3210. Ovoz berish bosqichi yakunlariga koʻra loyihalarga toʻplangan ovozlar sonidan kelib chiqib, Portal tomonidan avtomatik tarzda “gʻolib” loyihalar roʻyxati shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3211. Tashabbusli budjet jarayoni doirasida ovoz berish bosqichi yakunlangandan soʻng 7 kun muddatda “gʻolib” deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan Ishchi komissiya tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga qaror loyihasi kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3212. Qaror loyihasiga gʻolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan “Manzilli roʻyxat” ilova qilinadi. Manzilli roʻyxat quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻolib deb topilgan loyihaning Portaldagi xos “ID” raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshiriladigan tadbirlarning aniq manzili yoki balansda saqlovchi korxonaning manzili va nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihada nazarda tutilgan amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlarning qisqacha mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirni amalga oshirish uchun talab etiladigan dastlabki mablagʻ qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish uchun buyurtmachi etib belgilangan korxona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan qoʻshimcha hujjatlar (binolarni qurish uchun ekspertiza hujjatlari, hokimning yer ajratish toʻgʻrisidagi tegishli qarori, loyiha-smeta hujjatlari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar tadbir bevosita tovar va moddiy qiymatliklar (xizmatlar)ni xarid qilish bilan bogʻliq boʻlsa, ushbu loyihalar boʻyicha mazkur Namunaviy nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda xarid qilinadigan tovar (xizmatlar) reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) ilova qilinadi. Bunda reyestrda koʻzda tutilgan xaridlarning jami summasi Manzilli roʻyxatda tegishli loyihani moliyalashtirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻdan ortib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilish tartib-taomili turi (elektron doʻkon, boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion, eng yaxshi takliflarni tanlash, tender va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3213. Manzilli roʻyxat belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, jumladan, buyurtmachi tashkilotlar toʻgʻri tanlanishi, Reyestr toʻgʻri shakllantirilishi, xarid qilish tartib-taomili turi va loyihani amalga oshirish aniq manzili kabi maʼlumotlar toʻgʻri koʻrsatilishi uchun Ishchi komissiya masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3214. Gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun yer va boshqa resurslar ajratilishi, shuningdek, tegishli soha inspeksiyalarining ekspertiza xulosalari talab etilgan hollarda, ushbu resurslarni ajratish boʻyicha qaror qabul qilish vakolatiga ega tashkilotlarga Manzilli roʻyxat tasdiqlangandan soʻng 1 ish kunida tuman (shahar) hokimligi tomonidan soʻrov yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3215. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan qaror va manzilli roʻyxat tasdiqlanganidan soʻng tuman (shahar) moliya boʻlimi tomonidan gʻolib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilotlarga har bir loyiha uchun alohida Moliya vazirligi Gʻaznachiligida mablagʻlar manbasi “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” boʻlgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3216. Ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga 3 ish kuni ichida Jamgʻarma hisobidan tuman (shahar) hokimligi tomonidan gʻolib deb topilgan loyihalar uchun Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻlar oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3217. Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻlar tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib berilgandan soʻng buyurtmachi tashkilotlar 3 ish kunida tovar-moddiy boyliklar (ishlar va xizmatlar) xarid qilish uchun taʼminotchi korxonalarni aniqlash, qurilish-taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini shakllantirish va loyihachi korxonalarni aniqlash boʻyicha davlat xaridlari elektron tizimiga eʼlon joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3218. Qurilish va taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar yuzasidan loyiha-smeta hujjatlariga ekspertiza xulosasi olingan kundan boshlab 1 ish kunida buyurtmachi tashkilotlar Manzilli roʻyxatda koʻrsatilgan xarid qilish tartib-taomili turi boʻyicha pudratchi korxonalarni aniqlash choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3219. Gʻolib loyihalar amalga oshirish shakllariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar-moddiy boyliklar (xizmatlar) xarid qilish boʻyicha tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarni joriy yoki kapital taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) boʻyicha tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlar qurish (barpo etish) boʻyicha tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-bob. Tovar-moddiy boyliklar (xizmatlar) xarid qilish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3220. Tovar-moddiy boyliklar (xizmatlar) xarid qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda buyurtmachi tashkilot davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy qiymatliklar (xizmatlar)ni yetkazib beruvchi yoki pudratchilarni aniqlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron doʻkon orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yaxshi takliflarni tanlash orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish orqali davlat xaridlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3221. Tovar-moddiy boyliklar (xizmatlar) xarid qilish 3220-bandda keltirilgan xarid qilish tartib-taomili turi orqali tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3222. Ajratilgan mablagʻlar faqat Manzilli roʻyxatga ilova qilingan Reyestrda nazarda tutilgan tovar-moddiy qiymatliklar (xizmatlar)ni xarid qilish uchun sarflanadi. Bunda reyestrga kiritilgan tovar-moddiy boyliklar (xizmatlar) turi oʻzgartirilishiga yoki soni oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3223. Xarid qilinishi nazarda tutilgan tovar-moddiy qiymatliklarni haqiqiy bozor narxi gʻolib deb topilgan loyiha uchun nazarda tutilgan mablagʻdan ortiq boʻlsa, ushbu holatda Reyestrning jami summasiga aniqlik kiritilishi mumkin. Bunday hollarda yetishmagan mablagʻlar Jamgʻarma hisobidan ajratilishi uchun Manzilli roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori qabul qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3224. Xarid qilingan tovar-moddiy qiymatliklar buyurtmachi tashkilot balansiga kirim qilinadi va belgilangan tartibda buxgalteriya hisobotlarida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3225. Buyurtmachi tashkilot xarid qilingan tovar-moddiy qiymatliklarni saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish yuzasidan kelgusi moliya yili uchun budjet soʻrovida tegishli mablagʻlar koʻzda tutilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3226. Umumfoydalanishda boʻlgan tabiiy resurslar bilan taʼminlash vositalari (transformator, quvurlar, uzellar va boshqa tabiiy resurslarni yetkazib berishda qoʻllaniladigan vositalar)dan foydalanishda buyurtmachi tashkilot mazkur vositalarni oʻz balansiga kirim qiladi hamda tomonlar oʻrtasida kelishuv asosida tegishli ekspluatatsiya korxonalariga foydalanish uchun beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-bob. Bino va inshootlarni joriy yoki kapital taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3227. Mavjud bino va inshootlarni joriy yoki kapital taʼmirlash (keyingi oʻrinlarda — taʼmirlash) boʻyicha tadbirlar buyurtmachi tashkilot tomonidan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun Manzilli roʻyxatda koʻrsatilgan qoʻshimcha talab etiladigan hujjatlarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron doʻkon orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yaxshi takliflarni tanlash orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shaklda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taʼmirlash ishlarini amalga oshiruvchi pudratchi tashkilotlarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3228. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun pudratchilarni aniqlash 3227-bandda keltirilgan usullardan biri orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3229. Ajratilgan mablagʻlar faqat Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish va ushbu tadbirlarni bajarish uchun qoʻshimcha talab etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlariga sarflanishi mumkin. Bunda Manzilli roʻyxatda koʻrsatilgan taʼmirlash ishlari hajmining oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3230. Taʼmirlash ishlarining haqiqiy bozor narxi Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻdan ortiq boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda buyurtmachi korxonaning xulosasiga asosan loyihaning amalga oshirish yakuniy qiymatiga aniqlik kiritilishi mumkin. Bunday hollarda qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar Jamgʻarma hisobidan ajratilishi uchun Manzilli roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori qabul qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3231. Taʼmirlash ishlari uchun buyurtmachi etib, qoida tariqasida, balansda saqlovchi yoki budjet mablagʻi taqsimlovchi belgilanadi. Agar loyihaning amalga oshirish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobaridan ortiq boʻlsa (ichki yoʻllarni taʼmirlash bundan mustasno), buyurtmachi etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK buyurtmachi etib belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3232. Buyurtmachi korxona etib yagona buyurtmachi korxonalar belgilanganda ushbu korxona uchun tegishli tuman (shahar) darajasida maxsus gʻazna hisobvaraqlari ochilib, “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”dan gʻolib loyihani amalga oshirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3233. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun yagona buyurtmachi korxona va balansda saqlovchi oʻrtasida bitim imzolanadi. Bitimda loyihani amalga oshirish qiymati, amalga oshiriladigan ishlar, qabul qilib olish muddati va boshqa texnik koʻrsatkichlar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3234. Yagona buyurtmachi korxonalar tomonidan loyihani amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pudratchi korxonalar bilan shartnomalar rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3235. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng taʼmirlangan obyekt amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli hujjat va xulosalar bilan birga balansda saqlovchiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3236. Taʼmirlash ishlari sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun javobgarlik buyurtmachi tashkilot zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-bob. Bino va inshootlar qurish (barpo etish) bilan bogʻliq tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3237. Jamoatchilik ehtiyoji uchun fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladigan obyektlar, shu jumladan, bino va inshootlarni qurishda (keyingi oʻrinlarda — qurilish ishlari) buyurtmachi etib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish ishlarining amalga oshirish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha boʻlsa, balansda saqlovchi korxona tomonidan (keyinchalik obyektni qabul qilib olishda tegishli mutaxassislarni yollagan holda ularning xulosasini olish sharti bilan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish ishlarining amalga oshirish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan ortiq boʻlsa, yagona yetkazib beruvchi korxonalar belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3238. Balansda saqlovchilar buyurtmachi sifatida qurish ishlarini amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qurilish ishlarini amalga oshirish uchun Manzilli roʻyxatda koʻrsatilgan qoʻshimcha talab etiladigan hujjatlarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron doʻkon orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yaxshi takliflarni tanlash orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shaklda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qurilish ishlarini amalga oshiruvchi pudratchi tashkilotlarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yaxshi takliflarni tanlash orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tender orqali aniqlagan holda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3239. Ajratilgan mablagʻlar faqat Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan qurilish ishlarini amalga oshirish va ushbu tadbirlarni bajarish uchun qoʻshimcha talab etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlariga sarflanishi mumkin. Bunda Manzilli roʻyxatda koʻrsatilgan qurilish ishlari hajmi oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3240. Balansda saqlovchilar sifatida buyurtmachi belgilanib ishlar amalga oshirilganda qurilish ishlari yakunlariga koʻra bajarilgan ishlarni belgilangan texnik mezonlarga muvofiqligi yuzasidan mutaxassislar jalb etilgan holda obyektlar qabul qilib olinishi va foydalanishga topshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3241. Qurilish ishlarining haqiqiy bozor narxi Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻdan ortiq boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda buyurtmachining xulosasiga asosan qurilish ishlarining yakuniy qiymatiga aniqlik kiritilishi mumkin. Bunday hollarda yetishmagan mablagʻlar Jamgʻarma hisobidan ajratilishi uchun Manzilli roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori qabul qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3242. Buyurtmachi korxona etib yagona buyurtmachi korxonalar belgilanganda ushbu korxona uchun tegishli tuman (shahar) darajasida maxsus gʻazna hisobvaraqlari ochilib, “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”dan gʻolib loyihani amalga oshirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3243. Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun yagona buyurtmachi korxona va balansda saqlovchi oʻrtasida bitim imzolanadi. Bitimda loyihani amalga oshirish qiymati, amalga oshiriladigan ishlar, qabul qilib olish muddati va boshqa texnik koʻrsatkichlar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3244. Yagona buyurtmachi korxonalar tomonidan loyihani amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pudratchi korxonalar bilan shartnomalar rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3245. Qurilish ishlari yakunlangandan soʻng Yagona buyurtmachi korxona tomonidan yangi qurilgan obyektlar tegishli hujjat va foydalanishga loyiq ekanligi yuzasidan texnik xulosalar bilan birga balansda saqlovchiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3246. Qurilish ishlari sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun javobgarlik buyurtmachi tashkilot zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-bob. Loyihalarni amalga oshirishda jamoatchilik nazoratining oʻrnatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3247. Tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan Ishchi komissiya tomonidan tashabbusli budjet jarayonlari ijrosi yuzasidan har chorak yakunlariga koʻra hisobotlar hokimlikning rasmiy veb-sayti hamda Portal orqali jamoatchilikka eʼlon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3248. Gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari fuqarolar uchun ochiqligini va ular tomonidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishini taʼminlash maqsadida Portalda “loyihalarni amalga oshirish xronologiyasi” yuritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3249. Ishchi komissiya loyihalarni amalga oshirish xronologiyasida tegishli maʼlumotlar belgilangan muddatlarda kiritilishiga va yangilab borilishiga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3250. Loyihalarni amalga oshirish xronologiyasi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi tashkilot nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha uchun ochilgan hisobvaraq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha uchun ajratilgan mablagʻ miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta va ekspertiza hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq oʻtkazilgan tanlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudratchi korxona toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan xarajatlar va rasmiylashtirilgan shartnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3251. Gʻolib deb topilgan loyihalar mualliflari tomonidan tadbirlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini kuzatish hamda bajarilgan ishlarni real-vaqt koʻrinishida baholab borish imkoniyatiga ega boʻladi. Bunda jamoatchilik nazorati doirasida fuqarolar tadbirlarni kuzatib borish orqali qonun buzilishi holatlari yoki kamchiliklar kuzatilganda shikoyat tarzida vakolatli organlarga yoki Portal orqali “onlayn murojaat” sahifasiga murojaat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3252. Gʻolib deb topilgan loyiha tashabbuskorlari tomonidan loyihani amalga oshirishda boshqa koʻrinishdagi aralashuvlarga (pudratchi korxonani aniqlash yoki ishlarni ularning oʻzlari tomonidan amalga oshirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va shu kabilarga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3253. Loyihalar amalga oshirilgandan soʻng gʻolib deb topilgan loyihalar tashabbuskorlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar Portalda “Jamoatchilik nazorati” boʻlimi orqali baholanadi va bajarilgan ishlar yuzasidan kamchiliklar kuzatilganda izohlar bildirish hamda foto yoki video materiallar ilova qilish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3254. Loyihalarni amalga oshirish davomida yoki ishlar yakunlangandan soʻng bajarilgan ishlar natijalariga koʻra ortiqcha toʻlovlar yoki kamomad aniqlangan hollarda, aniqlangan kamomad mablagʻlari tegishliligi boʻyicha jamgʻarmaga toʻliq qayta tiklanishi taʼminlanadi.
(21 — 25-boblar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-sentabrdagi KQ-406-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tuman (shahar) budjetlarining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi hamda mablagʻlarning ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga Ishchi komissiya aʼzolari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tuman (shahar) budjetlarining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan doimiy nazorat amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 30-iyundagi KQ-377-IV-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va tuman (shahar) budjeti mablagʻlarini mazkur tadbirlarga yoʻnaltirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari

1. “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maxsus gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdorini belgilash boʻyicha taklifni tasdiqlash uchun tegishli xalq deputatlari tuman (shahar)lar Kengashiga kiritadi.

Har chorak yakunlari boʻyicha keyingi chorak ikkinchi oyining 1-kuniga qadar

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi

2. Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdorini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlash boʻyicha qaror qabul qiladi.

Takliflar olingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida

2-bosqich

Ishchi organ

Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar miqdori “Ochiq budjet” axborot portali va ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkaziladi.

Moliya yilining 1-fevrali va 15-iyuliga qadar

3-bosqich

Taklif berish istagini bildiruvchi fuqarolar

Mahalla yoki tuman (shahar)dagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi.

Moliya yilining 20-fevrali va 5-avgustiga qadar

4-bosqich

Ishchi komissiya

Mezonlarga muvofiqligi hamda tadbirlar amalga oshirilishi imkoniyatlarini oʻrgangan holda takliflarni tanlab oladi.

“Ochiq budjet” axborot portalida takliflarni ilgari surish bosqichi yakunlangandan soʻng yigirma kun davomida

5-bosqich

Ishchi organ

1. Tanl?b olgan takliflar ovoz berishni tashkil etish uchun “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiriladi.

Takliflar tanlab olingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida

2. Jamoatchilik tomonidan ovoz berish jarayoni oʻtkaziladi.

Takliflar joylashtirilgan sanadan eʼtiboran yigirma kun davomida

6-bosqich

Ishchi komissiya

1. Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, har bir hududda eng koʻp ovoz toʻplagan takliflar gʻolib deb topiladi va takliflarga berilgan ovozlar sonidan kelib chiqib yuqoridan pastga qarab saralab olinadi.

2. Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, Jamgʻarma mablagʻlardan moliyalashtiriladigan tadbirlar boʻyicha takliflarni tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Ovoz berish jarayoni yakunlangan sanadan eʼtiboran bir hafta muddatda

7-bosqich

Ishchi organ

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan maʼqullangan takliflarni “Ochiq budjet” axborot portalida va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilib boradi.

Har oyning yakunlari boʻyicha keyingi oyning 10-kuniga qadar

8-bosqich

Ishchi komissiya

Oʻtgan yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot kiritadi.

Har yili 25-yanvarga qadar

9-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi

Oʻtgan yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqlaydi.

Har yili 1-fevralga qadar

10-bosqich

Ishchi komissiya

Oʻtgan yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan tasdiqlangan hisobotni “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi.

Har yili 10-fevralga qadar

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 30-iyundagi KQ-377-IV-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash hamda ularni tuman (shahar) budjetlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish mezonlariga mosligi monitoringini olib borish boʻyicha ishchi guruhning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

FIO

Ish joyi va lavozimi *

1.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari,

ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimiga koʻra

(kelishuv asosida)

Tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining vakili

3.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) hokimining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

4.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar)hokimligi moliya boʻlimi mudiri (vakili)

6.

Lavozimiga koʻra

(kelishuv asosida)

Tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakili

7.

Lavozimiga koʻra

(kelishuv asosida)

Nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) zaruratga koʻra tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ishchi guruh tarkibiga boshqa mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Komissiya aʼzolari soni (kamida 7 kishi) toq boʻlgan tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_________________ tuman (shahar) tashabbusli budjetlashtirish natijalari boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

20___ yil _____________ (oy)

T/r

Koʻrsatkich nomi

Summa

(ming soʻm)

1.

Yil boshiga qoldiq

2.

Hisobot davrida “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga oʻtkazilgan mablagʻlar

3.

“Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”dan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan

3.1.

Bajarilgan ishlar uchun xisobvaraqlardan moliyalashtirilgan mablagʻ

3.2.

Xisobvaraqlardagi qoldiq

4.

“Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”da qoldiq mablagʻ

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Moliyalashtirilgan taklif soni

Koʻrsatkichlar

oʻlchov birligi

miqdori

sarflangan mablagʻ

Jami

X

X

1.

Hududiy ichki yoʻllar

umumiy uzunligi

2.

Umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va jihozlash

soni

3.

Maktabgacha taʼlim muassasalarini taʼmirlash va jihozlash

soni

4.

Sogʻliqni saqlash muassasalarini taʼmirlash va jihozlash

soni

5.

Boshqa ijtimoiy soha muassasalarini taʼmirlash va jihozlash

soni

6.

Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash

umumiy uzunligi

7.

Koʻcha chiroqlarini oʻrnatish tadbirlari

chiroqlar soni

8.

Hududlarni tartibga keltirish (obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish)

tadbir soni

9.

Boshqa tadbirlar

soni

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_________________ tuman (shahar) “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”dan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

20___ yil _____________ (oy)

T/r

Tadbirning xos raqami (ID)

Jami toʻplagan ovozlar soni

shundan

Tadbirning qisqacha mazmuni (sohasi)

Tadbirning moliyalashtirilishi (ming soʻm)

onlayn ovozlar

oflayn ovozlar

Moliyalashtirish uchun ochilgan hisobvaraq

Fuqaro tomonidan kiritilgan tadbirning dastlabki qiymati

Tadbirni amalga oshirishdagi aniqlangan qiymati*

Ajratilgan mablagʻ

Bajarilgan ishlar uchun toʻlab berilgan mablagʻ

Qoldiq mablagʻ

Jami

1.

2.

3.

...

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “loyiha-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosasiga asosan pudratchi korxonalar tomonidan taklif etilgan qiymat.”
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 26-yanvardagi KQ-302-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga koʻra gʻolib boʻlgan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachi tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Loyihaning qisqacha nomi

Balansda saqlovchi

Buyurtmachi korxona

xarid tadbirlari

taʼmirlash tadbirlari*

qurish tadbirlari*

1.

Avtomobil yoʻllarini (piyodalar yoʻlakchasi, yoʻl oʻtkazgichlar) taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar

tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi

x

tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi

tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi

Umumfoydalanishdagi yoʻllar

x

Mintaqaviy yoʻllarni taʼmirlash jamgʻarmasi

Mintaqaviy yoʻllarni taʼmirlash jamgʻarmasi

2.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari

Maktabgacha taʼlim boʻlimi

Maktabgacha taʼlim boʻlimi

Maktabgacha taʼlim boʻlimi/yagona buyurtmachi korxona

Maktabgacha taʼlim boʻlimi/yagona buyurtmachi korxona

3.

Koʻcha chiroqlarini oʻrnatish yoki taʼmirlash (simyogʻoch oʻrnatish) tadbirlari

tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi

tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi

tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmasi

4.

Umumtaʼlim maktablarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari

Xalq taʼlim� boʻlimi

Xalq taʼlimi boʻlimi

Xalq taʼlimi boʻlimi/yagona buyurtmachi korxona

Xalq taʼlimi boʻlimi/yagona buyurtmachi korxona

5.

Bolalar maydonchalarini (oʻyingohlarini) barpo etish yoki taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlar

Mahalla fuqarolar yigʻini

Mahalla fuqarolar yigʻini

Mahalla fuqarolar yigʻini

Mahalla fuqarolar yigʻini/yagona buyurtmachi korxona

Koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish shirkatlari

Hokimlik

Hokimlik

Hokimlik/yagona buyurtmachi korxona

6.

Koʻp qavatli uylarni taʼmirlash tadbirlari

Koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish shirkatlari

x

Hokimlik

Hokimlik/yagona buyurtmachi korxona

7.

Sport muassasalari yoki sogʻlomlashtirish markazlarini taʼmirlash va mo�diy-texnika bazasini rivojlantirish

Barcha hollarda

Sportni rivojlantirish boʻlimi

Sportni rivojlantirish boʻlimi

Sportni rivojlantirish boʻlimi

8.

Sogʻliqni saqlash muassasalarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari

Tibbiyot birlashmasi

Tibbiyot birlashmasi

Tibbiyot birlashmasi/yagona buyurtmachi korxona

Tibbiyot birlashmasi/yagona buyurtmachi korxona

9.

Mahalla guzari (mahallada umumfoydalanishda boʻlgan boshqa obyektlar)ni taʼmirlash-tiklash bilan bogʻliq xarajatlar

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi/yagona buyurtmachi korxona

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi/yagona buyurtmachi korxona

10.

Drenaj va ariq (zovur)larni tartibga keltirish bilan bogʻliq tadbirlar

Irrigatsiya boʻlimi

x

Irrigatsiya boʻlimi

Irrigatsiya boʻlimi

11.

Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish (tuman yoki shahar qiyofasini oʻzgartirish) bilan bogʻliq tadbirlar

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

12.

Qabristonlarni tartibga keltirish tadbirlari

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

Obodonlashtirish boshqarmasi

13.

Aholi dam olish maskanlarini taʼmirlash yoki moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bilan bogʻliq tadbirlar

Barcha hollarda

Madaniyat boʻlimi

Madaniyat boʻlimi/yagona buyurtmachi korxona

Madaniyat boʻlimi/yagona buyurtmachi korxona

14.

Tabiiy gaz taʼminoti bilan bogʻliq loyihalar

Tuman gaz taʼminoti

x

Tuman hokimligi

Tuman hokimligi

15.

Elektr taʼminoti, transformator oʻrnatish va taʼmirlash tadbirlari

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi

Tuman hokimligi

Tuman hokimligi

Tuman hokimligi

16.

Ichimlik suvi va oqava suv tizimini yaxshilash bilan bogʻliq tadbirlar

Suv taʼminoti korxonasi

x

Tuman hokimligi

Tuman hokimligi

17.

Musiqa tashkilotlarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari

Musiqa maktablari

Musiqa maktablari

Musiqa maktablari/yagona buyurtmachi korxona

Musiqa maktablari/yagona buyurtmachi korxona

18.

Boshqa taʼlim muassasalarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchisi

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi/yagona buyurtmachi korxona

Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi/yagona buyurtmachi korxona

19.

Oliy oʻquv yurtlarini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari

Oliy oʻquv yurti

Oliy oʻquv yurti

Oliy oʻquv yurti/yagona buyurtmachi korxona

Oliy oʻquv yurti/yagona buyurtmachi korxona

20.

Boshqalar

x

Tuman hokimligi

Tuman hokimligi

Tuman hokimligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ushbu roʻyxatda koʻrsatib oʻtilmagan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha buyurtmachilarni belgilash xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-sentabrdagi KQ-406-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) budjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
____________ tuman (shahar) boʻyicha oʻtkazilgan tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga koʻra gʻolib boʻlgan ID
____________ loyihani amalga oshirish boʻyicha xarid qilinadigan tovar (xizmatlar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ming.soʻm

T/r

Tovar (xizmat) nomi

soni

bozor narxi

Summasi

1.

2.

3.

4.

5.

...

Loyihaning amalga oshirish jami qiymati*

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Manzilli roʻyxatda nazarda tutilgan mablagʻdan ortib ketishi mumkin emas.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 20-sentabrdagi KQ-406-IV-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Keyingi tahrirga qarang.