04.05.2021 yildagi 275-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikamizda oxirgi yillarda oʻquv-pedagogik jarayonga innovatsion ilgʻor va xalqaro taʼlim standartlarini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish va professor-oʻqituvchilar mehnatini ragʻbatlantirish, shuningdek, taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi sohasi va tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlash, hududlarning yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda taʼlimning kredit-modul tizimi joriy etiladi. Bunda, haftada besh kunlik oʻqish hamda haftaning shanba kuni mustaqil oʻzlashtirish kuni deb belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining Institutda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladigan qoʻshma taʼlim dasturlarining oʻquv rejalari va fan dasturlari Institut tomonidan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan kelishgan holda mustaqil tasdiqlanishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq Institutning tuzilmasi va ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Institutda oʻquv-metodik jarayonning tashkil etish, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni oʻquv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yilning 20-avgustiga qadar Institutni oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqarish tashkilotlarining katta amaliy tajribaga ega mutaxassislaridan iborat boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan tanlov asosida toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut professor-oʻqituvchilari, ilmiy va texnik-muhandis xodimlarining har yili Oʻzbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarida stajirovka oʻtashi boʻyicha dasturlar tayyorlanishini hamda amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʻshma taʼlim dasturlarining oʻquv rejalarini xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston tuproq iqlim-sharoitini hisobga olib, yer degradatsiyasi va atrof-muhit monitoringini zamonaviy texnologiyalar asosida olib borishda geoaxborot tizimlaridan foydalanish maqsadida Institut tuzilmasida Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda “Geoaxborot tizimlari” markazi va laboratoriyasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida yoki xususiy sektor ishtirokida Institut huzurida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va talabalarning bevosita ishlab chiqarishda ishtirokini taʼminlovchi “Kichik innovatsion korxonalar”ni tashkil etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlarning hozirgi bosqichiga hamohang tarzda oʻzbek va qoraqalpoq tillarida yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini xorijiy olimlar, oliy taʼlim va agrar sohada samarali faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, oʻquv rejalari va dasturlarini yangilash hamda qayta koʻrib chiqish boʻyicha ikki oy muddatda chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning axborot-resurs markazini mahalliy va xorijiy oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasida moyli ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi, moyli ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash sohalariga ilm-fanni tatbiq etish maqsadida Institut huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” oʻquv-ilmiy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moyli ekinlarni parvarishlashning bio, nano va resurstejamkor hamda intensiv texnologiyalarini qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning “Axborot-maslahat markazi” (Extension-center) hududidagi yer maydonlarida ichki va tashqi bozor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, moyli ekinlarning serhosil, shoʻr va qurgʻoqchilikka, kasallik hamda zararkunandalarga chidamli, mahsulot sifati va moydorlik darajasi yuqori boʻlgan nav va duragaylari seleksiyasi hamda urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻoriladigan va choʻl-yaylov hududlarining tuproq-iqlim sharoitlari uchun moyli ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy xodimlarning ilgʻor innovatsion texnologiyalarni yaratish boʻyicha tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlash, jismoniy shaxslarning novatorlik gʻoyalarini qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
klasterlar, kooperatsiyalar, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari uchun moyli ekinlarni yetishtirish boʻyicha koʻrgazmali oʻquv-seminarlarni tashkil etish hamda tavsiyalar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yildan boshlab Institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (doktorantura)ga qishloq xoʻjaligi ixtisosliklari boʻyicha qabul parametrlarini 3 barobarga oshirish hamda mintaqadagi boshqa oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ixtisoslashgan ilmiy kengash tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzli xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish va Institutning ilmiy pedagogik xodimlarini xalqaro anjumanlarda ishtirokini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 15-iyulga qadar Institut va Vyetnam agrar universiteti bilan birgalikda sholichilik yoʻnalishida qoʻshma fakultet tashkil qilish boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab dunyoning Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan davlatlarning sholichilikka va qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirishga ixtisoslashgan muassasalarida Institutning yosh istiqbolli kadrlari va ilmiy-pedagogik xodimlarini maqsadli ravishda xorijda malakasini oshirish va stajirovkaga yuborish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda uch oy muddatda hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, moyli ekinlarning serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahsulot sifati va moydorlik darajasi yuqori boʻlgan nav va duragaylari seleksiyasi hamda urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha maqsadli fundamental va amaliy loyihalar tanlovini eʼlon qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi va agrotexnologiyasi” oʻquv-ilmiy markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning texnik koʻmagi va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
(12-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajariladigan maqsadli fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar moliyalashtirib borilishini taʼminlash uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning texnik koʻmagi va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Belgilab qoʻyilsinki, Institutni saqlash xarajatlari 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2022-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Institutga xorijdan va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududlaridan ishga taklif etilgan mutaxassislarni turar joy bilan taʼminlash maqsadida Nukus shahrida qurilayotgan arzon uy-joylardan imtiyozli shartlar asosida ehtiyojdan kelib chiqqan holda ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, Q. Abdanbetov koʻchasida joylashgan bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish, uning oʻquv va laboratoriya jihozlari, transport vositalari, qishloq xoʻjaligi texnikalari, kompyuter texnikalari, oʻquv adabiyotlari hamda boshqa mol-mulkini topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialining barcha talabalarini Institutning mos taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga oʻtkazish hamda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa hududlardan ishga qabul qilingan professor-oʻqituvchilarni Institutda faoliyat yuritgan davrida turar joy bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 4-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
275-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 4-maydagi 275-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun masʼullar

I. Institut faoliyatini tashkil etish

1.

Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining ustavi va tuzilmasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

Bir oy muddatda

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2.

Institutda rahbarlik faoliyatini (prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari) olib borish uchun nomzodlar roʻyxatini shakllantirish.

2021-yil may

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

3.

Institutning 2021/2022 oʻquv yiliga moʻljallangan xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil iyun

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli vazirlik va idoralar

II. Institutda 2021/2022 oʻquv yilini samarali tashkil etish

4.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab birinchi bosqich talabalarini oʻqitishda kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

5.

Talabalarning mustaqil taʼlim olishlari uchun masofaviy elektron taʼlim platformasini tashkil etish hamda elektron axborot resurs manbalari (taqdimotlar, tarqatma materiallar, maʼruza matnlari, video va audio darslar) bilan boyitib borish.

2021/2022 oʻquv yili davomida

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

6.

Institutning talabalari uchun oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari bazasini yaratish maqsadida Institut mutaxassis kadrlarining isteʼmolchilari hisoblangan hududiy tashkilotlar, klasterlar, kooperatsiyalar, xoʻjalik birlashmalari bilan ishga joylashtirish va amaliyotlarni tashkil etish boʻyicha hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda talabalarning amaliyotlarini zamonaviy texnoparklarga va ilgʻor tajribaga ega tashkilotlarda tashkil etish.

Oʻquv jarayoni jadvali asosida

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

7.

Institutning axborot-resurs markazini oʻzbek va qoraqalpoq tilidagi oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish hamda yetishmayotgan oʻquv adabiyotlarini, shuningdek, yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish rejasini ishlab chiqish.

2021/2022 oʻquv yili davomida

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta ma�sus taʼlim vazirligi

8.

Qishloq xoʻjaligi sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning xalqaro reytingda yetakchi oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

Doimiy

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

9.

Institut professor-oʻqituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashgʻulotlar olib borishi va talabalar malakaviy amaliyotlarini oʻtashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida soha korxonalarida oʻquv-amaliyot markazlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini takomillashtirish.

2022-yil fevral

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

III. Institutning taʼlim xizmatini koʻrsatish faoliyatini tizimli tashkil etish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar

Oʻquv jarayoni boʻyicha

10.

Oʻquv jarayoni va qishloq xoʻjaligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida tor ixtisosliklar boʻyicha xorijiy davlatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlariga institutning professor-oʻqituvchilarini malaka oshirish hamda stajirovka oʻtash uchun yuborish, shuningdek, qishloq xoʻjaligining dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha vebinar dars mashgʻulotlarini tashkil etish.

2021 — 2025-yillar davomida kelishuv asosida

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

11.

Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv taʼlim usullarini hamda talabalarning mustaqil oʻquv va amaliy faoliyatini rivojlantirish orqali amaliyot oʻtash, shuningdek, oʻqituvchi va talabaning oʻzaro masofaviy hamkorligini taʼminlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga moʻljallangan modulli, obyektga yoʻnaltirilgan va dinamik taʼlim muhitini keng joriy qilish.

2021 — 2023-yillar

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

12.

Xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda, yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini tayyorlash hamda axborot-resurs markazi fondini doimiy yangilab borish maqsadida Institutning xarajatlar smetasiga oʻquv adabiyotlarini xarid qilish hamda chop etish, shuningdek, mualliflar mehnatini ragʻbatlantirish uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutish.

2021 — 2025-yillar

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

13.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari hamda qishloq xoʻjaligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni inobatga olgan holda, yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yuzasidan takliflar tayyorlash.

Har yili 1-noyabrga qadar

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha

14.

Institut huzuridagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” oʻquv-ilmiy markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

2021-2022-yillar davomida

Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

15.

Har yili qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini tanlash va pedagogik faoliyatga faol jalb qilish.

2022 — 2025-yillar

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

16.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlar Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari bilan birgalikda qoʻshma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishi va ilmiy-metodik ishlanmalarni ishlab chiqishi uchun sharoitlar yaratib berish.

Doimiy

Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

17.

Professor-oʻqituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida kichik innovatsion tashkilotlarni tashkil etish.

2022 — 2025-yillarda

Tashabbuskorlarning mablagʻalari hisobidan

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

18.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoitini yaxshilashga doir muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish uchun takliflar tayyorlash.

2021-yil iyun

Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

19.

Institutning professor-oʻqituvchilarini har yili Oʻzbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda, yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashi boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha

20.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni amaliyotga keng joriy etish:

1-tashabbus boʻyicha — talaba yoshlarni musiqa va sanʼatga jalb qilish, ularda estetik did va kasbiy etikani shakllantirish maqsadida tanlovlar, koʻrgazmalar, sanʼat va madaniyat maskanlarida ochiq darslar oʻtkazish, teatr va muzeylarga tashriflarni uyushtirish, iqtidorli talabalardan tashkil topgan “Yosh havaskorlar” ashula va raqs ansamblini tuzish;

2-tashabbus boʻyicha — sport majmualarida toʻgaraklar faoliyatini samarali tashkil etish va ularga talaba qizlarni yanada kengroq jalb qilish, talabalarning qiziqish va takliflari asosida yangi sport toʻgaraklarini ochish, “Salomatlik sari mustahkam qadam” aksiyasi va sport turlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariaro uch bosqichli oʻyinlarni oʻtkazish;

3-tashabbus boʻyicha — talaba yoshlarda Internet jahon axborot tarmogʻidan toʻgʻri foydalanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida ularning qiziqishlari boʻyicha klublar, kompyuter texnologiyalari, loyiha va dasturlash boʻyicha kompyuter dasturlari, internet savodxonligi toʻgaraklari, onlayn-viktorinalar, IT-olimpiadalar tashkil etish, taʼlim faoliyati bilan bogʻliq elektron dasturlar, QR-kod elektron kutubxonalar joriy etish;

4-tashabbus boʻyicha — talaba yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, ularda vatanparvarlik, vatan taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuygʻusini tarbiyalash maqsadida “Bir talabaga — bir kitob” aksiyasi, “Eng faol kitobxon” tanlovi, “Yosh adabiyotchilar” klublarini, turli mavzulardagi tanlovlarni tashkil etish;

5-tashabbus boʻyicha — talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, “Biznes ledi” maktabi (biznes reja tuzishga oʻrgatish), “Tadbirkor talaba” klubi, “Oila maktabi” treninglari, tikuvchilik, kashtachilik, milliy hunarmandchilik kurslarini yoʻlga qoʻyish, qizlarni ichki salohiyatini ochishga koʻmaklashadigan ijodiy va fan toʻgaraklarini tashkil qilish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida, homiylik mablagʻlari hisobidan

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

21.

Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning Oʻzbekiston Prezidenti va nomdor stipendiyalarga eʼlon qilingan tanlovlarda hamda respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirokini taʼminlash.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Xalqaro hamkorlik boʻyicha

22.

Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha kadrlarni tayyorlash borasida qoʻshma taʼlim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, oʻquv-taʼlim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish boʻyicha hamkorlik aloqalarini kengaytirish.

2021-yildan boshlab doimiy

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari va xorijiy donor tashkilotlari grantlari

Qishloq �oʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

23.

Istiqbolli bitiruvchilarni respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlariga magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish.

2021 — 2025-yillar

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 4-maydagi 275-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” oʻquv-ilmiy markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Direktor

Ilmiy-texnik
kengash*

Direktorning oʻquv, ilmiy ishlanmalar
va ishlab chiqarish boʻyicha oʻrinbosari

Moyli ekinlarni yetishtirishda
suv va resurstejamkor
innovatsion texnologiyalarni
joriy etish boʻlimi

2

Oʻsimliklarni himoya qilishda
innovatsion texnologiyalarni
joriy etish boʻlimi

2

Moyli ekinlarning yangi
navlarini sinash, seleksiyasi
va uru
chiliginitashkil etish
boʻlimi

2

Malaka oshirish hamda oʻquv
kurslarini tashkil etish
boʻlimi

2

Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish
va tijoratlashtirish boʻyicha
mutaxassis

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilmiy-texnik kengash tarkibiga klasterlar, kooperatsiyalar, fermer xoʻjaliklari faoliyatini takomillashtirish, mavjud muammolarni ilmiy asosda hal etish maqsadida ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining yetakchi ilmiy-pedagog xodimlari hamda ishlab chiqarish sohasidagi tajribali mutaxassislar qoʻshimcha tarzda jalb etiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/275/0415-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)