O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURASI TUZILMASIDA SUDLAR TOMONIDAN XO‘JALIK IShLARINI KO‘RIB ChIQIShDA PROKURORNING VAKOLATLARINI TA’MINLASh BO‘LIMINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi sudlari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan xo‘jalik ishlari sonining o‘sishi munosabati bilan, ularni ko‘rib chiqishda prokuror vakolatlarini to‘laroq va samarali ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida sudlar tomonidan xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishda prokuror vakolatlarini ta’minlash bo‘limi tashkil etilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari, O‘zbekiston transport prokuraturasi shtatlariga sudlar tomonidan xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishda prokuror vakolatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli shtat birliklari kiritilsin.
3. Sudlar tomonidan xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishda prokuror vakolatlarini ta’minlash bo‘limi va tegishli bo‘linmalarning tuzilmasi va shtatdagi xodimlari soni ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasini uning tuzilmasi o‘zgarishi munosabati bilan mablag‘ bilan ta’minlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-iyun,
320-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-iyundagi 320-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tuzilma va shtatdagi xodimlar soni
O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi markaziy apparati huzuridagi sudlar tomonidan xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishda prokuror vakolatlarini ta’minlash bo‘limi
| Prokuratura bo‘limi boshlig‘i |
— 1 |
| Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari |
— 1 |
| Bo‘limning katta prokurori |
— 1 |
| Bo‘lim prokurori |
— 3 |
| Bo‘lim inspektori |
— 1 |
| Jami: |
— 7 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va O‘zbekiston transport prokuraturasida tegishli tuzilma va shtatdagi xodimlari soni 1 nafardan iborat bo‘lgan bo‘linma tashkil etiladi.