ILOVA
3-ILOVA
ILOVA
|
Bosqich |
Subyekt |
Tadbirlar |
Ijro muddati |
|
1-bosqich |
Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha Markaz va shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlari buzilish holatlarini aniqlash maqsadida Internet jahon axborot tarmogʻida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beruvchi mulkdor va (yoki) operatorlar faoliyati monitoringini amalga oshiradi. |
Doimiy ravishda |
|
Yuridik yoki jismoniy shaxslar |
Markazga oʻrnatilgan tartibda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlari buzilishi mavjud Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalari hamda resurslarida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beruvchi tashkilotlar haqida murojaat qilish orqali maʼlumot berish. |
Doimiy ravishda | |
|
2-bosqich |
Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha Markaz |
Internet jahon axborot tarmogʻida shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beruvchi mulkdor va (yoki) operatorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida ishlov berishning alohida shartlari buzilganligi holatlari aniqlanganda, bu haqida shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga xulosa berish uchun maʼlumot kiritadi. |
Aniqlangan muddatdan boshlab 24 soat davomida |
|
Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi |
Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi Markaz tomonidan taqdim egilgan maʼlumotni olgandan soʻng “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasiga shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov beruvchi mulkdor va (yoki) operatorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishning alohida shartlari buzilganligi yuzasidan xulosa taqdim etadi. |
Aniqlangan muddatdan boshlab 24 soat davomida | |
|
3-bosqich |
“Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi |
Taqdim etilgan xulosa asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori yoki operatoriga aniq muddat belgilagan holda tegishli koʻrsatma beradi. |
Xulosa kelib tushgan kundan boshlab bir kun muddatda |
|
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdor yoki operator |
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori yoki operatori koʻrsatmada keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish chorasini koʻradi va “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasiga oʻz vaqtida maʼlumot kiritadi. |
Taqdimnomada belgilangan muddatlarda | |
|
4-bosqich |
“Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi |
Koʻrsatmada belgilangan muddat ichida koʻrsatmada nazarda tutilgan qonun buzilishi holatlari bartaraf etilmagan taqdirda, shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdor va (yoki) operator toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”ga kiritiladi. |
Koʻrsatmadagi muddatdan soʻng |
|
5-bosqich |
“Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi |
“Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar Reyestri”ga kiritilgandan soʻng shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori yoki operatorining Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishini cheklash boʻyicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdimnoma beradi. |
12 soat davomida |
|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
“Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar Reyestri”ga kiritilgandan soʻng shaxsga doir maʼlumotlar bazasi mulkdori yoki operatorining Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishini cheklashni amalga oshiradi. |
12 soat davomida | |
|
6-bosqich |
Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha Markaz va shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi |
Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organ Markaz bilan hamkorlikda mulkdor va (yoki) operator tomonidan Internet tarmogʻi axborot resursida kamchiliklar bartaraf etilganligi yuzasidan maʼlumotini oʻrganib chiqadi va “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasiga xulosa beradi. |
24 soat davomida |
|
“Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi |
Shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi xulosasiga asosan Internet tarmogʻi axborot resursini “Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestri”dan chiqaradi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdimnoma beradi. |
24 soat davomida | |
|
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdorini va (yoki) operatorini (yoki axborot resursi identifikatsiya maʼlumotlarini) “Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar Reyestri”dan chiqarilgach, Davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ taqdimnomasi asosida foydalanishni cheklovchi toʻsiqlarni oladi. |
12 soat davomida |