29.04.2021 yildagi PQ-5099-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda yoshlarning boksga bo‘lgan ommaviy qiziqishini inobatga olib, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) tizimini yanada takomillashtirish, soha mutaxassislarini tayyorlash va ularning moddiy rag‘batlantirilishini yaxshilash, shuningdek, o‘zbek boksining dunyodagi yetakchiligini saqlab qolish va davom ettirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar boksni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boksni aholi o‘rtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda xalqaro talablarga moslashtirish, boks maktablarini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ko‘paytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks bo‘yicha professional trenerlar va hakamlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, ilmiy-metodologik bazani yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga boksni bosqichma-bosqich kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zbek boksining dunyodagi yetakchiligini saqlab qolish va davom ettirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayollar boksini rivojlantirish yuzasidan uzoq yillarga mo‘ljallangan istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport ta’lim muassasalarida boks bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlarini oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va boksni rivojlantirish bo‘yicha tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili alohida tasdiqlanadigan “yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Yo‘l xaritasi” 2021-yilda bajarilishi mo‘ljallangan quyidagi choralarni qamrab oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida boks bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan virtual raqiblar bilan jang olib borish imkoniyatini beruvchi kompyuterlashtirilgan xonalarni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bokschilar to‘g‘risida ma’lumotlarni tezkor olish imkonini beruvchi elektron bazani yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yilgacha sport ta’lim muassasalaridagi boks bilan muntazam shug‘ullanadigan o‘quvchilar sonini 27 minggacha yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi 5 yil ichida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 7 ta boks zallarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks bo‘yicha terma jamoalarning 46 ga yaqin xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2021-yil 1-maydan boshlab boks bo‘yicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) uchun uch bosqichli tizim joriy etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda — ta’lim muassasalari, sport maktablaridan saralangan sportchilar o‘rtasida tuman (shahar) musobaqalari;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda — boksga ixtisoslashgan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublaridan saralangan sportchilar o‘rtasida hududiy musobaqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi bosqichda — klublararo hamda hududiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari g‘oliblari va sovrindorlari o‘rtasida respublika musobaqalari (“World Series Boxing” misolida).
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Turizm va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va bolalar-o‘smirlar sport maktablarida boks bo‘yicha amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini ikki baravarga oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Boks bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulotlar bazasini yaratish maqsadida Turizm va sport vazirligi va Toshkent viloyati hokimligining Toshkent viloyati, Angren shahri, Yangiobod qo‘rg‘oni hududida joylashgan Respublika olimpiya zaxiralari sport kolleji balansidagi 1,5 gektar maydonga ega bo‘lgan sobiq stadion, suzish havzasi, shuningdek, oshxonani 2039-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston boks federatsiyasiga maqsadli tekin foydalanish huquqi asosida berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Bunda, mazkur hudud atrofida sport zal, yotoqxona, oshxona hamda boshqa maishiy-xizmat bino va inshootlarni qurish uchun kamida bo‘sh turgan 1 gektar yer maydoni ajratilishi ta’minlansin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Zakovat ko‘chasi, 2-uyda joylashgan sobiq Sanoat-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosi, shuningdek, sport inshooti va yonidagi sport maydoni O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan investitsiya majburiyati asosida sotib olinishiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda 2022-2023-yillardagi investitsiya dasturlarini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan boks bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulotlar bazasini va boks maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari uchun markazlashgan kapital qo‘yilmalar limitlari ajratilishini ta’minlasin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan olis hududlarda joylashgan sport maktablari hamda boks maktablariga jalb qilinayotgan trenerlar va boshqa mutaxassislarni 2025-yil 1-yanvargacha uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston boks federatsiyasi Toshkent shahrida 2023-yilda rejalashtirilgan boks bo‘yicha Jahon chempionati yuqori darajada o‘tkazilishini ta’minlasin va shu bilan bog‘liq bo‘lgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon chempionatini o‘tkazish uchun a’zolik badali va mukofot puli bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplash Davlat budjetining 2022 va 2023-yillardagi parametrlarida ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida bosqichma-bosqich 18 oy davomida, lekin 2023-yil 1-maygacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon chempionatini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar homiylar va O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan qoplanadi, olinadigan foyda O‘zbekiston boks federatsiyasi tasarrufida qolib, boksni yanada rivojlantirishga va federatsiya faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Boks bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulotlar bazasini va boks maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, jihozlash hamda ular faoliyatini ta’minlash maqsadida belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus sport anjomlari va jihozlari, o‘quv uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, inventar, qurilish materiallari va moddiy-texnik resurslar 2023-yil 1-martga qadar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorga asosan joriy yilda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar va kelgusi yillarda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar uchun zarur mablag‘larni 2021-yil Davlat budjetida Yoshlar siyosati va sport vazirligi uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida, 2022-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni ta’minlasin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov — Konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish, Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”ni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlasin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin hamda uning ijrosi bo‘yicha har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarish yuzasidan barcha choralarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev — mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik teleko‘rsatuvlar tashkil etsin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 29-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5099-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-apreldagi PQ-5099-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSEPSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) boksni yanada ommalashtirish hamda tizimli rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya boksni tizimli rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda boksni rivojlantirish dasturlari va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Boksning rivojlanish holati va sohadagi mavjud muammolar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston boks terma jamoasi mustaqil jamoa sifatida ilk bor 1993-yildan Jahon chempionatlarida, 1996-yildan Olimpiya o‘yinlarida, 1994-yildan esa Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishni boshladi. 2016-yil O‘zbekiston bokschilari dunyo reytingida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2019-yil 6 — 22-sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionati sportchilarimiz uchun yanada muvaffaqiyatli kechdi. Dunyoning 80 ga yaqin mamlakatidan eng kuchli charm qo‘lqop ustalari ishtirok etgan va g‘oyat keskin kurashlar ostida o‘tgan musobaqada terma jamoamiz eng yuqori pog‘onaga ko‘tarilib, o‘zbek boks maktabi jahon boksining eng kuchli mamlakati sifatida dunyo hamjamiyati tomonidan tan olindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlarida 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medallari, 2019-yilgi jahon chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, mamlakatimiz boks bo‘yicha dunyoning eng kuchli mamlakati maqomiga ko‘tarildi, bokschilarimiz esa jahon chempionatining eng yaxshi bokschi nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday yutuqlar tasodifiy emasligini, O‘zbekiston tom ma’noda boks mamlakatiga aylanib borayotganini milliy terma jamoamiz a’zolari yana bir bor butun dunyoga yaqqol namoyon etdi. Mazkur g‘alabalar “O‘zbekiston boks maktabi”, “O‘zbekiston bokschilari” degan so‘zlarni jahon sporti tarixiga oltin harflar bilan muhrlab qo‘ydi. Bu g‘alabalarning yana bir muhim tomoni shundaki, u mamlakatimizda boshqa sport turlarining rivojiga ham qudratli turtki beradi, o‘z navbatida, yoshlarni barcha sohalarda marrani baland olib, doimo g‘alaba sari intilib yashashga o‘rgatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda boksni rivojlantirishga yo‘naltirilgan 263 ta sport ta’lim muassasalarining seksiyalari va bo‘limlari faoliyat yuritmoqda, ulardan:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227 tasi sport maktablari;
(2-bobning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13 tasi sportning yakkakurashga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 tasi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
(2-bobning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8 tasi olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha maktab-internatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur muassasalarda boks bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarni tashkil etish mumkin. Toshkent shahrida joylashgan 3 ta sport majmuasida xalqaro miqyosdagi boks musobaqalarini o‘tkazish imkoniyati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boks bo‘yicha trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar soni 1 215 nafarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, boks bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolish va davom ettirish hamda sifatini oshirish, boksni zamon talablariga muvofiq yanada rivojlantirish yo‘lida to‘siq bo‘luvchi ayrim muammolar mavjud. Jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, hududlarda malakali trenerlar va tegishli mutaxassislar yetishmasligi sababli, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlari talab darajasida emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, boks uchun sifatli sport anjomlari va jihozlarining yetishmasligi hamda respublikada ishlab chiqarilayotgan sport anjomlari va jihozlarning sifat darajasi xalqaro standartlarga javob bermaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi zaxirasini tayyorlash hamda trenerlar tarkibining sifat darajasini ko‘tarishga qaratilgan boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablari mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, oliy mahoratli bokschilarning markazlashgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini samarali o‘tkazishlari uchun yagona o‘quv-mashg‘ulot bazasiga ehtiyoj mavjud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, sportga zamonaviy innovatsion texnologiyalar talab darajasida joriy qilinmaganligi mashg‘ulotlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, oliy mahoratli bokschilarning tibbiy xizmatdan to‘laqonli foydalanish imkoniyati cheklangan hamda hududlarda bokschilar uchun maxsus tibbiy xizmat mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, boksni ommaviy axborot vositalarida yoritish va targ‘ib qilish talab darajasida tashkil qilinmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchidan, sohani ilmiy-metodik ta’minlash darajasi yetarli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Boksni rivojlantirishning asosiy maqsadlari va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar boksni rivojlantirishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boksni aholi o‘rtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali sportchi va kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada xalqaro standartlar asosida boks bo‘yicha sport jihozlari va anjomlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga zamonaviy ilmiy-innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tibbiyoti bo‘limlarida hududlardagi bokschilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy diagnostika va profilaktika sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boksni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy mahoratli bokschilar markazlashgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini samarali o‘tkazishlari uchun boks sport bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks bo‘yicha ilmiy tadqiqot va metodik ishlarini olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) birinchidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalarida o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish orqali xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayollar boksini rivojlantirish maqsadida ayol trenerlarni tayyorlash tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida xorijiy davlatlar bilan hamkorlik asosida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda masofaviy ta’limni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida boks rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning boks bo‘yicha mahoratli trenerlari tomonidan yaratilgan sportchilarni tayyorlash metodikasini chuqur o‘rganib, ilmiy jihatdan samarasini isbotlagan holda, barcha sport ta’lim muassasa va tashkilotlarga keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikkinchidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yosh tadqiqotchilarni boks bo‘yicha ilmiy faoliyatga keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks bilan shug‘ullanishga qiziqishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv adabiyotlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks bo‘yicha elektron ta’lim resurslarida mashq jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalarning respublika ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot texnologiyalari va multimedia mahsulotlarini rivojlantirishda zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda o‘quv-mashq jarayonining kompyuterlashtirish darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) uchinchidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks rivojlanmayotgan hududlarda ushbu sport turini rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
trenerlarni va tegishli mutaxassislarni O‘zbekiston boks federatsiyasi tavsiyanomasi asosida Turizm va sport vazirligi tomonidan ma’lum bir muddatga tajribani joriy etish maqsadida hududlarga yuborish (rotatsiya);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks bo‘yicha tuman (shahar) miqyosida musobaqalar o‘tkazilishi, tahlil qilinishi va monitoringi olib borilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boksga ixtisoslashgan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublaridan saralangan sportchilar o‘rtasida mintaqaviy o‘quv-mashq yig‘inlari va musobaqalar o‘tkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkazilgan musobaqalarning g‘olib va sovrindorlaridan tarkib topgan jamoaviy klublar tashkil etilib, respublika darajasida klublararo musobaqalar o‘tkazilishi (“World Series Boxing” musobaqalar misolida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘tkazilgan musobaqalar natijalari asosida boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablarini iqtidorli sportchilar bilan butlash ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) to‘rtinchidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks bo‘yicha xalqaro standart talablariga javob beruvchi sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlat standartlari va xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan sport anjomi va jihozlarini ishlab chiqarishni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) beshinchidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-mashg‘ulot samaradorligini oshirish maqsadida, mashg‘ulotlar jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida zamonaviy sport anjomlari (sensor qoplar va “yassi” qo‘lqoplar), maxsus dasturlardan foydalanishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
virtual raqiblar bilan jang olib borish imkoniyatini beruvchi kompyuterlashtirilgan xonalarda maxsus o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil etishni yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) oltinchidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy tibbiyot muassasalariga bokschilarni biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bokschilar jismoniy holatining muntazam monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bokschilarga tibbiy profilaktika ishlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harakatlanuvchi (mobil) ilmiy-tibbiyot laboratoriyalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) yettinchidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbek boksi” ommabop jurnalini ta’sis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boksga bag‘ishlangan “Ikki avlod uchrashuvi”, “Yurtimiz o‘g‘lonlari” mavzularida turkum ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportga bo‘lgan qiziqishni orttirish maqsadida taniqli bokschilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va yoritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport jurnalistlarining boks yutuqlarini tahlil qilgan efirlarini ommaviy axborot vositalarida doimiy yoritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashhur bokschilar ishtirokida sport tadbirlarini, davra suhbatlarini o‘tkazish, yoshlar va barcha xohlovchilar uchun master-klass mashg‘ulotlari va dastxat-sessiyalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taniqli bokschilar hayoti haqida badiiy va videofilmlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) sakkizinchidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlardagi bokschilar to‘g‘risida ma’lumotlarni tezkor olish imkonini beruvchi elektron bazani yaratish va monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarga boks bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) to‘qqizinchidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks bo‘yicha milliy terma jamoalari uchun xalqaro andozalarga mos keladigan yagona o‘quv-mashg‘ulot bazasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport bazasini zamonaviy uskunalar, sport inventar va jihozlar bilan bosqichma-bosqich jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda, xorijiy kompaniyalarning ilg‘or tajribasi asosida qurilish materiallaridan, energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda boks sport markazlari loyihasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) o‘ninchidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda (Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari markazlarida) boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablarini tashkil etish. Bunda boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali kadrlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nufuzini olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga tenglashtirish;
(3-bob “k” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilish tartibini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamon talablariga javob beradigan o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqishni nazarda tutish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun hamda Respublikada boks sohasining tizimli va samarali faoliyat olib borishi uchun uzluksiz moliyalashtirishni takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali 2025-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda boksni rivojlantirishda quyidagi natijalarga erishish kutilmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boksda erishilgan xalqaro miqyosidagi yetakchilik saqlab qolinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks bo‘yicha ilmiy tadqiqot va metodik ishlarni takomillashtirish orqali yuqori malakali sportchilarni tayyorlash tizimi shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boks rivojlanmayotgan hududlarga trenerlar va tegishli mutaxassislarni yuborish (rotatsiya) orqali hududlarda boksda iqtidorga ega bo‘lgan yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlari samaradorligi ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratib berish natijasida respublikada xalqaro standartlar asosida sport jihozlari va anjomlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish orqali sifat ko‘rsatkichlarining o‘sishiga erishiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport tibbiyoti bo‘limlarida hududlardagi bokschilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy diagnostika va profilaktika sifatining oshirilishi milliy terma jamoa zaxirasini sifatli sportchilar bilan to‘ldirishga sharoit yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boksni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi orqali aholi orasida boksga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish va ommaviylik darajasi ortishiga erishiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlardagi bokschilar to‘g‘risida ma’lumotlar elektron bazasini yaratish orqali ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor va sifatli olish imkoni yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy mahoratli bokschilarni markazlashgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini samarali o‘tkazishlari uchun boks sport bazasini tashkil etish orqali bokschilarning tayyorgarlik darajasida barqarorlik ta’minlanadi, natijada xalqaro maydondagi o‘rni saqlab qolinishiga erishiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablarini tashkil etish orqali kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha uzluksiz tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-apreldagi PQ-5099-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yo‘l xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Boksni aholi o‘rtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish

1.

Respublikada “Sport ustasi” unvoniga sazovor bo‘lish huquqini beradigan xalqaro musobaqalarni tashkil qilish.

“Sport ustasi” unvonini beruvchi xalqaro musobaqalar tashkil qilinadi hamda iqtidorli sportchilar aniqlanadi.

2022-yil davomida

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida boksni rivojlantirish.

1. Hududlarda boks rivojlanmasligining sabablarini o‘rganish.

2. Tahlil natijalariga ko‘ra hududlarda boksni rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari

3.

O‘zbekiston boks federatsiyasi yo‘llanmasi asosida hududlarga trenerlarni va tegishli mutaxassislarni ma’lum bir muddatga ilg‘or tajribani joriy etish maqsadida yuborish (rotatsiya).

1. Boks rivojlanmayotgan hududlarga trenerlarni yuborish (rotatsiya) va tegishli mutaxassislarni biriktirish reja va shartlarini ishlab chiqish.

2. Tajriba sifatida Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini tanlash va mutaxassislarni yuborish.

2021-yil avgust

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari

4.

Hududlarda boks bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) ishlarini takomillashtirish.

1. Iqtidorli yoshlarni hududlardagi seleksionerlarni jalb qilgan holda aniqlash.

2. Saralab olish (seleksiya) yo‘li bilan aniqlangan iqtidorli yoshlarni kelajakda oliy mahoratli bokschi bo‘lib shakllanishi uchun ixtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalariga yo‘naltirish.

3. Ta’lim muassasalarida ushbu yoshlarning o‘qish va shug‘ullanish jarayonini doimiy nazoratga olgan holda monitoring olib borish.

2021-yil maydan boshlab

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Iqtidorli sportchilarni aniqlash uchun boks bo‘yicha tuman (shahar) miqyosida musobaqalar o‘tkazilishini tahlil qilishni va monitoring olib borishni joriy etish.

1. Tuman saralash bosqichlarini uzluksiz o‘tkazilishini joriy etish.

2. Hududlardagi seleksionerlar tomonidan tuman jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasi asosida o‘tkazilayotgan musobaqalarda iqtidorli yoshlar ro‘yxatini shakllantirish hamda ularning harakatlanish monitoringini yuritishini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil sentabr

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov)

6.

Boksga ixtisoslashgan sport maktablari, ta’lim muassasalari va sport klublaridan saralangan sportchilar o‘rtasida mintaqaviy o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish.

1. Boks bo‘yicha viloyat o‘quv-mashq yig‘inlarini uzluksiz o‘tkazilishini ta’minlash.

2. Hududlardagi iqtidorli yoshlar o‘rtasida viloyat jismoniy tarbiya va ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasi asosida o‘tkazilayotgan o‘quv-mashq yig‘inlari natijalarining doimiy tahlili va monitoringini yuritish.

2021-yil sentabrdan boshlab doimiy

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov)

7.

Hududlarda o‘tkazilgan musobaqalarning g‘olib va sovrindorlaridan tarkib topgan jamoaviy klublar tashkil etish, klublararo musobaqalar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish (“World Series Boxing” musobaqalar misolida).

1. Musobaqalar g‘olib va sovrindorlaridan tarkib topgan jamoaviy klublarni tashkil etish.

2. Klublarni hudud nomidan Respublika musobaqalari bosqichlarida ishtirok etishini ta’minlash.

2021-yil noyabrdan boshlab doimiy

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Chekka joylarda (shu jumladan, tog‘lik tumanlarda) joylashgan sport muassasalari boks bo‘limlarini qo‘llab-quvvatlash.

1. Chekka joylarda sport muassasalari boks bo‘limlarini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2021-yil sentabr

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Chora-tadbirlar rejasi ijrosini amalga oshirish.

Chora-tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda

9.

Mashhur bokschilar ishtirokida sport tadbirlarini, davra suhbatlarini o‘tkazish, yoshlar va barcha xohlovchilar uchun master-klass mashg‘ulotlari va dastxat-sessiyalarni tashkil etish.

1. Turizm va sport vazirligining hududiy boshqarmalari O‘zbekiston boks federatsiyasi bo‘limlari bilan birgalikda qo‘shma chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish.

2021-yil iyul

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Chora-tadbirlar rejalari ijrosini ta’minlash va ularning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejalarida belgilangan muddatlarda

10.

Bokschilar to‘g‘risida ma’lumotlarni tezkor olish imkonini beruvchi elektron bazani yaratish.

1. Elektron bazani yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilish.

2021-yil iyul

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov)

2. Elektron bazani joriy etish va uning monitoringini yuritish.

2021-yil noyabr

II. Yuqori malakali sportchi va kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish

11.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida boks bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlarini oshirish.

1. Hududlarda boks bo‘yicha trenerlarga bo‘lgan real ehtiyojni aniqlash.

2. Real ehtiyojdan kelib chiqib, qabul kvotalarini oshirish bo‘yicha respublikadagi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga taklif kiritish.

2021-yil iyun

Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev)

12.

Sport ta’lim muassasalarida o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish va jahon tajribasi asosida boksni rivojlantirishning ilmiy-metodik ta’minotini yo‘lga qo‘yish.

1. O‘quv reja va ta’lim dasturlarini xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil sentabr

Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev)

2. Xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv rejalari va ta’lim dasturlari, maxsus ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.

2022-yil davomida

3. Ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini bosqichma-bosqich chop etish va sport ta’lim muassasalariga yetkazish.

2022/2023 o‘quv yilida

13.

Boks bo‘yicha elektron ta’lim resurslarida mashq jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalarning respublika ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish.

1. Boks bo‘yicha elektron darsliklar, mashq jarayonlarini videolavhalarda aks ettiruvchi elektron metodik qo‘llanmalar yaratish.

2. Elektron darslik va qo‘llanmalarning yagona respublika ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish.

2021-yil sentabr

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov)

14.

Hududlarga boks bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish.

1. Boks bo‘yicha mavjud o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil avgust

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov)

2. Har yili ehtiyoj mavjud bo‘lgan adabiyotlar (psixolog tayyorgarlik, farmakologiya, diyetologiya, fiziologiya kabi) ro‘yxatini shakllantirish va buyurtma berish.

2021-yil sentabr

3. Hududlarga adabiyotlarni, shu jumladan elektron shaklda yetkazib berish rejasini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash.

Rejada belgilangan muddatlarda

15.

Boks bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish.

1. Zamon talablaridan kelib chiqib, masofaviy ta’lim tizimini joriy etish maqsadida malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimidagi o‘quv reja va ta’lim dasturlarini xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish.

2. Xalqaro standartlarga javob beradigan malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv rejalari va ta’lim dasturlari, maxsus ta’lim dasturla?ini ishlab chiqish.

2021/2022 o‘quv yili

Turizm va sport vazirligi (A. Karimov)

16.

O‘quv-mashq jarayoniga jahonning yetakchi mutaxassislarini tizimli asosda jalb etish hamda kadrlarni tajriba almashish maqsadida boks rivojlangan yetakchi xorijiy davlatlarga yuborish.

1. Boks bo‘yicha yetakchi xorijiy davlatlarni o‘rganib chiqish.

2021-yil iyul

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov)

2. Mutaxassislarni xorijiy davlatlarga tajriba almashishga yuborish hamda ularning yurtimizga tajriba almashish maqsadida kelish rejasini ishlab chiqish va tegishli tartibda tasdiqlash.

3. Tasdiqlangan reja asosida tajriba almashish ishlarini tashkil etish.

2021-yil sentabr

III. Boks bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish, o‘quv jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish

17.

Boks bilan shug‘ullanishga qiziqishni oshirishga yo‘naltirilgan adabiyotlarni yaratish.

1. Sport qahramonlari hayotini jozibali bayon etish orqali badiiy adabiyotlarni yaratish.

2. Mashhur sportchilar tajribasini ko‘rsatib beruvchi o‘quv adabiyotlar yaratish va mashg‘ulotlarda foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil yanvar

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov)

18.

Yosh tadqiqotchilarni boks bo‘yicha ilmiy faoliyatga keng jalb etish.

1. Oliy ta’limdan keyingi ta’limda tahsil olayotgan tayanch doktorantura izlanuvchilariga boks bo‘yicha zarur mavzular to‘plamini shakllantirib berish.

2. Boks bo‘yicha ta’lim grantlarini joriy etish va e’lon qilish.

2021-yil sentabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov)

19.

Boksga ilm-fanning innovatsion yutuqlarini joriy etish.

1. Boks bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar tahlilini amalga oshirish.

2. O‘rganilgan va saralab olingan tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish.

3. O‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash.

2022-yil yanvar

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov)

20.

Axborot texnologiyalari va multimedia mahsulotlaridan keng foydalangan holda o‘quv-mashq jarayonining kompyuterlashtirish darajasini oshirish.

1. Bokschilarni pedagogik-psixologik, texnik-taktik tayyorlash imkonini beruvchi kompyuterlashtirilgan o‘quv xonalarini tashkil etish.

2. O‘quv-mashq jarayoniga kompyuter dasturlarini joriy etish.

2021-yil sentabr

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov)

21.

O‘quv-mashg‘ulot samaradorligini oshirish maqsadida, mashg‘ulotlar jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

1. Bokschilarni texnik-taktik tayyorlashda kompyuter dasturlaridan keng foydalanish.

2. O‘quv-mashq jarayoniga kompyuter dasturlarini joriy etish.

2021-yil sentabr

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

22.

O‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga zamonaviy sport anjomlari (sensor qoplar, va “yassi” qo‘lqoplar), maxsus dasturlarni keng joriy qilish.

1. Bokschilarni jismoniy jihatdan hamda texnik-taktik tayyorlashda innovatsion jihoz va anjomlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

2. Bokschilarning mashg‘ulot jarayonidagi kamchiliklarini tezkor tahlil qilish imkoniyatini beruvchi maxsus kompyuter dasturlarini joriy etish.

2021-yil dekabrdan boshlab doimiy

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov)

23.

Virtual raqiblar bilan jang olib borish imkoniyatini beruvchi kompyuterlashtirilgan xonalarda maxsus o‘quv-mashg‘ulotlarni tashkil etishni yo‘lga qo‘yish.

1. Bokschilarni texnik-taktik tayyorlash jarayoniga virtual mashg‘ulot va janglarni joriy etish.

2. Virtual mashg‘ulotlar, janglar olib borish imkoniyatini beruvchi maxsus jihoz va anjomlar olib kelish, ularni joylashtirish va samarali yuritish.

2021-yil sentabrdan boshlab doimiy

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov)

IV. Bokschilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish

24.

Hududiy tibbiyoti bo‘limlariga bokschilarni biriktirish.

1. Bokschilar sog‘ligini uzluksiz nazorat qilish maqsadida tibbiy kartalar yuritilishini takomillashtirish.

2. Bokschilar sog‘ligini uzluksiz nazorat qilishning monitoringini tashkil etish.

2021-yil oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov)

25.

Bokschilarni tibbiy profilaktika qilish ishlarini takomillashtirish.

1. Bokschilar sog‘ligini yilda kamida ikki marotaba diagnostika qilish va kasalliklarni oldini olish maqsadida tibbiy profilaktika ishlarini tashkil etish.

2. Harakatlanuvchi (mobil) ilmiy-tibbiyot laboratoriyalarini tashkil etish.

2022-yildan boshlab

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov)

V. Boks infratuzilmasini rivojlantirish, moddiy-texnik jihatdan yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga moslashtirish

26.

Xalqaro talablarga javob beradigan boks bo‘yicha milliy terma jamoalari uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasini yaratish.

1. Boks bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasini yaratish maqsadida Turizm va sport vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Toshkent viloyati, Angren shahri, Yangiobod qo‘rg‘oni hududida joylashgan Respublika olimpiya zaxiralari sport kolleji balansidagi 1,5 gektar maydonga ega bo‘lgan sobiq stadion, suzish havzasi, shuningdek, oshxonani 2039-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston boks federatsiyasiga maqsadli tekin foydalanish huquqi asosida berish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil noyabr

Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), Davlat aktivlarni boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Toshkent viloyati hokimligi (D. Xidoyatov), O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov)

27.

Andijon viloyati (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari), Buxoro viloyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari), Qashqadaryo viloyati (Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari) hamda Toshkent viloyatlari (Sirdaryo va Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri) markazlarida Turizm va sport vazirli?i huzuridagi boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablarining moddiy-texnika bazasini yaratish.

1. Boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablarini faoliyatini tashkil etish uchun zarur bino va inshootlar ajratish.

2. Investitsiya dasturini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan boks bo‘yicha milliy terma jamoalari uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasini va boks maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari uchun 2022–2023-yillarda markazlashgan kapital qo‘yilmalar limitlarini ajratilishini ta’minlash.

2021-yil oktabr

Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Andijon (Sh. Abduraxmonov), Qashqadaryo (Z. Mirzayev), Buxoro (B. Zaripov), Toshkent (D. Xidoyatov) viloyatlari hokimliklari

28.

Boks bo‘yicha xalqaro standart talablariga mos keluvchi sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilish va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, sport jihozlari va anjomlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

1. Hududlarda boksga oid bo‘lgan jihoz va anjomlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda ular bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilish maqsadida hududiy ishchi guruhlarni tuzish.

2021-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Ishchi guruhlar tahlillarini umumlashtirish va xulosa tayyorlash.

2021-yil avgust

3. Zarur bo‘lgan jihoz va anjomlar ro‘yxati asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga buyurtma berish va hududlarni boks bo‘yicha jihoz va anjomlar bilan ta’minlash.

2022-yil yanvardan boshlab

29.

Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi boks bo‘limining O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari uchun Toshkent shahrida zamonaviy (boshqaruv binosi, boks zali, sauna, konferensiya zali, 100 o‘rinli yotoqxona va oshxonasiga ega) boks bazasini qurish.

1. Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi “Sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi tomonidan Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi boks bo‘limining O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari uchun Toshkent shahrida zamonaviy boks bazasini qurish masalasini belgilangan tartibda 2022-yil uchun qurilishlarning manzilli dasturiga kiritish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil oktabr

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

(Sh. Maxmudov),

O‘zbekiston boks federatsiyasi

(S. Polatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

Toshkent shahar hokimligi

(Sh. Umurzakov)

2. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining boks bo‘limiga Toshkent shahri markazidan zamonaviy (boshqaruv binosi, boks zali, sauna, konferensiya zali, 100 o‘rinli yotoqxona va oshxonasiga ega) boks bazasini qurish uchun yer ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil avgust

30.

Sportchilar (shu jumladan yosh sportchilarni) va trenerlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2021-yil may

Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (R. Shoabduraxmonov), Moliya vazirligi (J. Abruyev), sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish.

2021-yil avgust

VI. Boksni yanada ommalashtirish

31.

Boksni aholi orasida keng targ‘ib qilish.

1. “O‘zbek boksi” ommabop jurnalini ta’sis etish.

2021-yil avgust

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev)

2. Boksga bag‘ishlangan “Ikki avlod uchrashuvi” va “Yurtimiz o‘g‘lonlari” mavzularida turkum ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish.

Reja asosida

32.

Mashhur bokschilar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritishni ta’minlash orqali boksni ommalashtirish.

1. Taniqli sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va yoritib borish.

2021-yil iyul

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Turizm va sport vazirligi (A. Karimov), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

2. Sport jurnalistlarining boks yutuqlarini tahlil qilgan efirlarini OAVda doimiy yoritib borish.

2021-yil avgust

3. Taniqli bokschilar hayoti haqida badiiy va videofilmlar yaratish.

2021-yil noyabr

33.

Ayollar boksini yanada ommalashtirish.

1. Taniqli ayol sportchilar ishtirokida ijtimoiy reklama roliklarini ishlab chiqish va yoritib borish.

2021-yil iyul

O‘zbekiston boks federatsiyasi (S. Polatov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (Sh. Maxmudov), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

2. Sport jurnalistlarining ayollar boksi yutuqlarini tahlil qilgan efirlarini OAVda doimiy yoritib borish.

doimiy

3. Taniqli ayol bokschilar hayoti haqida badiiy va videofilmlar yaratish.

2021-yil noyabr

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi yoki bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-apreldagi PQ-5099-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

Yillar kesimida

Mas’ul ijrochilar

2021

2022

2023

2024

2025

1.

Boks bilan muntazam shug‘ullanayotgan 13 — 17 yosh toifasidagi bolalar sonini oshirish.

Jalb etiladigan bolalar soni

6 450

7 500

8 000

8 250

8 750

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston boks federatsiyasi

3.

Sport ta’lim muassasalaridagi boks bilan muntazam shug‘ullanadigan o‘quvchilar sonini oshirish.

Jalb etiladigan o‘quvchilar soni

23 406

25 000

25 500

26 000

27 000

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston boks federatsiyasi

4.

Sport ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida boks musobaqalarini tashkil etish.

Musobaqalar soni

20

26

28

30

34

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston boks federatsiyasi

Jalb etilganlar soni

1 800

1 950

2 100

2 250

2 550

5.

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim va sport ta’lim muassasalari sport inshootlaridan samarali foydalanish.

Foizda foydalanish darajasi)

37

40

45

50

55

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston boks federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

6.

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etiladigan boks zallari.

Sport zallari soni

2

2

2

1

Andijon, Buxoro, Jizzax, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Sport ta’lim muassasalarini boks sport jihozlari bilan ta’minlash va ma’nan eskirgan sport anjomlarini yangilab borish.

Foiz hisobida

5

10

15

20

30

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Boks bo‘yicha terma jamoalarning xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash.

Musobaqalar soni

10

6

8

10

12

O‘zbekiston boks federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

9.

O‘zbekistonda boks bo‘yicha Osiyo va Jahon chempionatlari hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish.

Musobaqalar soni

1

2

2

3

2

O‘zbekiston boks federatsiyas?, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

10.

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, terma jamoalar bilan ishlaydigan trenerlar va boshqa mutaxassislar malakasini oshirish va amaliyot (stajirovka) o‘tashlarini tashkillashtirish.

Malakasini oshirganlar soni

2

3

3

2

O‘zbekiston boks federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

11.

Boks bo‘yicha musobaqalarda doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilarning yagona ma’lumot bazasini yaratish.

Foizda sportchilar soniga nisbatan)

15

20

25

35

45

O‘zbekiston boks federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

13.

Sport ta’limi muassasalarida boks bo‘yicha trenerlarning sifat tarkibini, xususan oliy ma’lumotli trenerlar sonini bosqichma-bosqich oshirish.

Foizda (jami trenerlar soniga nisbatan)

30

33

36

39

45

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston boks federatsiyasi

14.

Sport ta’limi muassasalarida faoliyat yuritayotgan boks bo‘yicha hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

Foizda (jami trenerlar soniga nisbatan)

3

4

5

6

8

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston boks federatsiyasi

15.

Oliy ma’lumotli boks bo‘yicha trener kadrlarga ehtiyojni to‘ldirish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallariga qabul ko‘rsatkichlarini oshirish.

Bakalavriat

60

60

60

60

60

Yoshlar siyosati va sportni vazirligi, O‘zbekiston boks federatsiyasi

Sirtqi

30

30

30

30

30

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 07/21/5099/0399-son, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)