Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.11.2007 02.06.1997 yildagi 279-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.11.2007
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FOYDALI QAZILMA KONLARINI OChUVChILAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 245-sonli “Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari maʼlum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, respublika mineral-xomashyo bazasini kengaytirishda geolog razvedkachilar mehnatini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilma konlarini ochuvchilar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 2-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
279-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyundagi 279-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilma konlarini ochuvchilar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqildi, u alohida shaxslar yoki shaxslar guruhini foydali qazilma konlarini ochuvchilar deb eʼtirof etish shartlarini, kon ochish huquqini olish uchun buyurtmanomalar berish va ularni koʻrib chiqish, kon ochuvchilarni Oʻzbekiston Respublikasining Kon ochuvchi diplomi va “Kon ochuvchi” koʻkrakka taqiladigan nishoni bilan mukofotlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan, ilgari maʼlum boʻlmagan foydali qazilma konini topgan, qidiruv ishlarini bajargan, shuningdek, foydali qazilmalarning qoʻshimcha zaxiralarini koʻpaytirish imkonini beruvchi yangi qatlamlarni va kon jismlarini yoki ilgari maʼlum boʻlgan kondagi amalda uning sanoat ahamiyatini oshiruvchi yangi mineral xomashyoni aniqlagan shaxslar foydali qazilma konlarini ochuvchilar deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar foydali qazilma konlarini ochuvchilar deb eʼtirof etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Foydali qazilma koni — bu foydali qazilmaning tabiiy yoki tabiiy-texnogen holda toʻplanishidir, unga miqdori va sifatidan va texnologik xususiyatlaridan kelib chiqib mazkur ekologik-iqtisodiy sharoitlarda sanoat yoʻli bilan ishlov berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzining belgilariga koʻra faqat texnik-iqtisodiy va ekologik sharoitlar oʻzgarganda ishlov berilishi mumkin boʻlgan foydali qazilmaning boshqa toʻplanishi, shuningdek ular uchun qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilmagan foydali qazilma toʻplanishi nosanoat konlarga tegishli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Foydali qazilma konlari xalq xoʻjaligidagi ahamiyatiga, tasdiqlangan balans zaxiralari hajmiga, mineral xomashyoning sifatiga va foydalanishning iqtisodiy shartlariga koʻra besh asosiy guruhga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) noyob foydali qazilma konlari (binokorlik materiallari va keng tarqalgan foydali qazilmalar konlari bundan mustasno), ular zaxira hajmlarining koʻpligi, mineral xomashyosining yuqori sifati va foydalanishdagi texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan ajralib turadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) I guruh — sanoatning tegishli tarmoqlarini rivojlantirish uchun eng muhim boʻlgan yerlarda joylashgan, mineral xomashyo sifati yuqori boʻlgan va ularni qazib olishning iqtisodiy koʻrsatkichlari qulay boʻlgan foydali qazilma konlarining yirik guruhlari zaxiralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) II guruh — katta zaxiralarga, mineral xomashyoning yuqori sifatiga ega boʻlgan, biroq iqtisodiy shartlariga koʻra sanoat jihatidan oʻzlashtirish uchun nisbatan murakkab boʻlgan foydali qazilmalarning yirik konlari, shuningdek, oʻrtacha zaxirali, foydalanishda qulay iqtisodiy koʻrsatkichlarga ega boʻlgan alohida taqchil foydali qazilma konlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) III guruh — oʻzlashtirilishi boʻyicha qulay iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadigan zaxirasi oʻrtacha foydali qazilma konlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) IV guruh — qazib olinishi boʻyicha qulay iqtisodiy sharoitlarga ega boʻlgan, zaxiralari boʻyicha mayda foydali qazilma konlari, shuningdek, binokorlikda ishlatiladigan tosh materiallar zaxirasi boʻyicha yirik va oʻrtacha konlar hamda foydalanish jihatidan qulay iqtisodiy sharoitlarga ega boʻlgan, alohida sanoat va qishloq xoʻjaligi tumanlari uchun mahalliy ahamiyatli keng tarqalgan foydali qazilma konlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. FOYDALI QAZILMA KONLARINI OChISh HUQUQI EʼTIROF ETILADIGAN ShARTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) keyingi geologiya-razvedka ishlarida konning ochilishiga olib kelgan foydali qazilma konini topish masalasida aniq maydonlar va geologik hosila istiqbollarining asoslangan prognozini birinchi marta bergan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qidirish va razvedka ishlari qoʻyilishini, bu ishlarni amalga oshirish metodikasini asoslab bergan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) dala ishlarini oʻtkazishda bevosita ishtirok etgan, shuningdek foydali qazilma koni aniqlanishiga va uning sanoat ahamiyati baholanishiga ijodiy ulush qoʻshgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) foydali qazilmalarning yangi qatlamlari va qoʻshimcha zaxiralari, yoxud ilgari maʼlum boʻlgan konda konni oʻzlashtirishning iqtisodiy koʻrsatkichlarini tubdan oshiruvchi mineral xomashyo (qimmatli komponent)ning yangi turi mavjudligi aniqlangan yoki buni ilmiy asoslab bergan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qisqa muddatlarda yangi kon ochilishiga yoki ilgari maʼlum boʻlgan foydali qazilma konining tubdan qayta baholanishiga olib kelgan geologiya-razvedka ishlariga ilmiy va metodik rahbarlik qilinishini, shuningdek bu ishlar yuqori darajada tashkil etilishini taʼminlagan shaxslar (shaxslar guruhi) sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilma konlarini ochuvchilar deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konni ochish huquqi foydali qazilma koni zaxirasi belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin eʼtirof etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Foydali qazilma konlarini ochuvchilar davlat pul mukofotini olish huquqiga ega boʻladilar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Kon ochuvchi diplomi va “Kon ochuvchi” koʻkrakka taqiladigan nishoni bilan mukofotlanadilar va Oʻzbekiston Respublikasining foydali qazilma konlarini ochuvchilar Faxriy daftariga kiritiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faxriy daftar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) huzuridagi ilmiy-ishlab chiqarish va oʻquv markazida saqlanadi hamda toʻldirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat pul mukofotini toʻlash tartibi va uning miqdori toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kon ochuvchi diplomi mazkur Nizomning 4, 5, 9 va 10-bandlarida nazarda tutilgan hollarda har bir foydali qazilma konini ochganlik uchun bir shaxsga bir necha marta topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Kon ochuvchi” koʻkrakka taqiladigan nishoni bilan konni ochuvchi bir shaxs faqat bir marta mukofotlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Kon ochuvchi diplomi, “Kon ochuvchi” koʻkrakka taqiladigan nishoni Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan, davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ishlab chiqiladi va tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kon ochuvchi diplomi va “Kon ochuvchi” koʻkrakka taqiladigan nishoni manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, kon korxonalari va neft-gaz qazib oluvchi korxonalar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. FOYDALI QAZILMA KONLARINI OChISh HUQUQINI OLISh UChUN BUYuRTMANOMALARNI TAQDIM ETISh VA ULARNI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Foydali qazilma konlarini ochish huquqini olish uchun berilgan buyurtmanomalarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi huzurida Kon ochuvchilar ishlari boʻyicha markaziy idoralararo komissiya tuziladi, uning tarkibi manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, kon korxonalari va neft-gaz qazib oluvchi korxonalar vakillaridan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kon ochuvchilar ishlari boʻyicha markaziy idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizom manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, kon korxonalari va neft-gaz qazib oluvchi korxonalar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, kon korxonalari va neft-gaz qazib oluvchi korxonalar, boshqa yuridik shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik shaxslar, kon ochishga oid materiallarni koʻrib chiqish asosida, aniq kon boʻyicha foydali qazilmalar zaxiralari tasdiqlangandan soʻng, Kon ochuvchilar ishlari boʻyicha markaziy idoralararo komissiyaga buyurtmanomalar yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmanomada va unga ilova qilingan materiallarda quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) foydali qazilma koni, uning topilishi tarixi, geologiya-razvedka ishlarining turli bosqichlarida obyektning ochilishi va oʻrganilishida qatnashgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kon ochishga oid materiallarni koʻrib chiqish protokoli va kon ochish huquqini olishga daʼvogarlik qiluvchi aniq shaxslar roʻyxati, unda konni ochish, uni sanoat jihatdan baholash va buyurtmanomalar berish davrida ular egallab turgan lavozimlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kon ochuvchilar ishlari boʻyicha markaziy idoralararo komissiya uch oy muddatda tushgan materiallarni ekspertiza qiladi va foydali qazilma konini ochuvchilar deb eʼtirof etilgan shaxslar toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror protokol bilan rasmiylashtiriladi, u Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir oy muddatda buyurtmanoma bergan tashkilotga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar bir konning oʻzini ochuvchilar deb eʼtirof etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) noyob kon uchun — 10 kishigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) I guruh koni uchun — 7 kishigacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) II va III guruh koni uchun — koʻpi bilan 5 kishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) IV guruh koni uchun — koʻpi bilan 2 kishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kon ochuvchilar ishlari boʻyicha markaziy idoralararo komissiya, shuningdek kon ochuvchi huquqini olishga daʼvogar boʻlgan alohida shaxslarning buyurtmanomalarini va tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, kon korxonalari va neft-gaz qazib oluvchi korxonalar tomonidan kon ochuvchilar roʻyxatiga kiritilmagan shaxslarning arizalarini ham koʻrib chiqish uchun qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan buyurtmanomalar va arizalar mazkur Nizomning 9-bandi birinchi qismi bilan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kon ochuvchilar ishlari boʻyicha markaziy idoralararo komissiya uch oy muddatda buyurtmanoma yoki ariza (shikoyat) bergan shaxslarni ular kon ochuvchilar deb eʼtirof egilganligidan xabardor qiladi yoki sababini koʻrsatgan holda rad javobi beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kon ochuvchilar ishlari boʻyicha markaziy idoralararo komissiyaning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Nizomning 3-bandiga muvofiq kon guruhlarini aniqlash va konni ochganlik yoki uni tubdan qayta baholaganlik uchun davlat pul mukofoti miqdorini belgilash uchun obyektga oid geologik materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha Davlat komissiyasi huzuridagi foydali qazilma konlarini ochganlik uchun mukofotlar boʻyicha Davlat idoralararo komissiyasiga yuboriladi.