Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2021 29.04.2021 yildagi 257-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-dekabrdagi 769-sonli “Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishni takomillashtirish va ushbu sohada davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Idoralararo kengashning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, uning faoliyatini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

nogironligi boʻlgan shaxslarning sogʻligʻini tiklash, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va huquqlarini taʼminlashga doir davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;

nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olishi, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida toʻla huquqli tarzda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etish.

4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Idoralararo kengash raisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Idoralararo kengashning ishchi organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning majlislari zaruratga qarab, lekin yarim yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 257-son qaroriga
1-ILOVA

Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.

B.A. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Kengash raisi

2.

A.M. Xadjibayev

sogʻliqni saqlash vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

R.T. Mamatov

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

4.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

5.

A.H. Toshqulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

6.

Sh.X. Shermatov

xalq taʼlimi vaziri

7.

A.V. Shin

maktabgacha taʼlim vaziri

8.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

9.

Sh.M. Sadiqov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

10.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

11.

S.X. Xolxoʻjayev

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

12.

A.Oʻ. Aqqulov

turizm va sport vazirining oʻrinbosari

13.

J.I. Abruyev

moliya vaziri oʻrinbosari

14.

M.M. Ikramov

adliya vazirining oʻrinbosari

15.

K.Q. Abdullayev

Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati raisi (kelishuv asosida)

16.

A.K. Inakov

tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori, Kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan masʼul shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 257-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengashning (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo kengash) maqomi, asosiy vazifalari, huquqlari va javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Idoralararo kengash nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga va “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini taʼminlashga qaratilgan kelishilgan saʼy-harakatlarni ishlab chiqish maqsadida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan maslahatlashuv organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Idoralararo kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Idoralararo kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning sogʻligʻini tiklash, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va huquqlarini taʼminlashga doir davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olishiga, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlashga, malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida toʻla huquqli tarzda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoralararo kengash oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, shuningdek, soha boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash boʻyicha davlat tomonidan belgilangan kafolatlangan xizmatlardan foydalanishda davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) nogironligi boʻlgan shaxslarning sogʻligʻini tiklash, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va huquqlarini taʼminlashga doir davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning sifatli sogʻliqni saqlash xizmatlaridan, ularning ehtiyojlarini hisobga oluvchi tibbiy yordamdan boshqa fuqarolar bilan teng ravishda foydalanishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarni sanatoriy-kurortda bepul sogʻlomlashtirishga, tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilishga, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlashga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning sogʻligʻini tiklash, ularni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy himoya qilish va huquqlarini taʼminlashga doir davlat dasturlariga takliflar ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olishiga, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlashga, malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligiga koʻmaklashish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslar barcha darajalardagi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish va oʻz qobiliyatini yanada toʻliqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida taʼlim olishni tashkil etishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning inklyuziv taʼlimini rivojlantirishni, ularning taʼlim olishi va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan oʻtishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning odatdagi mehnat sharoitlariga ega tashkilotlarda, nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlashiga, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olishi, ushbu shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga joylashtirish va ularning bandligini taʼminlash, shuningdek mehnat bozorida ularning raqobatbardoshliligini oshirishga boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida toʻla huquqli tarzda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik belgisiga koʻra kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik hamda xizmatlardan, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar, sogʻliqni saqlash, taʼlim obyektlaridan, shuningdek, axborot va aloqa vositalaridan teng ravishda foydalanish imkoniyatlarini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishga va ishga joylashishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarga uy-joy qurilishi boʻyicha davlat dasturlaridan va boshqa maxsus dasturlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalari va yoʻl infratuzilmasidan foydalanishda nogironligi boʻlgan shaxslarga qulaylikni taʼminlashga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning moddiy madaniy meros obyektlari, turistik hamda sport obyektlari va inshootlaridan, shuningdek, dam olish obyektlaridan foydalanishini taʼminlashga amaliy-metodik yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy infratuzilma obyektlariga nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsqinliksiz kirishi uchun yetarli sharoitlar yaratilishi hamda jamoat transportini moslashtirish boʻyicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Idoralararo kengashning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Idoralararo kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hujjatlar, statistik maʼlumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarning ijrosi boʻyicha maʼlumotlar va boshqa axborotlarni vazirliklar va idoralardan soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarini oʻz yigʻilishlariga taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha respublika hududida tashkil etiladigan yigʻilishlar, konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish uchun oʻz vakillarini yuborish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Idoralararo kengash oʻziga yuklangan vazifalarning toʻliq va sifatli bajarilishi hamda samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Idoralararo kengash shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Idoralararo kengash tarkibiga nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish oʻz vakolatiga kiradigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar vakillari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Idoralararo kengash raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash samarali ishlashini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash aʼzolari ishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash ish reglamentini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning kun tartibini belgilaydi va uning majlislarini chaqiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Idoralararo kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash majlislariga zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning bayonnomalarini rasmiylashtiradi va Idoralararo kengash aʼzolariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralardan Idoralararo kengashning vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni belgilangan tartibda soʻraydi va oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashda ish yuritilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning qarorlariga muvofiq boshqa vazifalar va funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Idoralararo kengash oʻz faoliyatini Idoralararo komissiyaning ish reglamentiga va kun tartibiga muvofiq majlislarni tizimli asosda oʻtkazish orqali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning majlislari zaruratga qarab, biroq har yarim yilda kamida bir marta rais tomonidan chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlisni Idoralararo kengash raisi, u boʻlmaganda Idoralararo kengash raisining oʻrinbosari oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Idoralararo kengashning qarorlari Idoralararo kengashning majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlar teng boʻlganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning majlisiga koʻrib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga bogʻliq ravishda Idoralararo kengash aʼzolari hisoblanmagan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Istisno hollarda qarorlarni tezlikda qabul qilish maqsadida Idoralararo kengashning raisi ayrim masalalar boʻyicha Idoralararo kengashning qarorlarini soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Idoralararo kengashning qarorlari uning majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Idoralararo kengash majlisining bayonnomasiga uning barcha aʼzolari tomonidan viza qoʻyiladi, Idoralararo kengash kotibi tomonidan imzolanadi hamda Idoralararo kengashning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash bayonnomasining asl nusxasi va unga tegishli materiallar ishchi organda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish maqsadida Idoralararo kengashning kotibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning raisi bilan kelishish uchun yigʻilishlarning muddatlari, oʻtkazilish joyi va kun tartibi boʻyicha takliflarni shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash aʼzolarini navbatdagi yigʻilishning muddati, oʻtkazilish joyi va kun tartibi boʻyicha xabardor qiladi, ularni zarur materiallar bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning bayonnomalarini yuritadi va yigʻilish oʻtkazilishini va ish yuritishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan bayonnomalarni Idoralararo kengashning aʼzolariga tarqatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash bayonnomalarining ijrosi monitoringini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengash raisining Idoralararo kengash faoliyatiga oid topshiriqlarini bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo kengashning kun tartibi masalalari boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Idoralararo kengash faoliyatining samaradorligiga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Idoralararo kengash raisi uning faoliyatini samarali tashkil etish, yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni sifatli bajarish, uning tarkibini yangilab borish, shuningdek, yuklatilgan vazifalar va funksiyalar toʻliq bajarilgan yoki samarasiz faoliyat yuritilgan hollarda ularni optimallashtirish boʻyicha tegishli davlat organlari va tashkilotlariga taklif kiritish yuzasidan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Idoralararo kengash faoliyatining natijadorligi tashkil etilgan paytdan boshlab har yil yakunlari boʻyicha Idoralararo kengash raisi tomonidan Idoralararo kengashga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi sifati mezoniga asosan baholab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Idoralararo kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/257/0393-son)