29.04.2021 yildagi PQ-5098-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq amaliy san’atining zardo‘zlik va zargarlik an’analarini rivojlantirish, ularning noyob namunalarini targ‘ib etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish orqali xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash, madaniy-gumanitar aloqalarni kuchaytirish, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kasbiy an’analar va hunarmandchilik maktablarini saqlash va qayta tiklash hamda mintaqaning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2022-yildan boshlab har ikki yilda may oyida Buxoro shahrida Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali (keyingi o‘rinlarda — Festival) hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, ko‘rik-tanlov, taqdimot va ko‘rgazmalar, teatrlashgan konsert-tomosha dasturlari, madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda Festival 21 — 25-may kunlari va uning doirasida “An’anaviy zardo‘zlik va zargarlik san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalga uyg‘un holda Toshkent shahrida xorijiy mamlakatlarning zargarlik tarmog‘i vakillari, xorijiy investorlar, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etgan holda “Uzbek Jewellery Fair” zargarlik sanoatining zamonaviy asbob-uskunalari, texnologiyalari va buyumlarining yillik xalqaro ko‘rgazma-savdosi o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Festivalning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy hunarmandchilikning zardo‘zlik va zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan va soha rivojiga ulkan hissa qo‘shayotgan tajribali, iste’dodli hunarmandlarni aniqlash, ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, uning noyob va yo‘qolib borayotgan namunalarini saqlash, qayta tiklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda zardo‘zlik va zargarlikni jadal rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, yoshlarga o‘rgatish, yangi ish o‘rinlari yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zardo‘zlik va zargarlik namunalarini milliy brend sifatida xalqaro miqyosga olib chiqish, xalqimizning milliy madaniyati an’analarini namoyish etish orqali sayyohlarni jalb qilish, Festivalni jahon miqyosida keng tanitish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zardo‘zlik va zargarlik namunalarining keng taqdimoti, har bir hududning tarixi, hayot tarzi, hunarmandchilik maktabi an’analarini aks ettiruvchi hunarmandlar shaharchalari maketlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, hunarmand-dizaynerlar yaratgan mahsulotlar ko‘rgazmalarini o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq sayillari, folklor va dorbozlik jamoalari, askiyachi va qiziqchilarning teatrlashgan tomoshalari, san’at vakillarining konsert dasturlarini hamda usta-hunarmandlar tomonidan mahorat darslari, rassomlar xiyoboni, ekskursiya marshrutlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qo‘mitaga (A.N. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalni yuqori va badiiy saviyada o‘tkazish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, bu borada mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival sovrindorlariga topshiriladigan diplom va sertifikatlar namunalarini tayyorlash hamda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan smeta asosida quyidagi tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Buxoro viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi — Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, 50 foizi — Buxoro viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Buxoro viloyati hokimligi (B.K. Zaripov) Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduhakimov), Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (D.N. Samatov), “Hunarmand” uyushmasi (U.T. Abdullayev) bilan birgalikda uch oy muddatda Festivalni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda 2022-yilda uni o‘tkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlardan zardo‘zlik va zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, mahoratli hunarmandlar, amaliy san’at ustalari, soha olimlari hamda mutaxassislari, faxriy mehmonlarni Festivalga taklif etishda tashkilotchilarga amaliy yordam ko‘rsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining viza talabnomalariga binoan Festivalning xorijiy ishtirokchilari uchun kirish vizalari konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Savdo-sanoat palatasi (A.I. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U.T. Abdullayev), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (D.N. Samatov) va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov) bilan birgalikda Festivalning tantanali ochilish marosimini har tomonlama puxta va badiiy jihatdan betakror usulda tayyorlash uchun yuksak professional mahorat va tajribaga ega bo‘lgan ssenariynavis va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, hunarmandlar, sahnalashtiruvchi rassomlar, iste’dodli san’atkorlarning keng jalb etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Buxoro viloyati hokimligi (B.K. Zaripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Buxoro shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilishini, Festival o‘tkaziladigan sahna maydonlari hamda joylarning talab darajasida tayyorlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Kinematografiya agentligi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival doirasida Buxoro shahridagi “Labi hovuz” ansambli maydonidan “Ark” qo‘rg‘oni hududigacha bo‘lgan yon-atrofda zardo‘zlik va zargarlik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, qadimiy zardo‘zlik hamda zargarlik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari, hunarmandchilikka oid badiiy, hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi, ularning sotuvi tashkil etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival dasturi ishlab chiqilishini va uning uch oy avval turistik tashkilotlarga taqdim etilishini, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival doirasida milliy liboslar ko‘rgazmali chiqishlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlari namoyish etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festivalning turizm kalendar rejasiga kiritilishini hamda xorijiy mehmonlar va sayyohlarning Festivalga jalb qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Turizm va sport vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Festival qatnashchilari va mehmonlar uchun mehmonxonalardan joy ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, “Hunarmand” uyushmasi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar malakali mutaxassis va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy hunarmandchilikning zardo‘zlik va zargarlik yo‘nalishlarini YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro shahrini YUNESKOning Ijodkor shaharlar tarmog‘iga kiritish bo‘yicha hujjatlar to‘plami tayyorlanishi va tavsiya etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati (I.R. Maxkamov) va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga (X.N. Xosilov) Festival qatnashchilarini Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi buyurtmalariga muvofiq belgilangan tartibda avia va temir yo‘l chiptalari bilan ta’minlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) Festivalga tashrif buyuruvchi xorijiy mehmonlar va qatnashchilarni kutib olish, joylashtirish va ularni Buxoro shahriga yuborishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival o‘tkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam punktlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Festival o‘tkaziladigan vaqtda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya qilinishini nazorat qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Kuchimov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), “Dunyo” axborot agentligi (S.L. Suyarov) va boshqa ommaviy axborot vositalari Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 29-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5098-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-apreldagi PQ-5098-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A. Aripov

Bosh vazir, Tashkiliy qo‘mita raisi

2.

A. Abduhakimov

Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

3.

D. Kuchkarov

Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

4.

O. Nazarbekov

madaniyat vaziri

5.

P. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

6.

A. Xadjibayev

sog‘liqni saqlash vaziri

7.

B. Zaripov

Buxoro viloyati hokimi

8.

J. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

9.

B. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

10.

O. Nasritdinxodjayev

moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

11.

F. Arziyev

tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

12.

A. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

13.

D. Samatov

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi raisi

14.

I. Maxkamov

“Uzbekistan Airways” AJ bosh direktori

15.

X. Xosilov

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b.

16.

A. Xadjayev

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

17.

A. Ko‘chimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

18.

A. Nuridinov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi

19.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari

20.

A. Ikramov

Savdo-sanoat palatasi raisi

21.

U. Abdullayev

“Hunarmand” uyushmasi raisi

22.

S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

23.

R. Fatxullayev

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti dotsenti

24.

Lavozimi bo‘yicha

Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudiri, Tashkiliy qo‘mita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 07/21/5098/0396-son)