21.04.2021 yildagi PQ-5084-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Namangan viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash, aholi bandligini taʼminlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish uchun moliyaviy resurslar ajratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan Namangan viloyati hokimligiga 10 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, foiz stavkasi yiliga 2,5 foizni tashkil qiladigan 30 million AQSH dollari miqdoridagi kredit ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Namangan viloyati hokimligi mazkur qarorning 1-bandida belgilangan mablagʻlarni quyidagi maqsadlarga yoʻnaltirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan shahrining markazlashgan issiqlik tizimini qurish va rekonstruksiya qilishga — 15 million AQSH dollari ekvivalenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan shahrining eski shahar hududi infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash, shahardagi Yangiariq, Shimoliy Fargʻona kanallari va Namangansoy qirgʻoqlarini obodonlashtirish ishlariga — 10 million AQSH dollari ekvivalenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirishga — 5 million AQSH dollari ekvivalenti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan mablagʻlar taqsimotiga, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi (A.N. Aripov) tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning 2-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan tadbirlar boʻyicha 2021-yilning 20-noyabriga qadar obyektni qurish va rekonstruksiya qilishda zarur boʻladigan, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh.S. Hidoyatov) tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan qozonxonalar, asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlari, metall konstruksiyalar, suvni tayyorlash uchun kimyoviy moddalar bojxona bojidan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qaror bilan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun Namangan viloyati hokimligi masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan shahrining markazlashgan issiqlik tizimini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan kreditni qoplash va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Namangan viloyatining mahalliy budjeti, Namangan viloyati “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish DUK mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan shahrining eski shahar hududi infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash, shahardagi Yangiariq, Shimoliy Fargʻona kanallari va Namangansoy qirgʻoqlarini obodonlashtirish, kichik sanoat hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlarni qoplash va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Namangan viloyatining mahalliy budjeti hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi 5 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlarni Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalarga ajratilayotgan kreditlar foiz toʻlovlarining bir qismini belgilangan tartibda qoplash uchun yoʻnaltirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5041-son qaroriga asosan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan Namangan viloyati uchun ajratilgan mablagʻlardan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ “mahallabay” ishlash tizimi orqali aniqlangan drayver loyihalarni kreditlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ “Turon bank” ATBning ustav kapitalidagi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushini oshirishga yoʻnaltirish yoʻli bilan limonchilikni rivojlantirish loyihalarini kreditlash uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Namangan viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6165-son Farmoni 9-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan teng ulushlarda 1 trillion soʻm miqdorida ajratilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5048-son qarori bilan tasdiqlangan Turizm infratuzilmasini rivojlantirish yigʻma parametrlariga asosan ajratilgan 1 trillion soʻmdan Namangan viloyati uchun 37,5 mlrd soʻm ajratilganligi, shuningdek, mazkur parametrlarga, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkinligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Namangan viloyati hokimligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qarorning 2-bandida belgilangan tadbirlar boʻyicha manzilli dasturlarni shakllantirsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5041-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Namangan viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisidagi hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Kuchkarov hamda Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 21-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5084-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5084-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5041-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 4-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi va 5-bandning birinchi xatboshisidagi “1,6” raqami “1,5” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Jami” pozitsiyasida:

“2021-yilda yoʻnaltiriladigan mablagʻlar” ustunidagi “9 140” raqami “9 040” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan” ustunidagi “2 540” raqami “2 440” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2021-yilda yoʻnaltiriladigan mablagʻlar” ustunidagi “5 638” raqami “5 538” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan” ustunidagi “1 600” raqami “1 500” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Jami” pozitsiyasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jami” ustunidagi “9 140” raqami “9 040” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi” ustunidagi “5 638” raqami “5 538” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jami” ustunidagi “885” raqami “785” raqami bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi” ustunidagi “602” raqami “502” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 07/21/5084/0355-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)