12.03.2021 yildagi SQ-259-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

“Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 26-dekabr kuni qabul qilingan “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 12-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-259-IV-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 12-martdagi SQ-259-IV-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochi

Vazirlik va idoralardan

Vazirlar Mahkamasidan

I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish

1.

Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqish.

1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish.

1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda

Adliya vazirligi

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

2.

Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish.

2.1. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

2.2. Ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Adliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

II. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish

3.

Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish.

3.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda

Adliya vazirligi, OʻzA, MTRK

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

3.2. Reja-grafikni amalga oshirish.

Reja-grafik asosida

4.

OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan turkum maqola, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish.

4.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda

Adliya vazirligi, OʻzA, MTRK

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

4.2. Reja-grafikni amalga oshirish.

Reja-grafik asosida