1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.02 (Кучини йукотган) Oʻrta taʼlim muassasalari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda belgilangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga asosan sogʻlom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali taʼlim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, ovqatlantirish autsorsing shartlari asosida tashkil etiladigan maktablarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing shartlari asosida ovqatlantirishni tashkil etish uchun autsorser tomonidan foydalaniladigan kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida qoplanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari va mebelidan foydalanganlik uchun toʻlov “nol” stavka boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda oʻquvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻyiladigan talablarni inobatga olgan holda, ularni ratsional kunlik ovqatlantirish meʼyorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi, oshxonalar xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishiga qatʼiy rioya etilishini aniqlash yuzasidan tasdiqlangan jadval asosida har oyda sanitariya holati oʻrganib borilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan birgalikda maktablarda oʻquvchilarga berilayotgan taomlar sifati ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeta parametrlarida nazarda tutsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 218-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing — Agentlik tizimidagi maktablarning sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatlarini shartnoma asosida autsorserga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorser — shartnoma asosida buyurtmachiga autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab ishchi guruhi —maktab direktori rahbarligida tashkil etiladigan, direktor boshchilik qiladigan, hamshira, tarbiyachi hamda boshqa xodimlardan iborat tarkib.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishi Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarining oshxonalarida (keyingi oʻrinlarda — oshxona) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Buyurtmachi xizmatlarini autsorsing usuliga oʻtkazishda quyidagi shartlarga rioya qilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorserni qonun hujjatlari talablari asosida tanlab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorserga oʻtkaziladigan ishlar (xizmatlar) sifatini yuqori darajada saqlab qolish va talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachining autsorserga beriladigan ishlar (xizmatlar)ni bajarish bilan band boʻlgan xodimlari shtat birliklarini qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasasi xizmatlarni autsorserga oʻtkazishda ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish va xoʻjalik faoliyati xarajatlarini qisqartirish, faoliyatining asosiy boʻlmagan turlarini rivojlantirish hamda autsorserga berilgan ishlar (xizmatlar)ning sifatini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Autsorser xodimlari buyurtmachining tegishli hududiga oldindan taqdim etilgan roʻyxat asosida belgilangan tartibda kiradi hamda maktab binosida harakatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻquvchilarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish uchun tegishli maktab rahbari hamda autsorser tashkiloti masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻquvchilarni sogʻlom ovqatlantirish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari, gigiyena normativlari va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ratsional kunlik ovqatlanish meʼyorlari asosida autsorser tomonidan tuzilgan holda bir oylik taomnomalar rejasi asosida tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Autsorser xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligiga, oshxonalar xodimlari tomonidan taom tayyorlash texnologiyasi qoidalariga rioya qilinishiga, oshpazlarning har uch yilda bir marta malaka oshirishiga, tibbiy koʻrikdan oʻtgan holda ishga qoʻyilishiga shaxsan masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻquvchilar yotoqxonasi mavjud maktablarda besh mahal, yotoqxonasi mavjud boʻlmaganlarida ikki mahal ovqatlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yotoqxonada shanba, yakshanba va bayram kunlarida qolgan oʻquvchilarni ovqatlantirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qaroriga muvofiq, davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatidan tashqari barcha hollarda autsorserni tanlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha autsorser eng yaxshi takliflarni taqdim etgan talabgorlar orasidan tanlov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan tanlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan tanlov hujjati va baholash mezonlarida tanlovda ishtirok etuvchi talabgorning mazkur sohada yetarli katta ish tajribasiga (mazkur sohada kamida ikki yillik ish tajribasiga ega, umumiy ovqatlanish maydoni mavjud boʻlgan), tegishli moliyaviy, moddiy-texnik va logistika bazasiga (texnika, ishchilar soni va ularning tarkibi) ega boʻlgan talabgorlarga ustunlik beriladi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi tomonidan autsorserni tanlash maqsadida tanlov oʻtkazish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik direktori oʻrinbosari komissiya raisi hisoblanadi va komissiya tarkibini har yil uchun alohida tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibi toq sonli aʼzolardan iborat boʻlib, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2 nafar xodimidan tashkil topadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maktab ishchi guruhi autsorsing xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan, oʻquvchilar oʻrtasida har oyda bir marta soʻrovnomalar oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab ishchi guruhi monitoring natijalaridan kelib chiqib, buyurtmachi va autsorserga tegishli taklif va tavsiyalar kiritadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Maktablarda oʻquvchilarni autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan tanlov boʻyicha, mablagʻlarning iqtisodiy samarali sarflanishi tamoyillari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlov (tender) oʻtkazish boʻyicha eʼlonlar va qoʻyiladigan umumiy talablar Agentlikning internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga va ommaviy axborot vositalariga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tanlovda (tenderda) gʻolib chiqqan autsorser bilan maktablarda autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatini koʻrsatish boʻyicha tegishli shartnomalar Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan, Agentlikning internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga maxsus boʻlimiga joylashtirilgan namunaviy shakl asosida belgilangan tartibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya autsorser faoliyati yuzasidan alohida monitoring olib boradi. Shuningdek, faoliyati natijalariga koʻra, autsorserni “insofli ijrochi” yoki “insofsiz ijrochi” roʻyxatiga kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Autsorser talabgorlariga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy ovqatlanish xizmatida kamida ikki yillik tajribaga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing xizmatlari boʻyicha kamida uch oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablagʻlarining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda (tenderda) qatnashish uchun ariza berilgan kundan kamida bir oy oldin tegishli tashkilotlardan soliq qarzdorligi, toʻlovlar, boshqa majburiy toʻlovlar va moliyaviy sanksiyalarning mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻgʻri ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan taomlar tayyorlash texnologiyasi boʻyicha kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislar (muhandis-texnolog, diyetolog, terapevt vrach, oshpazlar) malaka razryadlari koʻrsatishi;
(19-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab tomonidan belgilangan texnik vazifalar asosida autsorsing usulida maktabda sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish loyihasini individual reja asosida ishlab chiqib, taqdimotini (imkoniyatdan kelib chiqib, tayyor taomlarini ham koʻrsatishi mumkin) oʻtkazishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdimotda oʻquvchilarning yoshi, jinsi, fiziologik holati boʻyicha turli guruhlar uchun ovqatlanishning maqbul meʼyorlarini koʻrsatishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Autsorserning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Autsorser quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalaniladigan kommunal xizmatlar qiymati belgilangan limit va maktabga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida qoplanishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari va mebelidan foydalanganlik uchun toʻlovni nol stavka boʻyicha olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasi doirasida bino va inshoatlarni ichki va tashqi qismida texnik jihatdan jihozlash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni shartnomada belgilangan miqdor va muddatda talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha shartnomada koʻrsatilgan xizmatlar uchun ushbu Nizom qoidalariga muvofiq 30 foizgacha ustama haqini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar tannarxini oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan xizmatlar natijasida foyda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorser boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Autsorser quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab oshxonalarida oʻz faoliyatini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni sogʻlom ovqatlantirish xizmatini maktab oshxonasining oʻzida toʻliq va sifatli tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomnomalar, tayyor taomlarning vazni, tarkibidagi mahsulotlar miqdorlari, texnologik kartalarning mavjudligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitta oʻquvchi uchun oylik sarflanadigan mablagʻ miqdorini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taom tayyorlash uchun sarflangan xarajatlarni (oshxona va oshxona jihozlarini taʼmirlash, xodimlar ish haqi, inventarlar, oshpazlar uniformasi, oshxonada ishlatiladigan zararsizlantirish va yuvish vositalari, soliqlar, olinadigan sof foyda) qoplash uchun ustama miqdorlarini koʻrsatish (foizda);
(21-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va maktablar tomonidan autsorserga texnik vazifalardan, taʼlim muassasaning hududiy joylashuvi va ixtisoslashuvidan kelib chiqib, boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Autsorser faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiya qarori asosida maktab bilan autsorser oʻrtasidagi shartnoma bir yildan uch yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Autsorsing xizmatlariga haq toʻlash miqdori autsorser barcha xarajatlarini (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni taʼmirlash va ulardan foydalanish va boshqalarni) oʻz ichiga oladigan 30 foizgacha ustama haq hisobga olingan holda, amaldagi tasdiqlangan oʻrtacha bozor narxlari boʻyicha bir ovqatlanuvchiga tegishli kontingent uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻquv yili davomida yangi sinflar ochilganda (yoki yopilganda), oʻquvchilar soni oʻzgarganda hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan oʻrtacha bozor narxlari keskin oʻzgarganda, autsorser va maktab tomonidan shartnoma boʻyicha umumiy boshlangʻich summaning 10 foizidan oshmagan miqdorda qoʻshimcha shartnoma tuzilishi mumkin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Maktabda oʻquvchilarni ovqatlantirish, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari yoki maktabning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilganda budjet xarajatlari unga mutanosib tarzda qisqartiriladi hamda oʻquvchilar uchun belgilangan bir kunlik ovqatlanish ratsioni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilangan normalardan oshmagan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilmagan xarajatlar hisobi alohida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Autsorserga maktabning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari va mebelidan foydalanganlik uchun toʻlov nol stavka boʻyicha belgilanadi hamda ovqatlantirishni tashkil etish uchun isteʼmol qilinadigan kommunal xizmatlar qiymati maktabga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlar sifati, vazni, tarkibining taomnomaga muvofiqligi maktab rahbari, hamshira, tarbiyachi hamda boshqa xodimlardan iborat (zarur hollarda, ota-onalar vakillari qoʻshilishi mumkin) maktab ishchi guruhi tomonidan nazorat qilinadi va nazorat yakunlari maktabning tayyor taomlar sifatini nazorat qilish boʻyicha yuritiladigan va ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq daftarda har kuni qayd qilib boriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daftarning birinchi sahifasida komissiyani tasdiqlash haqidagi buyruqdan koʻchirma boʻlishi, daftar raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va maktab rahbari tomonidan sana koʻrsatilgan holda imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Autsorser tomonidan sanitariya qoidalari va meʼyorlari bajarilishi holatining monitoringini olib borish hamda kunlik taom tarqatilishidan 15 — 20 daqiqa oldin sinamalar olish maktab hamshirasi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻquvchilarni ovqatlantirish guruhlarda tashkil etilganda, tayyor taomlar taomnomada belgilangan miqdorlarda va sanitariya-gigiyena talablariga mos ravishda boʻlishini taʼminlashga maktab rahbari masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Autsorser tomonidan sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi, oshxona xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishini nazorat qilish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Keyingi kunga taomnoma rejasini tuzish uchun maktab autsorserga bir kun oldin soat 16.00 gacha bir kun oldingi oʻquvchilar soniga nisbatan buyurtma taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, yotoqxonada shanba, yakshanba va bayram kunlarida qolgan oʻquvchilarning soni ham bir kun oldin taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Taomnoma bir kun oldingi oʻquvchilar soniga mutanosib ravishda har bir oʻquvchi uchun bir kunlik oʻrtacha sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori va ularning qiymati chiqarilgan holda autsorser tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq uch nusxada bir kun oldin soat 18.00 gacha tuziladi hamda maktab rahbari bilan kelishiladi. Taomnomaning birinchi nusxasi autsorserga, ikkinchi nusxasi taʼlim muassasasiga hamda uchinchi nusxasi oshxonaga foydalanish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Maktab har oʻn kunlik taomnomalar blankalarini ip oʻtkazib bogʻlangan holda oldindan raqamlaydi, muhrlaydi va alohida daftarda roʻyxatdan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Taomnomada tayyor taomlar vazni, narxi, sarflangan mahsulotlar turi va ularning miqdorlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Maktab oʻquvchilarining xavfsiz ovqatlanishini taʼminlash maqsadida ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari autsorser tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Oshxona va oshxona jihozlarini taʼmirlash, xodimlar ish haqi, oshxona jihozlari, oshpazlar uniformasi, oshxonada ishlatiladigan zararsizlantiruvchi va yuvish vositalari bilan taʼminlash ishlari autsorser tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Koʻrsatilgan xizmatlar hisob-kitobi shartnoma oylik summasining 15 foizi miqdorida oldindan, 85 foizi haqiqatda koʻrsatilgan xizmatlar summasidan kelib chiqib, taqdim qilingan hisob-fakturalariga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Autsorser har oʻn kunda tasdiqlangan taomnomalar nusxalari va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisob-faktura hujjatlarini maktab buxgalteriyasiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Buyurtmachining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
autsorsing usulida ovqatlantirishni amalga oshirish uchun qoʻyilgan talablar bajarilishini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor taomlar sifatining taomnomaga muvofiqligini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor taomlarning miqdori, mazasi, tarkibidagi mahsulotlarning sifati boʻyicha kamchiliklarga yoʻl quymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, ularda foydalaniladigan texnologik sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalaniladigan kommunal xizmatlar xarajatlarini belgilangan normalar asosida maktabga ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari va mebellarni foydalanish uchun nol stavkada topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan xizmatlar uchun shartnomada belgilangan miqdor va muddatda toʻlovni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning buzilishi buyurtmachi va autsorserning tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda bekor qilishiga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan autsorserni tanlash hamda oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Buyurtmachi (Agentlik)
Autsorsingga berish koʻzda tutilgan xizmatlar turlarini tanlash
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Buyurtmachi tomonidan tuzilgan xarid komissiyasi
1. Belgilangan tartibda tanlov (tender) yoki tender eʼlon qilish.
2. Tanlov (tender) yoki tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va eng yaxshilarini tanlab olish.
3. Tanlov (tender) yoki tender gʻolibini aniqlash va bayonnomani rasmiylashtirish.
Normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatda
3-bosqich
maktablar
1. Tanlov (tender) yoki tender gʻolibi (autsorser) bilan shartnoma tuzish.
2. Autsorserga binolar (xonalar), uskunalar, jihozlar, mebellar va boshqa moddiy vositalarni dalolatnomaga asosan topshirish.
Tanlov (tender) yoki tender natijasi eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 10 ish kuni davomida
4-bosqich
Buyurtmachi (maktablar)
Tegishli oy uchun shartnoma qiymatining 15 foizi miqdoridagi mablagʻni autsorserning hisobvaragʻiga oʻtkazib berish.
Tegishli oyning 3 ish kuni davomida
5-bosqich
Autsorser
1. Buyurtmachi bilan oʻzaro hisob-kitob qilish uchun amalda koʻrsatilgan xizmatlar hisob-fakturasini (bajarilgan ishlar dalolatnomalarini) hamda boshqa asoslovchi hujjatlarni taqdim etish.
Tegishli oyning har 10 ish kunida
6-bosqich
Buyurtmachi (maktablar)
1. Asoslovchi hujjatlarni (hisob-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari) taqqoslash.
2. Tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq tasdiqlangan hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomalariga asosan qolgan 85 foiz summani toʻlash.
Tasdiqlangan kundan boshlab 5 ish kuni davomida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyor taomlar sifatini nazorat qilish boʻyicha maʼlumotlarni qayd etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAFTARI

Tayyor ovqatning nomlanishi
Baholanishi
Sinama olingan vaqt
Tibbiyot xodimining ruxsati
Imzo
taomnomaning bajarilishi
sifati
ovqat tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinganligi
20____ yil _____ __________________
Nonushta
Tushlik
Ikkinchi tushlik
Kechki ovqat
Yengil ovqatlanish
20____ yil _____ __________________
Nonushta
Tushlik
Ikkinchi tushlik
Kechki ovqat
Yengil ovqatlanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
(3-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TASDIQLAYMAN”
__________autsorser
_______________________________________________
(F.I.O.)
_______________________ M.Oʻ.
(imzo)
“KELISHILDI”
__________maktab direktori
______________________________________________
(F.I.O.)
_______________________ M.Oʻ.
(imzo)
TAOMNOMA
(20___ yil __________________
____________________ uchun)
(sana)
(oy)
___________-sinflar Oʻquvchilar soni _________ nafar
Taom nomi
Bir nafar oʻquvchi uchun taom miqdori
Non
Choy
...
...
...
...
...
...
...
...
...
Tomat
Tuz
*Nonushta
Tushlik
Ikkinchi tushlik
*Kechki ovqat
*Yengil ovqatlanish
1 nafar oʻquvchi uchun
Jami mahsulot miqdori
Mahsulot narxi (soʻmda)
Sarflangan mablagʻ miqdori (soʻmda)
Jami sarflangan mablagʻ miqdori (soʻmda) ___________________
Bir nafar oʻquvchi uchun sarflangan mablagʻ miqdori (soʻmda) __________________
* yotoqxona mavjud taʼlim muassasalarida 5mahal taomlanadigan taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Autsorser xodimi (bosh oshpaz)
(imzo)
(F.I.O.)
Maktab tibbiyot xodimi
(imzo)
(F.I.O.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
(4-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 284-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAFTARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Taʼminotchi yuridik shaxsning nomi
Yukxati raqami, mahsulot olib kelingan vaqt va sana
Sifati tez buziluvchi mahsulotlar nomi
Sifati tez buziluvchi mahsulotlar miqdori
Sifati haqida maʼlumot
Ishlatish muddatining oxirgi sanasi va vaqti
Imzo
1.
2.
3.
4.
5.
...
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/218/0340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son; 17.05.2024-y., 09/24/284/0350-son)