Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada nasl koʻrsatkichlarini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va eksportbopligini oshirish maqsadida:
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-aprel,
PQ-5075-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-apreldagi PQ-5075-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandda:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Moliya vazirligi qorakoʻlchilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Moliya vazirligining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari, budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar) hisobidan 2021-yilda 15-fevralga qadar 100 milliard soʻm, 1-mayga qadar 50 milliard soʻm va 1-avgustga qadar 50 milliard soʻm mablagʻlarni “Turonbank” ATBga Markaziy bank asosiy stavkasida ajratsin”;
b) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“xomashyo, materiallar va furnituralar sotib olish”;
v) oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha yettinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi “Turonbank” ATB bilan birgalikda ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishini tashkil qilsin va har chorak yakuni boʻyicha mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hamda Moliya vazirligiga hisobot kiritilishini taʼminlasin.
Ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi”.
2. 3-bandda:
a) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2022-yil 1-yanvarga qadar qorakoʻlchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona bojidan ozod qilinadi”;
b) uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 07/21/5075/0332-son)