10.04.2021 yildagi PQ-5070-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga tayyorgarlik koʻrish va baxshichilik sanʼatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baxshichilik sanʼatini respublika va xalqaro miqyosda keng targʻib qilish, Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini respublikaning boshqa hududlarida ham oʻtkazish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida mavjud boʻlgan oʻziga xos ijro uslublari asosida ijodiy maktablarni “ustoz-shogird” anʼanalari asosida qayta tiklash va rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021-yilda Nukus shahrida II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini (keyingi oʻrinlarda — Festival) tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi PQ-3990-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (A.N. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Festivalni Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada oʻtkazish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini kelgusida bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda joriy yildagi Festival hamda kelgusidagi Xalqaro baxshichilik sanʼati festivallarini oʻtkazish muddatini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 10-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5070-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-apreldagi PQ-5070-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PQ-3990-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-band quyidagi taxrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasining har ikki yilda bir marta Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini (keyingi oʻrinlarda — Festival) tashkil etish hamda ushbu festivalni birinchi marta 2019-yilning 5 — 10-aprel kunlari Termiz shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Madaniyat vazirligi hamda Festival oʻtkaziladigan hudud hokimligi Festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼul etib belgilansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Termiz shahridagi “Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi maydoni hududida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 9-banddagi “, Surxondaryo viloyati hokimligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Belgilab qoʻyilsinki, Festivalni tayyorlash va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Festivalni oʻtkazish belgilangan hududning mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda hamda homiylik xayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4730-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilova “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi” davlat muassasasi” blokidan keyin “Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi” bloki bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilovaning “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi, Xalqaro festivallar direksiyasi, “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi, Islom Karimov nomidagi Fargʻona viloyati teatr va konsert saroyi, “Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi, Respublika baxshichilik sanʼati markazi, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi, davlat teatrlari, teatr studiyalari, Oʻzbek davlat sirki, koʻzi ojizlar kutubxonalari, davlat muzeylari, muzey-qoʻriqxonalar, uy muzeylari” blokida “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi,” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2021-y., 07/21/5070/0315-son)