Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.11.1995 yildagi 433-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING NOGIRONLARNI REABILITATSIYA QILISh BO‘YIChA 1996—2000-YILLARGA MO‘LJALLANGAN DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1994-yilda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi va ularni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1995-yil 14-fevraldagi 54-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni reabilitatsiya qilishning 1996—2000-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi ma’qullansin (ilova* qilinmoqda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni reabilitatsiya qilishning 1996—2000-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturining bajarilishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan mablag‘larning korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida to‘lanishi, ushbu mablag‘lardan nogironlar orasidan kadrlar tayyorlashda va ular uchun ishchi o‘rinlari tashkil etishda foydalanish ustidan nazoratni ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-yanvar va 1-iyulda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning qanday bajarilayotgani to‘g‘risida axborotlar taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi xalq xo‘jaligini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning har yilgi prognozlarida reabilitatsiya majmuilari qurilishiga kapital mablag‘lar limitlari ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan obyektlar qurilishini belgilangan tartibda mablag‘ bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda korxona va tashkilotlardan nogironlar uchun mo‘ljallangan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha imtiyozli soliq olish to‘g‘risida takliflar tayyorlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 11-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
433-son