Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son va “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son farmonlari hamda “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash tizimini oʻqitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, yuridik taʼlim olishga yanada keng imkoniyat yaratish hamda intellektual mulk huquqi sohasidagi xodimlarni kasbiy malakasini, ilmiy va amaliy salohiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
2030-yil 1-yanvardan boshlab xalq taʼlimi, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida yuridik fanlardan faqat oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida pedagogik qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan oliy maʼlumotli shaxslar dars berish huquqi ega boʻladi. Bunda 2030-yil 1-yanvarga qadar xalq taʼlimi, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida oliy noyuridik maʼlumotga ega shaxslar tomonidan yuridik fanlardan dars berishda yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar ustuvorlikka ega boʻladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar yuridik xizmatlarda, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, shuningdek, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik maʼlumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash, yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlarida yuridik maslahat xizmati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlar, davlat organlari va tashkilotlar vakillari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarini intellektual mulkni yaratish va himoya qilish asoslari, tijoratlashtirish, brending va marketingga oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
mediatorlarni tayyorlash hamda intellektual mulk huquqi sohasiga oid kasbiy bilim va koʻnikmalarni oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari bevosita yoki masofaviy (ishdan ajralmagan holda) shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
5. Quyidagilar kurslarni tashkil etishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
xalq taʼlimi, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik maʼlumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishda — tinglovchilar tomonidan qayta tayyorlash kurslaridan oʻtish uchun shartnoma asosida toʻlanadigan mablagʻlari;
intellektual mulk sohasiga oid kurslari, shuningdek, mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini tashkil etishda — vazirlik va idoralar, boshqa tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, tinglovchilar tomonidan oʻquv kurslarida oʻqish uchun shartnoma asosida toʻlanadigan mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-aprel,
189-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi ikkinchi xatboshisidan “oʻtkaziladigan tanlov asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 31-32-son, 303-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 15-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni oʻqitishning modul (kredit-modul) tizimiga hamda “litsey — universitet” taʼlimining uzluksizligini taʼminlashga asoslangan taʼlim muassasalarida shaxsiy ish rejasidagi tadbirlar roʻyxati va ularning minimal soatlari ushbu taʼlim muassasalarining oʻquv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtiradigan oliy taʼlim muassasasining Kengashi tomonidan belgilanadi”;
toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 20-band qoʻshilsin:
“20. Mazkur Nizomning 16 — 19-bandlari talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni oʻqitishning modul (kredit-modul) tizimiga hamda “litsey — universitet” taʼlimining uzluksizligini taʼminlashga asoslangan taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-iyundagi 347-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 91-modda) quyidagi mazmundagi 11 va 12-bandlar qoʻshilsin:
“11. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga muvofiq akademik litseylarga iqtidorli yoshlarni test sinovlari asosida saralab olish uchun test sinovlari ikki boʻlimlardan tashkil topganligi hamda I boʻlim — tanlangan yoʻnalishga mos 2 ta fan boʻyicha test sinovlaridan iborat boʻlishi belgilanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi oʻrinlarda — TDYU) huzuridagi akademik litseyning (keyingi oʻrinlarda — akademik litsey) barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga egaligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
12. Belgilansinki:
Akademik litseyda I boʻlim — tanlangan yoʻnalishi boʻyicha test sinovlari topshiriladigan mos fanlar TDYU tomonidan belgilanadi;
akademik litseyda kamida uch yil ishlagan, bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega pedagog va rahbar xodimlarga TDYU magistratura mutaxassisligiga test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqi beriladi. Bunda ushbu xodimlarga oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyati yuklanadi;
akademik litseyga xodimlar adliya organlari va muassasalari uchun belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi;
akademik litsey oʻquvchilarining bilimlarini baholash, yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish, shuningdek, akademik litseyning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son)
13. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-avgustdagi 513-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 8-son, 198-modda):
2-bandning “a” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi va 5-bandning birinchi xatboshisidagi “texnikumlarda” soʻzi “texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “markaziy organlarida (markaziy apparatida)” soʻzlari “markaziy organlari hamda boshqa markaziy davlat organlarining markaziy apparatida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “yuridik texnikumlarda” soʻzlari “yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlarda (TDYU huzuridagi akademik litseyda) kamida uch yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar uchun oʻrnatilgan tartibda imzolangan va yuridik texnikum (akademik litsey) blankida rasmiylashtirilgan, raqami va berilgan vaqti aks ettirilgan hamda elektron mehnat daftarchasida koʻrsatilgan maʼlumotlar ilova qilingan yuridik texnikum (akademik litsey) direktorining tavsiyasi (ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan asosga koʻra hujjat topshirilganda)”;
9-bandning uchinchi xatboshisiga “yuridik texnikumlar” soʻzlaridan keyin “, TDYU huzuridagi akademik litsey” soʻzlari qoʻshilsin;
izohdagi “yuridik texnikumlarda” soʻzlari “yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 22-fevraldagi 87-son qaroriga ilovaning 1298-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 23.10.2023-y., 09/23/550/0793-son; 22.11.2023-y., 09/23/612/0874-son; 23.12.2024-y., 09/24/867/1045-son; 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son; 01.07.2026-y., 09/26/350/0667-son)