06.04.2021 yildagi PF-6201-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zomin” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Togʻli hududlarning mavjud turistik salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, xalqaro umummavsumiy kurortlar, mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish, mavjud resurslardan samarali foydalanish hamda qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Turizm va sport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Jizzax viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zomin” turistik-rekreatsion zonasini (keyingi oʻrinlarda — Turistik zona);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — Direksiya);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik zona hududida zamonaviy mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar qurish, shuningdek, zamonaviy muhandislik infratuzilma obyektlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik zona hududida “Suffa platosi. 2 400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “Oʻriklisoy” turizm majmuasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Turistik zona faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi maʼmuriy kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Turizm va sport vazirligi Qurilish vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 31-dekabrga qadar xorijiy loyiha institutlarini, shuningdek, maslahatchilarni jalb qilgan holda Turistik zonaning bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihalarini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi elektr tarmoqlarini yer ostidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik zona hamda uni boshqa hududlar bilan bogʻlovchi yoʻllarda maxsus piyodalar va velosiped yoʻlaklari mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi elektromobillar va boshqa turdagi transport vositalari (quvvat oluvchi gibrid transport vositalari) uchun elektr quvvatlanish stansiyalari nuqtalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda oʻrnatilgan tartibda aeronavigatsiya vositalari va kichik sigʻimdagi havo kemalari (vertolyotlar) uchun uchish-qoʻnish maydonchalarini joylashtirishni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportning ekstremal turlari, shu jumladan ziplayn, fotosuratlar olish uchun manzarali va noyob joylarda selfi zonalar kabi obyektlarni joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda oʻrnatiladigan yoʻl koʻrsatkichlari va namunaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini joylashtirish hamda chiqindilarni tashlash nuqtalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik koʻchalarni, shu jumladan suvenir va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi obyektlarini joylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik zonaning bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish va konsalting kompaniyalari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda boshqaruvchi kompaniyalar xizmatlari uchun haq toʻlash hamda Direksiya faoliyatini moliyalashtirish Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turistik zonadagi turistik infratuzilmani yaratish imkoniyati boʻlgan yer uchastkalari keyinchalik samarali foydalanish va (yoki) investorlarga ijaraga berish uchun Direksiyaga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini realizatsiya qilish Direksiyaning qaroriga asosan elektron onlayn-auksion orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istisno tariqasida, Turistik zona hududidagi yer uchastkalarini ijaraga berishdan va davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi mazkur bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan tadbirlarni dastlabki moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6165-son Farmonining 9-bandida belgilangan mablagʻlar hisobidan 10 milliard soʻmni Jamgʻarmaga yoʻnaltirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Turizm va sport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda dor yoʻllarini loyihalashtirish va togʻ-changʻi koʻtargichlar qurish uchun nufuzli tashkilotlarni, shu jumladan salohiyatli xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-mayga qadar Turistik zona hududida tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun mehmondoʻstlik va xizmat koʻrsatish etikasi boʻyicha, shu jumladan masofaviy oʻquv seminarlarini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Turistik zonaga xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish, hududda koʻrsatiladigan xizmatlarni diversifikatsiya va monetizatsiya qilishga doir targʻibot dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turizm va sport vazirligi va Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda Turistik zona hududidagi istiqbolli va ustuvor loyihalar roʻyxatlarini shakllantirish hamda dastlabki turizm, yoʻl-transport va kommunikatsiyani rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2024-yil 1-yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Turizm va sport vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Jizzax viloyati hokimligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Zomin milliy tabiat bogʻi, Zomin davlat oʻrmon xoʻjaligi hamda Baxmal tumanida joylashgan Baxmal davlat oʻrmon xoʻjaligi hududlarida turizm infratuzilmasini barpo etish yuzasidan istiqbolli loyiha takliflarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-sentabrga qadar ushbu hududlarda tashrif buyuruvchilar uchun, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda yengil konstruksiyali turizm axborot markazlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Turistik zona hududida “Xavfsiz turizm” tizimini joriy etish dasturini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Turizm va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu Farmondan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlik va idoralar ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 6-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6201-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6201-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zomin” turistik-rekreatsion zonasi maʼmuriy kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Maʼmuriy kengash raisi

2.

A.A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Maʼmuriy kengash raisi oʻrinbosari

3.

S.Oʻ. Umurzoqov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Maʼmuriy kengash raisi oʻrinbosari

4.

E.A. Saliyev

Jizzax viloyati hokimi

5.

B.I. Zakirov

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri

6.

A.I. Maqsudov

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi

7.

N.J. Bakirov

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi

8.

F.K. Umarov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

9.

A.M. Abdugʻaniyev

Zomin tumani hokimi

10.

B.M. Axmedov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shuʼba mudiri, Maʼmuriy kengash masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy kengash raisiga Maʼmuriy kengash tarkibiga yangi aʼzolarni kiritish, shuningdek, boshqa vazirliklar va idoralar ekspertlari hamda mutaxassislarini jalb qilish huquqi beriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 06/21/6201/0302-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)