05.04.2021 yildagi 186-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Musiqa san’atini har tomonlama rivojlantirish, boy musiqiy merosimizni chuqur o‘rganish, yosh avlodni milliy va jahon musiqa san’atining mumtoz namunalariga muhabbat ruhida tarbiyalash, hududda soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini (keyingi o‘rinlarda — Filial) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Filial O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash jarayoniga sohaning yetuk va malakali mutaxassislarini jalb qilish orqali ilm-fan va ta’limning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy musiqa san’ati sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega bo‘lgan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda ularning xorijda ta’lim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar bilan shug‘ullanishini samarali tashkil etish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini muntazam asosda yo‘lga qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, iqtidorli talaba yoshlarni ushbu yo‘nalishga keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha mutaxassislarini xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka o‘tashlarini tizimli tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilish ko‘rsatkichlari har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul jarayoni va ijodiy imtihonlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Filialni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ilmiy-o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-ijodiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni ishlab chiqishdan, konsert-tomosha va boshqa faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil 1-iyunga qadar Filialning ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanishi va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil 1-avgustga qadar Filialning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning ilmiy-pedagog kadrlari tarkibini asosan mamlakatimizdagi ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan, shu jumladan, xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarda malakasini oshirib kelgan, yuqori saviyali professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar, shuningdek, sohaning salohiyatli yetuk mutaxassislari — amaliyotchilar orasidan shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning ta’lim yo‘nalishlarini davlat ta’lim standartlari hamda tegishli malaka talablariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejalari, fan dasturlari va o‘quv-metodik adabiyotlar, shuningdek, o‘quv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash va o‘quv-metodik jarayonlarni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Filial uchun bino va inshootlarni qurish maqsadida bir oy muddatda belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial uchun bino va inshootlar qurishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida Filial uchun 300 o‘rinli o‘quv binosi, 2 ta konsert zali (1 ta 200 o‘rinli, 1 ta 100 o‘rinli), 200 o‘rinli talabalar turar joyi hamda sport maydoni qurishni 2022-yil hamda keyingi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlar foydalanishga topshirilgunga qadar Filial faoliyatini Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi bazasida tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida, 2022-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialga 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlashga limit ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 5-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 186-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali faoliyatini tashkil etish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish

1.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining (keyingi o‘rinlarda — Filial) ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

1. Filial ustavining loyihasini ishlab chiqish.

2. Ustavni belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil iyun

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

2.

Filialning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.

1. Filialning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasi loyihalarini ishlab chiqish.

2. Shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash.

2021-yil avgust

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

II. Filialda ta’lim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

3.

Filialni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida professor-o‘qituvchilar va xodimlar tarkibini shakllantirish hamda ishga qabul qilish jarayonini tanlov asosida tashkil etish.

1. Yuqori malakali professor-o‘qituvchi va xodimlarni ishga jalb qilish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2. Musiqa san’atining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, professor-o‘qituvchilar va xodimlar tarkibini tanlov asosida shakllantirish.

2021-yil avgust

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

4.

Kadrlarni tanlash va tayinlashning samarali mexanizmini joriy etish.

1. Direktor va uning o‘rinbosarlari, fakultetlar, kafedralar rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari tarkibini shakllantirish hamda ularning ish samaradorligini baholashning reyting tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

2. Filial boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish, ularni maqsadli o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

5.

Filialda mahorat darslari va maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalarining yuqori malakali olimlari va san’at arboblarini taklif etish.

1. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda yetakchi turdosh xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va tajribali mutaxassislarning mahorat darslarini tajriba almashish maqsadida tashkil etish.

2. Konferensiya va ilmiy seminarlarga hamda ilmiy ishlar muhokamalariga malakali olimlar va san’at arboblarini taklif etish.

doimiy

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

6.

Filial, ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internat, bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatidagi o‘zaro integratsiyani ta’minlash.

1. Filial, ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internat, bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatida uzviylik, uzluksizlik, kadrlar tayyorlashdagi fanlararo aloqadorlikni ta’minlash.

2. Hamkorlikda konsert dasturlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, mahorat darslarini tashkil qilish.

2021/2022 o‘quvyilidanboshlab

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

7.

Filialni tegishli darslik, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash.

1. O‘zbekiston davlat konservatoriyasidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha cholg‘ular hamda o‘quv-metodik adabiyotlarni xatlovdan o‘t�azish.

2. Xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan talabdan kelib chiqib, o‘quv-metodik adabiyotlarni xarid qilish va chop etish uchun zarur mablag‘lar ajratish.

3. Yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab muntazam

Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

III. Filialda ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash va o‘qitishning ilg‘or usullarini joriy etish

8.

Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. Etakchi xorijiy ta’lim muassasalarining zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlardan foydalanish tajribasini o‘rganish.

2021/2022o‘quvyilidavomida

Madaniyatvasan’atnirivojlantirishjamg‘armasimablag‘lari,homiylikxayriyalari

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

2. Pedagoglar tomonidan o‘quv jarayoni uchun samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar taqdimoti va muhokamalarini o‘tkazish.

2022-yil mart-aprel

3. Muvaffaqiyatli ta’lim innovatsiyalarini rag‘batlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llaydigan pedagoglarni kelgusida professor-o‘qituvchilar tarkibida olib qolish choralarini ko‘rish.

2022/2023 o‘quv yilida

9.

Iqtidorli yosh musiqashunos va san’atshunos olimlarni xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-ijodiy tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborish hamda ularning xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda ishtirokini ta’minlash.

1. Iqtidorli yosh musiqashunos va san’atshunos olimlar orasidan nomzodlarni saralab olish mexanizmini ishlab chiqish.

2. Musiqashunos va san’atshunos olimlarni xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-ijodiy tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborish.

3. Ularning xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2021/2022 o‘quv yili davomida

Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

10.

Filialni tegishli darslik, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash.

1. Filialda tegishli darslik, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy-metodik adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

2. Aniqlangan talabdan kelib chiqib, o‘quv-metodik adabiyotlarni xarid qilish va chop etish uchun zarur mablag‘lar ajratish.

3. Yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr etish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab muntazam

Filialga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

IV. Filialning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash va samarali faoliyat �o‘rsatishini ta’minlash

11.

Filialni musiqa cholg‘ulari, mebel jihozlari, zarur uskunalar va ovoz yozish studiyasi anjomlari bilan ta’minlash.

1. Filialga zarur bo‘lgan musiqa cholg‘ulari, mebel jihozlari, uskunalar hamda ovoz yozish studiyasi va boshqa anjomlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda mazkur anjomlarni xarid qilish.

2021-yil iyul

Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

12.

Filialni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash.

1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

2. Ehtiyojdan kelib chiqib, Filialni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash.

2021-yil sentyabr

Filialga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

13.

Filialda jahon standartlariga mos keladigan zamonaviy axborot-resurs markazini tashkil etish.

1. Axborot-resurs markazini o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash.

2. Axborot-resur� markazida kompleks elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish.

3. Veb va bulutli texnologiyalar asosida kutubxonaning raqamli resurslari elektron katalogini yaratish.

2022-yil dekabr

Filialga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 186-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarorining 4-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda uning Nukus filialida asosan yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borish xususiyatlarini inobatga olib, bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini bosqichma-bosqich 2021-yildan 1:3,1, 2022-yildan 1:2,5, 2023-yildan 1:2,2 etib belgilash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oltinchi-yettinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/186/0289-son, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)