05.04.2021 yildagi 182-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, pista va kavrak yetishtirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining Dehqonobod tumanini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi takliflari ma’qullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda pista va kavrak plantatsiyalarini (keyingi o‘rinlarda — plantatsiya) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Tadbirkorlikni rivojlantirish ofisi”ni (keyingi o‘rinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Loyiha ofisining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumandagi ustuvor loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan, tashkiliy va huquqiy masalalarni hal qilishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biznes-rejalarni ishlab chiqish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, moliyaviy mablag‘larni jalb qilish, mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertlar va ilmiy-tadqiqot muassasalarining xodimlarini plantatsiyalarni tashkil etishga jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘magi va grant mablag‘larini jalb qilish hamda ulardan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisining faoliyatidan va loyiha tashabbuskorlariga xizmat ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalari uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Loyiha ofisining faoliyati tashkil etilishini ta’minlaydi, shuningdek, kelgusida salohiyatli investorni aniqlaydi, unga Loyiha ofisining ustav fondidagi ulushini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sotish sharti bilan davlat-xususiy sheriklik bitimini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisining rahbari va boshqaruv xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisi xodimlari mehnatiga haq to‘lash ular bilan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisining ustav fondini shakllantirish uchun o‘z tizimidagi tashkilotlarning 2020-yilgi sof foydasi hisobidan 4,0 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisini Dehqonobod tumani davlat soliq inspeksiyasining Qorashina shaharchasi, Bobur ko‘chasi 3-uy manzilida joylashgan binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan 24 ta lotlar (loyihalar) asosida plantatsiyalarni tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan pista ko‘chatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish maqsadida har bir gektar yer uchun 3,0 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
plantatsiyalarni tashkil etish xarajatlarining kamida 50 foizini tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, shuningdek, kredit va subsidiyalar hisobidan birgalikda moliyalashtirish tamoyili asosida amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda loyiha tashabbuskorlarining o‘z mablag‘lari panjara yoki yevro setka o‘rnatish, kavrak urug‘ini sotib olish va loyihani tashkil etish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarga, kreditlar — suv tarmoqlarini qurish va o‘tkazish hamda artezian quduqlarni burg‘ilashga, subsidiyalar — pista ko‘chatlarini sotib olishga yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlar uni o‘tkazish sanasidan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda, boshqa ochiq manbalarda, shuningdek, Dehqonobod tumanidagi tashqi reklama obyektlarida Loyiha ofisi mablag‘lari hisobidan joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyalar Loyiha ofisi va Dehqonobod tumani hokimligining tashabbuskorlar mablag‘i hisobidan panjarani yoki yevro setkani o‘rnatish yakunlanganligi to‘g‘risidagi qo‘shma xulosasi asosida ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hokimligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha ofisi bilan kelishgan holda plantatsiyalarni tashkil etish bo‘yicha tarmoq jadvalini tasdiqlasin va unda tashabbuskorlar tomonidan pista ko‘chatlari ekilgunga qadar panjara yoki yevro setka o‘rnatilishi, shuningdek, 2022-yil aprelgacha pista ko‘chatlarini ekish va kavrak urug‘ini sepishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJga (keyingi o‘rinlarda — “O‘zmilliybank” AJ) loyiha tashabbuskorlariga 10 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda plantatsiyalar tashkil etish loyihalari tashabbuskorlariga “O‘zmilliybank” AJ tomonidan milliy valyutada 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda ajratiladigan kreditlarning Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq bo‘lgan, biroq 5 foizli punktdan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yicha kompensatsiya kreditning birinchi 5 yiliga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar sohadagi ilmiy-tadqiqot institutlari va ko‘chatchilik xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan yuqori sifatli pista ko‘chatlarini loyiha tashabbuskorlariga belgilangan tartibda yetkazib berish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Dehqonobod tumanida plantatsiyalar tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyunga qadar aniq hisob-kitoblar asosida kavrak urug‘ini yig‘ib olish uchun kvota ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-sentabrga qadar loyiha tashabbuskorlariga yetkazib berish uchun mazkur kvota asosida kavrak urug‘larining yetarli zaxirasini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-2022-yillarda tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda, o‘rmon fondi yerlarida 1 000 gektardan kam bo‘lmagan yer maydonlarini belgilangan tartibda uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi barcha ijtimoiy soha obyektlari va davlat organlarining hududiy bo‘linmalarini yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘i bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 5-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 182-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pista va kavrak plantatsiyalarini tashkil etish uchun ajratilgan lotlar*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lot
raqami

Maydoni

(ga)

Yer toifasi

Manzili (MFY)

Lot qiymati

(mln so‘m)

Jumladan:

loyiha tashabbuskorining o‘z mablag‘lari

(mln so‘m)

imtiyozli kredit resurslari

(mln so‘m)

subsidiya

(mln so‘m)

1.

41,8

lalmi

M. Ibragimov

996,2

675,7

195,1

125,4

2.

36,0

lalmi

M. Ibragimov

963,5

663,7

191,6

108,1

3.

47,6

lalmi

M. Ibragimov

1 109,3

767,7

198,6

143,0

4.

84,2

lalmi

M. Ibragimov

1 550,6

1 077,4

220,5

252,6

5.

73,0

lalmi

M. Ibragimov

1 338,8

905,7

213,9

219,3

6.

61,2

lalmi

Dehqonobod

1 192,8

802,5

206,7

183,6

7.

66,2

lalmi

Dehqonobod

1 247,2

838,8

209,7

198,6

8.

86,5

lalmi

U. Yusupov

1 503,4

1 021,5

222,0

259,9

9.

79,6

lalmi

U. Yusupov

1 450,9

994,3

217,8

238,8

10.

64,8

lalmi

U. Yusupov

1 287,6

884,3

208,9

194,4

11.

39,2

lalmi

Dehqonobod

971,2

659,8

193,6

117,8

12.

29,4

lalmi

Beliboyli

886,6

610,5

187,7

88,4

13.

18,3

lalmi

Beliboyli

767,6

531,6

181,0

55,0

14.

66,9

lalmi

Dehqonobod

1 268,9

857,8

210,2

200,9

15.

37,2

lalmi

Boshchorvog‘

948,4

644,5

192,3

111,6

16.

19,0

lalmi

Boshchorvog‘

759,8

521,1

181,5

57,3

17.

229,5

lalmi

X. Begimkulov

3 232,9

2 236,5

307,7

688,7

18.

195,1

lalmi

X. Begimkulov

3 121,5

2 249,1

287,1

585,4

19.

64,4

lalmi

Dehqonobod

1 222,4

820,4

208,7

193,3

20.

49,9

lalmi

Dehqonobod

1 057,7

707,7

200,0

149,9

21.

70,8

lalmi

Qo‘ng‘irot

1 378,5

953,3

212,5

212,6

22.

28,8

lalmi

Dehqonobod

872,6

598,6

187,3

86,6

23.

50,7

lalmi

Oqrabot

1 121,1

768,5

200,4

152,1

24.

49,0

lalmi

Beliboyli

1 150,8

804,6

199,4

146,9

Jami**

1 589,1

31 401,0

21 596,2

5 034,1

4 770,7

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Loyihalar soni, qiymati, manzili va ko‘rsatkichlar o‘zgarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**Loyiha ofisiga jami lotlarga ajratilgan yerlardan pista va kavrak ko‘chatlarini, shuningdek plantatsiyalarini yetishtirish uchun 100 gektargacha bo‘lgan tajriba maydoni (dalasi) tuman hokimi qarori asosida ajratiladi va unga mazkur qarorda pista va kavrak plantatsiyalarini yaratish uchun nazarda tutilgan talablar (tanlovda ishtirok etish bundan mustasno) tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2021-y., 09/21/182/0282-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 08.11.2025-y., 09/25/706/1024-son)