03.04.2021 yildagi 180-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida “Agroservis operator” davlat unitar korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, intensiv texnologiyalarga asoslangan bogʻ va tokzorlarni, shuningdek, qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash va saqlash infratuzilmasini aholi va tadbirkorlik subyektlariga “tayyor holda topshirishning” zamonaviy mexanizmlarini joriy etish orqali aholi bandligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida “Agroservis operator” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — “Agroservis operator” DUK) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Agroservis operator” DUKning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaliklarini, qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash va saqlash infratuzilmasini barqaror rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaligida ilmiy yutuqlar, ilgʻor ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatbardosh qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, tayyorlash va saqlash, shuningdek, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish maqsadida investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intensiv va resurstejamkor texnologiyalarga asoslangan bogʻ va tokzorlar plantatsiyalarini, qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash va saqlash infratuzilmasini barpo etishga ilgʻor tajribaga ega salohiyatli va moliyaviy barqaror pudratchi tashkilotlarni belgilangan tartibda jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki tomonidan belgilangan tartib asosida bogʻ va tokzorlar plantatsiyalarini bosqichma-bosqich barpo etish hamda ularni tayyor holda aholi va tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatga, boʻlib toʻlash sharti bilan realizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaliklari faoliyatini hamda qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash va saqlash infratuzilmasini tashkil etishda aholi va tadbirkorlik subyektlariga shartnoma asosida agrotexnik hamda boshqa xizmatlar koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Agroservis operator” DUKning muassisi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agroservis operator” DUKning faoliyati Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” davlat unitar korxonasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agroservis operator” DUKning ustavini tasdiqlasin hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agroservis operator” DUKning moddiy-texnik bazasini yaratish, shu jumladan, uni joylashtirish hamda yuqori malakali kadrlar bilan jamlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar “Agroservis operator” DUK faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan va shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bogʻ va tokzorlarni aholi va tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Agroservis operator” DUK tomonidan barpo etilgan bogʻ va tokzorlarni aholi va tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar yangi bogʻlar va tokzorlar maydonini kengaytirish va agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaliklari salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar uchun yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Agroservis operator” DUK tomonidan yangi bogʻ va tokzorlar barpo etishga qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, zaxirada turgan hosildorligi past boʻlgan paxta va gʻalladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz hamda iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan bogʻ va tokzorlar joylashgan yer maydonlari ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona viloyatida intensiv texnologiyalarga asoslangan bogʻ va tokzorlar barpo etish loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 25-noyabrdagi 950-son qarorining 1-bandiga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 3-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 180-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” davlat unitar korxonasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 14 nafar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish xodimlari soni belgilangan tartibda bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 180-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona viloyatida intensiv texnologiyalarga asoslangan bogʻ va tokzorlar barpo etish loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 25-noyabrdagi 950-son qarorining 1-bandiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ikkinchi xatboshiga “Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston, Oltiariq, Quva” soʻzlaridan keyin “Qoʻshtepa” soʻzi qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga — 13 foiz, Fargʻona viloyati hokimligiga — 2 foiz, mahalliy va xorijiy investorlarga — 85 foiz miqdorida taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 09/21/180/0281-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)