26.03.2021 yildagi PQ-5039-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi va taʼsirchanligini oshirish, koʻp millatli xalqimiz oʻrtasida hamjihatlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, milliy qadriyat, anʼana va urf-odatlarni keng targʻib qilish, badiiy ijod va kitobxonlik madaniyatini faol qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Ijod” jamoat fondi vasiylik kengashining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijod” jamoat fondi tasarrufidagi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi, “Doʻrmon” ijod uyidan foydalanish direksiyasi” unitar korxonasi va “Oqqum fayz baraka” shuʼba korxonasi hamda ularga tegishli boʻlgan barcha mol-mulk, bino va inshootlarni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijod” jamoat fondi negizida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzurida yuridik shaxs maqomisiz Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish va ilovaga muvofiq uning vasiylik kengashi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi” asosida maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va oliy taʼlim bosqichlari uchun metodik qoʻllanma, uslubiy tavsiyalar, maʼnaviy-axloqiy tarbiya nazariyasi va metodikasini boyitishga qaratilgan ilmiy-amaliy adabiyotlar yaratish, ularni nashr etish va joylarga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy merosimiz, buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduniga qoʻshgan ulkan hissalarini dunyo miqyosida keng targʻib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga “Raqamli targʻibot” tizimini joriy qilish maqsadida IT-parklar, innovatsion markazlar va frilanserlar bilan hamkorlikda mobil ilovalar, kompyuter oʻyinlari, animatsion mahsulotlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni oʻrganish, hududiy maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish, targʻibot-tashviqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ekspertlar guruhlarini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼnaviy-maʼrifiy sohani, adabiyot va kitobxonlikni har tomonlama rivojlantirish, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz va xalqaro miqyosda ilmiy-maʼrifiy tadbirlar, adabiy anjumanlar, festivallar, tanlovlar, xalq sayillari, adabiy-musiqiy kechalar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy kitob va plakatlar nashr etish, zamonaviy targʻibot vositalari va media mahsulotlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari va ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hokimliklar bilan birgalikda olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda sohada faoliyat koʻrsatayotgan targʻibotchilar malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar, kitob, risola va maqolalar, tadbirlar ssenariylarini yaratish boʻyicha ijtimoiy buyurtmalarni shakllantirish hamda bu ishlarga jalb etilgan olim va mutaxassislarni moddiy ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etiladigan adiblarning ijod namunalarini, jumladan yosh mualliflarning birinchi kitoblarini nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolarining ijodiy kechalarini oʻtkazish, adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qoʻshgan uyushma aʼzolariga moddiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati, asriy anʼana va qadriyatlari tarannum etilgan, milliy maʼnaviyatimizning mazmun-mohiyati teran badiiy ifodasini topgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning munosib namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish hamda jahon axborot tarmogʻida keng targʻib etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy adabiyotni rivojlantirish, adabiy jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilgan hamda mamlakat ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan badiiy asarlar mualliflarini moddiy jihatdan ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda uning taniqli aʼzolari ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan veb-saytlarni yaratish va ularni yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va ularning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya vazirligi Jamgʻarmaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda 120 milliard soʻm, jumladan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga mamlakat miqyosida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali tashkil etish uchun 10 milliard soʻm, uning hududiy boʻlimlariga joylarda maʼnaviy-maʼrifiy sohalarni rivojlantirish uchun 90 milliard soʻm, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 20 milliard soʻm mablagʻ ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yildan boshlab Jamgʻarma vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi va prognoz koʻrsatkichlarga muvofiq mablagʻ ajratib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi vasiylik kengashi (A.N. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma daromad va xarajatlari boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarini har yili tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha tizimli nazorat qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1292-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 26-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5039-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5039-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vasiylik kengashi raisi

B.A. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari,

Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

D.M. Kenjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

M.M. Xojimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

Sh.X. Shermatov

xalq taʼlimi vaziri

A.X. Toshkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

J.I. Abroʻyev

moliya vazirining oʻrinbosari

F.F. Abduxalikov

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori

Z.A. Toʻraqulov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari oʻrinbosari, Vasiylik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5039/0242-son)