Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.04.1997 yildagi 208-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIShLOQ AHOLISIGA SAVDO XIZMATI KO‘RSATISh MASALALARIDA O‘ZBEKBIRLAShUV FAOLIYATINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi matlubot kooperatsiyasi tizimidagi korxonalar tomonidan aholiga savdo xizmati ko‘rsatishning ahvolini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida respublika qishloq aholisiga savdo xizmati ko‘rsatishda jiddiy kamchiliklar va nuqsonlar aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari, O‘zbekbirlashuv va Davlat mulki qo‘mitasi, ularning joylardagi bo‘linmalari rahbarlari Hukumatning kooperativ mulkni xususiy mulkka va xo‘jalik yuritishning boshqa shakllariga aylantirish to‘g‘risida ilgari qabul qilingan qarorlari sifatli va samarali bajarilishini ta’minlamadilar. Matlubot kooperatsiyasining savdo va boshqa korxonalarining ko‘pchilik qismi mulkdorlarga ularning moliyaviy imkoniyatlari yetarlicha o‘rganilmasdan sotilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilik shaklini o‘zgartirgan do‘konlarning faoliyati ikki tomonlama shartnomalar asosida yetarli darajada nazorat qilinmaydi, ko‘pchilik hollarda ular tovarlarning oz miqdorda bo‘lishiga ko‘nikib qolishgan, ko‘p hollarda ularning peshtaxtalari bo‘shligicha qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish va respublika qishloq aholisiga savdo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, qishloq savdo korxonalari va tashkilotlarini bozor sharoitlariga moslashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekbirlashuv va uning joylardagi bo‘linmalarining savdo korxonalarini aksiyadorlashtirish va ularning mulkchilik shaklini o‘zgartirish yuzasidan Hukumatning ilgari qabul qilingan qarorlari bajarilishini tashkil etish, qishloq aholisiga xizmat ko‘rsatishda ularni islohotlarga tayyorlashga doir ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv faoliyatiga rahbarlik qilishni va qishloq aholisiga savdo xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash bo‘yicha o‘ziga qarashli aksiyadorlik jamiyatlari ishini muvofiqlashtirishni susaytirganligi, tizimda iqtisodiy islohotlar qoniqarsiz amalga oshirilganligi, kooperativ mulkni mulkchilikning boshqa turlariga aylantirish samaradorligini yetarlicha nazorat qilmaganligi uchun O‘zbekiston matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik jamiyatlari markaziy uyushmasi raisi F.J. Burxonovga hayfsan e’lon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazirning o‘rinbosari M.Z. Usmonovga o‘zi boshchilik qilayotgan xalq iste’mol tovarlari, savdo va pulli xizmat ko‘rsatish kompleksining O‘zbekbirlashuv tizimida islohotlarga ko‘maklashish va qishloqda savdo xizmati ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha faoliyatiga yetarlicha rahbarlik qilmaganligi va nazoratni susaytirganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik jamiyatlari markaziy uyushmasi (Burxonov)ga joylardagi bo‘linmalar rahbariyatini bozor o‘zgartirishlarini o‘tkazishga moyil bo‘lgan mutaxassislar orasidan malakali kadrlar bilan mustahkamlash topshirilsin, joylardagi aksiyadorlik jamiyatlarining ishlab turgan rahbarlari aniqlangan kamchiliklarni bir oy muddatda bartaraf etish uchun shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida ogohlantirilsin, aks holda ularga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq eng qattiq choralar ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat hokimlarining e’tibori qishloq aholisiga savdo xizmati ko‘rsatishni tashkil etishda jiddiy kamchilik va nuqsonlar mavjudligiga, qishloq aholisini kundalik zarur mollar bilan o‘z vaqtida ta’minlashga qaratilsin hamda ular ushbu ishlarning ahvoli uchun shaxsan javobgar ekanliklari haqida ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekbirlashuv tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan qishloq aholisiga savdo xizmati ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va kundalik eng zarur oziq-ovqat va nooziqovqat tovarlari zaxiralari tashkil etish masalalarida O‘zbekbirlashuv faoliyatini yaxshilash dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zsavdogarbank” va “Paxta-bank”ka “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi ishtirokida matlubot kooperatsiyasi korxonalariga mulkni yoki sotib olingan tovarlarni garovga qo‘ygan holda, ular sotilishi davomida kreditlar qaytarilishi sharti bilan, eng zarur oziq-ovqat tovarlari xarid qilish uchun kreditlar berish amaliyotini qo‘llash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekbirlashuvga matlubot kooperatsiyasi korxonalari aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 2 yil muddatga 300 mln. so‘m kredit resurslari ajratsin hamda 1996-yilda berilgan 500 mln. so‘m miqdoridagi kredit resurslari qaytarilishini 1 yil muddatga kechiktirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekbirlashuv “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha agentlik, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda tarmoqqa chet el investitsiyalarini jalb qilish dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin, unda qishloq joylarda yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga alohida e’tibor bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi matlubot kooperatsiyasi aksiyadorlik jamiyatlari uchun sanoat korxonalarini qayta jihozlash, kichik, o‘rta korxonalarni va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, xomashyo va butlovchi materiallar xarid qilish bilan bog‘liq mablag‘larni konvertatsiya qilish masalalarida O‘zbekbirlashuvga zarur yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekbirlashuv tizimi korxonalari tomonidan Hukumatning qishloq do‘konlarida eng zarur asosiy oziq-ovqat va nooziqovqat tovarlarining majburiy ravishda mavjud bo‘lishi, ular tomonidan kassa apparatlari qo‘llanilishiga doir qarorlari o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 6-yanvardagi F-689-son farmoyishi bilan tashkil etilgan ishchi komissiyalar O‘zbekbirlashuv va uning joylardagi bo‘linmalarining shu yil 9 oydagi ish yakunlari bo‘yicha mazkur qarorning bajarilishini tekshirsinlar va Vazirlar Mahkamasiga zarur takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M. 3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 23-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-apreldagi 208-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq aholisiga savdo xizmati ko‘rsatish masalalarida O‘zbekbirlashuv faoliyatini yaxshilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga savdo xizmati ko‘rsatish masalalarida faoliyatni yaxshilash dasturi matlubot kooperatsiyasi tizimida savdo, umumiy ovqatlanish va xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish korxonalari faoliyati tahlilidan kelib chiqib ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tkazilgan tekshirish shuni ko‘rsatdiki, qishloq aholisiga savdo xizmati ko‘rsatishda bir qancha kamchiliklar va nuqsonlar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-dekabrdagi 604-son qarori bilan belgilangan eng zarur asosiy tovarlarning chakana savdo tarmog‘ida mavjud emasligi, shuningdek, ajratilgan fondlarning bir tekisda olinmasligi ayrim hollari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir qancha chekka tumanlarda nazorat-kassa mashinalari ishi ustidan yetarli nazorat o‘rnatilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida tushuntirish ishlari sust olib borilmoqda, bu ayrim rahbarlarning ushbu sharoitlarda ishlashga tayyor emasligiga olib keldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aylanma mablag‘larga ehtiyoj bo‘lgan holda obyektlarni kimoshdi savdolari orqali sotish sust bordi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki tomonlama shartnomalarga rioya qilish masalasida xususiylashtirilgan do‘konlar ishi ustidan nazorat susaytirib yuborilgan. Qimmatli qog‘ozlarni sotishda mo‘ljallangan sur’atga erishilmadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matlubot kooperatsiyasi tizimida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hisobga olib va ularni bartaraf etish maqsadida O‘zbekbirlashuv tomonidan 2000-yilgacha bo‘lgan davrga uzoq muddatli dastur ishlab chiqilgan. Dastur quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. KOOPERATIV MULKNI XUSUSIY MULKKA, MULKChILIKNING BOShQA ShAKLLARIGA AYLANTIRISh IShLARINI TUGALLASh VA MULKDORLAR SINFINI ShAKLLANTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kooperativ mulkni mulkchilikning boshqa shakllariga bosqichma-bosqich aylantirish bo‘yicha Hukumat qarorlarini bajara borib barcha faoliyat tarmoqlarining 14,3 ming obyekti sotildi. Ayrim holatlarga ko‘ra yangi mulkdorni shakllantirishga yetarlicha e’tibor berilmadi. Ayrim hollarda ikki tomonlama tuzilgan shartnomalarga rioya qilinmadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy mulk egalari tomonidan ish ixtisosini o‘zgartirish hollariga yo‘l qo‘yildi, xususiylashtirilgan do‘konlar peshtaxtalariga esa tovarlar eng kam hajmda tushdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqilgan dasturda xususiylashtirilgan korxonalar ishini tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda do‘konlarning faoliyati ixtisosligi saqlanib qolishi sharti bilan qishloq aholisini eng zarur oziq-ovqat tovarlari bilan izchil ta’minlash bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalardan kelib chiquvchi o‘zaro majburiyatlarga rioya qilishga doir mavjud qoidalarni qayta ko‘rib chiqish nazarda tutilgan. Shartnomalar bajarilishiga rioya etilmagan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni qo‘llash. 1997-yilning birinchi oktyabrigacha qurilishi tugallanmagan obyektlarni, shuningdek, savdo korxonalarini, ijtimoiy soha obyektlarini keyinchalik kimoshdi savdosi va birja savdolarida sotgan holda ulardan samarali foydalanish maqsadida mavjud asosiy fondlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni tugallash. Ikki tomonlama shartnomalarni 2000-yilgacha uzaytirish nazarda tutilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. QIShLOQ JOYLARDA XIZMAT KO‘RSATISh MADANIYATINI OShIRISh VA ISTEMOL BOZORINI XALQ ISTEMOL TOVARLARI BILAN TO‘LDIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq aholisiga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish uchun diqqat-e’tibor savdo tizimi rahbarlari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlashga, har bir viloyatda 72 ta “Supermarket” tipidagi do‘konlar tarmog‘ini tashkil etish, eski savdo nuqtalarini rekonstruksiya qilish va tuzatish, yangi zamonaviy do‘konlar qurish, 464 ta “Xo‘jalik mollari”, “Madaniy mollar”, “Mebel”, “Dehqonchilik mahsulotlari” kabi ixtisoslashtirilgan do‘konlarni tiklashga qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekbirlashuv, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qishloq joylardagi xususiy va jamoa savdo korxonalari egalariga tizimning bazalari va yirik savdo tashkilotlari orqali iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish masalalarida amaliy yordam ko‘rsatsinlar va qo‘llab-quvvatlasinlar. Xususiy va jamoa korxonalariga iste’mol tovarlarini ulgurji sotish bo‘yicha yirik univermaglar huzurida ixtisoslashtirilgan do‘konlar va seksiyalarni qo‘shimcha ravishda tashkil etsinlar, ularga transport, qurilish xizmatlari ko‘rsatsinlar va iqtisodiy o‘qishni tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘limda oziq-ovqat va nooziqovqat xalq iste’mol tovarlari tushishi manbalari nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997—2000-yillarda respublika sanoat korxonalaridan 122 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat tovarlari tushishiga, ular bilan qishloq joylardagi savdo tashkilotlarining to‘ldirilishiga alohida e’tibor beriladi. 1997—2000-yillarda tovarlarning 21,1 mlrd. so‘mlik bir qismini matlubot kooperatsiyasining o‘z korxonalarida ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. XALQ ISTEMOL TOVARLARI IShLAB ChIQARISh O‘Z BAZASINI RIVOJLANTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishning o‘z bazasini rivojlantirish ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, chet el investitsiyalarini jalb etish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni va uning hajmlarini ko‘paytirishni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat tovarlarining yangi turlarini ishlab chiqarishga, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga, ixcham, chiroyli idishlarda raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishga katta e’tibor beriladi. Buning uchun O‘zbekiston, Samarqand, Xorazm, Buxoro konserva zavodlarini texnologik qayta jihozlash nazarda tutilgan. 1997—2000-yillarda yangi mahsulotlarning 15 turini o‘zlashtirish mo‘ljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT VA QO‘ShMA KORXONALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy faoliyatni chuqurlashtirish mahalliy xomashyo resurslarini sotish bozorlarini kengaytirishga, o‘zaro foydali sheriklik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan, Importning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalari ishlab chiqilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha agentlik bilan birgalikda tarmoqqa kamida 10 mln. AQSh dollari miqdorida chet el investitsiyalarini jalb etish masalasini hal etish mo‘ljallangan. 1997—2000-yillarda 22 ta qo‘shma korxona tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. TAYYORLOV FAOLIYATI VA QIShLOQ XO‘JALIGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyorlov faoliyati yetishtirilgan mahsulotni kafolatli sotish, shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari tayyorlash va sotishning ulgurji tizimini shakllantirish masalasida shaxsiy tomorqa egalari, fermer(dehqon) xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 1997—2000-yillarda 2750 ming tonna, shu jumladan, fyuchers kontraktlari bo‘yicha 40 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari tayyorlash, 425 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini respublika tashqarisiga jo‘natish mo‘ljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy ovqatlanish korxonalari va kolbasa ishlab chiqarishning go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish nazarda tutilgan, 4 yil ichida 29,5 ming tonna go‘sht yetishtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. MODDIY-TEXNIK BAZANI RIVOJLANTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya dasturida 1997—2000-yillarda o‘z mablag‘lari hisobidan 1939,8 mln. so‘m kapital qo‘yilmalarni qishloq ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirishga, bo‘shab qolgan qishloq aholisini xizmatlar va ishlab chiqarish sohasiga jalb etish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning bajarilishi xizmat ko‘rsatish sohasiga 17 ming kishini jalb etish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. SAVDO TAShKILOTLARINING MOLIYAVIY AHVOLINI BARQARORLAShTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo tashkilotlarini moliyaviy barqarorlashtirish dasturning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki aholini oziq-ovqat va nooziqovqat tovarlari bilan uzluksiz ta’minlash ko‘p jihatdan mana shu omillarga bog‘liqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda 1997—2000-yillarda jamoalar a’zolarining 1300 mln. so‘m o‘z mablag‘larini jalb etish, 1019 mln. so‘m aksiyalar ulushini erkin sotish va tijorat banklarining kredit resurslarini olish hisobiga savdo tashkilotlarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish mo‘ljallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu yilning 9 oyi ichida erkin sotish uchun mo‘ljallangan 401 mln. so‘mlik aksiyalar ulushini fond birjasi orqali sotish, 1998-yildan boshlab har yili 206 mln. so‘mdan aksiyalar ikkilamchi emissiyasini chiqarishga kirishish, shuningdek, debitorlik va kreditorlik qarzlarni eng kam darajaga keltirish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. KADRLAR SIYOSATI VA IJTIMOIY HIMOYA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitlarida kadrlarning sifat tarkibini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan hamma joyda moddiy javobgar shaxslar va rahbar kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish amalga oshiriladi. Kadrlar bozor o‘zgartirishlarini amalga oshirishga ishtiyoqli mutaxassislar orasidan tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimning o‘quv yurtlarida bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan kadrlarni tayyorlash mo‘ljallangan. Shu jumladan, 1997—2000-yillarda oliy ma’lumotli 1200 mutaxassis, o‘rta ma’lumotli 8 ming mutaxassis tayyorlanadi. Ishlayotgan mutaxassislar uchun iqtisodiy ta’lim maktabi tashkil etiladi.