26.02.2021 yildagi KQ-190-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 26.02.2021 yildagi KQ-190-IV-son
Kuchga kirish sanasi
26.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan savdo-iqtisodiy hamkorlik kelishuvlarini amalga oshirishda parlament nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida belgilab berilgan ustuvor yoʻnalish va vazifalardan kelib chiqib, shuningdek davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan olib borilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar natijadorligini taʼminlash maqsadida parlament nazorati doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha qabul qilingan savdo-iqtisodiy kelishuvlar ijrosi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishidagi faoliyati boʻyicha tegishli davlat organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish amaliyoti joriy etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya va Yaponiyaga rasmiy tashriflari davomida imzolangan investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) ijro etilishi holati yuzasidan oʻrganishlar ayrim muammolar mavjudligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turkiya bilan umumiy qiymati 608,3 mln. dollarga teng boʻlgan 49 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, shundan 12 ta loyiha (107 mln. dollar) oʻz vaqtida bajarilmagan, 7 ta loyiha (223 mln. dollar) ijrosi taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaponiya bilan umumiy qiymati 4 mlrd. 393 mln. dollar miqdoridagi 40 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 2 mlrd. 577 mln. dollarlik 19 ta loyiha muddatidan kechikmoqda, 109 mln. dollarga teng 4 ta loyiha bajarilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu loyihalarni amalga oshirishda qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ning ijrosini qatʼiy nazorat qiluvchi tizim yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolanishi koʻzda tutilgan investitsiya loyihalarini dastlabki tarzda chuqur va har tomonlama texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish (ekspertizadan oʻtkazish) talab darajasida emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoʻl xaritalari”da belgilangan va hududlarga tegishli boʻlgan investitsiya loyihalari ijrosini nazorat qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishda joylardagi senatorlar va mahalliy Kengash deputatlari faolligi sezilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi R. Alimovning Turkiya va Yaponiya davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha amaliy harakatlar rejalari va tegishli “yoʻl xaritalari”ning ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan koʻrilgan choralar haqidagi axborotini eshitib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch hafta muddatda Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi faoliyatini talab darajasida yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar (“yoʻl xaritalari”) ijrosini oʻrganish boʻyicha Ishchi guruhi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov) ikki oy muddatda Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining 2021-yil 23-fevraldagi 13-sonli Qarorida qayd etilgan investitsiya loyihalari kesimidagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin hamda natijasi boʻyicha Qoʻmitaga maʼlumot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi 2021-yilning ikkinchi choragida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya va Germaniyaga oliy darajadagi tashriflari yakunlari boʻyicha imzolangan savdo-iqtisodiy kelishuvlar ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining axborotini eshitsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy Majlis Senatining oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar (“yoʻl xaritalari”) ijrosini oʻrganish boʻyicha Ishchi guruhi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlar, shu jumladan eksport kelishuvlari va hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari ijrosining holatini oʻrgansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlashga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash hamda ularning yechimi boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahliliy maʼlumotnomalarni tayyorlab, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasiga taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hududlarda amalga oshirilayotgan oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan investitsiya loyihalari ijrosi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish va xalq deputatlari Kengashida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarining axborotini eshitish amaliyotini joriy etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 26-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-190-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 26-fevraldagi KQ-190-1V-sonli Qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar (“yoʻl xaritalari”) ijrosini oʻrganish boʻyicha Ishchi guruhi tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

F.I.Sh.

Lavozimi va biriktirilgan hudud

1.

Alimov Ravshanbek Azadbekovich

(ishchi guruh rahbari)

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi (Andijon viloyati)

2.

Gadoyev Erkin Fayziyevich

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi (Navoiy viloyati)

3.

Iminov Odiljon Karimovich

Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi (Surxondaryo viloyati)

4.

Kadirxanova Malika Akbarovna

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi (Toshkent viloyati)

5.

Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (Samarqand viloyati)

6.

Tajiyev Baxadir Sadullayevich

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi (Xorazm viloyati)

7.

Choʻlliyev Shuxrat Askarovich

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (Buxoro viloyati)

8.

Madumarov Tolibjon Abdumalikovich

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (Toshkent shahri)

9.

Parpiyev Maxmud Mamatovich

Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (Fargʻona viloyati)

10.

Abdullaxanov Nosirbek Abdurashitovich

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (Namangan viloyati)

11.

Siddiqov Riskul Ergashboyevich

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (Jizzax viloyati)

12.

Matmuratov Batir Djoldasovich

Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

13.

Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator (Sirdaryo viloyati)

14.

Boqiyev Farxod Esanovich

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator (Qashqadaryo viloyatlari)

15.

Artikov Afzal Askarovich

Senat devonining Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri

16.

Usmanov Jaloliddin Kudratovich

Senat devonining Axborot xizmati rahbari — Matbuot kotibi

17.

Rasulov Ubaydulla Zikrullayevich

Senat devonining Xalqaro aloqalar boʻlimi bosh mutaxassisi

18.

Azizov Ildar Rafaelyevich

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi kotibiyati bosh maslahatchisi, masʼul kotib