11.09.2020 yildagi SQ-128-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

“Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 5-avgust kuni qabul qilingan “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 11-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SQ-128-IV-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 11-sentabrdagi SQ-128-IV-sonli Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochi

Vazirlik va idoralardan

Vazirlar Mahkamasidan

I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish

1.

Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqish.

1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish.

1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda

Savdo-sanoat palatasi, Toshkent xalqaro arbitraj markazi

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

2.

Toshkent xalqaro arbitraj markazi ichki hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuborish.

2.1. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

2.2. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda

Savdo-sanoat palatasi, Toshkent xalqaro arbitraj markazi, Adliya vazirligi

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

II. Qonunni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar oʻtkazish

3.

Xalqaro huquq va iqtisodiy sohalarda yuqori malakaga ega mahalliy va xorijiy ekspertlardan iborat arbitrlar roʻyxatini shakllantirish.

3.1. Arbitrlar roʻyxatiga kiritiladigan nomzodlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni tayyorlash.

3.2. Arbitrlar roʻyxatini tasdiqlash.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda

Savdo-sanoat palatasi, Toshkent xalqaro arbitraj markazi, Tashqi ishlar vazirligi

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

4.

Toshkent xalqaro arbitraj markazining maxsus veb-saytini yaratish, zarur maʼlumotlarni joylashtirish va doimiy ravishda yangilab borish.

4.1. Veb-saytda yoritiladigan maʼlumotlar roʻyxatini tuzish.

4.2. Maʼlumotlarni veb-saytga joylashtirish.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda

Savdo-sanoat palatasi, Toshkent xalqaro arbitraj markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

4.3. Veb-saytni doimiy yangilab borish.

Doimiy ravishda

III. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish

5.

Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish.

5.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda

Savdo-sanoat palatasi, OʻzA, MTRK, Toshkent xalqaro arbitraj markazi

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

5.2. Reja-grafikni amalga oshirish.

Reja-grafik asosida

6.

OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan turkum maqola, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish.

6.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda

Savdo-sanoat palatasi, OʻzA, MTRK, Toshkent xalqaro arbitraj markazi

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati

6.2. Reja-grafikni amalga oshirish.

Reja-grafik asosida