Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib oʻtish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 4-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 526-7]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-fevral,
01-02/12-06-son
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-yanvar,
211-MH-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 4-fevraldagi 01-02/12-06-son va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021-yil 26-yanvardagi 211-MH-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi tomonidan 1998-yil 29-oktabrda 05/20-889 va 01-8/2504-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib oʻtish tartibi (roʻyxat raqami 526, 1998-yil 9-noyabr).
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 30-oktabrdagi 02-8/1411 va 01-02/20-37-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalari va yuqori chastotali qurilmalarni keltirish tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 526-1, 2002-yil 7-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2008-yil 27-maydagi 01-02/8-37 va 04-8/1442-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib oʻtish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 526-2, 2008-yil 10-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 236-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 9-yanvardagi 01-02/20-2 va 4-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib oʻtish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 526-3, 2013-yil 16-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 34-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-fevraldagi 01-02/6-21 va 11-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib oʻtish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 526-4, 2013-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 123-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015-yil 12-maydagi 01-02/12-19 va 116-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib oʻtish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 526-5, 2015-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 19-son, 242-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018-yil 19-iyundagi 01-02/20-49 va 16/24-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib oʻtish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 526-6, 2018-yil 5-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10-18/526-6/1468-son).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 10/21/526-7/0188-son)