Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, kasbiy taʼlim tashkilotlarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini zamonaviy taʼlim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, professional taʼlim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida boshqaruv hamda pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqqan holda oʻquv jarayonini tashkil qilish, boshqaruv va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish uchun taʼlim dasturlarini innovatsion yondashuvlar asosida doimiy yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish taʼlimi ustalari uchun ularning kasbiy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash va oʻzlashtirish imkoniyatini yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kasbiy taʼlim tashkilotlarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish jarayonini tashkil etish va uning bosqichlari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsad va vazifalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni ishtirokchilarining vazifalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) yangilangan tuzilmasi va ustavini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda professional taʼlim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan hududiy qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetlarini tashkil etsin va ular faoliyat yuritadigan oliy va professional taʼlim muassasalarini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut hamda uning hududiy fakultetlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tizimidagi bosmaxonani taʼmirlash va faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan zarur mablagʻlar ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2022-yildan boshlab — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga 2 ta, shu jumladan, 1 ta biriktirilgan va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 26-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi 106-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom kasbiy taʼlim tashkilotlarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlari boshqaruv va pedagog kadrlari mazkur Nizom asosida ixtiyoriy ravishda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kurslarni tashkil etish va oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma asosida tinglovchi yoki buyurtmachi tomonidan qoplanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anʼanaviy malaka oshirish — ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim dasturlari boʻyicha bevosita qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlarida tashkil etiladigan oʻqitish shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash malaka oshirish — qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlarida 2+2 sxemasi (2 hafta anʼanaviy, 2 hafta masofaviy) yoki 3+1 sxemasi (3 hafta anʼanaviy, 1 hafta masofaviy) asosida tashkil etiladigan malaka oshirish shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash qayta tayyorlash — qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlarida 3+1 sxemasi (3 oy masofaviy, 1 oy anʼanaviy) asosida tashkil etiladigan qayta tayyorlash shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv kadrlari — kasbiy taʼlim tashkilotining rahbariyati, tarkibiy boʻlinma (oʻquvchilar turar joyi, texnik-foydalanish va xoʻjalik boʻlimi bundan mustasno) boshliqlari va xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), tizimida kasbiy taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar hamda nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kursi — kasbiy bilim, koʻnikma va kompetensiyalarni chuqurlashtirish hamda yangilab borishga qaratilgan oʻquv jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy malaka oshirish — oʻquv reja va dasturlariga muvofiq, tinglovchilar tomonidan zarur bilim, koʻnikma va malakalarni raqamli texnologiyalar hamda axborot-kommunikatsiya vositalari orqali masofadan turib oʻzlashtirish shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil malaka oshirish — taʼlim darajasi va sifatiga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablariga muvofiq yangi bilimlar, malaka va koʻnikmalarni boshqaruv va pedagog kadrlar tomonidan mustaqil oʻzlashtirish, oʻzini oʻzi kasbiy rivojlantirish shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil malaka oshirish — boshqaruv va pedagog kadrlarning individual kasbiy mahorat natijalarini tasdiqlashga asoslangan hamda amaldagi bevosita malaka oshirish shakllariga tenglashtirilgan malaka oshirish shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar — kasbiy taʼlim tashkilotlarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan umumtaʼlim va maxsus fan oʻqituvchilari hamda ishlab chiqarish taʼlimi ustalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchi — qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslariga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlari — kasbiy taʼlim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish rejasi hamda taʼlim dasturlari asosida faoliyat yuritadigan, Agentlik huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut), oliy taʼlim tashkilotlari huzuridagi malaka oshirish markazlari, ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari, belgilangan tartibda tegishli soha boʻyicha malaka oshirish faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash kursi — tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun qoʻshimcha pedagogik va kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarning zarur hajmini egallashga qaratilgan oʻquv jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron portfolio — boshqaruv va pedagog kadrlarning kasbiy faoliyati yutuqlari, kompetensiyalari va tajribalarini raqamli muhitda jamlab, tizimli tarzda taqdim etuvchi elektron hujjatlar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy attestatsiya — kurs yakunlari boʻyicha taʼlim dasturiga kiritilgan fan (modul)lar kesimida tinglovchilarning nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish darajasini baholash jarayoni.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv rejasiga muvofiq Institut hamda fakultetlardagi amaliyot mashgʻulotlari tegishli tashkilotlarda oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida qayta tayyorlash va malaka oshirish attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Attestatsiya komissiyasi) 3 — 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning yakuniy attestatsiyasini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institut professor-oʻqituvchilari yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga, jumladan, xorijiy davlatlardagi malaka oshirish kurslari va stajirovkalarga jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Institut professor-oʻqituvchilariga nisbatan oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsad va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qayta tayyorlash faoliyatining maqsadi — pedagogik maʼlumotga ega boʻlmagan kadrlar tayanch mutaxassisliklar yoki kasblarga muvofiq boʻlgan yoʻnalishlar boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga qoʻshimcha kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarning zarur hajmini egallashiga erishish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Pedagogik maʼlumotga ega boʻlmagan kadrlarning oʻquv-tarbiya jarayonida talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajadagi pedagogik faoliyatni olib borishga zarur va yetarli tayyorgarlikni taʼminlash qayta tayyorlash faoliyatining vazifasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Malaka oshirish faoliyatining maqsadi — kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini taʼminlash, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladigan zarur hajmini egallashini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Malaka oshirishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlari boshqaruv hamda pedagog kadrlarining kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq professional taʼlim sifatini taʼminlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida yagona oʻquv-uslubiy bazani ishlab chiqish, oʻquv jarayonini sifatli tashkil etishga qaratilgan metodik rahbarlik va taʼlim sifati boʻyicha ichki nazoratni amalga oshirish;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirishning toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish va muntazam monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarning mustaqil ish natijalari, oʻz ustida ishlash, turli tanlovlarda ishtirok etish va boshqa kasbiy faoliyatida erishgan yutuqlariga oid maʼlumotlarni oʻzida jam etgan elektron portfolio tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish jarayonlarini tashkil etishda Internet axborot tarmogʻi, multimedia tizimlari, masofadan oʻqitish usullaridan, vebinar texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni egallash va ularni oʻquv jarayoniga tatbiq etish koʻnikmalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajribalar asosida taʼlim dasturlarini doimiy yangilab borish hamda taʼlim jarayoniga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy bilim, koʻnikma va malakani uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq professional taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-pedagogik salohiyatdan kelib chiqib, malaka oshirishning kasbiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan shakllarini mustaqil tanlash va oʻzlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash orqali boshqaruv hamda pedagog kadrlarning tayyorgarligi sifatiga qoʻyiladigan malakaviy talablarni takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qayta tayyorlash jarayonini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim dasturlari mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablar Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan davlat taʼlim talablarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻquv yuklamasining umumiy hajmi davlat taʼlim talablaridan kelib chiqqan holda fanlar bloklari boʻyicha taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy ishdan ajralgan holda oʻqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy oʻqitish uslublarini qoʻllash orqali asosiy ishdan qisman ajralgan holda oʻqish (uygʻunlashtirilgan uslub).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlarini pedagogik qayta tayyorlash Institut bazasida amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qayta tayyorlashning davomiyligi kamida 16 hafta (576 soat) etib belgilanadi. Oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi har haftada 36 (54 akademik) soatni, auditoriya mashgʻulotlarining eng koʻp hajmi har haftada 24 (36 akademik) soatni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qayta tayyorlash doirasida oʻquv guruhlari, qoidaga koʻra, 25 nafargacha tinglovchidan iborat etib shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Kasbiy taʼlim tashkilotlari boshqaruv va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anʼanaviy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aralash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Malaka oshirish shakllari quyidagicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) anʼanaviy malaka oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilar qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlarida tashkil etiladigan oʻquv mashgʻulotlarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda, real vaqt rejimida bevosita ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, amaliy mashgʻulot, seminar, trening, tajriba almashish, koʻchma amaliyot hamda amaliyotga yoʻnaltirilgan boshqa shakllarda oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aralash malaka oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv mashgʻulotlari onlayn va offlayn shakllarda, raqamli taʼlim platformalari va anʼanaviy auditoriya mashgʻulotlari uygʻunligida tashkil etiladi hamda nazariy modullar asosan masofaviy shaklda, amaliy mashgʻulotlar va kompetensiyalarni baholash bosqichlari oflayn shaklda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) masofaviy malaka oshirish oʻquv reja va dasturlariga muvofiq, tinglovchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʻnikmalarni raqamli texnologiyalar vositalari orqali masofadan oʻzlashtirishni nazarda tutadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mustaqil malaka oshirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv va pedagog kadrlarning soʻnggi uch yil davomida amalga oshirgan kasbiy faoliyati va erishilgan natijalari asosida quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq darslarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahorat darslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim uchun taʼlim kontentlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ishchi guruhlarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz fani boʻyicha oʻquvchilarni fan olimpiadalari yoki kasbiy tanlovlarga tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seminar-mashgʻulotlar oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy maqolalar chop etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassisligi boʻyicha tanlovlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil kasbiy rivojlanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv adabiyotlarini hammualliflikda (darslik, oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma) nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizim aʼlochisi koʻkrak nishonini olish.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Uch yoshga toʻlmagan yosh bolasi boʻlgan ayollar, yoshga doir pensiya yoshidagi yoki nogironligi boʻlgan boshqaruv va pedagog kadrlarga ularning qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlari rahbarlariga yozma murojaatiga muvofiq, aralash yoki masofaviy shaklda malaka oshirishga ruxsat etiladi.
(191-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Muqobil malaka oshirish boshqaruv va pedagog kadrlarning soʻnggi uch yil davomidagi kasbiy faoliyat samaradorligi asosida, quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz fani boʻyicha yakka muallif sifatida darslik yoki oʻquv qoʻllanmani nashrdan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz fani boʻyicha fan olimpiadalari yoki kasbiy tanlovlarning xalqaro va respublika bosqichi sovrindor (1 — 3-oʻrin egalari)larini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassisligi boʻyicha tanlovlarning xalqaro va respublika bosqichi sovrindor (1 — 3-oʻrin egallash)i boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doktorlik (PhD, DSc) dissertatsiyasini himoya qilish yoki ilmiy unvon olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy daraja (PhD yoki DSc) olgan mutaxassisning ilmiy-tadqiqot olib borish va belgilangan tartibda dissertatsiya ishini tayyorlab, himoyaga taqdim etish davrida ilmiy rahbari boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka muallif sifatida rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan patent guvohnomasiga ega boʻlish.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Malaka oshirish shakllari boʻyicha soʻnggi uch yildagi maʼlumotlar elektron portfolio tizimiga boshqaruv xodimi va pedagogning shaxsan oʻzi tomonidan kiritiladi hamda ular davlat taʼlim talablarida belgilangan koʻrsatkichlar asosida yagona elektron tizim orqali qayd etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish shakllari boʻyicha boshqaruv va pedagog kadrlarning faoliyatini baholash mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 09/23/648/0929-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining har bir boshqaruv va pedagog kadri mustaqil malaka oshirish shakllariga ajratilgan 100 ballik tizim doirasida:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kamida 20 ball toʻplagan taqdirda, quyidagi bosqichlardan biri boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqich (20 — 85 ball) — boshqaruv va pedagog kadrlar taʼlim dasturlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan kasbiy taʼlim tashkilotining yillik malaka oshirish rejasi doirasida malaka oshirish taʼlim muassasalarida bevosita oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi;
(22-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqich (86 — 100 ball) — boshqaruv va pedagog kadrlar toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn test sinovlarini topshirishga tavsiya etiladi. Test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan boshqaruv va pedagog kadrlarga bitiruv malakaviy ishini himoya qilishga ruxsat beriladi. Test sinovlarida yetarli ball toʻplamaganlar malaka oshirish taʼlim muassasalarida bevosita oʻqishga tavsiya etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 20 balldan kam ball toʻplagan boshqaruv va pedagog kadrlar bir yil ichida oʻz hisobidan qisqa muddatli (72 soat) oʻquv kursini oʻtagandan keyin bepul malaka oshirishga qoʻyiladi yoki oʻz hisobidan (144 soat) malaka oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221. Boshqaruv va pedagog kadrlar uchun malaka oshirish kursining davomiyligi diagnostika natijalari va kompetensiyalar murakkabligidan kelib chiqib, Agentlik tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi asosida ishlab chiqilgan 144 soat hajmdagi oʻquv dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kurslari oʻquv dasturiga muvofiq tashkil etilib, tinglovchilarni yakuniy attestatsiyadan oʻtkazish bilan yakunlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirishning bir haftalik auditoriya oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi 36 soatni tashkil etadi.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nazorat turlari boʻyicha sinovlardan belgilangan oʻtish ball-bahosini toʻplay olmagan boshqaruv va pedagog kadrlar bir yil muddat mobaynida takroran malaka oshirishdan oʻtishlari mumkin. Malaka oshirish uchun belgilangan muddatlarda sertifikatga ega boʻlmagan kadrlar bilan mehnat qonunchiligiga muvofiq tuzilgan shartnomasi bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilgan sabablarga koʻra tinglovchilar safidan chetlatilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotida faoliyatini davom ettirayotgan boshqaruv va pedagog kadrlar bir yil muddat ichida oʻz hisobidan malaka oshirishlari shart.
(24-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Malaka oshirish kursi tinglovchilari oʻqish mobaynida uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajargani, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etgani, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlgani, yaqin qarindoshining vafot etgani) koʻra kursni davom ettira olmagan taqdirda, navbatdagi malaka oshirish kurslarida oʻqishga ruxsat beriladi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Muqobil malaka oshirishning ixtiyoriy birini amalga oshirgan boshqaruv va pedagog kadrlarga malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi sertifikat beriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Kasbiy taʼlim tashkilotlari boshqaruv va pedagog kadrlari, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, har uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirishlari shart.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish va uning resurs taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari moliyalashtirish asosida, malaka oshirishning tegishli yoʻnalishlar boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini tinglovchilarning sifatli oʻqitish uchun zarur moddiy-texnika bazasi, pedagoglar tarkibi mavjudligi hisobga olingan holda, tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish kurslari tinglovchilari (takroriy oʻqitishdan tashqari) bepul asosda oʻqitiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish, tinglovchilarni attestatsiyadan oʻtkazish, malaka oshirishda yetarli natija koʻrsatkichlariga erishmagan tinglovchilar bilan ishlash hamda tinglovchilar kontingentini shakllantirish tartibi davlat taʼlim talablarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasasida oʻqishni tugatgan yilida kasbiy taʼlim tashkilotlariga pedagog lavozimiga qabul qilingan shaxslar malaka oshirishga pedagogik faoliyatining uchinchi yilida jalb qilinadi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Malaka oshirishdan oʻtadigan tinglovchilar (tinglovchilar safidan chiqarilgan yoki oʻz hisobidan malaka oshirishga kelganlar bundan mustasno)ning malaka oshirish davrida asosiy ish joyi boʻyicha egallagan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi va xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlar belgilangan tartibda asosiy ish joyidan qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda turar joy uchun toʻlov faqatgina taʼlim tashkilotlarining turar joylari uchun toʻlab beriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻquv mashgʻulotlari uchun ikki akademik oʻquv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani, mashgʻulotlar oraligʻidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayoni kasbiy taʼlim tashkilotlaridan taqdim etilgan yillik buyurtmalar boʻyicha guruhlarning toʻldirilishiga bogʻliq holda tinglovchilar soni 15 nafardan kam boʻlmagan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinglovchilar kontingenti yetarli boʻlmagan yoʻnalishlarda oʻquv jarayonini tashkillashtirishda bir guruhdagi tinglovchilar soni, istisno tariqasida, 15 nafargacha belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Malaka oshirish muassasalarida buyurtma asosida qisqa muddatli maqsadli malaka oshirish dasturlari tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qisqa muddatli maqsadli malaka oshirish oʻquv dasturlari Institut tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni ishtirokchilari vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Qayta tayyorlash va uzluksiz malaka oshirishning vertikal tizimiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — Hududiy boshqarmalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirishda taʼlim jarayonini takomillashtirish mexanizmlari va uslublarini belgilaydi, tegishli hujjatlarni (masofadan oʻqitish taʼlim usul-shakllarini tashkil etish va oʻtkazish, tinglovchilarning malakaviy ishni tayyorlash va himoyaga taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlari pedagog kadrlarining mehnatiga haq toʻlash meʼyorlarini) tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish yoʻnalishlarining kasb standartlari va malaka talablariga mutanosibligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish kurslari tinglovchilari kontingentini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlari boshqaruv va pedagog kadrlarining talab qilinadigan malakasini taʼminlash boʻyicha maqsadli topshiriqlar beradi va ularning faoliyati natijalarini belgilovchi mezonlar (portfolio)ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-dekabrga qadar navbatdagi kalendar yili uchun boshqaruv va pedagog kadrlarining uzluksiz malaka oshirishi boʻyicha davlat buyurtmasini tasdiqlaydi hamda uning ijrosini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 25-dekabrga qadar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining namunaviy oʻquv reja va oʻquv dasturlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv va pedagog kadrlarining xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlarga malaka oshirish va stajirovkalarga yuborilishini tashkil etadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Institut:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlari uchun bosh muassasa hisoblanadi hamda ularning oʻquv va metodik faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-noyabrga qadar kasbiy taʼlim tashkilotlarining navbatdagi kalendar yilida malakasi oshirilishi rejalashtirilgan boshqaruv va pedagog kadrlarini kasbiy kompetensiyalarini diagnostik baholash uchun testlarni ishlab chiqadi va Institutning my.moqt.uz raqamli platformasi (keyingi oʻrinlarda — raqamli platforma)ga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 15-dekabrga qadar kadrlarni qayta tayyorlash va uzluksiz malaka oshirish kurslarining namunaviy oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Agentlikka kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz malaka oshirishning anʼanaviy, aralash, masofaviy, mustaqil va muqobil shakllarini amaliyotga joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtma asosida uzluksiz malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ehtiyojdan kelib chiqib, qayta tayyorlash kurslarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni raqamli platformaga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va uzluksiz malaka oshirish jarayonlarining sifatli tashkil etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va uzluksiz malaka oshirishning raqamli platformasini yuritadi va uning faoliyatini takomillashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarga raqamli platformadan foydalanish imkoniyatini yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish jarayonlarida tinglovchilarning raqamli platformadan foydalanishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy attestatsiya komissiyasi tarkibini shakllantiradi, uning faoliyat muddatini belgilaydi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kurs yakuni boʻyicha yakuniy attestatsiyani oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan, elektron shakldagi davlat namunasidagi hujjat (sertifikat yoki diplom) beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning yakuniy attestatsiya natijalarini raqamli platformaga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili malaka oshirish jarayonida eng yaxshi natija koʻrsatgan pedagog kadrlar orasidan malakasini oshirish uchun xorijga yuboriladigan nomzodlarni saralaydi va Agentlikka tavsiya etadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
341. Qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmaga muvofiq, tasdiqlangan namunaviy oʻquv reja va dasturlari asosida uzluksiz malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz malaka oshirishning anʼanaviy, aralash, masofaviy, mustaqil va muqobil shakllarini amaliyotga joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish jarayonlarida tinglovchilarning raqamli platformadan foydalanishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oshirish jarayonlarining sifatli tashkil etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy attestatsiya komissiyasi tarkibini shakllantiradi, uning faoliyat muddatini belgilaydi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kurs yakuni boʻyicha yakuniy attestatsiyani oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan, elektron shakldagi davlat namunasidagi hujjat (sertifikat) beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning yakuniy attestatsiya natijalarini raqamli platformaga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotida tinglovchilar turar joyi mavjud boʻlganda, tinglovchilarni bepul turar joy bilan taʼminlaydi (oʻz hisobidan malaka oshirishga kelganlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlar uchun uzluksiz malaka oshirish kurslarining namunaviy oʻquv reja va dasturlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Institutga takliflar kiritadi.
(341-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Malaka oshirishda vazirlik va idoralar, kasbiy taʼlim tashkilotlari va ishlab chiqarish tashkilotlari:
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy mashgʻulotlar va amaliyotlar toʻlaqonli tashkil qilinishi uchun zarur boʻlgan xomashyo va materiallarini ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish natijalarini baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish sifatiga, tinglovchilar bilim va koʻnikmalarining toʻgʻri baholanishini tashkil etish yuzasidan takliflar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Hududiy boshqarmalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 10-noyabrga qadar navbatdagi kalendar yili uchun kasbiy taʼlim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish boʻyicha ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda (yoʻnalishlar kesimida), hudud boʻyicha buyurtmani shakllantiradi va Agentlikka tasdiqlash uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 25-noyabrga qadar kasbiy taʼlim tashkilotlarining navbatdagi kalendar yilida malakasi oshirilishi rejalashtirilgan boshqaruv va pedagog kadrlarini kasbiy kompetensiyalarini test sinovlari orqali diagnostik baholashni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan tasdiqlangan buyurtma asosida boshqaruv va pedagog kadrlarining uzluksiz malaka oshirish kurslariga oʻz vaqtida jalb qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv va pedagog kadrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni malaka oshirish shakllari boʻyicha raqamli platformaga kiritilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv va pedagog kadrlarning malaka oshirish natijalarini monitoring qiladi hamda ularning har uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslariga jalb etilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz malaka oshirish kurslarining namunaviy oʻquv reja va oʻquv dasturlari, oʻquv-metodik va boshqa hujjatlarini tayyorlash, oʻquv kurslarining davomiyligi hamda ularni tashkil etish shakllari boʻyicha Institutga takliflar kiritadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Kasbiy taʼlim tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-noyabrga qadar boshqaruv va pedagog kadrlarini uzluksiz malaka oshirish kurslariga boʻlgan ehtiyojni shakllantiradi va taʼlim tashkiloti buyurtmasini hududiy boshqarmaga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv va pedagog kadrlarining kasbiy faoliyat natijalarining raqamli platformaga toʻgʻri va oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi kalendar yilida malakasi oshirilishi rejalashtirilgan boshqaruv va pedagog kadrlarini kasbiy kompetensiyalarini diagnostik baholash uchun test sinovlarida ishtirok etishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv va pedagog kadrlarining uzluksiz malaka oshirish kurslari natijalarini tahlil qiladi hamda ularning har uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslariga jalb etilishini taʼminlaydi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida dars beradigan pedagoglar Vazirlik tomonidan Institutda qisqa muddatli malaka oshirish kurslaridan oʻtadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mashgʻulotlar oʻtkazish uchun oliy va kasbiy taʼlim tashkilotining yetakchi pedagog kadrlari, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ilmiy kengash aʼzolari, shuningdek, shartnoma asosida boshqa oliy taʼlim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlari, xorijiy mutaxassislar, oʻquv-metodika yoʻnalishi xodimlari va amaliyotchi mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Qayta tayyorlash yoki malaka oshirishdan chetlatilgan tinglovchi toʻgʻrisida qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasasi tomonidan buyurtmachiga tegishli bildiruvnoma yuboriladi.
(51-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish shakllari boʻyicha boshqaruv va pedagog kadrlariningfaoliyatini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Baholash mezoni
Koʻrsatkichlar
Ball
I. Mustaqil malaka oshirish
1.
Ochiq darslarni tashkil etganligi
“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan miqdor 9 ballni tashkil etadi.
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga kasbiy taʼlim tashkilotining ochiq darslarni tashkil etish boʻyicha buyruqlari hamda oʻtkazilganligi boʻyicha bayonnomalari nusxalari kiritiladi.
Har oʻquv yilida 1 ta dars uchun
3
2.
Mahorat darslarini tashkil etganligi
“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan miqdor 15 ballni tashkil etadi.
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga kasbiy taʼlim tashkilotining mahorat darslarini tashkil etish boʻyicha buyruqlari hamda oʻtkazilganligi boʻyicha bayonnomalari nusxalari kiritiladi.
Har oʻquv yilida 1 ta dars uchun
5
3.
Kasbiy taʼlim uchun taʼlim kontentlarini ishlab chiqqanligi
“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan miqdor 10 ballni tashkil etadi.
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti tomonidan berilgan hujjat (sertifikat, maʼlumotnoma va boshqa) nusxasi yuklanadi.
Raqamli taʼlim resursi uchun
5
Fanlar (modul)ni oʻqitish materiallari toʻplamlari uchun
5
4.
Respublika ishchi guruhlarida ishtirok etganligi
“Koʻrsatkichlar” boʻyicha jami toʻplash mumkin boʻlgan miqdor 6 ballni tashkil etadi.
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga tegishli tashkilot tomonidan ishchi guruhga jalb etilganlik toʻgʻrisidagi hujjat (buyruq, roʻyxat va boshqa) nusxasi yuklanadi.
Kasbiy taʼlim tizimida strategiya va standartlarni ishlab chiqish, innovatsion metod va amaliyotlarni tahlil qilish, kasbiy taʼlim tashkilotlari faoliyatini oʻrganish uchun ishchi guruh tarkibiga jalb etilganligi uchun
6
5.
Oʻz fani boʻyicha oʻquvchilarni fan olimpiadalari yoki kasbiy tanlovlarga tayyorlagani
“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan miqdor 10 ballni tashkil etadi.
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga oʻquvchilarni fan olimpiadalari yoki kasbiy tanlovlarga tayyorlash uchun ustoz etib tayinlangani toʻgʻrisida kasbiy taʼlim tashkilotining buyrugʻi hamda oʻquvchilarning sovrinli oʻrinni egallaganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilot tomonidan berilgan hujjat (sertifikat, guvohnoma va boshqa) nusxasi yuklanadi.
Oʻquvchilarning hudud bosqichidagi sovrinli (1, 2, 3-oʻrin) oʻrini uchun
8
Oʻquvchilarning hudud bosqichida ishtiroki uchun
2
6.
Seminar-mashgʻulotlar oʻtkazganligi
“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan miqdor 10 ballni tashkil etadi.
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga tegishli tashkilot tomonidan tasdiqlangan hujjat (buyruq, roʻyxat va boshqa) nusxasi yuklanadi.
Respublika miqyosida oʻtkazganligi uchun
6
Hudud miqyosida oʻtkazganligi uchun
3
Tuman miqyosida oʻtkazganligi uchun
1
7.
Ilmiy maqolalar chop etganligi
“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan miqdor 10 ballni tashkil etadi.
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga ilmiy konferensiya toʻplamlarida chop etgan tezisi yoki ilmiy jurnallarda nashr qilingan maqolalari (tezis yoki maqola fayli) nusxasi yuklanadi.
Scopus va Web of Science maʼlumotlar bazalarida indeksatsiya qilingan jurnallarda maqola chop etgan boʻlsa
7
Mahalliy va xalqaro jurnallarda maqola chop etgan boʻlsa
3
8.
Mutaxassisligi boʻyicha tanlovlarda ishtirok etganligi
“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan miqdor 10 ballni tashkil etadi.
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga tegishli tashkilot tomonidan sovrinli oʻrinni egallagani tasdiqlovchi hujjat (sertifikat, guvohnoma va boshqa), ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi yuklanadi.
Hududiy bosqichdagi sovrinli 1 — 3-oʻrinlarni egallaganligi uchun
8
Hududiy bosqichdagi ishtiroki uchun
2
9.
Mustaqil kasbiy rivojlanish
“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan miqdor 8 ballni tashkil etadi.
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga oʻquv kursining sertifikati nusxasi yuklanadi.
72 soatdan kam boʻlmagan
5
36 soatdan kam boʻlmagan
3
10.
Oʻquv adabiyotlarini hammualliflikda (darslik, oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma) nashr etganligi
“Koʻrsatkichlar”ning har biri uchun alohida ball hisoblanadi. Jami toʻplash mumkin boʻlgan miqdor 10 ballni tashkil etadi.
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga hammualliflikda darslik, oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanma (chop etgani) uchun berilgan guvohnomaning nusxasi yuklanadi.
Darslik
5
Oʻquv qoʻllanma
3
Metodik qoʻllanma
2
11.
Tizim aʼlochisi koʻkrak nishonini olganligi
“Koʻrsatkichlar” boʻyicha jami toʻplash mumkin boʻlgan miqdor 2 ballni tashkil etadi.
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga elektron platformaga taʼlim aʼlochisi koʻkrak nishoni guvohnomasining nusxasi yuklanadi.
Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan berilgan koʻkrak nishonlari mavjud boʻlsa
2
II. Muqobil malaka oshirish
12.
Yakka muallif sifatida darslik yoki oʻquv qoʻllanmani nashrdan chiqarganligi uchun
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga yakka mualliflikda darslik yoki oʻquv qoʻllanma (chop etgani) uchun berilgan guvohnomaning nusxasi yuklanadi.
13.
Oʻz fani boʻyicha fan olimpiadalari yoki kasbiy tanlovlarga tayyorlagan oʻquvchilarining xalqaro va respublika bosqichidagi sovrinli 1 — 3-oʻrinlarni egallaganligi uchun
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga oʻquvchilarni fan olimpiadalari yoki kasbiy tanlovlarga tayyorlash uchun ustoz etib tayinlangani toʻgʻrisida kasbiy taʼlim tashkilotining buyrugʻi hamda oʻquvchilarning sovrinli oʻrinni egallaganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilot tomonidan berilgan hujjat (sertifikat, guvohnoma va boshqalar) nusxasi yuklanadi.
14.
Mutaxassisligi boʻyicha tanlovlarning xalqaro va respublika bosqichidagi sovrinli 1 — 3-oʻrinlarni egallaganligi uchun
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga tegishli tashkilot tomonidan sovrinli oʻrinni egallaganini tasdiqlovchi hujjat (sertifikat, guvohnoma va boshqa) nusxasi yuklanadi.
15.
Doktorlik (PhD, DSc) dissertatsiyasini himoya qilganligi va ilmiy unvon olganligi uchun
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan hujjat nusxasi yuklanadi.
16.
Ilmiy daraja (PhD yoki DSc) olgan mutaxassisning ilmiy-tadqiqot olib borish va belgilangan tartibda dissertatsiya ishini tayyorlab, himoyaga taqdim etish davrida ilmiy rahbar boʻlgani uchun
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga dissertantning tasdiqlangan avtoreferati nusxasi yuklanadi.
17.
Yakka muallif sifatida rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan patent guvohnomasiga ega boʻlganligi uchun
Asoslovchi hujjatlar: raqamli platformaga patent guvohnomasi nusxasi yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbiy taʼlim tashkilotlari boshqaruv va pedagog kadrlarining malaka oshirish shakllarini baholash mezonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq darslar — pedagogik faoliyat samaradorligini namoyish etish, tahlil qilish va baholash, ilgʻor pedagogik tajribani ommalashtirish hamda pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan taʼlimiy mashgʻulotlar shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahorat darslari — pedagogik va kasbiy faoliyatda innovatsion yondashuvlar, samarali usullar va ilgʻor amaliyotni joriy qilish orqali ishtirokchilarning kasbiy kompetensiyalari, amaliy mahorati va professional tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan maxsus taʼlimiy mashgʻulotlar shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim kontentlari — taʼlim va tarbiya jarayonini amalga oshirish hamda oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini shakllantirish uchun moʻljallangan mazmun, materiallar va manbalar jihatidan tartiblangan, turli formatdagi (matn, video, audio, interaktiv vositalar va boshqa resurslar) maʼlumotlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ishchi guruhi aʼzosi — Agentlik va undan yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan (buyruq asosida) kasbiy taʼlim tizimida belgilangan vazifalarni hal etish, strategiya va standartlarni ishlab chiqish, innovatsion metod va amaliyotlarni tahlil qilish, kasbiy taʼlim tashkilotlari faoliyatini oʻrganish maqsadida jalb etilgan malakali va tajribali mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarni fan olimpiadalari yoki kasbiy tanlovlarga tayyorlash — iqtidorli oʻquvchilarni respublika va xalqaro miqyosidagi fan olimpiadalari, sport musobaqalari, koʻrik tanlovlarda yuqori natijalarga erishishga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seminar-mashgʻulot — ishtirokchilarning kasbiy taʼlim sohasidagi bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida maʼruza, muhokama, amaliy mashq va interaktiv usullarni uygʻunlashtirgan holda tashkil etiladigan oʻquv-metodik mashgʻulotlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy maqola chop etish — muallif tomonidan mutaxassisligi doirasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishining yangi ilmiy natijalari, nazariy xulosalari va amaliy ahamiyatini ilmiy hamjamiyatga taqdim etish hamda ilmiy bilimlar rivojiga hissa qoʻshishga qaratilgan ilmiy faoliyat shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassisligi boʻyicha tanlovlarda ishtirok etish — mutaxassisning oʻz kasbiy bilim, amaliy koʻnikma va kompetensiyalarini belgilangan mezonlar asosida baholash, taqqoslash va namoyon etish maqsadida kasbiy sohasiga mos ravishda tashkil etilgan ilmiy, amaliy yoki innovatsion tanlov jarayonlarida faol qatnashishidir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil kasbiy rivojlanish — mutaxassisning tashqi majburlovsiz, oʻz tashabbusi asosida kasbiy bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini muntazam ravishda yangilash, chuqurlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan uzluksiz faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv adabiyotlarini hammualliflikdanashr etish — bir necha mutaxassislarning oʻzaro hamkorligi asosida taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga mos holda tayyorlangan oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar yoki oʻquv-uslubiy materiallarni ilmiy-metodik talablar asosida yaratish va rasmiy tartibda chop etish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizim aʼlochisi koʻkrak nishoni — taʼlim tizimida yuqori kasbiy mahorat, samarali mehnat faoliyati va namunaviy natijalarga erishgan xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida belgilangan tartibda beriladigan idoraviy faxriy belgi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-avgustdagi 451-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 09/21/106/0162-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 11.12.2023-y., 09/23/648/0929-son; 21.08.2026-y., 09/26/451/0866-son)