Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.2023 22.02.2021 yildagi 89-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.03.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-martdagi 105-sonli “Sanoat zonalari va Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududga zamonaviy texnologiyalar va investitsiyalarni faol jalb etish, shuningdek, yangi tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4889-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amudaryo, Boʻzatov, Kegeyli, Qonlikoʻl, Qoʻngʻirot, Moʻynoq, Nukus, Taxiatosh, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Shumanay va Ellikqalʼa tumanlarida jami 875,4 ga yer maydonida “Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda — “Qoraqalpoq-agro” EIZ) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpoq-agro” EIZ faoliyatini boshqarish “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasiga yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Qoraqalpoq-agro” EIZ faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini, jumladan, gidroponika texnologiyalarini qoʻllagan holda, klaster usuli asosida tashkil etish uchun toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb etish, shuningdek, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish, ularni chuqur qayta ishlashni kengaytirish va eksport hajmini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning urugʻdan to mahsulotni bozorga yetkazib berishgacha boʻlgan toʻliq jarayonini tashkil etishni ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchatzorlar, shuningdek, birlamchi urugʻchilikni tashkil etish uchun sharoitlar yaratish orqali issiqxona xoʻjaliklarini bozor talabi katta, yuqori hosildorlik xususiyatiga ega qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻ va koʻchatlari bilan taʼminlashning samarali mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
logistika xizmatlari koʻrsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish subyektlariga ular tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etishda zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni, muqobil issiqlik energiyasi manbalaridan foydalanishni keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash boʻyicha ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maxsus iqtisodiy zonasining maʼmuriy kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Qoraqalpoq-agro” EIZning bosh rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda “Qoraqalpoq-agro” EIZ hududida muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda “Qoraqalpoq-agro” EIZ hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda gidroponika texnologiyalarini qoʻllagan holda issiqxona xoʻjaliklarini hamda zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarish obyektlarini boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga joylashtirish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilishi oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tadbirkorlik subyektlariga muntazam ravishda yetkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ish olib borish, shuningdek, “Qoraqalpoq-agro” EIZ hududida tegishli ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarini oʻz vaqtida koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish boʻyicha tashkiliy-amaliy choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi mazkur qaror ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi va natijadorligi toʻgʻrisida axborotni Vazirlar Mahkamasiga 2021-yil 15-iyul va 2022-yil 15-yanvarga qadar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-noyabrdagi 941-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 22-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 89-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-noyabrdagi 941-son qaroriga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZGARTIRIShLAR

a) “5-yer uchastkasi” boʻlimi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1-boshlangʻich nuqta Nukus shahridagi “Nukus un zavodi” korxonasidan janubiy tomonidan 600 metr masofada, sanoat zonasi hududida joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab janubiy yoʻnalishda 1054 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab gʻarbiy yoʻnalishda 792,6 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-nuqtadan chegara Nukus shahridagi “Nukus-polimer” korxonasi tomoniga shimoliy yoʻnalishda 430,5 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab gʻarbiy yoʻnalishda 1219,2 metr masofada 5-nuqtagacha davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab gʻarbiy yoʻnalishda 435,1 metr masofada 6-nuqtagacha davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab sharqiy yoʻnalishda 1200,1 metr masofada 7-nuqtagacha davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab sharqiy yoʻnalishda 307,5 metr masofada 1-nuqtagacha davom etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “9-yer uchastkasi” boʻlimi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10. Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi “Nukus” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Nukus” EIZ) va “Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda — “Qoraqalpoq-agro” EIZ) rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash, shuningdek, “Nukus” va “Qoraqalpoq-agro” EIZlar hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan operativ boshqarish, “Nukus” va “Qoraqalpoq-agro” EIZlar qatnashchilariga xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni (xizmatlarni) bajarishdan (koʻrsatishdan) foyda olish hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 11, 15, 16, 20, 23, 25, 32-bandlardagi “Nukus” EIZ” soʻzlari “Nukus” EIZ va “Qoraqalpoq-agro” EIZ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/89/0136-son)