ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Masʼullar | |
|
1. |
Oʻrmon xoʻjaliklari va koʻchat yetkazib beruvchi boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan mebel sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida foydalaniladigan pavlovniya, yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch hamda boshqa daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga zarur koʻchat ekish materiallari belgilangan tartibda shartnoma asosida yetkazib berilishini taʼminlash. |
2021-yil 10-martdan boshlab |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmo� xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
2. |
Mebel va yogʻochsozlik sanoati tashkilotlarining yogʻoch xomashyosiga boʻlgan oʻrtacha yillik talabini oʻrganib chiqib, sohada import ulushini kamaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritish. |
2021-yil 20-mart |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi |
|
3. |
Mebel sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida pavlovniya, yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch va boshqa daraxtlar turlarini ishlatish imkoniyatlarini xorijiy tajribani inobatga olgan holda hamda ishlab chiqaruvchilarga mahsulotni yetishtirish muddati va hajmlaridan kelib chiqib, tahlillar asosida ishlab chiqaruvchilar roʻyxati, talab etiladigan yogʻoch xomashyosi hajmi, mos ravishda ajratiladigan yer maydonlari boʻyicha roʻyxatni shakllantirish. |
2021-yil 20-mart |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi |
|
4. |
Pavlovniya va boshqa daraxtlar plantatsiyalarini yaratish, undan mebel va yogʻochsozlik sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida foydalanish bilan bogʻliq muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga belgilangan tartibda takliflarni taqdim etish. |
2021-yil 20-mart |
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
5. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi bilan birgalikda klaster shaklida pavlovniya va boshqa daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etish uchun mebel va yogʻochsozlik sanoati tashkilotlariga zaxiradagi va foydalanishdan chiqqan yerlardan belgilangan tartibda kamida 50 gektardan ajratish. |
2021-yil 25-mart |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi |
|
6. |
Pavlovniya va boshqa daraxtlar plantatsiyalari tashkil etilgan hududlarni xatlovdan oʻtkazish va elektron xaritalarga joylashtirish. |
2021 — 2024-yillar har yili dekabr |
“Oʻzdaverloyiha” instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
7. |
Mebel sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida pavlovniya daraxt turini ishlatish imkoniyatla�ini ilmiy asosda oʻrganib chiqish, ilmiy tavsiyalar berish hamda ishlab chiqarishga joriy etish. |
2021-yil iyun |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi |
|
8. |
Pavlovniya va boshqa daraxtlar koʻchatlarining muvofiqlik sertifikatlari va nav guvohnomalarini ishlab chiqish hamda sotish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
2021-yil dekabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi |
|
9. |
Yogʻochsozlik va mebel sanoatida yogʻoch xomashyosi sifatida foydalanish bilan bogʻliq muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Loyihalar tanlovi eʼlon qilingan muddatlarda |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi |
|
10. |
Shakllantirilgan roʻyxatdan kelib chiqqan holda kelgusida tashkil etiladigan pavlovniya, yongʻoq, chinor, shumtol, qayragʻoch plantatsiyalari hisobidan talab etiladigan yogʻoch xomashyosini yetkazib berish. |
Ehtiyojdan kelib chiqqan holda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi |