ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Ijro muddati |
Mas’ullar | |
|
1. |
O‘rmon xo‘jaliklari va ko‘chat yetkazib beruvchi boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan mebel sanoatida yog‘och xomashyosi sifatida foydalaniladigan pavlovniya, yong‘oq, chinor, shumtol, qayrag‘och hamda boshqa daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga zarur ko‘chat ekish materiallari belgilangan tartibda shartnoma asosida yetkazib berilishini ta’minlash. |
2021-yil 10-martdan boshlab |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmo� xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
2. |
Mebel va yog‘ochsozlik sanoati tashkilotlarining yog‘och xomashyosiga bo‘lgan o‘rtacha yillik talabini o‘rganib chiqib, sohada import ulushini kamaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritish. |
2021-yil 20-mart |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasi |
|
3. |
Mebel sanoatida yog‘och xomashyosi sifatida pavlovniya, yong‘oq, chinor, shumtol, qayrag‘och va boshqa daraxtlar turlarini ishlatish imkoniyatlarini xorijiy tajribani inobatga olgan holda hamda ishlab chiqaruvchilarga mahsulotni yetishtirish muddati va hajmlaridan kelib chiqib, tahlillar asosida ishlab chiqaruvchilar ro‘yxati, talab etiladigan yog‘och xomashyosi hajmi, mos ravishda ajratiladigan yer maydonlari bo‘yicha ro‘yxatni shakllantirish. |
2021-yil 20-mart |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasi |
|
4. |
Pavlovniya va boshqa daraxtlar plantatsiyalarini yaratish, undan mebel va yog‘ochsozlik sanoatida yog‘och xomashyosi sifatida foydalanish bilan bog‘liq muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga belgilangan tartibda takliflarni taqdim etish. |
2021-yil 20-mart |
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
5. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasi bilan birgalikda klaster shaklida pavlovniya va boshqa daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etish uchun mebel va yog‘ochsozlik sanoati tashkilotlariga zaxiradagi va foydalanishdan chiqqan yerlardan belgilangan tartibda kamida 50 gektardan ajratish. |
2021-yil 25-mart |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasi |
|
6. |
Pavlovniya va boshqa daraxtlar plantatsiyalari tashkil etilgan hududlarni xatlovdan o‘tkazish va elektron xaritalarga joylashtirish. |
2021 — 2024-yillar har yili dekabr |
“O‘zdaverloyiha” instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
7. |
Mebel sanoatida yog‘och xomashyosi sifatida pavlovniya daraxt turini ishlatish imkoniyatla�ini ilmiy asosda o‘rganib chiqish, ilmiy tavsiyalar berish hamda ishlab chiqarishga joriy etish. |
2021-yil iyun |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasi |
|
8. |
Pavlovniya va boshqa daraxtlar ko‘chatlarining muvofiqlik sertifikatlari va nav guvohnomalarini ishlab chiqish hamda sotish tizimini yo‘lga qo‘yish. |
2021-yil dekabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi |
|
9. |
Yog‘ochsozlik va mebel sanoatida yog‘och xomashyosi sifatida foydalanish bilan bog‘liq muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Loyihalar tanlovi e’lon qilingan muddatlarda |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasi |
|
10. |
Shakllantirilgan ro‘yxatdan kelib chiqqan holda kelgusida tashkil etiladigan pavlovniya, yong‘oq, chinor, shumtol, qayrag‘och plantatsiyalari hisobidan talab etiladigan yog‘och xomashyosini yetkazib berish. |
Ehtiyojdan kelib chiqqan holda |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Mebel va yog‘ochsozlik sanoati uyushmasi |