10.02.2021 yildagi PQ-4986-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.02.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion texnologiyalardan keng foydalanishni ragʻbatlantirish, shuningdek, “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va “MegaFon” ochiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi oʻrinlarda — “MegaFon” OAJ) oʻrtasida “Digital Holding” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida Hadli shartnoma imzolanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MegaFon” OAJ va “YueSeM Telekom” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Rossiya Federatsiyasida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Didjital Invest” korxonasi (keyingi oʻrinlarda — “Didjital Invest” MCHJ) taʼsis etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Didjital Invest” MCHJ oʻrtasida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasidagi loyihaga doir quyidagilarni nazarda tutuvchi Investitsiya shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya shartnomasi) tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Digital Holding” Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasining (keyingi oʻrinlarda — “Digital Holding” QK MCHJ) faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Digital Holding” QK MCHJ ustav fondida (kapitalida) 49 foiz miqdoridagi ulush bilan va “Didjital Invest” MCHJ (Rossiya Federatsiyasi) 51 foiz miqdoridagi ulush bilan ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “Digital Holding” MCHJ ustav fondiga (kapitaliga) kiritiladigan hissa sifatida “COSCOM” MCHJ ustav fondidagi (kapitalidagi) 100 foiz miqdoridagi davlat ulushining oʻtkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Didjital Invest” MCHJning “CRPT Turon” MCHJ va “ICS Holding Uzbekistan” MCHJ ustav fondidagi (kapitalidagi) 100 foiz miqdoridagi ulushlarini, shuningdek, 100 million AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻlarini (yoki ushbu pul miqdorining boshqa chet el valyutasidagi ekvivalentini) “Didjital Invest” MCHJ qoʻshgan hissa sifatida “Digital Holding” QK MCHJ ustav fondiga (kapitaliga) oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar “Digital Holding” QK MCHJning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-texnika sektori va elektron tijorat sohasida innovatsion va texnologik faollikni rivojlantirish uchun innovatsion platformalarni tatbiq qilishda, shuningdek, respublikada axborotlashtirish sektori samaradorligini oshirish va zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda maslahat yordamini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarga muvofiq raqamlashtirish jarayonlarini tezlashtirish va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun yuqori texnologik telekommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirishga hissa qoʻshish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ularni taqdim etish sifatini oshirish maqsadida mavjud telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish va yangi telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlarning ayrim turlarini markirovka qilish va ularning harakatini nazorat qilish (kuzatib borish) tizimini yaratishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xalqaro tovar aylanmasi rivojini ragʻbatlantirish uchun moliya-toʻlov xizmatlari hamda sodiqlik marketing xizmatlarining zamonaviy yuqori texnologik tizimini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga keng turdagi tovarlarni yetkazib berishni, shu jumladan, toʻlovlarni qabul qiluvchi serxarajat tarmoqlar qurish zaruratini istisno etgan holda, tovarlarni onlayn xarid imkoniyatlarini soddalashtirish uchun elektron tijorat (raqamli marketpleys) mexanizmini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va, shu jumladan axborot xavfsizligi, biznesni qoʻllab-quvvatlash tizimlari va maʼlumotlarni saqlash sohalaridagi, shuningdek, kompleks integratsiyalashning zamonaviy tizimlaridan foydalanishga koʻmaklashish (xoʻjalik shartnomalari asosida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Digital Holding” QK MCHJ uning yagona muassisi sifatida “Didjital Invest” MCHJ (Rossiya Federatsiyasi) tomonidan taʼsis etilishi va koʻrsatilgan nom bilan roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda “ICS Holding Uzbekistan” MCHJ uning yagona muassisi sifatida “YueSeM Telekom” (Rossiya Federatsiyasi) masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan taʼsis etilishi va koʻrsatilgan nom bilan roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Didjital Invest” MCHJ va “Digital Holding” QK MCHJ (shu jumladan, “Dijital Invest” MCHJning soliq agenti sifatida) Investitsiya shartnomasining amal qilish muddati davomida quyidagi toʻlovlardan ozod qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“COSCOM” MCHJ, “CRPT Turon” MCHJ, “ICS Holding Uzbekistan” MCHJ va “Digital Holding” QK MCHJning boshqa shuʼba korxonalari foydasini taqsimlashda va dividendlarni toʻlash jarayonida toʻlov manbaida yuzaga keladigan dividendlar koʻrinishidagi daromadlardan kelib chiqadigan foyda soligʻidan (bunda, chet el investoriga foydani repatriatsiya qilish holatida toʻlov manbaida yuzaga keladigan dividendlar koʻrinishidagi daromadlardan kelib chiqadigan foyda soligʻi boʻyicha belgilangan soliq majburiyatlari toʻliq qoplab beriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Digital Holding” QK MCHJning ustav fondiga (kapitaliga) hissa qoʻshish jarayonida, shu jumladan “Digital Holding” QK MCHJni tashkil etish paytidagi uning ustav fondini (kapitalini) shakllantirish jarayonida, shuningdek, “Digital Holding” QK MCHJ ustav fondining (kapitalining) kelgusida koʻpaytirilishi jarayonida yuzaga keladigan yoki hisoblangan soliqlarning barcha turlaridan (ustav fondining (kapitalining) bunday koʻpaytirilishi “Digital Holding” QK MCHJning taqsimlanmagan foydasi, shu jumladan shuʼba korxonalardan dividend koʻrinishida olingan foyda hisobiga amalga oshiriladigan holatlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “COSCOM” MCHJning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi oldidagi qarzi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 299-moddasini tatbiq etish maqsadida pul mablagʻlaridan tekin foydalanish huquqi deb tan olinmaydi va “COSCOM” MCHJning soliq solinadigan daromadlari shakllanishiga olib kelmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) telekommunikatsiya sohasida litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartibi doirasida qoʻyiladigan talablar va shartlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritadigan barcha uyali aloqa operatorlari uchun yagona va bir xildir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “Digital Holding” QK MCHJ va uning shuʼba korxonalarining ustav fondidagi (kapitalidagi) davlat ulushi 50 foizdan kam ekanligini hisobga olgan holda, xarid qilish tartib-taomillari ular tomonidan ichki korporativ qoidalarga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarid qilish tartib-taomillariga oid qonunchilikda kelgusida oʻzgarish yuz bergan taqdirda, “Digital Holding” MCHJ va uning shuʼba korxonalariga xarid qilish tartib-taomillarini ichki korporativ qoidalarga muvofiq amalga oshirish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“COSCOM” MCHJ ustav fondidagi (kapitalidagi) 201,4 million dollar miqdoridagi toʻliq davlat ulushini “Digital Holding” MCHJ ustav fondiga (kapitaliga) Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hissasi sifatida oʻtkazish yoʻli bilan berishga (begonalashtirishga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida “Digital Holding” MCHJ va uning shuʼba korxonalari bilan tender (tanlov) savdolarisiz shartnoma va kelishuvlar tuzishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “CRPT Turon” MCHJ va “ICS Holding Uzbekistan” MCHJga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining rezidenti maqomi berilishini taʼminlasin va shunga mos ravishda ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi PF-5099-son Farmoni bilan ushbu qaror qabul qilingan kun holatiga taqdim etilgan soliq imtiyozlari taʼsiri, basharti ushbu imtiyozlar ular tomonidan uchinchi shaxslarga texnologik uskunalar, apparat tizimlari va ehtiyot qismlarni yetkazib berishdan olinadigan daromadlarga taalluqli boʻlmasa qoʻllanilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Digital Holding” QK MCHJning taʼsischilari Investitsiya shartnomasiga muvofiq “Digital Holding” QK MCHJning ustav fondiga (kapitaliga) oʻtkazilayotgan aktivlarga va boshqa mol-mulkka egalik huquqini roʻyxatdan oʻtkazishda “Digital Holding” QK MCHJga yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Digital Holding” MCHJ bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ulushlari “Digital Holding” MCHJga oʻtkazilgan xoʻjalik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va shaffofligini taʼminlash, xorijiy texnologik sheriklar va investorlarning takliflarini inobatga olgan holda yuqori daromadlilik va kapitalizatsiya oʻsishiga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi korxonalarni bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorda raqobatlasha oladigan samarali korxonalarga aylantirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Digital Holding” MCHJga va uning shuʼba korxonalariga Investitsiya shartnomasining amal qilish muddati davomida quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga tegishli boʻlgan yer usti stansiyasini yaratish va har bir holatda “Digital Holding” MCHJ va uning shuʼba korxonalari tomonidan yoʻldosh aloqasi provayderlarini mustaqil tanlash imkoniyati bilan, telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha zarur shartlarga rioya qilgan holda, yoʻldosh aloqa kanallaridan oʻz tijorat ehtiyojlari uchun boshqa operatorlar va telekommunikatsiya provayderlariga xizmatlar koʻrsatish huquqisiz foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya obyektlari va inshootlari boʻyicha qurilish-montaj ishlarini loyihalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni foydalanishga qabul qilish hamda telekommunikatsiya vositalari va inshootlaridan foydalanish uchun ruxsatnomalarni olish dalolatnomalarini parallel ravishda rasmiylashtirgan holda aloqa xizmatlarini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekommunikatsiya obyektlari va inshootlarini qurish (joylashtirish) maqsadida vakolatli organlardan auksion savdolarini oʻtkazmasdan doimiy foydalanish uchun yer uchastkalarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud telekommunikatsiya vositalari va inshootlarini kengaytirish va yangi telekommunikatsiya vositalari va inshootlarini qurish maqsadida ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning infratuzilmasidan, shu jumladan barcha foydalanuvchilar uchun teng shartlarda tuziladigan xoʻjalik shartnomalari asosida ularning binolaridan va binolarning qismlaridan, binolarning konstruktiv elementlari va ularning qismlaridan, antenna-machta inshootlaridan va aloqa kanallaridan haq evaziga foydalanish imkoniyatiga ega boʻlish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining uyali aloqa operatorlari uchun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz soligʻi stavkasi 2022-yil 1-yanvardan 10 foiz etib belgilanishi va 2023-yil 1-yanvardan boshlab uyali aloqa xizmatlariga aksiz soligʻi solinmasligi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzbektelekom” AKga quyidagilar tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“COSCOM” MCHJ tomonidan “Oʻzbektelekom” AK aloqa kanallaridan foydalangan holda “MegaFon” OAJdan boshqa operatorlarga va telekommunikatsiya provayderlariga xizmat koʻrsatish huquqi berilmagan holda va faqat oʻz tijorat ehtiyojlari uchun tashqi (xalqaro) Internet kanallarini sotib olishni nazarda tutuvchi tashqi (xalqaro) Internet kanallarini sotib olish toʻgʻrisida “MegaFon” OAJ va “COSCOM” MCHJ bilan uch tomonlama shartnoma tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“COSCOM” MCHJ bilan amaldagi barcha qisqa muddatli shartnomalarni faqat tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida bekor qilish shartini nazarda tutgan holda 5 yillik muddatni koʻzlaydigan uzoq muddatga qayta tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlari tashqarisida optik tolali aloqa liniyalarini qurish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi telekommunikatsiyalar sohasidagi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 10-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4986-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 07/21/4986/0100-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)