Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2025 09.02.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3116-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 09.02.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3116-1
Kuchga kirish sanasi
09.02.2021
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilari tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 9-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3116-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2025-yil 10-fevraldagi 3-mh sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3116-2, 14.02.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 8-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilari tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3116, 2019-yil 9-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/3116/2444-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 9-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilari tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomi va 1-banddagi “kollejlari” va “oʻquv” degan soʻzlar tegishlicha “texnikumlari” va “tanishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muqaddimadagi “kollejlarida” degan soʻz “texnikumlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomidagi “kollejlari” va “oʻquv” degan soʻzlar tegishlicha “texnikumlari” va “tanishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida oʻqishni tashkil qilish choralari toʻgʻrisida”gi va 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari (keyingi oʻrinlarda yuridik texnikumlar deb yuritiladi) oʻquvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni tashkil etish va oʻtash tartibini belgilaydi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qiluvchi tashkilot — oʻquvchilar tomonidan amaliyot oʻtalayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organ, advokatlik tuzilmasi, moliya-bank va boshqa muassasalar hamda ularning yuridik xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot — nazariy taʼlim berish jarayonida oʻquvchilar tomonidan olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, olinadigan mutaxassislik boʻyicha zarur layoqatga, koʻnikmalarga va amaliy ish tajribasiga ega boʻlish uchun oʻtkaziladigan oʻquv jarayonining tarkibiy qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanishtiruv amaliyoti — yuridik texnikumlarning birinchi kurs oʻquvchilari tomonidan kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida boshlangʻich maʼlumotlarni olish va egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlash, tanlangan mutaxassislik boʻyicha amaliy kasb layoqati va koʻnikmalarini egallash maqsadida oʻtaladigan amaliyot turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakaviy amaliyot — yuridik texnikumlarni bitiruvchi kurs oʻquvchilarini oʻqitishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi va ularning boshlangʻich kasb tajribasiga hamda malakaga ega boʻlishi, oʻquvchilarning mustaqil ravishdagi mehnat faoliyatiga kasb boʻyicha tayyorligini tekshirish, maxsus fanlarni oʻrganishda olingan bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish, tizimlashtirish maqsadida oʻtkaziladigan amaliyot turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnikumdan amaliyot rahbari — oʻquv yuklamasiga amaliyot kiritilgan yuridik texnikum pedagog xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari — oʻquvchilarni amaliy koʻnikmalarga oʻrgatish masʼuliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyotni oʻtash dasturi — oʻquv rejalarini hisobga olgan holda yuridik texnikumlar tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan dastur.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 3-banddagi “dasturida” degan soʻz “rejasida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Tanishtiruv amaliyoti oʻquvchilarning umumkasbiy va maxsus fanlarni chuqur oʻzlashtirishlari, tanlagan mutaxassisliklari boʻyicha dastlabki malaka va koʻnikmalarni egallashlari uchun oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanishtiruv amaliyoti birinchi kurs yakunidan soʻng yoki oʻquv yili mobaynida oʻtkaziladi, alohida hollarda esa oʻquv rejada koʻrsatilib oʻqish bilan bir vaqtda uzviy tashkil etilishi mumkin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Malakaviy amaliyot yuridik texnikumning ikkinchi kurs oʻquvchilari uchun 4-semestr davomida yoki oʻquv yili mobaynida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik texnikum tomonidan amaliyot oʻtash joyi tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi yoki tanlangan mutaxassislik boʻyicha tashkilotlarning kelishuv xatlariga muvofiq kelgusida oʻquvchilar ishga joylasha oladigan korxona, muassasa va tashkilotlardan biri tanlanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) 11-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 21-band va 27-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 30-bandning ikkinchi xatboshisidagi “kollej” degan soʻz “texnikum” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 13-banddagi “kollej” va “kollejda” degan soʻzlar tegishlicha “texnikum” va “texnikumda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 15-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 24-banddagi, 26-bandning oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilaridagi “kollejdan” degan soʻz “texnikumdan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 16-band va 23-bandning birinchi xatboshisidagi “kollejdagi” degan soʻz “texnikumdagi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 17-banddagi “kollejda” degan soʻz “texnikumda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“20. Amaliyotni tashkil etish uchun, qoida tariqasida, amaliyot boshlanishidan bir oy oldin yuridik texnikum direktori tomonidan buyruq qabul qilinadi. Buyruqda amaliyot turi, muddati va uni oʻtash joyi, moddiy taʼminot, yuridik texnikumdan amaliyot rahbarlarini turar joy bilan taʼminlash, masʼul shaxslar va joʻnatilayotgan oʻquvchilar, yuridik texnikumdan amaliyot rahbarlari tarkibining roʻyxati belgilanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) 22-banddagi “kollejning” degan soʻz “texnikumning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) 25-bandning ikkinchi xatboshisidagi “kollejlar” degan soʻz “texnikumlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31. Yuridik texnikumdan amaliyot rahbarlarining yuridik texnikum joylashgan joydan amaliyotni oʻtash joyigacha borish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat safarlari xarajatlari, shu jumladan yashash va sutkalik xarajatlar, oʻrnatilgan tartibda yuridik texnikumning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MADJIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 9-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)